O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə387/410
tarix18.09.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#122299
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   410
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT. Darslik. 2019.

36- bob. VALUTA KURSI 
 
36.1. Valuta va jahon valuta tizimi tushunchasi 
 
Xalqaro valuta munosabatlari pulning xalqaro to‘lov jarayoniga xizmat qilishi 
jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga paydo bo‘ldi va rivojlanishning 
uzoq yo‘lini bosib o‘tdi. Tarix davomida jahon puli va xalqaro hisob-kitob shakllari 
o‘zgardi. Bir vaqtda valuta munosabatlari ahamiyati o‘sdi va ularning nisbatan 
mustaqil darajasi oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati 
mamlakatdan mamlakatga ko‘chadigan pul massasalari oqimi yordamida amalga 
oshadi. Bu harakatni tartibga solish zarurligi xalqaro valuta tizimi va jahon valuta 
tizimlarining shakllanishiga olib keldi. 
Valuta – keng ma’noda mamlakat pul 
birligini (masalan, so‘m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. 
Qisqa ma’noda valuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi ma’nosida 
qo‘llaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy valuta tizimiga ega. 
Milliy valuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib 
topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valuta 
munosabatlarini tashkil qilish shakli bo‘lgan jahon valuta tizimi amal qiladi. 
Mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko‘paygani sari pul vositalarini 
ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, o‘zaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik 
muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valuta tizimining barpo 
etilishiga obyektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi - mamlakatlar o‘rtasidagi 
barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu 
ishlarni tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib
jahon valuta tizimi - bu, xalqaro 
ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali 
rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar o‘rtasidagi valuta 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə