O`zbekiston respublikasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə108/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

So‘zning ma’nosi — so‘zning u ifodalaydigan predmet va hodisa bilan aloqasi.
So‘zning asosi — so‘zning o‘zagiga mos kelgan qism. Masalan: tosh, bir, somon kabi.
YAsama so‘z — afflkslar qo‘shish yordamida hosil bo‘lgan so‘z. Masalan: toshloq, ishchi, bormoq, qurish kabi.
Qo‘shma so‘z — kamida ikki o‘zak morfemadan hosil bo‘lgan so‘z. Masalan: gultojixo‘roz, moshxo‘rda kabi.
Abbreviatura — qisqartma so‘zlar. Masalan, O‘zMU kabi.
Bir ma’noli so‘z — bir ma’noga ega bo‘lgan so‘z.
Ko‘p ma’noli so‘z — bir necha ma’nolarga ega bo‘lgan so‘z. Masalan: bosh — 1) odam organizmining tepa qismi; 2) miya, aql; 3)biror narsaning boshlanish qismi; 4) boshliq — ishning boshi kabilar. Aynan polisemiya.
Omonimlar bir xil talaffuzga, lekin turli ma’nolarga yoki yozi-lishga ega bo‘lgan so‘zlar. Masalan: o‘t — qirdagi maysa, o‘t — yong‘in, o‘t — biror erdan o‘tmoq fe’lining buyruq mayli shakli.
Omofonlar — bir xil talaffuzga, lekin har xil yozilishga ega bo‘lgan so‘zlar. Masalan: bod (bot) — revmatizm kasalUgi; bot— botmoq fe’lining buyruq mayli shakli.
Omograflar — bir xil yozilishga, lekin har xil talaffuzga va ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar. Masalan: To‘xta — odam ismi (urg‘u oxirgi bo‘g‘inda); to‘xta — to‘xtamoq fe’lining buyruq mayli shakli (urg‘u birinchi bo‘g‘inda).
Sinonimlar — yaqin ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlar. Masalan: aft, bashara, nusxa, yuz, turq kabi.
Antonimlar — qarama-qarshi ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlar. Masalan: yomon-yaxshi, chiroyli-xunuk, uzun-qisqa kabi.
Asl (asosiy) ma’no — boshqa ma’nolariga bog‘liq bo‘lmagan asl ma’no. Masalan: bosh — odam organizmining yuqori qismi.
Ko‘chma ma’no — asl ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ma’no. Masalan: tulki — ayyor odam.
Aniq (konkret) ma’no — ma’lum narsani atovchi ma’no. Masalan: choy, non, shakar kabi.
Mavhum (abstrakt) ma’no — mavhum narsani ifodalovchi ma’no. Masalan: tafakkur, kishilik, suyuqlik kabi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə