O‘zbekiston respublikasi


Mahg`itlar – Muhammad Rahimbiy, Shohmurod, Haydar



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Mahg`itlar – Muhammad Rahimbiy, Shohmurod, Haydar, 
Nasrulloxon, Muzaffarxon, Sayid Olimxon. 
Eron shohi Nodirshohning 
o‘g‘li Rizoquli 1737–1738 yillarda ashtarxoniylar qo‘shini bilan Qarshi 
bekligida va Shulluk vohasida to‘qnashib, o‘zbek qo‘shinlarini 
mag‘lubiyatga uchratadi. Shu bilan birga, uzoq maqsadlarni ko‘zlagan 
Nodirshoh asirga olingan o‘zbek qo‘shinlariga nisbatan g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatadi va otaliq Muhammad Doniyolbiyni asirlikdan ozod etadi. 
Yuqoridagilar bilan cheklanmasdan, Nodirshoh o‘g‘li Rizoqulining 
nomaqbul harakatlari uchun Abulfayzxondan uzr so‘rab, undan an'anaga 
ko‘ra sulh tuzishni taklif qiladi.
Ikki davlat hukmdorlari Amudaryo qirg‘oqlarida uchrashib, Eron va 
Turon mamlakatlari o‘rtasida barqaror ittifoqni mustahkamlashga kelishib 
oladilar. Mazkur uchrashuvda Muhammad Hakimbiy va uning o‘g‘lini 
ozod etilishi ikki davlat o‘rtasidagi barqaror tinchlikni o‘rnatishda muhim 
omil bo‘lib xizmat qilgan. Ikki davlat o‘rtasida tinchlik muzokaralarini 
o‘tkazishda Muhammad Hakimbiy va uning o‘g‘li Muhammad 
Rahimlarning xizmati katta bo‘lgan. Bunday vaziyatdan unumli ravishda 
foydalangan Muhammad Rahim hokimiyatni egallash uchun Nodirshoh 
bilan samimiy munosabatda bo‘lishga intiladi.
Nodirshoh Muhammad Rahimning hokimiyatni boshqarishga bo‘lgan 
qobiliyatini ko‘rib, unga o‘z o‘g‘li kabi yondashadi hamda hokimiyatni 
egallashda amaliy yordam ko‘rsatadi. Xususan, Nodirshoh Muhammad 
Rahimga o‘z harbiy kuchini mustahkamlashi uchun askarlar sonini 6000 
dan 18000 gacha ko‘paytirishiga hamda Muhammad Hakimbiyning 
vafotidan so‘ng uni otaliq lavozimini egallashiga imkoniyat tug‘dirib 
beradi. 


136 
Shu bilan birga, Nodirshoh Abulfayzxon davlatidagi ichki 
g‘alayonlarga o‘z munosabatini bildirib, ularni oldini olish va qarshi 
kurashish lozimligiga alohida e'tibor qaratadi hamda davlat boshlig‘ini 
ushbu jarayonlarga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi. Xususan, Nodirshoh 
ushbu masalada xonga yozma ravishda murojaat etib, Abulfayzxonning 
siyosatini 
qattiq 
tanqid 
qiladi. 
Ayrim 
manbalarda, 
aksincha, 
Nodirshohning xonga nisbatan hayrihoh ekanligi hatto unga ehtirom 
ko‘rsatib, uni o‘z xizmatiga olishlik istagi borligini bildirganligi to‘g‘risida 
gap boradi. “Shu maqsadda Nodirshoh ikki asosiy huquqiy hujjat – 
farmon(yorliq)ni qabul qiladi. Birinchisi, Abulfayzxonni o‘z lavozimidan 
ozod etish va uning o‘rniga o‘g‘li Abdulmo‘minni xon etib tayinlash 
haqida, ikkinchisi, Muhammad Rahimni Movarounnahr sultoni (amir ul-
umaro) etib tayinlash haqida edi”. Biroq Abulfayzxon Nodirshoh 
xizmatida faoliyat yuritish taklifini rad etadi.
1743 yilning dekabr oyida Nodirshoh o‘n ikkita shia mazhabiga 
mansub bo‘lgan imomlar va sunniylik mazhabiga mansub bo‘lgan eron, 
afg‘on va Movarounnahr ulamolarini e'tiqodning har qanday vaziyatida 
“kelishuv”ga erishish mumkinligiga undash maqsadida to‘playdi. 
Uchrashuvda Bog‘dod shahrining qozisi Abdullo as-Suvaydiy yig‘ilish 
bayonini olib borish uchun hakam sifatida tayinlanadi. Uchrashuvga 
yetmishta eron, yettita afg‘on va yettita Movarounnahr muftiylari, qozilari 
va imomlari tashrif buyurgan. Sunniylar tarafidan vakil sifatida mashhur 
Buxoro qozisi hamda Ko‘kaldosh madrasasining mudarrisi Xodi Xo‘ja ibn 
Alouddin, shialar tarafidan esa Nodirshohning diniy va huquqiy masalalar 
yuzasidan muallimi mullaboshi Ali Akbar so‘zga chiqqanlar.
Mazkur uchrashuvda har doimgidek sunniylarning shialik aqidasiga 
qaratilgan da'volari ustunlik qilib turgan. Munozara davomida shia 
mazhabining vakillari Ali Akbar va uning safdoshlari dastlabki ikki xalifa 
Abu Bakr va Umar safdoshlarini kamsitishni, vaqtinchalik nikoh 
masalasini hamda Hazrat Ali Muhammad Payg‘ambarning yolg‘iz vorisi 
ekanligini tan olishni rad etish to‘g‘risidagi kelishuvga rozi bo‘lganlar. 
Sunniylik vakillari o‘z navbatida shialik ta'limotini, ya'ni to‘rt asosiy 
huquq maktablari qatorida ja'fariya mazhabini tan olishga tayyor 
ekanliklarini bildirganlar. Yig‘ilishning yakunlovchi qismida ishtirok 
etgan ulamolar yagona kelishuvga imzo qo‘yganlar.
Mazkur kelishuv g‘oyaviy jihatdan ulamolar o‘rtasidagi muayyan 
barqarorlikni qaror toptirgan bo‘lsada, amalda diniy oqimlar o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklar keyinchalik ham davom etgan.


137 
Mavjud adabiyotlarda Buxoro davlatida ashtarxoniylar sulolasining 
inqirozga uchrashi va hokimiyat tepasiga mang‘itlar sulolasi vakillarining 
kelishi to‘g‘risida turli xil yondashuvlar ilgari surilgan. Xususan, R. 
Grausset, S. Beker kabi xorijlik olimlar oxirgi joniylar yoki ashtarxoniylar 
1758-yilgacha 
hukmronlik 
qilganliklari 
va 
oxirgi 
ashtarxoniy 
Abulg‘ozixon ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradilar. Shundan kelib chiqib, 
mang‘itlar hokimiyat tepasiga 1785 yilda kelganliklari va uning birinchi 
hukmdori Shohmurod ekanligi to‘g‘risida ma'lumot beradilar. 
Milliy adabiyotlarda ham ushbu masalaga turlicha yondashiladi. 
Xususan, II jildlik O‘zbekiston halqlari tarixi kitobida shayboniylarga 
qarindosh bo‘lgan ashtarxoniylar sulolasi (joniylar) hokimiyatni 1601-
yildan 1753-yilga qadar boshqarganligi haqida so‘z yuritilib, shunday 
deyiladi: “joniylarning so‘nggi vakili Abulg‘ozi qat'iyatli emas edi. U 
Shohmurodga otaliq lavozimini egallash va amalda hokim bo‘lishga 
rozilik berishini so‘rab bir necha marta murojaat qildi. U ko‘p marta rad 
javobini bergach, nihoyat rozi bo‘ldi, vazirlik (1785–1800) lavozimini 
egallab, qo‘zg‘olonlarni tinchitdi va davlatda tartib o‘rnatdi. So‘ng 
Abulg‘ozini taxtdan ag‘darib 1785-yilda o‘zi taxtga o‘tirdi”.
Mazkur ma'lumotdan ashtarxoniylar sulolasi 1785 yilgacha 
hukmronlik qilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Muhammad Rahimbiy 
vafotidan keyin 1758-yilda uning yosh nevarasi Fozil To‘ra taxtga o‘tiradi, 
unga Muhammad Rahimning katta amakisi Doniyolbiy otaliq tayinlanadi. 
Muhammad Rahimning o‘limi haqidagi xabar viloyat hokimlarining 
markaziy hokimiyatga qarshi harakatlarini kuchaytirib yuboradi. Buxoroga 
yurishlar boshlangan bir vaziyatda Doniyolbiy ularga qarshi qo‘shin 
tortishga majbur bo‘ladi va uzoq davom etgan muzokaralardan keyin 
viloyat hokimlari bilan Fozil To‘rani taxtdan chetlatish haqida kelishib 
olinadi.
Taxtga nomigagina ashtarxoniylardan Abulg‘ozi (1753-1785) 
o‘tqaziladi, lekin otaliq Doniyolbiyning o‘zi (1758-1785) amalda haqiqiy 
hokim bo‘lib qolaveradi. Ashtarxoniy Abulg‘ozi amalda hokimiyat egasi 
bo‘lmasa ham rasman xon sifatida tan olingani uchun ushbu sulolaning 
1785 yilgacha hukm surganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
Ushbu jarayonlar haqida tadqiqot olib borgan tarixchi olim 
Sh.Vohidovning yozishicha, Buxoro davlatida XVIII asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab mang‘it sulolasining namoyandalari hukmronlik qilgan. 
Ushbu sulolaning asoschisi Rahimbiy ibn Hakimbiy Xudoyor bo‘ladi. 
Rahimbiy Abulfayzxon o‘limidan so‘ng uning o‘g‘illari Abdullo va 


138 
Abdulmo‘minga otaliqlik qiladi (1747), keyin 1756 yili sayidlar, xo‘jalar 
va ruhoniylar tarafidan Buxoroda xon qilib ko‘tarilgan bo‘lsa ham, u o‘zini 
“noib-ul-hukumat” – hokim o‘rinbosari, deb bilgan. Rahimbiy 
Abulfayzxon qiziga uylangan edi. 1756 yili Muhammad Rahimbiy 
o‘lgandan so‘ng o‘rniga amakisi Doniyolbiy otaliq hukumatni qo‘lga 
oladi. U xonlikka da'vo qilmay, avval Fozil To‘rani keyin Abulg‘oziy 
degan kimsani xon qilib, o‘zini ularga noib deb e'lon qiladi. Uning o‘g‘li 
Shohmurod 1785 yili Buxoroda amir-ul-mo‘minin nomi bilan taxtga 
ko‘tariladi. U amakisining xotini Abulfayzxon qiziga uylanib, keyin 
chingiziylarga qo‘shildi. Amir Shohmurod vafotidan keyin amir Haydar, 
amir Husayn, amir Umar, amir Nasrullo, amir Muzaffar, amir Abdulahad, 
amir Olimxonlar Buxoro xonligida hukmronlik qilganlar”.
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, mazkur masalalar yuzasidan mam-
lakatimiz huquqshunos olimlari yetarli izlanishlar olib bormaganlar. 
Davlat va huquq tarixi masalalari bilan shug‘ullanuvchi olimlar Buxoro 
davlatchiligi shakllanishida o‘ziga xos o‘rin tutadigan ushbu davr 
to‘g‘risida qisman to‘xtalib o‘tadilar, xolos. Shu jihatdan olganda, 
mamlakatimizda amalga oshirilgan tarixiy-huquqiy tadqiqotlarda davlat 
boshqaruvining ashtarxoniylar qo‘lidan mang‘itlar boshqaruviga o‘tishi 
tarixiy-huquqiy jihatdan asoslanmagan. Masalan, M. A. Hamidova 
o‘zining “O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmasida 
“davlat boshqaruvi Abulfayzxon o‘limidan so‘ng mang‘itlar qo‘liga 
o‘tgan” degan jumla bilan kifoyalangan.
Prof. Z. Yu. Muqimov davlat boshqaruvining ashtarxoniylar qo‘lidan 
mang‘itlar qo‘liga o‘tishining asosiy sababi sifatida Muhammad Hakim 
otaliqning hokimiyatni o‘z qo‘liga olishi va Eron shohi Nodirshohning 
o‘zbek xonliklari yerlariga bostirib kirishini ko‘rsatadi.
Milliy davlatchilik tarixi masalalari bilan shug‘ullangan Azamat 
Ziyoning 
“O‘zbek 
davlatchiligi 
tarixi” 
asarida 
ashtarxoniylar 
hokimiyatining zaiflashuvi hamda mang‘it hukmdorlari boshqaruviga 
o‘tishiga sabab bo‘lgan omillar xususida to‘xtalib o‘tilmasdan, ko‘proq 
Muhammad Rahimning davlatni boshqarish faoliyati haqida so‘z 
yuritiladi. 
Professor D. A. Alimova va akademik E. V. Rtveladzelar 
Nodirshohning O‘rta Osiyoga bostirib kirishi va Muhammad Hakimbiy 
bilan shartnoma tuzganligi xususida ma'lumot, A. Sagdullayev va 
O‘.Mavlonovlarning tadqiqotlarida Abdulfayzxon hukmronligi davrida 
mang‘it urug‘i vakillarining hokimiyatga intilishi kuchayganligi hamda 


139 
Muhammad Hakimning Nodirshoh xizmatiga kirib o‘z avlodlariga 
hokimiyatni egallash uchun yordam berganligi to‘g‘risidagi fikrlar o‘z 
ifodasini topgan.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan olimlarning asarlarini tahlil qilish va 
mavzuga oid boshqa bir qator tadqiqotlarni o‘rganish asosida xulosa qilish 
mumkinki, davlat hokimiyatini ashtarxoniylar qo‘lidan mang‘itlar 
boshqaruviga o‘tishiga sabab bo‘lgan omillar ularda atroflicha tahlil 
etilmagan. Ushbu davr to‘g‘risida birmuncha haqqoniy va keng ma'lumot 
berishi mumkin bo‘lgan tarixiy manbalar yetarli bo‘lishiga qaramasdan 
Buxoro davlatchiligi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan mazkur davr 
tadqiqotchilar e'tiboridan chetda qolgan. Biz tomonimizdan dastlabki 
manbalarni o‘rganish va tahlil etish asosida hokimiyatning ashtarxoniylar 
sulolasidan mang‘itlar sulolasiga o‘tishiga sabab bo‘lgan omillar sifatida 
tashqi siyosiy vaziyat, Abulfayzxon hukmronligi yillarida davlatda 
o‘zboshimchalik, boshboshdoqlik singari illatlarning kuchayib ketishi 
ko‘rsatildi.
Xulosa o‘rnida ta'kidlash joizki, Buxoro davlati hokimiyatining 
ashtarxoniylar hukmronligidan mang‘itlar vakillariga o‘tishiga ham ichki 
ham tashqi-siyosiy omil muhim rol o‘ynagan. Xususan, so‘nggi 
ashtarxoniy Abulfayzxonning davlat boshqaruvi masalalarida ichki 
ziddiyatlar va o‘zboshimchaliklarni o‘z vaqtida bartaraf eta olmasligi 
hamda tashqi-siyosiy vaziyatni to‘g‘ri anglab yetmasligining oqibatlari 
ham ta'sir etgan. Shu bilan birga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib 
hudud birligini mustahkamlash, mamlakatni tashqi xavflardan oldini olish 
maqsadida mang‘it urug‘i vakillari Muhammad Hakimbiy va Muhammad 
Rahimlarning mohirona xizmatlari ham alohida ahamiyatga egadir. 
Doniyolbiy otaliq (Doniyolbiy ibn Xudoyorbiy) (1758-1785) 
Muhammad Rahimbiyning amakisi, mang‘itlarning nufuzli biylaridan 
bo‘lib, otaliq lavozimida ishlagan. 1758-yil 24-martda Muhammad Rahim 
vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari bo‘lmaganligi uchun xonlik taxtiga voyaga 
yetmagan nabirasi - Fozilto‘ra o‘tqazilgan, Miyonqol hokimi bo‘lgan 
Doniyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan (1758-1785). Bundan norozi 
bo‘lgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burhut va saroy qabilalari 
amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon ko‘tarib, 10 ming yigitni 
qurollantirib, Buxoro tomonga yurishgan. Ularga qarshi chiqqan 
Doniyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga 
ko‘ra, Fozilto‘rani taxtdan tushirib, o‘rniga Ashtarxoniy shahzodalardan 
bo‘lgan Abulg‘ozi xonlik taxtiga o‘tqazilgan (1758-1785). Doniyolbiy 


140 
ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o‘z qo‘lida saqlab 
qolgan. Doniyolbiy otaliq davrida ham o‘zaro urushlar davom etib, 
Karmana, O‘ratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa joylarda 
mahalliy kuchlar bosh ko‘tarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat 
qilganlar. 1781-yil Rossiya hukumati Buxoro bilan savdo bitimini tuzishga 
taklif etganida Doniyolbiy bu bitimni 92 o‘zbek qabilasi boshliqlari 
roziligisiz imzolay olmasligini bildirgan. Bu holat Doniyolbiy davrida 
Buxoro xonligi siyosiy markazlashuv darajasi Muhammad Rahim davridan 
ancha past bo‘lganini bildiradi. Bu tabiiy suratda Buxoro shahri 
aholisining noroziligiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari Doniyolbiy 
qo‘shin ta`minoti uchun ko‘plab qo‘shimcha soliqlar joriy etib, bu bilan 
poytaxtdagi hunarmandlar va savdo ahlini o‘ziga qarshi qo‘yib qo‘ygan 
edi. 1784-yil Buxoroda qo‘zg‘olon ko‘tarilib, unda mingga yaqin kishi 
o‘ldirilgan.
Doniyolbiy hokimiyatni shaharliklar obro‘-etibori baland bo‘lgan 
o‘g‘li Shohmurodga topshirishga majbur bo‘ldi. Buxoro xonligini 
birlashtirish markazlashtirish uchun kurashni Shohmurod davom ettirgan. 
Mang‘itlardan bo‘lgan Buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning 
yozishicha: “Doniyolbiy sahiy va muruvvatli hokim sifatida mashhur 
bo‘lgan, lekin davlat (moliya) ishlari bilan qiziqmagan. Biron ishni 
boshlashdan 
oldin 
ishning 
ko‘zini 
biladigan 
kishilar 
bilan 
maslahatlashgan”. Doniyolbiy xonlik unvonini qabul qilmagan, u otaliq 
unvoni qanoatlangan. Doniyolbiy davrida me‘moriy yodgorliklardan 
“Xalifa Xudoydod”majmuasi (masjid, madrasa, sardoba va mozor, 1777-
yil) qurilishi boshlangan. 
Shohmurod ibn Doniyolbiy (1749-1800) yoshligidan xudojoy, porso 
bo‘lib o‘sgan. 1785-1800 yillarda Buxoro amiri sifatida mamlakatni idora 
qilgan. Madrasani bitirib, darvishlik suluki soliklaridan biriga aylanadi. 
Shuning uchun xalq uni hurmat bilan “amiri ma`sum” (begunoh 
amir)unvonini bergan. Shohmurod darvishona hayot kechirar, shayx 
maslahati bilan bozorda hammollik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab 
sotib, shu orqali ro‘zg‘or tebratgan. Uning xalq orasida obro‘si katta 
bo‘lganligi uchun Doniyolbiy uni o‘ziga valiahd etib tayinlashga majbur 
bo‘lgan. O‘n nafar ukalaridan birortasi ham Shohmurodni yoqtirmas edi. 
Amirlik taxtiga chiqqach, ukalarining har biriga bittadan viloyat
hokimligini topshiradi. Markaziy hokimyat mustahkamlash ishiga qattiy 
bel bo‘glagan hukmdor edi.


141 
Mang‘it namoyondalar orasida Shohmurod ham shaxs, ham arbob 
sifatida alohida o‘rin tutgan, desak xato bo‘lmaydi. Zolim qo‘shbegi va 
qozikalon Nizomiddinni qatl ettiradi. Harbiy ishlar, qozilik ishlarini shariat 
qonunlari asosida tashkil qiladi. Hokimiyat boshqarish tartiblarini isloh 
qilib, siyosiy tarqoqlikka barham beradi. Shohmurod o‘z faoliyatida 
ommaga tayanib ish tutgan. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. O‘zi 
ham nihoyatda kamtarin hayot kechirgan. Jumladan, bir yilda bir olacha 
chopon, bir bo‘z ko‘ylak kiygan. Boshiga olti gazli bo‘z salla, oyog‘iga 
echkiterisidan tikilgan saxtiyon mahsi hamda kovush kiygan. Marv 
yaqinida Islomobod shahrini qurdirgan.
XVIII asrning 20-yillarida boshlangan o‘zaro kurashlar natijasida 
Samarqand talangan, vayrona holiga tushib qolgan edi. Amir Shohmurod 
esa ko‘plab quruvchi, koshinpaz va naqqosh ustalarni tevarak atrofdan olib 
keltirib, Samarqand shahrini qayta tiklashni buyurdi. Qayta qurilajak 
shahar tarhini Amir Shohmurodning o‘zi chizib bergan. Amir Shohmurod 
bundan tashqari, G‘uzor tumanida madrasa va masjid qurdirgan. Shahar 
markazida olti qirrali Chorsu qurilib, “Toqi musaddas”deb atalgan. 
Samarqandning har bir madrasasiga imom, muazzin, mudarrislarni 
Shohmurodning o‘zi tayinlagan. Talabalar va mudarrislarning maoshi 
uchun vaqf yerlari va mulklar ajratgan.
Amir Shohmurod ba‘zi islohatlar o‘tkazib davlatni mustahkamlashga 
erishdi: Boj va xirojdan boshqa barcha soliqlarni kamaytirdi. Otasi 
Doniyolbiy davrida joriy etilgan turli soliqlarni bekor qilgan.
Rais mansabini va qo‘shin tarkibida qozi askar lavozimini joriy qildi. 
Otasi davrida qisqartirilgan vaqf yerlari miqdorini oshirdi. Bu bilan islom 
ruhoniylari e‘tiborini qozondi. Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda 
Shohmurod o‘tkazgan pul islohoti muhim ahamiyat kasb etdi. Shohmurod 
sof kumushdan tanga zarb qilishni buyurdi. Kimning kumushi bo‘lsa, 
zarbxonaga topshirib, evaziga yangi tangalar – pul olishi mumkin edi. 
Ilgari zarb qilingan tangalar bekor qilindi. Yangi pul tijorat ishlari rivojiga 
yo‘l ochib berdi. Barcha viloyatlarga yangi hokimlar tayin qildi, har shahar 
va qishloqqa qozi tayinladi. Bu bilan hokimlar o‘z boshimchaligiga 
barham berdi. Shohmurodning o‘zi qozilarga dastur bo‘ladigan fiqh haqida 
“Ayn ul-hikmat”nomli risola yozdi va ilgari surulgan qoidalarni barcha 
viloyatlarga joriy qildi. Shohmurod joriy qilgan qonun bo‘yicha kim mol-
mulkka xiyonat qilsa jamiyatdagi martabasidan qat‘i nazar qattiq jazoga 
tortilishi lozim edi. Bu tadbir xalq manfaatlariga tajovuzning oldini oldi. 


142 
Shariat qonunlarini amalga tatbiq etish maqsadida raislik (muhtasib) 
mansabini joriy qildi.
Markaziy hokimiyatning mustahkamlanishini, karvon yo‘llarining 
xatarsizligini ta`minladi. Pul islohoti esa tijorat ravnaqiga sabab bo‘ldi. 
Zarafshon vodiysi, Amudaryo havzasi va Qashqadaryo vohasi qadimgidek 
obod bo‘ldi. Davlat mablag‘i hisobidan anhorlar chiqarilib, tashlandiq 
yerlar obod etildi. Natijada, davlat xazinasida tushum ko‘paydi.
Amir Shohmurod 1789-1790-yillari Marvda o‘z hokimiyatini 
o‘rnatib, marvliklarning bir necha o‘n minglik kishini Samarqand va 
Buxoroga ko‘chirtiradi. Shundan so‘ng, eskidan Samarqand yoki Buxoro 
(ya`ni poytaxt ma`nosida) izmida bo‘lib kelgan Balx, Maymana, Andxud 
kabi viloyatlarni ham qaytarib olish payiga tushadi. Ammo bu oson emas 
edi. Zero, 1747-yildan boshlab Balx, Badaxshon, Andxud, Maymana, 
Sharqiy Seiston, Balujiston, Sind, Kashmir, Panjob kabi viloyatlarni o‘z 
tasarrufiga olgan Afg‘oniston hududida tashkil topgan durroniylar sulolasi 
namoyondasi Temurshoh ham bo‘sh keladiganlardan emas edi.
Mang‘itlar 
sulolasining 
namoyandasi 
bo‘lgan 
Shohmurod 
Buxoroda(1785-yilda) 
xalq qo‘zg‘olonidan keyin taxtga o‘tirib, 
hokimiyatni o‘z qoliga olgan. Shohmurod qo‘zg‘olonni bostirish uchun 
Buxoro aholisiga yon berishga majbur bo‘ldi: u shahar aholisiga tantanali 
ravishda Tarxon yotrlig‘i topshirdi. U muoliyaviy, ma`muriy, harbiy va 
sud islohotlarini o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Pul muomalasida, soliq ishida 
sud va ma`muriy boshqaruv ishlarida ma`lum tartib o‘rnatishda hamda 
savdogarlarni va hunarmand kosiblarni o‘zlarining mulklariga feodallar 
tomonidan qilinayotgan tazyiqlardan birmuncha qutqarish orqali davlat 
hokimiyatini mustahkamlashga intildi. Nomiga xon qilib ko‘tarilgan 
Abdulg‘ozi nomidan 1785-yilda Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan pul 
islohoti ilgarigi qadri past tangalardan tashqi ko‘rinishi boshqacha bo‘lgan 
kichikroq va vazni kamroq bo‘lgan to‘la qimmatli kumush tangalarni 
chuqarishdan iborat bo‘ldi. Shu bilan bir vaqtda, u bemalol tanga zarb 
ettirish tizimini joriy etdi.
Shohmurodning bu islohoti XVII-XVIII asrlarda pul muomalasiga 
ko‘p putur yetkazgan chayqovchilikka va tangalarni buzishga yo‘l 
qo‘ymasligi lozim edi. Shariatga to‘g‘ri kelmaydigan yorg‘u, boj, tarx, 
tushmol, yasoq, oliq va soliq deb ataladigan bir necha soliqlarni, 
shuningdek, ilgarigi xonlar hunarmandlardan olishga odatlanib qolgan 
o‘lponlarini va ularga yuklayotgan tekin mehnat majburiyatlarni bekor 
qildi. Biroq, daromadlar kamayib ketgankigi va katta qo‘shin saqlab turish 


143 
zarur bo‘lib qolganligi buni aholidan “ Jul”deb atalgan va shariatga also 
ta`luqli bo‘lmagan pul solig‘ini tez olib turishga majbur bo‘ldi.
Shohmurod ma`muriy islohotni Buxoroning oliy amaldorlari Davlat 
qushbegini va Nizomiddin qozikalonni o‘z qo‘li bilan qatl etishdan 
boshladi. So‘ngra viloyatlarning beklari va qozilari olib tashlanib, 
ularning o‘rniga yangi amirning hamfikrlari tayinlanadi. 
Amir Haydar ibn Shohmurod (1800-1826)ning hukmronlik yillarida 
mamlakatda notinchlik hukm suradi, ya`ni markaz va viloyatlar hamda 
kechagina viloyat maqomida bo‘lgan, lekin endilikda alohida siyosiy birlik 
- xonlikka aylangan Xiva va Qo‘qon bilan qarama-qarshiliklar avjiga 
chiqadi va mamlakatda har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va 
qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan. Miyonqol, Shahrisabz, Karki, Marvdagi 
mahalliy kuchlar yana o‘z boshimchalik qila boshlaganlar. Chunonchi, 
Marvni boshqarib turgan Dinnosirbek (amirning ukasi) Xiva xoni Eltuzar 
(1804-1806) ko‘magiga ishonib, bosh ko‘taradi. Amir Haydar uchun bu 
nihoyatda havfli holat edi. Chunki, bu shunchaki bir viloyatning markazga 
bo‘yin egmasligi emas, balki rasmiy sulola namoyondasining mintaqadagi 
raqiblardan – xivaliklar bilan til biriktirib, oliy taxtga qarshi harakati edi. 
Shuning uchun ham Amir Haydar unga qarshi lashkar tortadi. Dinnosirbek 
bas kelolmay Mashhadga qochadi. Shohmurod davrida bo‘lganidek Amir 
Haydar Marvni egallagach, mahalliy aholining bir qismini Zarafshon 
vodiysiga ko‘chirtirib, bu yerga turkmanlarni o‘rnashtiradi. Buxorodagi 
ichki ziddiyatlardanXiva xonligi bundan keyin ham foydalanishga ko‘p 
uringan. Xususan Dinnosirbekka yordam berish bahonasida Buxoro 
xonligi hududiga kirib borgan Eltuzarxondan so‘ng 1821-1825-yillari 
Amir Haydar Miyonqolda xitoy-qipchoqlar isyonini bostirish bilan 
ovoraligida Xivaliklar Chorjo‘y va Marvga harbiy yurish uyushtiradilar. 
Xivaliklar xatto Marvni zabt etishga ham muvaffaq bo‘lganlar. Bungacha 
ham amirlikning Sharqiy qismida ancha yo‘qotishlar va o‘zgarishlar 
bo‘lgan. Masalan, Qo‘qon hukmdorlari 1805-yili Xo‘jandni, 1809-yili 
Toshkentni, 1816-yil esa Turkistonni ishg‘ol etib, xonlik doirasiga 
kiritadilar. 1806-1813-yillari O‘ratepa, 1806-yili Jizzaxga, 1821-yili 
Samarqandga tahdid solganlar. Xullas, Amir Haydar hukmronligi ancha 
tahlikali bo‘lib, markaziy hokimiyat qudrati susaygan.
Nasrulloxon ibn Amir Haydar (1806-yil 1-iyun – 1860-yil 21-
sentabr) otasi Amir Haydar hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. 
1826-yili Amir Haydar vafot etgach bir necha oy mobaynida Nasrulloning 
ikki akasi - Husaynva Umar almashinildi. Birinchisi zaharlandi, ikkinchisi 


144 
esa o‘ldirildi. Shu yili (1826) Amir Haydarning uchinchi o‘g‘li 
shavqatsizligi uchun “Amiri qassob”laqabini olgan Nasrulloxon taxtga 
o‘tirdi. Akalari o‘limidan keyin taxtga o‘tirgan Nasrulloxon qisqa vaqt 
ichida taxtga da‘vo qilishi mumkin bo‘lgan avlodlaridan barchasining 
bahridan o‘tadi. U qo‘shinlariga tayangan holda o‘zbek feodal 
zodogonlarini beayov qira boshladi. U yer egalarining mol-mulki va 
yerlarini musodara, o‘zlarini badarg‘a qilib, o‘ldirtirib yubordi. Bu borada 
uning eng yaqin yordamchisi rais Rahmonbedi Niyoz edi.
Nasrulloxon o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalari 
amal qilgan. Nasrulloxon jasur va dovyurak kishi bo‘lganligi bois unga 
“Bahodir, Botir” unvonlari berilgan. Nasrulloxon davlat hokimyatini 
mustahkamlash maqsadida urug‘ va qavm boshliqlari bo‘lgan ko‘plab 
amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g‘ayratli kishilar bilan 
almashtirdi.1837-yilda harbiy sohada islohotlar o‘tkazib, o‘z qo‘shining 
jangavor holatini yaxshilaydi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar 
bulimlari va 250 kishilik to‘pchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam 
piyoda qo‘shining soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan. Nasrulloxon Xiva 
va Qo‘qon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishda urungan. 
Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun 1840-1842-yillari 
Qo‘qon xonlari tomonidan tortib olingan Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, 
Jizzax va Zominni Buxoro xonligiga qaytardi. Farg‘ona vodiysi 
ulamolarining talabi bilan 1842-yili Qo‘qonga yurish qilib xonlik hududini 
egallagan. Biroq u Qo‘qon xoni Muhammad Alixonni (1822-1842) qatl 
qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi (Nodirabegim)ni ham o‘ldiradi. 
Nasrulloxon tomonidan Qo‘qonga Ibrohim parvonachi mang‘itning noib 
qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga ham olib kelgan. Noib mahalliy aholiga 
zulm o‘tkazib, soliqlarni ko‘paytirdi. Natijada, tez orada Qo‘qon qo‘ldan 
ketadi. 1843-yilda Nasrulloxon Marvni ham Buxoroga bo‘ysuntiradi.
Shuningdek, Nasrulloxon qo‘shini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy 
yurishidan so‘ng 1856-yilda Shahrisabzni uzil-kesil egallagan. Shahrisabz 
markaziy hokimyatga bo‘ysungach, u sulh ramzi sifatida mahalliy 
hukmdor - Iskandar Vallomaning sinlisi Kenagasxonimga uylangan.
Nasrulloxon hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya 
Angliya manfaatlari o‘zaro to‘qnashgan davr hisoblanadi. Uning davrida 
Nasrullon tomonidan Buxoroda Qozi Hasanxo‘ja, Olimjonboy, Eshoni 
Pir, Mirzo Ubayd, Ismoilxo‘ja (1829), Ali Chubin, Mirzo Abdulg‘affor, 
Tojiddin madrasalari (1860) qurildi. Xalifa Xudaydod me`moriy majmuasi 
yakunlandi (1855). Nasrulloxon Buxoroda dafn etilgan.


145 
Muzaffar ibn Nasrulloxon (1819 - Buxoro - 1885) Nasrulloxon 
o‘limidan so‘ng 1860-yil 23-sentabridan to o‘limiga qadar 1885-yil 12-
dekabrgacha Buxoroni idora qilgan. Otasi Nasrulloxon davrida Karmanaga 
hokimlik qilgan. Amir Nasrullo vafotidan so‘ng, Buxoro taxtiga o‘tirgan. 
Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga qaytarib, 
yuqori lavozimlarga tayinlagan. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni 
istamayotgan Hisor, Shahrisabz, Darboz, Ko‘lob, Baljuvon bekliklari va 
Qo‘qon ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini yengdi (1863-1865). 
Mallaxon tomonidan taxtdan tushirilgan Qo‘qon xoni Xudoyorxon 
Buxoroga qochib kelganida xonliktaxtini qayta egallashi uchun unga 
harbiy yordam bergan. Muzaffarning hukmronlik davri Rossiyaning O‘rta 
Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davrga to‘g‘ri 
keladi. Rossiya bilan bo‘lgan kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan bartaraf 
etishda umidini uzmay, u 1865 yil iyul oyida Najmiddinxo‘ja boshliq 
ekchilarni Peterburgga jo‘natdi. Biroq, ko‘zlangan maqasadga erishilmay, 
ikki o‘rtada harbiyharakatlar boshlandi. Muzaffar qo‘shini bilan general 
Romanovskiy boshchiligidagi Rossiya harbiy kuchlari o‘rtasidagi dastlabki 
to‘qnashuv Jizzax bilan Oratepa o‘rtasidagi Erjar (Maydayulg‘un) da 
bo‘lib, unda Buxoro qo‘shini mag‘lubiyatga uchragan(1866-y. 8-may). 
Muzaffar muftiy Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarni Afg‘oniston 
va Hindiston orqali yordam so‘rab, Istanbulga yuborsa ham rad javobini 
olgan. 1868-yil 2-3-iyunda Zirabuloq jangida mag‘lubiyatga uchragach, 
1868-yil 23-iyunda Samarqandda imzolangan Rossiya-Buxoro sulh 
shartnomasiga ko‘ra, Buxoro xonligi Rossiyaga tob` bo‘lib qolgan. O‘g‘li 
va valiahd Abdulmalik (Katta to‘ra) Rossiya bosqini va otasi 
hukmronligiga qarshi Shahrisabz va Kitobda qo‘zg‘olon ko‘targanda 
Muzaffar rus qo‘shinlari yordamida uni bostirgan. Muzaffar davrida 
Buxoro xonligining Rossiyaga qaramligi kuchayishi bilan bir qatorda 
shialarning ta‘siri ham ortgan. Buxorodagi Eshon Imlo mozorida dafn 
etilgan.
Abdulahad ibn Amir Muzaffarxon (1859-yil 16-mart – 1911-yil 6-
yanvar davrida Rossiya imperiyasi hukumatining Buxoroda rus siyosiy 
agentligi ta`sis etib (1886-yil), Turkistonda, jumladan, Buxoro xonligini 
xom-ashyo ba`zasiga aylantirish va bu yerdagi boyliklarni Rossiyaga 
tashib ketish maqsadida Amudaryoga ko‘prik qurdi, Chorjo‘y – 
Samarqand temiyo‘li o‘tkazildi (1900-1901). Shuningdek, Abdulahad 
davrida jadidchilik harakati kuchaygan.


146 
Amir Said Olimxon ibn Abdulahad (1881, Karmana – 1944. 28-
aprel, Kobul) Mang‘itlardan bo‘lgan Buxoro xonligining so‘nggi amiri. 
1893-1896 yillarda Peterburgdagi Nikolaev (pajlar) korpusida ta`lim 
olgan. 1898-yil Qarshi, valiahd sifatida Karmana bekliklariga hokim 
bo‘lgan. Otasi vafotidan so‘ng 1910-yil 24-dekabrda Buxoro taxtiga 
o‘tirgan. Uning davrida Buxoro xonligining Rossiyaga qaramligi yanada 
kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar shuningdek, Yosh buxoroliklar qattiq 
ta`qib qilindi. Birinchi Jahon urushi davrida Rossiya imperatori Nikolay II 
uni general – leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlagan va o‘zining general 
– ad`yutanti qilib tayinlagan (1915-yil dekabr). Chunki u Rossiyaga katta 
miqdorda pul bilan yordam bergan edi. Buxoroda 1917-yil aprel 
namoyishi, xususan, Kolesov voqeasi (1918-yil mart) dan keyin u amirlik 
hududida 3 ming kishini jadidlikda ayblab, nohaq qatl ettirgan.
1920-yil avgustda Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi ag‘darib 
tashlandi. Sentabr oyining o‘rtalarida Olimxon Sharqiy Buxoroga borib, 
Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan mustaqillik 
kurashiga rahbarlik qilishga urindi. Said Olimxon Hisor viloyatini o‘ziga 
qarorgoh qilib, 6 oy davomida qizil askarlarga qarshi kurashgan. Hisorda 
yangi hukumat tashkil qilib, buxoroliklarning qizil askarlarga qarshi olib 
borayotgan jang harakatlarini muvaffaqiyatlashtirishga intilgan. Olimxon 
Ko‘lob, Hisor va Dushanba atrofida katta miqdordagi kuchlarni 
birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. 1920-yil noyabr oyining o‘rtalarida 
uning qo‘shinlari Boysun, Darband, Sherabodni qizil askarlardan ozod 
qilishdi. Olimxon ixtiyoriga Farg‘onadan yordamga yuborilgan 4 ming 
yigit ham Sharqiy Buxoroga yetib keladi. 1921-yil 8-yanvarda Olimxon 
qo‘shinining miqdori 25 ming kishiga yetgan. Hisordan Ko‘lob viloyatiga 
kelgan Olimxon butun qo‘shinlariga Ibrohimbekni oliy- bosh qo‘mondon 
qilib tayinlaydi. Biroq, bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragach, 
Olimxon Amudaryoning Chubek kechuvidan Afg‘onistonga o‘tib ketgan 
(1921-yil 4-mart). Olimxonni Kobulga Afg‘oniston amiri Omonullaxon 
qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Qal`aiy Fotuda mahsus qarorgoh 
ajratib beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik harakatiga 
g‘oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etdi, qo‘rboshlar va ulamolarga 
turli maktublar va qimmatbaho sovg‘alar jo‘natib, ularni kurashga 
ilhomlantirgan. Olimxon Kobulda o‘zining estaliklarini yozib tugallaydi. 
Umrining oxirida ko‘zi ojizlanib qoladi, og‘ir dardga chalinadi uzoq 
davom etgan hastaliklardan so‘ng u Qal`aiy Fotuda vafot etadi. Kobul 
atrofidagi “Shahidoni islom”(islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan.


147 
Said Olimxonning xotiralari Parijda fransuz tilida (1929), 
keyinchalik G‘arbda fors tilida, O‘zbekistonda o‘zbek va rus tillarida 
(1991), Tojikistonda tojik tilida(1992) alohida kitob sifatida chop qilingan.
Olimxon hikmronligi davrida Buxoroda “Olimxon madrasasi”qurilgan, 
“Sitorai Mohi Hosa”saroyini qurish yakunlangan. 
Amir Sayyid Olimxon 1944-yil 29-aprelda 64 yoshida bu foniy 
dunyoni tark etdi. Uning taqdiri ancha ayanchli kechdi.
Sayyid 
Olimxonning 
farzandlar 
haqida
 
Majid 
Hasaniyning 
aniqlashicha, amirning bir necha xotinlaridan jami 37 ta farzand (16 o’g’il, 
21 qiz) tug’ilgan. Shulardan o’nta ma’lum bo’lgan qizlarning ismlari: 1) 
Shukriya, 2) Muhsina, 3) Xayriya, 4) Muslima, 5) Solixa, 6) Nazokat, 7) 
Muborak, 8) Muhmina, 9) Sofiya, 10) Uzri. O’gillari: 1) Sayyid Umar, 2) 
Sayyid Murod, 3) Sayyid Ibrohim, 4) Sayyid Abduraxim, 5) Sayyid 
Abdufattoh, 6) Sayyid Abdulkabir, 7) Sayyid Azimshoir, 8) Sayyid 
Mansur (shoir), 9) Sayyid Abdullo, 10) Sayyid Abdulhoji, 11) Sayyid 
Abdug’affor, 12) Sayyid Hoji, 13) Sayyid Abdusattor, 14) Sayyid 
Abdurauf, 15) Sayyid Muhammad, 16) Sayyid Orif. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə