O‘zbеkiston rеspublikаsi


To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə385/410
tarix18.09.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#122299
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   410
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT. Darslik. 2019.

35.5. To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari 
To‘lov balansi muvozanatini ta’minlash uchun joriy hisoblar va kapital 
harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur bo‘ladi. Markaziy Bank valuta 
intervensiyasini amalga oshirish chorasini ko‘rmasa, va rasmiy valuta zahiralari 
miqdorini o‘zgartirmasa to‘lov balansi hisoblarini valuta kursining erkin tebranishi 
hisobiga o‘zaro tartibga solish amalga oshiriladi. 
Bunday sharoitda kapital oqib kelishi sababli milliy valutaning qimmatlashuvi, 
kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro‘y beradi. Valuta kursining 
erkin tebranishi to‘lov balansining joriy va kapital hisoblarini avtomatik ravishda 
mutanosiblashtirish mexanizmi hisoblanadi. 
Erkin tebranuvchi valuta kursi tarafdorlari ta’kidlashicha, to‘lov balansining 
ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tez orada barham topadi. Valuta 
kurslarining erkin harakati to‘lov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini 
yo‘qotadi. 
Erkin tebranuvchi valuta kurslari to‘lov balansini tenglashtirishda katta 
imkoniyatlarga ega bo‘lsada, kamchilikliklardan xoli emas. Chunonchi, bunday 
valuta birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo 
sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, beqarorlikka va boshqalarga olib keladi. 


420 
Agar Markaziy Bank rasmiy valuta zahiralari vositasida chet el valutasini sotib 
yoki sotib olib valuta kursini erkin tebranishiga barham bersa valuta kursining erkin 
tebranishi vositasida to‘lov balansini tartibga solish zarurati yo‘qoladi. 
Bunda to‘lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini qisqartirish 
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el valutasi 
taklifi oshadi. Qayd etilgan operatsiya eksportga xos bo‘lib kreditda plyus belgisi 
bilan (Markaziy Bankda xorijiy valuta zahirasi kamayishiga qaramasdan) hisobga 
olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valuta taklifi kamayadi, uning 
almashinuv kursi nisbatan ko‘tariladi va bu investitsiyalar hajmiga hamda iqtisodiy 
o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
To‘lov balansining aktiv-(musbat) qoldig‘i esa Markaziy bankning rasmiy 
valuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valuta 
zahiralarini to‘ldirish uchun chet el valutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda 
milliy valuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa 
iqtisodiyotga (investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‘sishga) rag‘batlantiruvchi ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy 
rezervlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida to‘lov 
balansi qoldig‘i nolga tenglashishi kerak. 
To‘lov balansining aktiv qoldig‘i yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyoti 
xususiyatlariga qarab turlicha baholanishi mumkin. 
Valutasi xalqaro hisob-kitoblarda, hamda boshqa mamlakatlar zahira valutasi 
sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to‘lov balansi taqchil bo‘lishi tabiiy hol 
hisoblanadi. Bunday mamlakatlar to‘lov balansini uzoq muddat makroiqtisodiy 
tartibga solmasligi mumkin. 
Milliy valutasi jahon iqtisodiyotida zahira valutasi hisoblanmaydigan 
mamlakatlar Markaziy Banklaridan rasmiy valuta zahirasi cheklanganligi tufayli 
to‘lov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlarning sarflab bo‘linishiga olib 
keladi. Bunday hollarda to‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solinadi. Mamlakat 
savdo siyosati va valuta almashinuv kursini o‘zgartirishi choralarini qo‘llab chet 
ellardagi o‘z xarajatlarini kamaytiradi, yoki eksportdan o‘z daromadlarini oshiradi. 
Bunday tartibga solish natijasida baholar umumiy darajasining oshishi 
oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valutaning qadrsizlanishi, 
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi ro‘y berishi mumkin. 
Valuta rezervlari sarflab bo‘lganligi, ilgari olingan chet el kreditlarini 
qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish imkoniyatlari 
yo‘qqa chiqqanligi sababli mamlakat to‘lov balansi taqchilligining uzoq vaqt davom 
etishi to‘lov balansi inqirozi deyiladi. 
To‘lov balansi inqirozini hal etishning yagona yo‘li makroiqtisodiy tartibga 
solish hisoblanadi. 
O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy 
Bankni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valuta zahiralari bir vaqtning 


421 
o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun 
etarli bo‘lmasligi mumkin. 
Valuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona 
yo‘lidir. 
Qisqa istiqbolda to‘lov balansi qoldig‘i jamg‘arish va investitsiyalar hajmlarini 
belgilovchi omillar (masalan budjet soliq siyosati, foiz stavkalari) ta’sirida o‘zgarishi 
mumkin. 
Agar mamlakatda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa bu hol milliy 
jamg‘armalarning pasayishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida joriy operatsiyalar hisobi 
bo‘yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa olib keladi. 
Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamg‘armalar hajmlarini oshiradi, bu o‘z 
navbatida kapital harakati hisobi bo‘yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi 
bo‘yicha musbat qoldiqqa olib keladi. 
Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo‘yicha taqchillikka, 
joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon 
foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi. To‘lov balansi 
barqarorligiga va yuqori o‘sish sur’atlariga, asosan, sanoat korxonalarini tarkibiy 
yangilash va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, eksport hajmini ko‘paytirish, ishlab 
chiqarish quvvatlari ish hajmini oshirish va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 
rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan 
chora-tadbirlar natijasida erishildi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyoti salohiyatidan imkon qadar to‘laroq foydalanish
uning raqobatdoshligini oshirish, sifat jihatidan takomillashtirishda ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish 
jarayonlari 
muhim 
o‘rin 
tutadi. 
Ishlab 
chiqarishni 
mahalliylashtirish – sanoat ishlab chiqarishining turli bosqichlarida import shaklida 
xarid qilish orqali qo‘llaniluvchi detallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlar 
va tayyor mahsulotlarni mahalliy xomashyo va materiallar asosida ishlab chiqarishga 
o‘tkazish jarayonidir. Ayni paytda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, 
butlovchi 
buyumlar 
va 
materiallar 
ishlab 
chiqarishni 
mahalliylashtirish 
iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim yo‘nalishlardan 
biri hisoblanadi. 
Ma’lumki, mahalliylashtirish jarayoni iqtisodiyotning jadal va barqaror 
rivojlanishini ta’minlash, uning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirish, ishlab 
chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish, 
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish, shuning 
asosida zamonaviy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, valyuta 
mablag‘laridan tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek, yangi ish joylarini 
yaratish imkonini beradi. 


422 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə