O‘zbekiston respublikasi


Anvar Posho shaxsi va uning qurolli qarshilik harakatidagi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Anvar Posho shaxsi va uning qurolli qarshilik harakatidagi 
ishtiroki.
Anvar Posho 1881 yil 14 iyunda Turkiyaning Istanbul shahrida 
tig`ilgan. Yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, «Ittihod va
taraqqiy» partiyasi rahbarlaridan biri sifatida faoliyat yuritgan. 1903
yildan Istanbul Bosh shtab akademiyasini bitirgan. 1909-1911 yillarda 
Berlinda Turkiyaning harbiy attashesi bo`lgan. Turkiya, Makedoniya, 
Kavkaz, Germaniya, Rossiya, Turkistondagi siyosiy jarayonlarda faol 
qatnashgan.
1908 yili Turkiyada davlat to‘ntarishiga rahbarlik qilib, Sulton 
Abdulhamid II hokimiyatiga chek qo‘ydi, Turkiyaning chet davlatlar 
tomonidan bo‘lib tashlanishiga barham ber-di. 1913 y. yanv.da«Hurriyat 
va ittihod» partiyasini hukumatdan chetlatdi. Tal'at posho hamda Jamol 
posho bilan birga norasmiy uchlik tuzdi, butun hokimiyatnio‘z qo‘liga
oldi. Turkiyaning Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishi va1-jahon 
urushiga qo‘shilishi tashabbuskori bo‘ldi, bosh qo‘mondon-sultonning 
noibi sifatida urushda turk qo‘shinlariga qo‘mondonlik qildi. 
Turkiya urushda yengilgach, Anvar posho avval Germaniya, 
Rossiyaga va nihoyat1921 yilning kuzida Buxoroga keldi va Turkiston 
istiqlolchilari tarafiga o‘tganini e'lon etdi. Bolsheviklarga qarshi 
kurashga qo‘shilgan Anvar posho 1922 yilning 4 avgust kuni kichik bir 


155 
guruh bilan Boljuvonga kirib kelgan qizil qo‘shinga qarshi hujum vaqtida 
shahid bo‘ldi. 
Said Olimxon Buxoro taxtidan ayrilgan so’ng taxtni qaytarib olish 
uchun kurashdi. Sovetlar bosqiniga qarshi Buxoro mustaqilligi va ozodligi 
uchun kurashgan asosiy kuch amir Sayid Olimxon boshchiligidagi kuchlar 
bo’ldi. Buxoro amiri o’ziga sodiq kuchlar bilan poytaxtni tark etgach 
Boysun viloyatiga qarshi Bandor va Darband atroflarida bosqinchi qizil 
askarlar bilan jang qilib Hisor viloyatiga chekindi. Bu yerda u olti oy 
moboynida dushmanga qarshi jang olib bordi. “Jang boshida,- deydi Said 
Olimxon, harbiy vazir tog’am Muhammad Saidbek Parvonachi va urush 
qo’mondoni Abdulhafiz Parvonachi, Ibrohimbek biy askar boshliqlari 
edilar. Shu bilan olti oy davomida kurash va jang yuz berib, oxiri 
bolsheviklar jamoasi o’zlari paydo qilgan mazkur urushga majbur 
bo’lishib, Moskvadan anchagina askar va harbiy qurollar yig’ib keldilar. 
Shu bilan ular birdan Islom lashkari ustiga hujum boshladilar. Islom 
askarlarida harbiy anjom va qurollar kam bo’lganligi jihatdan o’n oy 
davomida urushib jang qildilar, so’ngra bu bandayi ojiz yordam va madad 
so’rash harakatida xorijiy davlatlarga murojaat qildim”.
Buxoroning 
markaziy qismlaridan shoshilinch chekinayotgan Said Olimxon qarshi va 
G’uzordan ham o’tib, Boysun bekligi hududiga kirib bordi. Arxiv 
hujjatlarida keltirilishicha, sobiq amir Said Olimxon yaxshi qurollangan 
300 kishilik otliqlar, shu jumladan, Afg’oniston hukumatining vakili 
Muxammad Akbarxon boshchiligidagi 100 ta afg’on sarbozi himoyasi 
ostida 1920-yil 10-sentyabrda Boysunga yetib kelishdi. Biroq Said 
Olimxon o’z xotiralarida Boysun to’g’risida so’z yuritmay, balki 
Qo’rg’ontepaga borganligini tilga oladi. Holbuki, Qo’rg’ontepaga u sal 
keyinroq borgan.
Boysun begi Said Ahmad «Kutilmagan mehmon»ni biroz hayratlanib, 
qarshilaydi. Said Olimxon bu yerda sanoko’i kunlar bo’lishiga 
qaramasdan, u «Boysun viloyatiga qarashli Bandardan to Darbandgacha 
dushman oldini olish uchun istehkomlar qurdirtiradi». Ammo orqadan 
yetib kelgan qizil askarlarning hujumiga uning sarbozlari dosh bera 
olmaydi. Darband va Sayrobda bo’lgan janglardan so’ng, Said Olimxon 
«Buxoroning sharqi bo’lgan Hisor viloyatiga» junaganligini o’z 
memuarida yozib qoldirgan. U Hisor va Denovga yangi hokimlarni 
tayinlaydi.
O’z vaqtida Yosh buxorolik jadidlarning mamlakatda demokratik 
islohotlar o’tkazish haqidagi takliflariga keskin salbiy munosabat bildirgan 


156 
sobiq amir endi bosqinchi qizil armiya jangchilariga qarshi mustaqillik ku-
rashini tashkil qilishga urindi. Darhaqiqat, qisqa fursat ichida Said 
Olimxon boshchiligidagi qo’shin safiga Sharqiy va O’rta Buxorodan 
ko’plab vatanparvarlar kelib qo’shildi.
Said Olimxon Dushanbe va Qoratog’da ham bo’lgach, Hisor shahrini 
o’ziga qarorgoh qilib belgilaydi. Sharqiy Buxorodagi Ibrohimbek 
Davlatmandbek Fuzayl Maxdum, Eshon Sulton, Tog’ay Sari, 
Avliyoqulbek, Abdurahmonbek Alimardonbek kabi nufuzli kishilar, 
boshliqlari va beklari, yirik din arboblari. sobiq amir huzurida to’planishdi. 
Ular Sharqiy Buxoroni qizil askarlar qo’liga topshirmaslik yangi 
hokimiyatni tan olmaslik va unga buysunmaslikka qaror qildilar.
Said Olimxon o’z lashkarlarining boshlig’i qilib, harbiy vazir bo’lgan 
tog’asi Muhammad Saidbek Parvonachini, shuningdek Abdulhafiz 
Parvonachi va Ibrohimbekni tayinlaydi. “Hisor viloyatida bolsheviklarga 
qarshi olti oy davomida kurash va jang olib bordim”, deb yozgan edi u. 
Muntazam 
armiyaning 
mavjud 
emasligi, 
qurol-yarog’larning 
yetishmasligi, zamonaviy harbiy mutaxassislarning deyarli yo’qligi va 
boshqa qator qiyinchiliklarga qaramasdan qisqa muddat ichida Sharqiy 
Buxoroda qizil askarlarga qarshi tura oladigan katta miqdordagi harbiy 
kuchlar to’plandi. Said Olimxon Ko’lob, Hisor va Dushanbe atrofida katta 
miqdordagi kuchlarni birlashtirishga muvaffaq bo’ldi. 1920-yil noyabr 
oyining o’rtlarida uning qo’shinlari Boysun, Darband va Sherobodni 
egallashdi. 1920-yil noyabrida Said Olimxon Dushanbedagi Esserton 
orqali Buyuk Britaniya qiroli Georg V ga quyidagi mazmunda maktub 
yo’llaydi: “Bunday mushkul paytda Oliy hazratlari o’z ezguligi va 
oliyjaobligini ko’rsatadi hamda menga do’sttona yordam sifatida davlat 
qarzi hisobidan 100 000 funt sterling, 20 ming miltiq, o’qlari bilan 30 ta 
to’p va zarur jihozlari bilan 10 ta aeroplan jo’natadi deb ishonaman”. Amir 
shuningdek 2 ming qurol yarog’li askar so’raydi. Biroq amirning iltimosi 
natijasiz qoldirildi. 
Sherobod tumani va Angor qishlog’idan atigi 6 chaqirim shimoli-
sharq, shimol va shimoli-g’arbda joylashgan qishloqlarda dushmanning 
8000 kishisi joylashgan. Josuslik ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro amiri 
ruslarga qarshi muqaddas urush e’lon qilgan, uning chaqirig’i Sharqiy 
Buxoro Qishloqlarining aholisi tomonidan hayrihoxlik bilan kutib 
olinmoqda. Sovet qo’mondonligi hali 1920-yil oktyabr oyining 
oxirlaridayoq Sharqiy Buxoroni bosib olish uchun maxsus ekspediqiya 
jo’natishni rejalashtirgan edi. 9 noyabrda 1-armiya qo’mondoni 


157 
G.V.Zinovyevning buyrug’i bilan Buxoro hududidagi barcha sovet harbiy 
bo’linmalari va qal’alardagi garnizonlar Buxoro gruppa qo’shinlari 
tarkibiga kiritildi. Uning yaqin oradagi vazifasi qilib, Hisor ekspedisiyasini 
o’tkazish belgilandi.
1920-yil 17-dekabrda Hisor ekspedisiyasi qismlari diviziya komandiri 
Marsov boshchiligida Qarshidan yo’lga chiqishdi. Ular 20-dekabrda jang 
bilan Darbandni egallashdi.
Afsuski, kuchlar teng emas edi. Avval ham yozib o’tilganideq bu 
paytda Buxoroda zamonaviy qurol-yarog’lar va jangovar texnika bilan 
qurollangan qizil armiyaning 70 ming tajribali jangchisi bor edi. 
Arxivlardagi hujjatlar 1920-yildagi kuchlar nisbatini ana shunday ifoda-
laydi. Bu holni Said Olimxon ham tushunmasligi mumkin emas edi. 
Istiqlolchilar qo’shinida qurol-yarog’ yetishmagan. 1920-yil kuzida sovet 
rejimi Qrimda Vrangel armiyasi ustidan g’alaba qozongach, asosiy 
e’tiborni Turkiston mintaqasiga, shu jumladan, Buxoro respublikasiga 
qaratdi. Buxorodagi qo’zg’olonchilarga qarshi Rossiya markazidan 
ketirilgan yangi harbiy qismlar, saralangan va janglarda chiniqqan qizil 
askarlar tashlandi. Aynan ushbu holat O’rta Buxorodagi qo’zg’olonni 
yanada avj olib ketishiga yo’l qo’ymadi.
Qizil askarlarning katta miqdordagi harbiy kuchlari istiqlolchilarning 
ham o’z qo’shinini yaxlit qo’mondonlik ostiga birlashtirishni taqozo qilar 
edi. Bu davrda Said Olimxon Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 
bilan aloqani yo’lga qo’ydi. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, Farg’onadan 
4000 yigit Sharqiy Buxoroga yetib kelgan. Hisordan Ko’lob viloyatiga 
kelgan Said Olimxon butun qo’shinlariga Mulla Muhammad Ibrohimbek 
Devonbegi 
(Ibrohimbek 
laqay) 
va 
Davlatmandbek 
Devonbegini 
lashkarboshilar qilib tayinladi.
Qisqa muddat ichida Said Olimxon o’z armiyasi miqorini yanada 
ko’paytirdi. 1921-yil 8-yanvardagi razvedka ma’lumotlariga qaraganda, 
“Buxoro amiri qo’shinining miqdori 25000 kishiga yetgan, uni safarbar 
qilinganlar hisobidan 50000 kishiga yetkazish mo’ljallanmoqda. Qo’shin 
turli miltiqlar, bir nechta plumyotlar va 8 ta to’p bilan qurollangan. 
miltiqlar yetarli darajada, lekin o’q-dori yetishmaydi. O’q-dorini 
muntazam ravishda yetkazib berish uchun Hisorda o’q-dori zavodi ishga 
tushirildi. Zavod ishini 4 ta avstriyalik boshqarmoqda ... Amir Afg’oniston 
tomonidan beriladigan yordamga katta umid bog’lamoqda, unga jang olib 
borishi uchun yetarli miqdorda qurol-yarog’ va harbiy instruktorlar 
jo’natish va’da qilingan”.


158 
Bu orada qizil armiyaning katta miqdordagi otliqlar polki va boshqa 
qismlar Said Olimxon tomonidan boysunliklarga yordamga yuborilgan 10 
ming kishilik armiyani Bandixon darasida mag’lubiyatga uchratdi. Boysun 
yonidagi janglarda istiqlolchilar qizil askarlarning diviziya komandiri 
Marsovni o’ldirishdi. Ammo ular oqibat natijada Boysunni tashlab 
chiqishga majbur bo’lishdi.
Boysundagi janglarda istiqlolchilar mag’lubiyatga uchragan bo’lsalar 
ham, ular Denov yonida katta miqdordagi kuchlarni to’plashdi. 1921-yil 
13-fevralda jo’natilgan qizil askarlarning josuslik ma’lumotlariga 
qaraganda, “Denov, Yurchi shaharlari va atrof qishloqlar qarshilik Bo`ri 
boyvachcha boshchiligida 5000 kishilik qo’shin to’plandi. Bu qo’shin 
tarkibida taxminan 500 kishilik turkman, 200 kishilik afg’on, 300 kishilik 
Farg’ona bosmachilari bo’lib, qolganlari Buxoro amirining doimiy 
sarbozlari, turk va sherbachcha polklari, mahalliy aholi vakillari edi. ...Bu 
paytda uning oldiga Qobuldan 10 kishilik afg’onlarning delegasiyasi 
tashrif buyurdi va tez orada amirga madad kelishini ma’lum qilishdi”.
“Izvestiya” gazetasi o’sha kunlarda ushbu satrlarni yozgan edi: “ ... 
Amir hukmronlik qilayotgan hudud kundan-kunga qisqarmoqa. U bahorga 
kelib, yo tog’larga chiqib ketishi, yo Buxoro hududini tark etishi lozim 
bo’ladi. Uning ixtiyorida faqat Sharqiy Buxoroning Hisor, Dushanbe, 
Fayzobod viloyatlari qoldi. Uning ixtiyorida faqat 600 askar bor”.
Bu voqealardan so’ng Said Olimxonning qarorgohi Dushanbe 
shahriga hujum boshlandi. 20 -fevralda u shaharni tashlab chiqqach, avval 
Ko’lob viloyatiga chekindi. 1921-yil 4-martda Said Olimxon Chubek 
degan joydan Afg’oniston davlatiga o’tib ketdi.
Said Olimxon qizil askarlarga qarshi kurashni davom ettirish 
maqsadida Hisordan Ko’lob viloyatiga, u yerdan 1921-yilda Afg’oniston 
poytaxti Kobulga yetib keldi. U yo’l-yo’lakay Sharqiy Buxoro hududida 
bo’lgan chog’ida sovetlarga qarshi vatan mustaqilligi va ozodligi uchun 
kurashga ko’z tikkan kuchlarni qo’llab-quvvatladi, ularga madad va 
maslahatlar berdi. Jumladan, Sayid Olimxon Ko’lob viloyatida bo’lganida 
sovetlarga qarshi kurash olib borgan ozodlik fidoyilari Mulla Muhammad 
Ibrohimbek devonbegilar bilan uchrashganligi va dushman bilan 
bo’ladigan istiqboldagi jang rejalarini ishlab chiqqanligini takidlaydi.
na qo’rboshilardan yordam so’raydi. Boymirza Hayitovni 
ma’lumotiga ko’ra Said Olimxon Shermuhammadbekdan yordam so’rab 
500 nafar otliqni oladi. Boysunda sovetlar bilan bo’lgan jangdan so’ng 72 
nafari halok bo’ladi.


159 
Afg’oniston amiri Omonullaxon Said Olimxonni yaxshi qarshi oldi. 
Amir sarbozlariga Mozori Sharif va Xonoboddan joy ajratildi. Uning 
o’ziga esa amirning Kobul yaqinidagi Qal’ayi Fatudan joy ajratildi. 
Dastlabki payitda bu yerda Sayid Olimxon bilan birgalikda Karmana beki 
Yovqochbek, Sherobod beki Abdulhafizbek, Mirfattohbek udaychi, 
amirning savdo bo’yicha Londondagi vakili bo’lib ishlagan Yusufboy 
Muqimboyev, Qori Mizrob, harbiy vazir Ibrohimbek, Abdullabek 
to’qsoba, A’zamhoji va boshqalar bo’lgan. 
Said Olimxon bu davrda harbiy kuch va qurol-yarog’ so’rab, 
Afg’oniston amiri huzuriga o’z ishonchli vakillarini jo’natdi. Afsuski, 
Afg’onistondan yetib kelgan yordamchi kuchlar, qurol-yarog’ va harbiy 
aslahalar ham unchalik ko`p emas edi. Bundan tashqari, Said Olimxon hali 
Sharqiy Buxoroda ekanligidayoq o’z vakillari orqali bolsheviklarga qarshi 
kurashish uchun harbiy yordam so’rab Yevropa mamlakatlariga, xususan, 
Angliyaga bir necha marta murojaat qildi. Afsuski, uning bu iltimosiga 
Angliya va Yevropadagi boshqa davlatlar sovuqqonlik bilan qarab, hech 
qanday amaliy yordam ko’rsatishmadi.
Istiqlolchilik harakati tez orada Sharqiy Buxorodan O’rta Buxoroga 
ham tarqaldi. F.Xo’jayevning e’tirof qilishicha, “o’zbek qabilalari ... 
boshliqlari tomonidan Sharqiy Buxoroda boshlangan bosmachilik harakati 
Buxoroning boshqa qismlarida ham qo’llab-quvvatland”. Bosqinchi qizil 
askarlar va Buxorodagi yangi hukukumatga qarshi ko’tarilgan katta 
qo’zg’olonlardan biri “O’rta Buxoroning sobiq Shahrisabz, Yakkabog’, 
Kitob, Chiroqchi bekliklarida boshlandi. Bu to’rtta beklik O’rta 
Buxoroning atrofi tog’lar bilan o’rab olingan, aholisining deyarli hammasi 
o’zbek qabilalaridan iborat bo’lgan bitta katta rayonni tashkil etgan edi”.
G’arbiy Buxorodagi istiqlolchilik harakatini yanada faollashtirish 
maqsadida bu yerga Said Olimxon Sharqiy Buxoro orqali o’z vakillarini 
yubordi.
Mulla Abdulqahhor qo’rboshi Qizilqum cho’llarida qizil askarlar bilan 
bo’lgan to’qnashuvlarning birida 1924-yilning oxirida o’ldirildi. Said 
Olimxon yozganidek, uning ikki ukasi: Metan Polvon va Naim Polvon sal 
oldinroq shahid bo’lishigan edi.
1924-yil oxirlarida Buxoro va Karmana viloyatlaridagi istiqlolchilar 
asosan mag’lubiyatga uchradilar.
Said Olimxon Angliyaning “Manchestr Gardian” gazetasida jahon 
jamoatchiligiga qarata murojaatnomasida “...Men kim, Buxoroning 
o’tmishdagi va hozirdagi qonuniy hukmdoriman, shu kunlarda 


160 
mujohidlarning ham yo’lboshchisi hisoblanaman, mamlakatdagi ahvol 
to’g’risida adolatni sevuvchi, tinchlikni istovchi barcha kishilarga murojaat 
etib, bu masalaga o’z munosabatini izhor qilishni so’rayman” deb murojaat 
qilgan. Bundan tashqari Sayyid Olimxonning bu murojaatnomasi xalqaro 
maydonda katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Mazkur maktub Jenevadagi 
Millatlar Ligasiga, Gaagadagi Xalqaro tribunalga, Buyuk Britaniya, 
AQSh, Yaponiya va boshqa davlatlarning boshliqlariga jo’natildi. Buyuk 
Britaniya hukumati sho’ro hukumatiga rasmiy bayonot bilan murojaat ham 
qildi. Sho’rolar vakili Krasin bilan lord Kerzon o’rtasida ushbu masalada 
muzokaralar ham bo’lib o’tdi. Ammo, sho’rolar tomoni Said Olimxonning 
barcha da’volarini asossiz deb isbotlashga urindi. 
Buxoro 
xonligi 
taxtini 
qaytish 
uchun 
ochiq 
kurashdagi 
mag’lubiyatdan so’ng Ingliz razvedkasi SSSR ga qarshi qo’poruvchi 
kuchlarni birlashtiruvchi muhojirlar siyosiy tashkilotoni yaratishga yordam 
berdi. Biroq 30-yilarning birinchi yarmidayoq inglizlarni turkistonlik 
muhojirlar siyosiy oqimini birlashtirish borasidagi olib borgan ishlarida 
Said Olimxonni nomi e’tibordan chetda qoldi. Chunki Amirning 
muhojirlar orasidagi nufuzu pasaygan edi. Keyinchalik yapon, turk, nemis, 
razvedkasi tomonidan qiziqaish uyg’otdi. Nemis razvedkasining 
Afg’onistondagi buxorolik muhojirlar muhitida faoliyati 1941

1943-
yillarda kuchaydi. Muhojirlar “Faol” nomli mahsus markaz tuzishdi. Lekin 
Stalingrad mag’lubiyatdan so’ng Afg’oniston hukumati bu markaz 
a’zolarni qamoqa olishdi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə