F.Xo`jayev va yosh buxoroliklar harakati.
Turkiston o`lkasida
ilm-ma`rifatni targ`ib qilgan jadidchilik harakati dastlabki paytda savod
ishlari bilan shug`ullandilar. Shu asnoda ular olib borgan harakat mohiyat
jihatidan ozodlik uchun kurash mazmunida bo`lsada, harakatning dastlabki
paytlarida muvaffaqiyatga qozona olmadi. Ammo, xalq orasida ilmu urfonni
tarqatish ishlaridan to`xtab qolingani yo`q. Jadidlar, bir tomondan, Turkiston
mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Ikkinchi tomondan, ular Turkistonda
183
demokratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar.
Bu
kurash Jadidchilik
mafkurasining asosini tashkil qiladi.
Turkistonning bu ilg'or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv
shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug'ullandilar.
Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar partiyalari, «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi
Ulamo», «Turon» va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik
masalalariga alohida e'tibor berilgan edi. Bu jadidchilikning allaqachon
ma'rifatdan siyosatga tomon yo'l tutganligini bildiribgina qolmasdan, balki
jamiyatni tubdan o'zgartirish, yurtimizda mustaqillikka erishish uchun
kurash boshlanganligini ham anglatar edi.
Ma'lumki, jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni,
taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo'li bilan, parlament orqali
erishishni mo'ljallagan edilar. Ular o'zbek xalqining o'ziga xos milliy
xususiyati (mentaliteti), uning samiymiyligi, bag'ri kengligi, sabr-toqati,
bardoshi va chidamini ham hisobga olgan holda tinch yo'l bilan
hokimiyatni qo'lga olishga intilgan edilar. Jadidlar faoliyatidagi bu o'ziga xos
milliy g'oya keyinchalik jahoniy ahamiyatga molik hodisaga aylanib, u
Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari yo'lboshchilari
tomonidan yanada rivojlantirildi.
Hududiy jihatdan yagona bo’lgan O’rta Osiyoda jadidchilik harakati
bir vaqtda paydo bo’lgan bo’lsada, o’z oldiga qo’ygan kurash maqsadlari
jihatidan ikki xil yo’nalish kasb etgan. Jumladan, Turkistonlik jadidchilar
o’z oldilariga boshq maqsad qilib Turkiston o’lkasini Rossiya
mustamlakachilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni
qo’ygan bo’lsalar, buxoro va xivalik jadidlar hokimi mutlaq-o’z
monarxlari bo’lgan amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb
bildilar. Rossiya mustamlakachiligi zulmini, uning barcha yaramas va
og’ir illatlarini, noinsoniy ko’rinishlarini o’z ko’zi bilan ko’rgan, uning
barcha azoblari yukini yelkasida ko’tarib undan nafratlangan Turkiston
o’lkasi xalqlari bosh maqsad qilib ana shu shovinistik mustamlakachilik
zulmidan ozod bo’lshni, milliy mustaqil davlat tuzishni bosh maqsad deb
bildilar. Bu bosh maqsadning ilhomchilari turkistonlik jadidlar edilar.
Buxoro xalqlari uchun mustamlakachilik zulmi yo’q edi. Chunki
Rossiyaga yarim mustamlaka, qaram bo’lsada, Buxoro o’z mustaqilligini
saqlab qolgan edi. Bu yerda mahalliy boylar va mushtumzo’rlar zulmi
kuchli edi. Boylar va amaldorlar amir va xon himoyasida edi. Bugina emas
ko’p hollarda amir va xon zulmi hammasidan ham oshib tushar edi.
Mehnatkash xalqning arzi-dodini eshitadigan bir kimsa yo’q edi. E'lon
184
qilingan farmonlar ishlamas va bajarilmas edi. Xalq ommasi hokimi
mutlaq-monarx amir va xon o’rniga insofliroq va adolatliroq hukmdorga
ega bo’lishni xohlar edi. Xalqning bu intilishi va qiziqishini Buxoro
jadidlari idrok etdilar va ko’tarib chiqdilar. Ular shu boisdan ham amir va
xonga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar. Yosh turklar faoliyati
Buxoro jadidlari faoliyati uchun namuna va o’lchov mezoni bo’ldi.
Shuning uchun ular o’zlarini yosh turklarga nisbat berib «yosh
buxoroliklar» deb atay boshladilar. Yosh buxoroliklarning pirovard
maqsadlari konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi edi. Ular ana shu
konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi doirasida islohotlar o’tkazish yo’li
bilan adolatli va insonparvar jamiyat qurish mumkin, deb ishonardilar.
Lekin ana shu o’rtacha mo’'tadil talablar ham amir tomonidan e'tiborga
olinmas edi. Bu talablarni ilgari surganlar hukmron tabaqa kuchlarning
juda keskin qarshiligiga duch kelar va shafqatsizlarcha bostirilar edi. Shu
boisdan yosh buxoroliklar o’ta yashirin holatda ishlashga majbur
bo’lganlar.
Yosh buxoroliklar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot qonuniyatlari
taqozosiga ko’ra xalq ommasi o’rtasida tayanch bazaga ega emas edilar,
ular o’zlariga ittifoqchilarni chetdan izlanadilar va Rossiya timsolida amir
va xon zulmidan ozod bo’lish mumkin, degan tariqda ham turmaydigan va
kechirib bo’lmaydigan siyosiy xatoga yo’l qo’ydilar.
1916-1917 yillar oralig’ida yashirin «Yosh buxoroliklar» firqasi va
uning 12 kishilik Markaziy qo’mitasi tashkil topdi. Bu siyosiy partiyaning
tashkil topishida «Yosh turklar»ning «Ittihodi va taraqqiy» firqasi, Rossiya
va Turkistondagi sotsial-demokratik firqalarning ta'siri katta bo’ldi. «Yosh
buxoroliklar» firqasining Markaziy Qo’mitasi raisi Abduvohid Burxonov,
kotibi Usmon Xo’ja (O’smonxo’ja Po’latXo’jayev), xazinador Muso
Saidjonov edi.
Bulardan tashqari firqaning tashkil topib mustahkamlanishida
Abdurauf Fitrat (1886-1938), Ota Xo’jayev (1894-1938), Mirkomil
Burxonov, Fayzulla Xo’jayev (1896-1938), Sadriddin Ayniy (1870-1954),
Fazlitdin Maxsum, Abdurahim Yusuf Zoda (1880-1937) va boshqalarning
hissasi katta bo’ldi.
«Yosh buxoroliklar» firqasining dastlabki faoliyatiga oid tarixiy
hujjatlardan biri Buxoroda o’tkazilishi zarur bo’lgan islohot loyihasidir.
Uni 1917 yilda firqa markaziy qo’mitasi nomidan Abdurauf Fitrat yozgan.
U, «Yosh buxoroliklar» partiyasi, «Yosh buxoroliklar qo’mitasining
Buxoroda islohot o’tkazish loyihasi» deb nomlanadi.
185
Loyiha o’z vaqtida mahalliy matbuotda bosilganligi haqida aniq
ma'lumot yo’q. Biroq uning ruscha nusxasi 1930 yilda S.Dimanshteynning
«Revolyutsiya i natsionalno’y vopros» («Inqilob va milliy masala»)
kitobida ilk bor Moskvada chop etilgan. Shundan so’ng tariximizning bu
nodir hujjati ushbu kitobdan ko’chirilib, qisqacha inglizcha kirish so’zi
bilan 1985 yilda Oksford shahrida O’rta Osiyoni o’rganuvchi jamiyat
tomonidan rus tilida nashr etilgan «Musulmon siyosiy partiyalarining
dasturiy hujjatlari. 1917-1920 yillar» nomli kitobda qayta bosildi.
Loyihada yer-suv masalasiga katta e'tibor berilgan. Bundan tashqari
harbiy masala, moliya ishlari, ichki ishlar va davlat boshqaruv organlari
kabi masalalarga unda keng o’rin berilgan.
Loyihada butun haydaladigan yerlar (uch qismga) bo’lingan:
1)Vaqf yerlari (masjid va madrasalarga tegishli yerlar); 2)Soliqdan
ozod qilingan yerlar (mulki hur); 3)Soliq olinadigan (mulki hiroj) yerlar.
Hammani ekin ekishga majbur qilish maqsadida barcha ekilgan va
ekish mumkin bo’lib, ekilmay qolgan yerlarga ham soliq solish nazarda
tutilgan. Shuningdek, «mulki hiroj» yerlariga soliqni kamaytirish hamda
«kafson» (amin, oqsoqol va boshqalar uchun) «atafti» (sadaqa), «uchkuna
puli» (turli daraxtlar uchun), «cho’p puli» (yaylov uchun) va boshqa
ortiqcha harajat chiqimlarni tugatish nazarda tutildi.
Loyihada yana davlat yerlari, bog’ va binolarga ishlov berish uchun
hashar chaqirish, umuman mehnatkashlar mehnatidan tekin foydalanish
ham man etildi. Hashar yo’li bilan faqat suv inshootlari qurish, kanallar
qazish, umuman irrigatsiya ishlarini amalga oshirish mumkin bo’ldi.
Bunday paytda hasharga kelmaganlarga hatto, soliq solish nazarda
tutiladi.
Loyihada
qishloq
xo’jaligini
intensivlashtirish
va
mexanizatsiyalash, dehqonlarni sudxo’rlardan qutqarish uchun qishloq
xo’jalik bank tarmoqlarini tashkil etish, agronomiya bilimlarini yoyishga
katta ahamiyat berildi.
Milliy armiyaga ham «Yosh buxoroliklar» partiyasi katta e'tibor
berdi. Loyihada armiya sonini eski rus hukumati Buxoro amiri tuzgan
shartnomaga ko’ra 12 ming kishiga yetkazish berilgan. Harbiy xizmat 22
yoshga yetgan hamma uchun majburiy bo’lishi, xizmat muddati esa ikki
yil qilib belgilanadi. Shuningdek, harbiy maktablar ochish, askarlarga,
ozroq bo’lsada oylik maosh to’lab turish nazarda tutildi. Moliya sohasida
ham jiddiy islohat o’tkazishga e'tibor berildi. Buning uchun amirning
186
mablag’lari umumdavlat mablag’idan ajratilishi soliqdan aniq belgilanishi
davlat byudjeti har yili e'lon qilib turilishi ko’rsatildi.
Maorif sohasida davlat mabg’ali hisobiga maktab, oliy o’quv yurtlari
ochish, ularni zamonaviy dastur, o’quv qo’llanmalari, o’qituvchilar bilan
ta'minlash, davlat va vaqf maktablaridan tashqari shaxsiy maktablar
ochilishi dasturda o’z aksini topgan edi. Shu bilan birga o’quv yurtlarini
bitirganlarga maorif nozirligi tomonidan diplom berish ham aniq
ko’rsatildi. Islohotda davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy-ma'rifiy hayot masalalari qamrab olindi. Buni unda ko’rsatilgan
quyidagi 10 ta nozirlik isbotlab turibdi: yer ishlari, vaqflar, harbiy ishlar,
ichki ishlar, moliya, adliya, militsiya, yo’llar qazib chiqaruvchi va qayta
sanoat ishlari, maorif, tashqi ishlar nozirliklari.
Mana shular asosida Nozirlar Kengashi tashkil etilishi kerak edi. Bu
nozirlar faoliyatini kuzatuvchi 20 kishilik maxsus Nazorat komissiyasi
tashkil etilishi ham nazarda tutildi.
Bu yuqorida ko’rsatilgan masalalar o’sha paytda hal qilinishi amri
mahol bo’lsa-da, ular ma'lum dastur holatiga keltirilib, amirga tavsiya
etilishining o’zi katta tarixiy ahamiyatga molikdir. Islohotdan kutilgan
maqsad yakka amir hukmronligi (monarxiyasi)ni yevropacha konstitutsion
monarxiya bilan almashtirish, maorif va madaniyatni, ishlab chiqarish va
sanoatni rivojlantirish, ilm-fan va texnikani taraqqiy ettirishdan iborat
bo’ladi. Buning uchun «Yosh buxoroliklar» partiyasi dastlab Amir
Olimxonga har xil yo’llar bilan tinch demokratik ta'sir va hatto, kuch bilan
tazyiq o’tkazishga harakat qildilar. Bularning hammasi Rossiya va
Turkistondagi inqilobiy harakat bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
Rossiyada fevral inqilobining g’alabasidan so’ng Buxoroda ham
ijtimoiy-siyosiy vaziyat tez o’zgara boshladi. Ruslar yashaydigan joylarda
hokimiyat Rossiya Muvaqqat hukumatining Ijroiya qo’mitalari qo’liga
o’tdi. 1917 yil 12 martda Yangi Buxoroda (Kogon) ijroiya qo’mita
saylandi. May oyining birinchi kunlarida esa Buxoro xonligida ruslar
yashaydigan joylardagi ijroiya qo’mitalar delegatlarining birinchi qurultoyi
bo’lib o’tdi. Buxoroda juda ajoyib va murakkab ijtimoiy-siyosiy muhit
paydo bo’ldi. Bu esa jadidlarda umidvorlikni uyg’otdi. Ma'lumki, Buxoro
Rossiyaning yarim mustamlakasi edi. Shuning uchun ham jadidlar ya'ni
«Yosh buxoroliklar» firqasi rahbarlari o’z maqsadlarini Rossiya Muvaqqat
hukumati orqali amalga oshirish uchun unga telegramma orqali murojaat
yuborib, amirni isloh o’tkazishga ko’ndirishni iltimos qildilar. Fayzulla
Xo’jayevning ko’rsatishicha, unga «yosh buxoroliklar»ning faollari imzo
187
chekkan edilar. Rossiya markazidan tezda javob kelmaydi. Sabrsizlik bilan
ikkinchi telegramma yuborildi. Uning matni F.Xo’jayev tomonidan
yozilgan bo`lib, Fitrat va Saidjonov imzo chekkan edi.
Bunga ham chidamay, «Yosh buxoroliklar» firqasining yangi
tuzilgan Markaziy qo’mitasi Fitrat va Usmonxo’ja Po’latxo’jayevdan
iborat maxsus delegatsiyani Petrogradga yuboradilar. Ular Orenburgga
kelganlarida jadidlar bilan amir o’rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish
uchun Rossiya poytaxtidan maxsus komissiya yo’lga chiqqanligi haqidagi
xabarni oladilar va orqaga qaytadilar.
Ana shundan so’ng Olimxon Rossiya muvaqqat hukumati va uning
Buxorodagi vakili Miller hamda mahalliy taraqqiyparvar jadidlar ta'sirida
1917 yil juma kuni 7 aprelda islohot o’tkazish to’g’risidagi «Manifest»ni
e'lon qildi. «Manifest» oldin saroyga to’plangan 200 ga yaqin faollar, diniy
ulamo va muftilar oldida tantanali ravishda o’qib eshittirildi. Unda saroy
amaldorlari va savdogarlardan 15 kishi, Buxorodagi rus shaharlari ishchi
va askarlari deputatlari soveti hamda Samarqnad sovet hokimiyati vakillari
qatnashdi. Ularning orasida Mahmudxo’ja Behbudiy (Samarqand),
F.Xo’jayev, chor hukumatining vakili Miller, amir, qozi kalon, amir
tomonidan yangidan ma'muriy ishga tayinlangan taraqqiyparvar Sharifjon
Maxsum bor edilar.
Manifestda amir sud (qozixona), soliq ishlarini tartibga solish, sanoat
va savdoni rivojlantirish, hamda amaldorlari nazorat ostiga olish, poytaxt
Buxoroni obodonlashtirish, fuqarolarning sog’lig’i va rohat-farog’ati
haqida g’amxo’rlik qiluvchi maxsus komissiya tuzish haqida va'da
qilingan edi. Shuningdek, manifestda moliya ishlarini tartibga solish,
kirim, chiqimlarni aniq hisoblangan amirlik byudjetini tashkil etish,
umuman xalqqa yengilliklar berish, maorif va fan-texnikani rivojlantirish,
bosmaxona tashkil etib, bosma matbuotga asos solish, qamoqxonadagi
erkin fikrlilarni ozod qilish ko’rsatildi.
Bu manifest Buxoroda siyosiy vaziyatning taranglashuviga sabab
bo’ldi. Uni din peshvolari va dindorlar orasidagi o’ta muattassiblar shariat
qonunlarni buzish deb qabul qildilar. Taraqqiyparvarlar, ayniqsa, «Yosh
buxoroliklar» unda o’zlarining talablari ma'lum darajada hisobga
olinganligidan o’ta quvondilar. Shuning uchun ham ularning ma'lum bir
«qizillashgan» qismi amirning insofga kelgani uchun unga minnatdorchilik
bildirish maqsadida 8 aprel kuni katta ko’cha namoyishi bilan
nishonlaydilar. Namoyishchilar «Yashasin Amir Olimxon! Yashasin
islohot!» deb yozilgan qizil alvonlarni ko’tarib ko’chalarga chiqdilar.
188
«Yosh buxorliklar» orasida qat'iy birlik yo’q edi. Ayniqsa, bu
F.Xo’jayevning ko’rsatishicha quyidagi ikki masalada keskinlashadi:
1)Kutilayotgan manifestga munosabat; 2)manifest munosabati bilan
bo’ladigan namoyish va targ’ibot.
Ana shu
masalalar sabab
«Yosh buxoroliklar» Markaziy
Qo’mitasining 12 a'zosi orasida ajralish yuz berdi. Abduvohid Burxonov
o’ta «qizillashgan» F.Xo’jayev guruhi nuqtai nazarini ma'qullaydi.
Shundan so’ng yangi Markaziy qo’mita quyidagi tartibda 9 kishidan iborat
qilib saylandi: Abduvohid Burxonov (rais), Fitrat (kotib), Usmonxo’ja
Po’lat Xo’jayev (xazinachi) va a'zolari: Muhitdin Rafoat, Musa Saidjonov,
Ota Xo’jayev, Ahmadjon Abdulsaidov, Fayzulla Xo’jayev va Hamidxo’ja.
F.Xo’jayev va uning bilan hamfikrda bo’lganlar shuningdek, yangi
Markaziy qo’mita a'zolari tabiatan «rus inqilobchilari» ta'siriga berilgan,
asosiy maqsadga esa faqat Rossiya yordamidagina erishishiga ko’r ko’rona
ishongan edilar. Ularning o’z mustaqil mahalliy imkoniyatlarni hisobga
olgan, qat'iy yo’li-dasturi yo’q edi.
Asosiy xato ham xuddi mana shundan iborat bo’ldi. Ya'ni Turkiston
jadidlari bilan Buxoro jadidlarining o’ziga xos farqi va o’ta so’lligi ham
aynan ushbu masalada ko’zga tashlandi.
Turkiston jadidlari yuqorida ta'kidlanganidek bolsheviklarning
va'dalariga ishondi, ammo ayni paytda istiqlol bobida mustaqil o’z yo’lini
ham tanlab oldi. Bu yo’lning mohiyati Rossiya oldida to’g’ridan-to’g’ri
taslimchilikdan holi bo’lgan milliy muxtoriyatchilik asosida hokimiyatni
to’la qo’liga olish, millat manfaatini dastlab tinch demokratik va keyinroq
esa qurol olib himoya qilishdan iborat edi. Turkiston jadidlari Sovetlar
bosqiniga qarshi so’nggi imkoniyatga qadar tik turib kurashdilar. Rossiya
harbiy kuch qudratidan cho’chimadilar va o’z jonlarini istiqlol uchun
garovga qo’ydilar. Bolsheviklarning jozibali tashviqot-targ’ibotlari, quruq
havoyi va'dalari va balandparvoz shiorlariga ko’r-ko’rona ishongan va
aldangan Fayzulla Xo’jayev boshliq taslimchilarning kurash taktikasidan
mustamlakachi rus bolsheviklari Buxoro xonligini butunlay tugatib, Ittifoq
tarkibiga kiritib olishda ustalik bilan foydalandilar.
Rus armiyasi muvaqqat hukumatga tayanib 8 aprel kuni o’tkazilgan
«inqilobiy namoyish» xalqimiz maqolida aytilganidek, «qosh qo’yaman
deb ko’z chiqarish»dan boshqa narsa bo’lmadi. Tabiiyki, Islom dinining
quvvati bo’lgan Buxoro ko’chalarida qizil alvon va bayroqlar ko’targan
«inqilobchi»lar amir, qozi kalon va mutaassib dindorlarni cho’chitib
yubordi. Hatto ularning g’azabini oshirdi.
189
Fayzulla Xo’jayevning iqror bo’lishicha, jadidlarning keksa ko’zga
ko’ringan boshliqlaridan Abduvohid Burxonov va Fazlitdin Maxsum
namoyishchilarni qizil alvonlarsiz, ko’chaga chiqishini talab etdilar. Biroq
bu haqli talabga hech kim e'tibor bermadi. Buning ustiga-ustak kavkaz va
yevropalik boshqa musulmon hamda nomusulmon yoshlar ham qizil
bayroq ko’tarib namoyishga chiqdilar. O’tmishda ham bunday hatti-
harakat qanday noxush oqibatlar olib kelganligi tarixdan ma'lum.
Jumladan, 1745 yilda Nodirshoh armiyasi bilan Buxoroga kelgan lezginlar,
usmonli turklar, eronliklar va afg’onlar alohida mahallalarda yashardilar.
Ayniqsa, nomusulmon «kelgindi»larning ibodatlari va bayramlar ma'lum
belgilangan joy (cherkov)lar va o’z mahallalari doirasida o’tkazilish shart
edi. Ular musulmonlarning hiy-tuyg’ularini haqoratlovchi ommaviy
harakat qilishlari, musulmon jamoatchiligi orasida ichimlik (vino)
ichishlari va baland ovozda Bibliya o’qishlari va boshqalar mumkin emas
edi. Masalan, 1910 yilda buxorolik sun'iy bilan eronlik shialar o’rtasida
bo’lgan xunrezlikka shialarning Buxoroda markaziy ko’cha bo’ylab, ashur
bayramiga bag’ishlab o’tkazgan namoyishi sabab bo’lgan edi. Bunday
voqealar o’tmishda bir emas, bir necha bor yuz bergani ma'lum.
Jadidlar tashabbusi bilan boshlangan namoyish kuni ham «begona
kelgindi» va nomusulmonlar ham o’tmish sabog’ini unutib ko’chaga
chiqdilar. Namoyishchilarning soni tez orada 5-7 ming kishiga yetdi. Ular
o’zbek va rus tilida «Yashasin ozodlik, konstitutsiya, matbuot erkinligi va
maktab mustaqilligi!», «Yashasin xaloskorimiz amir!» deb yozilgan
alvonlar ko’tarib olgan edilar.
Namoyishchilar Registon tomon yo’l oldilar. U yerda esa 7-8 ming
kishi asosan mulla va mullavachchalar jadidchilar namoyishiga qarshi
norozi bo’lib to’plangan edilar. Registon maydonida amirning 200 ta
piyoda, 300 ta otliq askarlari ham shay qilib qo’yilgan edi.
Bundan xabar topgan jadidlar namoyishchilarni to’xtatib, tarqatib
yubordilar. Shu yerda Ota xo’jayev, Xoji Mirbobo Mirmuxsinov, Yusuf
Zoda Abduraimdan iborat maxsus komissiya qushbegi oldiga borib,
namoyish tinch maqsadda o’tkazilganligini tushuntirmoqchi bo’lganida
qo’lga olindi. Shundan so’ng Buxoro ko’chasida to’s-to’polon va
tartibsizlik boshlandi. Namoyishdan asosan dindorlarning katta qismi
norozi bo’lgan edi. Ular mutaassiblik bilan din va shariatni himoya qilib
ko’chaga chiqdilar. Buni o’z ko’zi bilan ko’rgan S.Ayniy bunday deb
yozadi: «Shanba kuni ertalabdan, soat sakkizu, o’ttizda reaksiya
yo’lboshchilar bo’yinlariga bel-bog’larini osib olib qichqirar edi: «Ey
190
musulmon bandalar! Din yo’qolmoqda, shariat o’lmoqda, endi ayollarning
yuzi ochiladi, qizlaringizni nomusi toptaldi, bolalar kofirlarning
maktablarida o’qiydi: Din himoyachilari, iymon, din, shariat himoyasiga
otlaning, g’azovotga tayyor bo’ling!».
Shu kuni kechqurun, yana S.Ayniyning guvohlik berishicha, Buxoro
muftilarining muhrlari bosilgan hujjat tayyorlandi. Unda shunday deyilgan
edi: «Bayroq ko’tarib, islohot talab qilgan kishilar hazrati oliylari amirga
qarshi chiqdilar. Shuning uchun ham ular gunohkor va isyonchi
hisoblanadi. Ularning qonini to’kish xudoga xush keladigan ish, mol-mulk
esa hammanikidir». Namoyish qatnashchilari va jadidlardan o’sha
kuniyoq 30 kishi qamoqqa olindi va kaltaklandi. Mirbobo va Ayniyga-75,
Mirza Nasrulloga-150 davra urildi. Keyingi kuni darra zarbidan Mirza
Nasrullo vafot etdi.
Namoyish fojia bilan tugadi. Hamma oyoqqa turdi. Jadidlarni ta'qib
qilish va jazolash kuchaydi. Bu esa namoyishga rahbarlik qilgan Markaziy
qo’mita a'zolari orasida yana ajralishni kuchaytirdi. Qo’mita qayta
saylandi. Endi unga Muhitdin Mansurov (rais), Abduqodir Muhitdinov,
Muhitdin Rafoat, Abduvohid Burxonov, Usmonxo’ja Po’latxo’jayev, Orif
Karimov, Mirza Islom Muhitdinov, Fayzulla Xo’jayev, Musa Saidjonov va
boshqalar kirdilar.
Markaziy qo’mita yangi Buxoroda turib rus armiyasi va hukumati
yordamida amirga tazyiq o’tkazishga, uni jadidlarga nisbatan amnistiya
e'lon qilishga, ta'qibni to’xtatishga majbur qilishga harakat qildi. 14 aprel
kuni jadidlar rahbarlaridan tuzilgan maxsus komissiya, ertalab yangi
Buxorodan kelib, Miller orqali amir bilan uchrashdi. Shu kuni Miller rus
aholisini himoya qilish uchun chaqirgan pulemyot rotasi ham
Samarqanddan Buxoroga keldi.
Bundan xabar topgan shahar ahli amir saroyini qurshab oldi va
jadidlarni dindan qaytgan kishilar sifatida qatl qilinishini talab etdi. Amir
bilan suhbat juda qisqa bo’ldi. U vakillardan jadidlarni o’z yo’lidan
qaytishi to’g’risida yozma ravishda tushuntirish xati berishni so’radi. Shu
bilan birga Nasrullo Qushbegi saroyni o’rab olgan 10 000 kishi jadidlar
vakillarini 12 soat ichida qatl qilishni talab qilayotganligi yoki ularni
shahardan chiqarib yuborishni so’rayotganligini, amir esa bunga rozi
emasligini aytadi.
Shu 14 aprel kuni amir Olimxon manifestni bekor qildi. Jadidlarning
vakillari esa aholi tarqab ketgach, soat 12 da saroydan chiqib o’z homiylari
bo’lgan bolsheviklar «inqilobchilar» huzuriga–Buxoroga keldilar. «Yosh
191
buxoroliklar» endi bu yerdagi kommunistlar (Preobrajenskiy, Utkin va
Poltoratskiylar) yordamida «qayta tarbiyalanib», «inqilobiy savod»
chiqardilar. Fayzulla Xo’jayev guruhi bolsheviklar yo’lini o’z yo’li deb
tanladi. Agar ular, «Aprel voqealari»ga qadar amirni saqlab qolgan holda,
uning hukmronligini cheklash, islohotlar o’tkazish yo’lidan borgan
bo’lsalar, endi esa amirni «inqilob» ya'ni qurol kuchi bilan ag’darish
yo’lini tanladilar. Bu bolshevikcha «inqilobiy yo’l» Buxoro
inqilobchilarining bu yangi taktikasi keksa jadidlar tomonidan jiddiy
tanqidga uchrab, taraqqiyparvar jamoatchilikning keng doirasiga aqlini
ko’p band qildi», deb yozgan edi Fayzulla Xo’jayev. Ko’rinib turibdiki,
«Yosh buxoroliklar» ya'ni jadidlarning hammasi ham «inqilobiy» taktik
yo’lning tarafdori bo’lmaganlar.
F.Xo’jayev va Preobrajenskiy dekabr oyidayoq Toshkentga kelib,
sovet hukumati boshlig’i F.Kolesovdan harbiy yordam so’raydilar. Bu
iltimos F.Kolesovni biroz o’ylantirib qo’ydi. Chunki Turkiston sovet
hukumati Buxoro xonligining mustaqilligini rasman tan olgan edi.
Shunda «Buxoro inqilobchilari» tavakkalchilik yo’lini tutdilar va
faqat qurol va harbiy rahbarlik tomonidan yordam berilsa bo’ldi,
Buxoroning 30 ming dehqon va shahar yo’qsillari birdan oyoqqa turadi
deb Kolesovning qornini puch yong’oqqa to’ldiradilar.
Firibgarlik va bosqinchilikda ustasi farang bo’lgan F.Kolesov
Buxorolik
«inqilobchilar»ni
qo’llab-quvvatladi
va
Qo’qondagi
«aksilinqilobchi» Turkiston muxtoriyati hukumatini bir yoqli qilgandan
so’ng Buxoroga «yordam» berishga va'da berdi. Buning uchun ularga
doimiy aloqada bo’lib turishni maslahat qildi.
«Inqilobchilar» Buxoroga qaytib, Turkiston muhtoriyatiga qarshi
boshlangan sovet hukumatining bosqinchilik urushida g’alaba qozonishini
sabrsizlik bilan kutdilar.
Qonxo’r va jallod Fyodor Kolesov Qo’qonda dahshatli qirg’in qilib 10 000
kishini yostig’ini quritgach va'daga vafo qilib Yangi Buxoroga bir necha
bor keldi va amirga qarshi urush rejasini F.Xo’jayev va boshqalar bilan
birga ishlab chiqdi. Harbiy hujum mart oyining dastlabki kunlariga
belgilandi. «Yosh buxoroliklar»ning Markaziy qo’mitasi 200-300 firqa
a'zolarini Yangi Buxoroda qurollantirdilar. Amirlik ichkarisidan
qo’zg’olonchilar, tashqaridan esa Kolesov hujum boshlashiga kelishib
olindi.
«Yosh buxoroliklar» Markaziy qo’mitasi harbiy hujumga tayyorlanib
F.Xo’jayev raisligida 7 kishilik Inqilobiy qo’mita tuzildi. Unga Fitrat, Ota
192
Xo’jayev, Burxonov, Ag’darov, Qori Yo’ldosh Po’latov, Fazlitdin
Maxsum a'zo bo’lib kirdilar.
Nihoyat 1918 yil 1 martda Kolesov qo’mondonligida sovet hukumati
armiyasi Yangi Buxoroga yetib keldi. Kolesov o’z vagonida «yosh
buxoroliklar» bilan kengash o’tkazdi. Unda Buxoroda hokimiyatni yosh
buxoroliklar qo’liga olish rejasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan rejaga
ko’ra, amir so’zsiz taslim bo’lishi va hokimiyatni to’laligicha yosh
buxoroliklardan tuzilgan Ijroiya qo’mitaga berishi lozim edi. Shundagina
amir o’z lavozimida qolishi mumkin edi. Agar amir taslim bo’lmasa,
keyingi kuni Buxoroga hujum qilib hokimiyatni egallash va amirni qo’lga
olishm mo’ljallandi. Ushbu reja asosida Amir Olimxonga ultimatum xati
tayyorlandi. Xatga Turkiston Xalq komissarlari kengashi raisi Fyodor
Kolesov hamda «Yosh buxoroliklar» Ijroiya qo’mitasi raisi Fayzulla
Xo’jayev imzo chekdilar. Unda 24 soat ichida yosh buxoroliklarning
talablari hech qanday o’zgarishlarsiz qabul qilinishi, mavjud hukumat
tarqatilib, hukumatning yangi tarkibi tayinlanishi ko’rsatilgan edi. Agar
amir taslim bo’lmay «inqilobchilar» talabini qabul qilmasa, qon
to’kilishiga amirning o’zi aybdor bo’lishi ogohlantirilgan edi. Amir
Olimxon Kolesov bilan Xo’jayevning ultimatumida qo’yilgan talablarning
hammasi birdaniga amalga oshirilsa xalqning noroziligi kuchayishi
mumkinligini ko’rsatib, ularni asta-sekin bajarilishiga rozilik berilishini
so’raydi.
Amirning iltimosini ultimatumchilar inobatga olmaydilar. Ular Eski
Buxoroga hujum oldidan amirdan ikkinchi javob xatini oladilar. Unda amir
ultimatumning hamma talablariga to’la rozi ekanligini bildirib, faqat
shaharga armiya kiritilmasligini shart qilib qo’yadi. Ammo negadir xatga
imzo qo’yilmagan edi. Ana shu narsani bahona qilib 2 mart kuni ertalab
Sovet armiyasi Buxoroga harbiy hujum boshladi. Shaharga bosqinchi
sovet armiyasining kirishi qiyin bo’ldi. Buxoro shahri uzunligi 25
kilometr, balandligi sal-kam o’n metr, eni esa 6 metrlik devor bilan
o’ralgan edi. Uning o’n bitta temir qoplangan yog’och darvozasi bo’lib har
kuni kechqurun qulflanib kalitlari amir saroyiga olib borib topshirilar edi.
Amirning otliq askarlari va xalq ommasi Muqaddas Buxoro
himoyasiga otlanib, bosqinchilarni shahar devorlaridan bir chaqirim (1,06
km) uzoqlikdagi Fatixobod degan joyda to’xtatdilar. Qizil askarlar oddiy
kaltak (so’yil), bolta, tesha va pichoq bilan qurollangan shahar
himoyachilarini pulemyotlar, to’p va zambaraklardan o’qqa tutdilar,
«Pulemyot qarshisida» deb yozadi, buni o’z ko’zi bilan ko’rgan Kolesov
193
o’lik va tirik gavdalarning uyumi paydo bo’ldi. Pulemyotchilar esankirab
otishni bo’shashtirdilar. Bir lahzada yopirilib kelayotgan katta kuch
hamma yoqni bosib ketish xavfi tug’ildi. Shunda biz pulemtchilarga
tashlanib, ularni otishni davom ettirishga majbur etdik».
F.Xo’jayev va'da qilgan 30 ming mehnatkash amirga qarshi
ko’tarilmadi. Aksincha xalq ommasi amirlikni bosqinchilardan himoya
qildi. Ular muqaddas Buxoro uchun shahid bo’ldilar. Ma'lum bo’ldiki,
Buxoroda hech qanday inqilobiy harakat yo’q edi.
Amir o’z fuqarolarining fidoyiligi va o’z Vataniga bo’lgan sadoqatini
ko’rib, ularni himoya qilish uchun juda ustalik bilan taktik hiyla ishlatdi. U
«yosh buxoroliklar»ning hamma talablariga rozi ekanligi haqidagi xat
bilan birga o’tkazajak islohot matnini ham Kolesovga yubordi. Amir xatda
butunlay taslim bo’lishga ham va hatto, qurolsizlantirilishiga ham rozi
ekanligini o’z muhri bilan tasdiqlab qo’ygan edi. Bunga to’la ishongan
Kolesov askarlarini tezlik bilan Yangi Buxoroga chekinishi uchun buyruq
berdi. O’zi ham amirni Buxorodan 12 chaqirim uzoqlikdagi Kogon
shahriga taklif etib, u yerga chekindi. Muzokara boshlandi. Ammo
muzokaraga amir betobligi uchun kelolmadi deb sabab ko’rsatdilar. Bu
paytda yuzaga kelgan fursatdan foydalanib, amirning odamlari va mahalliy
xalq yuz chaqirimdan ko’proq masofadagi temir yo’lni buzib, telefon
yog’ochlarini yiqitib, simlarini uzib tashladilar. Bosqinchi armiya shu
alfozda qopqonga tushib qoldi. Chorjo’y, Marv, Samarqand, va Qarshiga
boradigan temir yo’llar buzib tashlangan edi.
Bexatar joyda g’alabani kutib turgan Buxoro inqilobiy qo’mitasi
(Fayzulla Xo’jayev, Ota Xo’jayev, Fitrat, Burxonov, Agdarov, Po’latov va
Fazlitdin Maxsum) ham Kolesov poezdida orqaga qochishga majbur
bo’ldi. Bir necha bor amirning odamlari kelib, ularni hech bo’lmasa,
Xo’jayev, Fitrat va Burxonovni chiqarib berishni talab qildilar. Ammo
Kolesov bunga rozi bo’lmadi.
Nihoyat, uch kecha-kunduzda Kolesov arang Qiziltepaga yetib keldi.
Tez orada Qiziltepada yarash bitimi imzolandi. Bu bitimga 1868 yilda
Rossiya bilan Buxoro o’rtasida tuzilgan shartnoma asos qilib olindi. Amir
Buxorodagi ruslar yashaydigan joylardagi sovet hokimiyatini tan olish
majburiyatini oldi. Shuningdek, amirga buzilgan temir yo’lni tuzatish, o’z
armiyasini 12 ming kishidan oshirmaslik hamda sovet hukumatiga yuz
vagon bug’doy berish majburiyati yuklandi.
Kolesov voqeasidan so’ng amir o’z raqiblaridan ayovsiz o’ch ola
boshladi. Voqealarning guvohi Sadriddin Ayniyning guvohlik berishicha,
194
amir odamlari, qushbegi va qozi odamlari g’azovot talablar har yerda
egnida kamzuli bor odamni jadidlikda ayblab urib o’ldira boshladilar.
Bunday qirg’inlar Eski Buxoro, G’ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako’l,
Vag’ng’ozi, kabi atrof tumanlardan tashqari Karmana, Xatirchi, Chorjo’y,
Karki, Qarshi, Sherobod va Hisor bekliklarida ham keng yoyildi. Fayzulla
Xo’jayevning yozishicha, 1918 yil martdagi Kolesov voqealaridan so’ng
amirlikda 1500 kishi jadid sifatida qatl etilgan.
Sadriddin Ayniy “Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar” asarida
keltirishicha, Mirza Shoh Fayz, Mirza Abdufayz, Mirza Ahmad, Mulla
Vafo, Hoji Siroj, Mirza Rahmat, Mulla Sharif, Nizomiddin Sobitiy,
Mirxon Abdunosir, Avazbek, Qori Nurillo, Fazliddin Maxzum,
Sulaymonxo’ja va Fatxulloxo’jalar amir reaksiyasining begunoh
qurbonlari hisoblanadi. Amir va uning amaldorlari farmoni bilan
mirg’azablar, jallodlar begunoh kishilarning uylariga bostirib kirib, mol-
mulkini taladilar, gunohsiz kishilarni zindonga tashladilar. Voqealarning
guvohi va ishtirokchilari Fayzulla Xo’jayev va Sadriddin Ayniylar ham
amir tomonidan ta’qib ostiga olindilar. Sadriddin Ayniyning yozishicha,
Kolesov voqealaridan so’ng ularning Buxoroda qolishi fojeali tus olishi
mumkin edi. Shu sababli Sadriddin Ayniy va Fayzulla Xo’jayevlar dastlab
Samarqandga, undan so’ng Toshkentga yo’l oladilar.
Dostları ilə paylaş: |