O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

BXSR 
da 
ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar 
va 
o`ziga 
xos 
xususiyatlari. 
BXSRsa 
o`tkazilishi 
mo`ljallanfgan 
oziq-ovqat 
razvyorstkasiga sinfiy jihatdan yondashilmaganligi uchun 1921- yil 20- 
yanvardagi Buxoro Inqilobiy qo‘mitasi qarori bilan u qayta qabul 
qilingan. Unga ko‘ra oziq-ovqat razvyorstkasi kam yerli va yersiz 
xo‘jaliklarga nisbatan emas, iqtisodiy jihatdan boy xo‘jaliklardan 
olingan. 
Buxoroga qizil armiyaning bosqini va istiqlolchilik harakatlari 
davrida iqtisodiy hayot izdan chiqdi. Biz buni quyidagi holatlarda 
ko‘ramiz: 
1. Harbiy harakatlar natijasida tashqi savdoda, ya'ni chet elga 
mahsulot chiqarish juda kamayib ketgan. Chetga sotilgan xom ashyo 
arzon narxda sotilganligi uchun ishlab chiqaruvchilarga zarar keltirgan. 
2. Respublikadan chet elga xom ashyo sotish kamayganligi uchun 
chetdan mahsulot kirib kelishi to‘xtab qolgan. Respublikada temir, 
gazmol, yigirilgan ip, yog‘och mahsulotlari yetishmagan. 
3. Qo‘y go‘shti va guruch tanqisligi yaqqol sezilgan chet eldan 
mahsulot kirib kelishi to‘xtab qolganligi natijasida ichki iste'mol 
tovarlari ishlab chiqarish kamayib ketgan. Masalan, temir kamligi 


164 
natijasida qishloq xo‘jalik asbob-uskunalari ishlab chiqarish kamayib 
ketgan yoki qo‘y go‘shti tanqisligi natijasida aholi ot va mol go‘shti 
iste'mol qilishga majbur bo‘lgan. Oqibatda ish hayvonlari va qishloq 
xo‘jalik asbob-uskunalari kamayib, qishloq xo‘jaligiga katta zarar 
yetkazgan; 
4. Qorako‘l teri va jun mahsulotlari yetishtiradigan chorvadorlar 
o‘zlarining 
mahsulotlarini 
arzon 
narxda 
sotishi 
natijasida 
chorvachilikka ham
 
zarar keltirgan; 
5. To‘xtovsiz ravishda qog‘oz pullarning muomalaga chiqarilishi 
respublikada pulning qadrsizlanishini yuzaga keltirgan; 
6. Tashqi savdo balansining kamayishi kontrabanda (ya'ni 
yashirincha chegaradan mol olib chiqib ketish va olib kelish) 
ning ko‘payishiga olib kelgan. Masalan, BXSR hududida 1 dona 
qorako‘l teri bahosi 2 afg‘on rupiyasi tursa, afg‘on savdogarlar 
chayqovchilardan uni 8-9 rupiyaga sotib olgan. Natijada tayyor 
mahsulot juda qimmat narxda olib kelingan. 
BXSR iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadida hukumat xo‘jalik 
sohasida 1921- yil iqtisodiy qonunda qabul qildi . Mazkur qonunda 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi quyidagi xo‘jalik vazifalarini amalga 
oshirishni o‘zining birinchi vazifasi deb belgilagan: 
a) tuz, alebastr, ohak, tosh va boshqa qurilish materiallari, qattiq 
va suyuq mineral yoqilg‘i va moylar, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
metallar (temir, qo‘rg‘oshin, qalayi va shu kabilarni) qazib chiqarish; 
b) qayta ishlash sanoatida paxta, zig‘irpoya tolasi, junni qayta 
ishlash, paxta tozalash zavodlari, to‘quv yigiruv fabrikalari, pilla qurti 
urug‘i va pillakashlik korxonalari, dehqonchilik mahsulotlarini qayta 
ishlash korxonalari: tegirmonlar juvozkashlik korxonalari, yog‘ olish, 
sovungarlik va sham tayyorlash korxonalari, ko‘nchilik va kosibchilik, 
jun to‘qish, namat bosish va gilam to‘qish korxonalari, metall 
buyumlar va asboblar yasaydigan ustaxonalar, g‘isht, kulolchilik 
xumdonlari va idish yasash korxonalari, matbaachilik va shu kabilar; 
v) dehqonchilikda davlatning foydalanmasdan yotgan yerlarini 
o‘zlashtirish va sug‘orish, mavjud sug‘orish tarmoqlarini 
ta'mirlash, o‘rmonzorlar va sanoat bog‘lari tashkil etish, qurilishbop 
yog‘och va o‘tin tayyorlash; 
g) chorvachilikda – yilqilarni, qoramollarni va mayda shoxli 
mollarni, tuyalarni ham qo‘lda boqib, mavjud yaylovlardan 
foydalangan holda ko‘paytirish; 


165 
d) tranport tizimida aloqa yo‘llari qurish va shunday yo‘llardan 
har xil yuk tashish vositalarini, avtomobillar, ekipajlar va shu kabilarni 
saqlash, tranport kontrollari, yo‘lovchi va tovar bekatlari hamda 
omborlarni ochish, daryo transporti (paroxodlar, barjalar, qayiqlar)ni 
qurish va ulardan foydalanish. Yuqoridagi vazifalarni bajarish va ularni 
pul bilan ta'minlash uchun maxsus komissiya tuzilgan. 
Dehqon xo‘jaliklarining xonavayron bo‘lishi natijasida agrar 
tarmoqdagi ishlab chiqarish darajasi 1922- yilda 1918- yilga nisbatan 
dehqonchilikda 40% ga, chorvachilikda 53% ga tushib qoldi, ekin 
maydonlari deyarli 2 baravar, qorako‘l teri yetishtirish 20 baravar, 
paxta 
yetishtirish 
20 
baravarga 
qisqardi. 
Ana 
shu 
davrda 
hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 50% ga, savdo-
sotiq oboroti 75% ga tushib qoldi. 
BXSR iqtisodiyotining bu holga tushishiga sabab mamlakat 
sanoati va qishloq xo‘jaligida tayyor mahsulot ishlab chiqarish 
kamayib ketganligi edi. 
1920- yil noyabrda RSFSR va BXSR o‘rtasida iqtisodiy 
shartnoma imzolandi, unga ko‘ra amirga tegishli va amirlik davridagi 
barcha mulklar Buxoro Xalq Nozirlari Sho‘rosi ixtiyoriga o‘tdi. Ular 
ichida zavodlar, fabrika va boshqalar ham kirardi. Temiryo`l, telegraf 
va harbiy ahamiyatga ega ob'ektlar RSFSRga tegishli deb topildi. 
BXSR qishloq xo‘jaligida hal qilinish kerak bo‘lgan asosiy 
muammolardan biri yer masalasi edi. Chunki amirlik vaqtida yerlar 
davlat, vaqf va xususiy yerlarga bo‘linib, Buxoroda hukumat 
almashgach, o‘sha davrdagi yer qonunchiligida muhim masalalardan 
biri bo‘lib qoldi. 
Bolsheviklar BXSRdagi iqtisodiy islohotlarni kommunistik 
mafkura asosida olib borish maqsadida 1920- yil sentabrdagi 
manifestda amir va unga tegishli yerlar davlat ixtiyoriga o‘tkazilgan 
edi. Yerlarni yoppasiga davlat tasarrufiga olish va bolshevikcha 
andozadagi 
agrar 
islohot 
o‘tkazish 
Markazning 
asosiy 
maqsadlaridan biri edi. Lekin «Yosh buxoroliklar» yer masalasiga 
bozor munosabatlariga tayangan holda yondashish tarafdori edi. 1920- 
yil 21 noyabrda Butun Buxoro Markaziy Inqilobiy Qo‘mitasi raisi 
A.Muhitdinov tomonidan imzolangan Buxoro Respublikasining yer 
to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, amir va uning yaqinlariga tegishli barcha 
yerlar xalq mulki deb e'lon qilindi. 


166 
Qonunda yerlar musodara qilinib, yersiz va kam yerli dehqonlarga 
bo‘lib berilishi ko‘zda tutilgandi. Biroq, BKP MKning izchil fikrlovchi 
rahbarlari tomonidan yer to‘g‘risidagi masalaga bunday yondoshish 
keskin tanqid qilindi

Umuman olganda, yerlardan foydalanish, uni taqsimlash 
BXSR yer ishlari nozirligiga yuklatilgan. yer ishlari nozirligi 1920- yil 
sentabrda tashkil qilinib, 6 ta bo‘limdan iborat bo‘lgan. Bular 
quyidagilar: 
a) suv xo‘jaligi, b) yer ishlari, v) qishloq xo‘jaligi, 
g) chorvachilik, d) moliya, ye) xo‘jalik bo‘limlari. 
Suv xo‘jaligi bo‘limining vazifasi respublikadagi irrigatsiya 
tarmoqlarini yaxshilash, kanal va ariqlar suvidan foydalanishni to‘g‘ri 
yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘lgan, yer ishlari bo‘limining vazifalariga 
mamlakatdagi yerlarning umumiy miqdorini aniqlash, yer masalasiga 
oid shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish, o‘rmonlardan to‘g‘ri 
foydalanishdan iborat bo‘lgan. 
Qishloq xo‘jaligi bo‘limining vazifalariga aholiga agronomlik 
yordamlarini berish, aholini qishloq xo‘jalik asbob-uskunalari bilan 
ta'minlash, bog‘dorchilik, polizchilik va uzumchilik sohalarini 
rivojlantirishdan 
iborat 
bo‘lgan, 
chorvachilik 
bo‘limi 
vazifalariga mahalliy ot zotlari va qorako‘l qo‘ylarini ko‘paytirish, 
shuningdek, qishloq xo‘jalik ish hayvonlarining sifatini yaxshilash, 
davlat otxonalari va mol fermalarini qurish, sutchilikni rivojlantirish va 
hokazo. 
Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, yer ishlari nozirligi qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishning barcha sohalarida islohotlarni, yerlardan 
to‘g‘ri foydalanish, chorvachilik va suv xo‘jaligi faoliyatini 
rivojlantirish va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullangan. 
1921- yil 2 fevralda Buxoro Markaziy Inqilobiy Qo‘mitasi yer 
to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qildi. 1921- yil sentabrdagi Butun 
Buxoro xalq vakillarining P-qurultoyida yer islohoti haqida masala 
muhokama qilindi. A.Muhitdinov qurultoyda yerga bo‘lgan xususiy 
mulkchilikni yoqlab chiqqan. 
Lekin shunga qaramasdan yer va yerdan foydalanish bolsheviklar 
diqqat markazida bo‘lgan. Oqibatda yer to‘g‘risidagi qonun 1923- yil 
oktabrda bo‘lib o‘tgan Sovetlarning Umumbuxoro IV qurultoyida ham 
yangidan qabul qilindi. Unga ko‘ra barcha yerlar ishchi-dehqonlar 
davlatining mulki, deb e'lon qilindi. 


167 
BXSRdagi agrar masalalarda vaqf yerlar masalasi alohida 
ahamiyat kasb etgan. Amirlik davrida vaqf yerlari ijarachilarga berilib, 
daromadning 10/1 qismi davlat xazinasiga, 10/3 qismi ijarachilarga 
berilgan. 1920- yil sentabrda Vaqf boshqarmasi tashkil qilinib, vaqf 
boshqarmasi boshlig‘i etib Muhitdin Rafoat tayinlanadi. Rasmiy 
ma'lumotlarga ko‘ra, 1921 avgustga qadar faqat Buxoro shahrining 
o‘zida 208 ta masjid, 215 madrasaga qarashli vaqf yerlari ro‘yxatga 
olingan edi. 1921- yildagi ma'lumotlarga ko‘ra, BXSRda 278,5 ming 
desyatina vaqf yerlar mavjud bo‘lib bundan tashqari diniy muassalar 
ixtiyorida 2110 ta savdo do‘koni, 134 mol-mulk, 210 ta uy-joy, 28 ta 
tegirmon va 50 ta bozor mavjud edi. 
1920-1922- yillarda esa vaqfchi dehqonlardan soliq olinmagan. 
Qurultoyda bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida maxsus komissiya 
tuziladi. Komissiya tarkibiga Musa Saidjonov, Muhiddin Rafiq va 
Kasiniskiylar kiritilgan. 
1922 yil A.Fitrat tomonidan 19 modadan yborat vaqf ishlari 
haqida loyiha ishlab chiqildi. Unga ko‘ra vaqf mulklarini qarovsiz 
qoldirmaslik, ularni hukumat soliqlaridan ozod qilish, ulardan faqat 
ushr solig‘i olish, maorif nozirligi huzurida vaqf mudiriyatini tashkil 
qilish ko‘zda tutilgan edi. 
1923 yil 5 oktabrda Butun Byxopo vaqf qurultoyi bo‘lib o‘tdi. 
Qurultoyda bundan buyon vaqflardan tushayotgan daromadlar 
maktab va madrasalar qurish, osori-atiqa va tarixiy binolarni saqlash, 
tarjima va nashriyot ishlariga sarflanadigan bo‘ldi . 
Mamlakat qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i dehqonchilik, 
(paxtachilik, donli ekinlar va polizchilik), chorvachilik, qorako‘lchilik, 
ipakchilik va hunarmandchilik bo‘lgan. Ayniqsa, paxta ekiladigan 
maydonlarni ko‘paytirishga juda katta e'tibor berilgan. 
Sovet hukumati BXSRda paxtachilikni rivojlantirishga ham 
alohida e'tibor berdi. Ma'lumki, Buxoro ko‘p zamonlardan buyon 
xorijga paxta, qorako‘l teri, ipak va jun mahsulotlari chiqarib kelgan. 
Amirlik Rossiya imperiyasiga qaram bo‘lgan davrda Buxoro paxta 
yetishtirishda Farg‘ona vodiysidan keyin 2-o‘rinda turgan. BXSRda 
paxtachilikni yuksaltirish maqsadida 1921- yil 20- aprelda Buxoro 
Inqilobiy Qo‘mitasi o‘z yerlarida paxta ekadigan dehqonlarga 
imtiyozlar berish to‘g‘risida qaror chiqargan.
1920- yil noyabrda BXSR Savdo va ishlab chiqarish nozirligi 
huzurida "Buxoro to‘quvchiligi" bo‘limi ochilgan. Bo‘limning vazifasi 


168 
respublikadagi paxta sanoatini tiklash, paxtani dehqonlardan sotib 
olish, dehqonlarga mahsulot bilan yordam berish kirgan. Bo‘limning 
joylarda 12 ta paxta qabul qilish punktlari bo‘lgan. Bular Xatirchi, 
Karmana, Yangiqo‘rg‘on, G‘ijduvon, Vobkent, Laqlaqa, Eski Buxoro, 
Kogon, Qorako‘l, Chorjo‘y, Karki, Termizdagi punktlar edi. Bu 
punktlar tomonidan quyidagicha xom ashyo sotib olingan; mahalliy 
g‘o‘za 240 ming pud, amerika navli paxta 67 ming pud. Bundan 
tashqari sobiq Buxoro xonligidan 700 vagon (ya'ni 370 ming pud) 
paxta musodara qilingan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 1921- 
yilda BXSRda paxta ekiladigan yerlar miqdori 30 ming tanobni tashkil 
qilgan. 
Birgina paxta ekish mavsumida joylarga urug‘ yetkazib berish 
borasida, RSFSR Bosh Paxta qo‘mitasi O`rta Osiyoning boshqa 
respublikalarida bo‘lgani kabi, BXSRda ham paxtaga davlat 
monopoliyasini o‘rnatish va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarini asta-
sekinlik bilan siqib chiqarishga qaratilgan izchil siyosatni olib 
bordi. Paxta ekishni yuksaltirish maqsadida BXSR va RSFSR 
o‘rtasida 1922- yil 19 iyulda shartnoma imzolandi. Shartnomaga 
muvofiq, sovet Rossiyasi Buxoroga 50 mlrd rubl miqdorida qarz berdi. 
Ajratilgan qarz birinchi navbatda, paxta maydonlarini ko‘paytirish, oliy 
navli urug‘lik chigitni yetkazib berish, irrigatsiya tizimini yuksaltirish 
va paxtakor dehqonlarga imtiyoz va kreditlar uchun mo‘ljallandi. 
Umuman 
olganda, 
bolsheviklar, 
BXSRda 
paxta 
maydonlarini kengaytirish orqali, Markazning paxta xom ashyosiga 
bo‘lgan ehtiyojini Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari 
hisobiga to‘ldirishni maqsad qilgan. Shu maqsadda- yildan-yilga 
BXSRda paxta ekiladigan maydonlar ko‘paytirib borilgan. Jumladan, 
1923- yilga kelib, paxta ekiladigan umumiy yerlar 80 ming tanobni 
tashkil qilgan. Undan 7,6 mln pud paxta hosili olingan. 
Amirlikda qishloq ho‘jaligining rivojlantirish uchun suniy 
sug‘orish inshootlari muhim o‘rin tutar edi. BXSRni suv bilan 
ta'minlash ko‘p jihatdan TASSR bilan munosabatlarga bog‘liq edi. 
TASSRning 
«Samarqand 
suv 
idorasi» 
Rossiya 
imperiyasi 
mustamlakasi davrida tuzilgan shartnoma asosida ish ko‘rardi. 
Respublikada qishloq ho‘jaligining rivojlantirishga suv tanqisligidan 
tashqari boshqa omillar ham salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Masalan, amirlik 
davrida Birinchi jahon urushi tufayli qishloq xo‘jaligi rivojiga putur 
ketib, dehqonchilikda hosildorlik juda pasayib ketdi. Bundan tashqari, 


169 
hukumat almashgandan keyingi dastlabki 2-3- yil qizil armiyaning 
Buxoro hududiga bostirib kirgan davrida ham qishloq xo‘jaligiga jiddiy 
zarar keltirgan. 
Xo‘jalikning yana boshqa tarmoqlaridan biri chorvachilik asosiy 
daromad manbalaridan biri hisoblanardi. Lekin Buxorodagi voqyealar 
chorvachilikka ham ta'sir etmasdan qolmadi. Urush- yillarida 
qo‘ylarning qirib yuborilishi; ichki urushlar tufayli qorako‘l terilarining 
xorijga (Rossiya va Germaniya) chiqarishning keskin qisqarishi; davlat 
tomonidan yuqori boj tizimining joriy qilinishi chorvachilikka ham o‘z 
ta'sirini o‘tkazdi. Shu maqsadda hukumat chorvachilikni yuksaltirish 
maqsadida bir talay ishlar olib bordi. Chunki chorvachilik mahsulotlari, 
birinchi navbatda qorako‘l teri, jun va ichak mahsulotlari chet elga 
eksport qilinsa, yirik shoxli qoramollar qishloq xo‘jalig‘ida asqotgan.
Shuningdek, yilqichilikka ham e'tibor berilib, 1921- yil 1 iyunda 
yer ishlari nozirligining qaroriga ko‘ra davlat- yilqichilik fermasi 
tashkil qilingan. Bu muassasa sobiq amirning otlari va xususiy 
shaxslarning otlarini sotib olish orqali tashkil qilingan. Unga 
S.V.Shalos rais, Pilotskiy yordamchi qilib tayinlangan. Sotib olingan 
otlarga bozor narxida qat'iy qiymat belgilanib, naqd pul va 25% 
mahsulot berilgan. 1922- yil 27 dekabrda Butun Buxoro xalq 
vakillarining Sh-qurultoyidagi qarorga ko‘ra ish hayvonlari va ularni 
aholiga yetkazib berish uchun 5 mln tanga mablag‘ ajratilgan.
Hukumat olib borgan iqtisodiy islohotlar natijasida chorva soni 
ham oshib borgan. 1923- yil respublikadagi umumiy chorva soni 
2.570.000 boshni tashkil qilgan. Respublika hukumati chorvachilikni 
yuksaltirish maqsadida 1924- yil 30 martda chorva mollari egalarini 
barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilishga qaror kildi. 
Shuningdek, 1924- yil Rossiya va BXSR hamkorlikda 2 mln rubl 
mablag‘ga ega bo‘lgan eksport bo‘yicha shirkat tashkil qilindi. 
Yuqoridagi holatlar albatta Buxoro chorvachiligining rivojlanishiga 
ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. 
Bolsheviklarning Buxoroda olib borgan bosqinchilik siyosati endi 
rivojlanayotgan sanoatni ham izdan chiqardi. 1921- yil 1 iyundagi 
ma'lumotlarga ko‘ra, BXSRda 4 ta yog‘ zavodi, 9 ta g‘isht zavodi, 5 ta 
teri zavodi, 3 ta ichak, sopol, qizilmiya ildizi zavodlari, 4 ta un 
tegirmoni, 2 ta kog‘oz fabrikasi, mexanika ustaxonasi, elektrostansiya 
va ohak korxonasi mavjud bo‘lib, ularda 5 mingga yaqin ishchi ishlar 
edi. Buxoro hukumati sanoatni tiklash muammolarini hal qilar ekan 


170 
ishlamayotgan fabrikalarni ishga tushirish maqsadida xususiy 
sarmoyani jalb qilish, yaroqsizlarini esa hisobga olishga e'tibor berdi. 
1923- yilda 32 ta sanoat korxonasi davlat tasarrufiga olindi, lekin bu 
korxonalarning faqat 6 tasi ishlar edi, xolos, qolganlari yaroqsiz edi. 
Buxoroda transport va aloqa tizimi ham vayron bo‘lgan edi. 
Temir yo‘lning umumiy uzunligi 533 verstni tashkil qilar edi. 
Amudaryo orqali o‘tadigan 900 verstlik suv yo‘li G‘arbiy va Sharqiy 
Buxoroni, shuningdek, Buxoro va Xivani bir-biriga bog‘lardi. 
Amudaryo flotiliyasida 400 ta qayiq mavjud bo‘lib, ularning umumiy 
yuk sig‘imi 600 ming pudni tashkil qilar edi. 1924- yilga kelib 40 ta 
kichik qayiq suzar edi va ularning umumiy yuq sig‘imi 30 ming pudni 
tashkil qilgan. BXSRning ichki rayonlarini bog‘lovchi 90 ming verstlik 
karvon yo‘li mavjud bo‘lib, shundan 2 ming verstda aravalar qatnar, 
qolgan 88 ming verstda tuya asosiy transport vositasi hisoblanardi. 
1923- yil oxirida BXSR aloqa tizimida bitta radiostansiya, Eski 
Buxoroda telegraf bo‘limi va oltita stansiya mavjud edi. Hukumat 
yangi telegraf liniyasi va ta'mir ishlari uchun 100 ming so‘m ajratdi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bolsheviklar «Yosh 
buxoroliklar» yordamida BXSRda siyosiy hokimiyatni qo‘lga 
kiritishdi. Yosh buxroliklar F. Xo‘jayev boshchiligida kommunistik 
Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə