O`zbekiston respublikasi


CHo‘ziqlik (kvantitativ) urg‘usi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə107/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

CHo‘ziqlik (kvantitativ) urg‘usi — bo‘g‘inni cho‘zib aytish orqali ajratish. CHex va grek tillari shunday urg‘uga ega.
Ibora (fraza) — nutqning eng katta fonetik bo‘lagi.
Intonatsiya — frazaga tegishli bo‘lgan ovoz sur’ati (tempi), sifati (tembri), nutq ritmi, melodika, iboraviy urg‘u, pauza kabi fonetik vositalarning murakkab birligi.
Intonologiya — fonetikaning intonatsiyani o‘rganish bo‘limi.
Prosodika (prosodiya) — fonetikaning bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiyani ilmiy tadqiq etuvchi bo‘limi.
Prosodik element — bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiyani tashkil etuv­chi elementlar: ohang (melodika), iboraviy urg‘u, pauza, ritm, nutq­ning sur’ati va sifati, ovozning ko‘tarilishi, kuch va cho‘ziqlikka tegishli fonetik vositalar.
Pauza — nutqni bo‘lib aytish.
Ritm — nutqda urg‘uli va urg‘usiz hamda cho‘ziq va qisqa bo‘g‘inlarning munosabati.
Nutq sur’ati (tempi) — nutqning aytilish sur’ati (sokin, normal, tez talaffuz qilish).
Ovozning sifati (tembri) — ovozning sifati: neytral va turli his-hayajonni ifodalovchi ovoz.
Ohang (melodika) — talaffuzda ovozning pasayishi va ko‘tari­lishi.
Leksika (yoki leksikon) — ma’lum tildagi so‘zlarning yig‘indisi.
So‘z — muayyan borliq bilan bog‘liq bo‘lgan mustaqil ma’noga ega bo‘lgan va alohida qo‘llana oluvchi tilning markaziy birligi.
Leksema — so‘zning barcha grammatik shakllarining yig‘indisi. Masalan: kitob, kitobga, kitoblar, kitoblarda va hokazo.
So‘zning tashqi shakli — so‘zning tovush tomoni.
So‘zning ichki jihati — so‘zning ma’no-mazmun tomoni.
Polisemiya — bir so‘zning bir necha ma’nolari. Masalan: bosh — 1) odam organizmining bir qismi; 2) ishboshi; 3) guruhboshi kabi.
Omonimiya — ikki yoki undan ortiq so‘zlarning tashqi jihatdan to‘g‘ri kelishi. Masalan: tok — uzum, tok — elektr kabi.
Atama (termin) — fan va texnikadagi tushunchalarni ifodalash uchun qo‘llanuvchi maxsus so‘z yoki so‘z birikmasi. Masalan, aviator, transkripsiya, televizor kabi.
Kontekst — nutq sharoiti (situatsiyasi); so‘z yoki so‘z birikmasi-ning matndagi ma’lum o‘rin yoki ularning boshqa so‘z va so‘z birik­malari bilan yondosh kelishi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə