O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

 
Tayanch iboralar. 
 
Shayboniyxon, homiylik, zodagon, udel tizimi,jangovar an`analar, 
oliyhimmatlik, valiahd tayinlash an`anasi,Balx taxti, 
mang`itlar, 
hukmdorlar sifatlari, amirning avlodlari.
 
Nazorat savollari. 
1.
Buxoro hukmdorlarining ilmiy ijodkorlik va adabiyot bo`yicha 
yetakchilik qilgan vakillari haqida ma`lumot bering. 
2.
Imomqulixon hukmronligi davrida Buxoro xonligining tashqi siyosiy 
ta`siri qanday jihatlarda namoyon bo`ldi? 
3.
Hah uch sulolaning so`nggi humdorlri faoliyatiga tavsif bering. 
4.
Buxoroning so`nggi hukmdori va uning avlodlari haqida ma`lumot 
bering. 


148 
BUXORODA QUROLLI QARSHILIK HARAKATI 
Reja: 
1.
 
Buxoroda qurolli qarshilik harakati va uning kelib chiqish 
sabablari 
2.
 
Mulla Abduqahhor va Ibrohimbek Laqay harakati 
3.
 
Anvar Posho shaxsi va uning qurolli qarshilik harakatidagi 
ishtiroki. 
Buxoroda qurolli qarshilik harakati va uning kelib chiqish 
sabablari. 
Bolsheviklarning bosqinchiligiga qarshi O‘rta Osiyoda keng 
quloch yoygan xalq harakati bolsheviklar tomonidan «bosmachilik» 
harakati deb, ushbu harakat ishtirokchilari «bosmachilar» deb atala 
boshlandi. Aslida «bosmachi» so‘zi «bosmoq» fe'lidan olingan bo‘lib, 
muayyan hududni bosmoq, talamoq ma'nosini bildiradi. Bu isbot ham
ilmiy talqin ham talab qilmaydigan aksioma. Xuddi mana shu sabab tufayli 
o‘tgan asrning yigirmanchi yillaridan boshlab chiqarilayotgan deyarli 
barcha ilmiy maqolalarda atamaning yuqoridagi talqini ustuvor mohiyat 
kasb etib kelmoqda. Bu so‘z yurt mudofaachilari va erku imon 
himoyachilarini xalqqa yomon ko‘rsatib, badnom qilish uchun 
bolsheviklar tomonidan ishlatilib, keyinchalik harbiy va ilmiy-siyosiy 
muomalaga kiritilgan atamadir. Aslida bosmachi muayyan hududga o‘zga 
yurtdan bostirib kelganlarga nisbatan ishlatilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Masalaning 
ikkinchi tomoniga ham e'tibor qaratish lozimki, o‘sha qonli mojarolar 
avjiga chiqqan yillardagi siyosiy hokimiyatning tamoman falajligi 
sharoitida ba'zi kriminal elementlar ham qurollanib, ayrim hududlarda 
talonchilik qilishgan. Bunday kimsalar yurt va imon-e'tiqod himoyasi 
uchun birlashgan dastalar orasida ham yo‘q emas edi. Mana shunday 
kimsalarga nisbat berilib, aholi orasida ularga nisbatan salbiy kayfiyat 
uyg‘otish maqsadida bolsheviklar yurt himoyasi uchun otlangan butun 
boshli guruhlarni ham bosqinchi to‘dalar, ya'ni bosmachilar deb atay 
boshlaganlar.
Muammoning yana bir tomoni, bosqinchi atamasi, o‘zga yurtdan 
bosib kelgan guruhga nisbatan ishlatilsa haqiqatga yaqinroq bo‘ladi. 
Demak, bolsheviklarning o‘zlari bosmachilik siyosati tufayli O‘rta Osiyo 
hududlarini 
bosib 
olib, 
o‘zlarining harbiy-siyosiy qilmishlarini 
xaspo‘shlash uchun ayrim o‘g‘ri guruhlar siymosida ushbu salbiy atamani 
yurt himoyachilariga nisbatan ham qo‘llay boshladilar. Sharqiy Buxorodan 
istiqlolchi kuchlarning yo‘lboshchilari 1922 yilda Boysun garnizonidagi 


149 
bolsheviklar hukumati vakillariga quyidagi talabni qo‘yadi va bu xat Sovet 
hukumatining Boysundagi vakili Olimjon Akchurinning qo‘liga kelib 
tushadi: «Boysun shahridagi bolsheviklar vakiliga. Haqiqiy mustaqil 
Buxoro tuprog‘idagi aholining vakillari bo‘lgan bizlar Sizlarga shuni 
ma'lum qilamizki, sizlar vatanimizdan chiqib ketmaguningizcha jangni 
davom ettiraveramiz deb hammamiz bir qarorga keldik. Hozirgi vaqtda 
behuda 
qon 
to‘kilmasin deb va odamgarchilik qilib sizlarga 
mamlakatimizdan chiqib ketishni taklif qilayotirmiz. Shunday qilsangiz 
Sizning do‘stlaringiz bo‘lib qolamiz va o‘zimiz yordam berib sizlarni 
ochlikdan saqlab qolamiz, aks holda, Sizlar vataningizda ochlikdan 
o‘layotgan oilalaringiz kabi mahv etilasiz. Hozir biz gunohkor bo‘lmaylik 
deb odam qonini to‘kishni istamayotirmiz. Lekin xalqimizning istagiga 
xilof ravishda vatanimizda bostirib kirgan sizlar bilan jang qilishni 
muqaddas burchimiz deb bilamiz. Bizlar xursandlik bilan bu yo‘lda 
qonimizni to‘kib, shahid bo‘lishdan qaytmaymiz. 
XX asrning 90-yillari boshida O‘zbekiston va Tojikiston matbuotida 
bosmachilik harakatiga bag‘ishlangan bir qator maqolalar chop etilib, 
harakatning mazmun-mohiyatiga e'tibor berila boshlandi. Xususan, «Hayot 
va iqtisod» jurnalida bosilgan A.Akromovning maqolasida bosmachilik 
so‘zi bolshevik mafkurachilari tomonidan harakat mohiyatini buzib 
ko‘rsatish uchun qo‘llanib kelinganligi haqida to‘xtaladi va harakat 
mohiyatiga e'tibor qaratish fikrini ilgari suradi. «Zvezda Vostoka» 
jurnalida Boymirza Hayitning bosmachilik harakati haqidagi asari ushbu 
harakat proletariat diktaturasiga qarshi milliy ozodlik harakati ekanligi 
qayd etilib, proletariat diktaturasi Rossiya imperiyasining Turkiston 
respublikalari bilan olib borgan mustamlakachilik siyosatining davomli 
ko‘rinishi ekanligi, bosmachilik harakati esa mana shu mustamlakachilik 
harakatiga qarshi milliy davlatchilik tizimini o‘rnatish uchun olib 
borilayotgan harakat ekanligi ta'kidlanadi. 90-yillarning o‘rtalariga kelib, 
O‘zbekiston tarixchi olimlari davrasida ushbu atama harakat mohiyatiga 
zid ekanligi muhokama qilinib, harakat «istiqlolchilik harakati», 
ishtirokchilar esa «istiqlolchilar» deb atalishi lozim, degan to‘xtamga 
kelinadi. Hamda ushbu muammoga aloqador olimlar ovozlari matbuotda 
ham aks-sado bera boshlaydi. 
Lekin, XX asr boshlarida siyosiy-ilmiy elita orasida ushbu 
harakatningda butunlay ijtimoiy hayotda ijobiy mohiyat kasb etganligiga 
shubha bilan qarash hollari ham namoyon bo‘la boshlab, olimlar va 


150 
tadqiqotchilar harakatga juda ehtiyotkorlik bilan munosabat bildira 
boshlaydilar.
O‘tgan yetmish-sakson yil mobaynida «bosmachilik» termini Sovet 
va chet el ilmiy, siyosiy, adabiy va harbiy leksikonida faol qo‘llanilib, 
turg‘unlik mohiyat kasb etganligi bois, shu bilan birgalikda O‘zbekistonda 
ushbu mavzuda yaratilayotgan asarlarning ham qo‘shni respublikalar 
hamda chet el ilmiy davralarida ham yaxshi hazm bo‘lishi uchun 
«bosmachilik» atamasi qo‘shtirnoq ichida qo‘llanilib ketilsa maqsadga 
muvofiq. Chunki, tarix sahifalaridan joy olgan ushbu termindan voz 
kechish shartmi, gap atamada emas, mohiyatda, maqsadda. Qolaversa
qo‘shtirnoq ichiga olingan har bir so‘z, atama aks mazmunni anglatilishi 
barchaga ayon. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə