O‘zbеkiston rеspublikаsi


To‘lov balansining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə384/410
tarix18.09.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#122299
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   410
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT. Darslik. 2019.

35.4. To‘lov balansining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar 
Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o‘zaro aloqalarini 
umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 
Y=C+I+G+Xn; 
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G); 
Sn = I+Xn
(I-S)+Xn=0 (egiluvchan valuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan 
sharoitda), bu yerda: Sn – milliy jamg‘arish; 
(I-S) – miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg‘armalardan ortiqchaligini 
ko‘rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig‘ini bildiradi. 
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko‘ra joriy operatsiyalar va kapital harakati 
hisoblari bir-biriga tenglashadi: 


418 
X-M = Xn=-(I-S)=S-I 
ichki balans 
Bu shuni bildiradiki, to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘yicha kamomadi 
kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi. 
Xn < 0 
X-M < 0 
X< M ; 
I-S >0 
I >S 
xorijdan kapital kiritilishi

Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg‘armalardan ko‘p bo‘lsa (I > S), ortiqcha 
investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar 
mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko‘proq import qilinishini 
taminlaydi (M>X). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega bo‘ladi. Mamlakat 
xalqaro jarayonga qarzdor bo‘lib qatnashadi. 
Joriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bo‘lganda, ortiqcha mablag‘lardan 
xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko‘chmas mulk sotib olishda foydalaniladi. 
Xn>0 
X-M>0 
X>M; 
I-S<0 
I
xorijga kapital chikarilishi 
Davlatlar rasmiy zahiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga ega 
bo‘lmagan to‘lov balansining katta davriy taqchilligi bo‘lgan hollarda o‘z valutalari 
devalvatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu importning fizik hajmi ko‘payishiga 
va oqibatda mamlakatda xorijiy valuta tushumining o‘sishi hamda to‘lov balansi 
kamomadi tugatiladi. 
To‘lov balansini tuzish tamoyillariga ko‘ra u doismo baoanslashgan bo‘ladi. 
Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina to‘lov balansining alohida 
qismlariga ta’luqli. Shu bilan birga to‘lov balansi qoldig‘ining milliy iqtisodiyotga 
ta’siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy siyosat maqsadlaridant kelib chiqib 
to‘lov balansining musbat qoldig‘i ham, manfiy qoldig‘i ham ijobiy yoki salbiy deb 
baholanishi mumkin. 
To‘lov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldig‘i, joriy 
operatsiyalar balansi qoldig‘i, kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i hamda 
rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i alohida tahlil etiladi. 
Savdo balansi qoldig‘i o‘zgarishiga baho berishda bu o‘zgarishlar qaysi 
omillar ta’sirida ro‘y berganligi e’tiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq 
eksportning qisqarishi hisobiga ro‘y bergan bo‘lsa, bu holat milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va negativ hodisa deb qaralishi 
mumkin. Lekin bu holat mamlakatga to‘g‘ridan- to‘g‘ri investitsiyalar oqimi 
ko‘payishi hisobiga importning o‘sishi natijasida ro‘y bergan bo‘lsa miliy 
iqtisodiyotning zaiflashidan dalolat deb qaralmaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansi, 
odatda, to‘lov balansining ma’lumot beruvchi qoldig‘i deb qaraladi. Chunki bu qoldi 
bilan birga ichki iqtisodiy siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi 
bilan 
birga mamlakatning 
moliyalashtirishga 
ehtiyojini 
belgilaydi. 
Joriy 
operatsiyalar hisobi balansining musbat qoldig‘i mamlakat boshqa davlatlarga 
nisbatan netto kreditor ekanligidan dalolat beradi, va aksincha manfiy qoldig‘i (ya’ni 
joriy operatsiyalar hisobi balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning 


419 
netto-importi uchun to‘lovlarni amalga oshirishga 
va transfert to‘lovlarini 
moliyalashtirishga majbur bo‘lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda 
joriy to‘lov balansining musbat qoldig‘iga ega mamlakat milliy jamg‘armalarning 
bir qismini kapitalni ichki jamg‘arishga yo‘naltirish o‘rniga mamlakat tashqarisiga 
investitsiyalaydi. 
Kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i joriy operatsiyalar balansi 
holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar oqimini ko‘rsatadi. 
Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati qisman «Sof xatolar va chetda 
qoldirishlar» moddasiga to‘g‘ri keladi. 
Rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i to‘lov balansi umumiy (yakuniy) 
qoldig‘ining kengroq tarqalgan nomlanishi bo‘lib norezidentlarning mamlakatga 
nisbatan likvidli talablarning ko‘payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli aktivlardagi 
mamlakat rasmiy zahiralarning ko‘payishidan (kamayishidan) dalolat beradi. Bu 
qoldiq «Zahira aktivlari» moddasidan boshqa barcha moddalarni qamrab oladi. 
Qayd qiligngan valuta kurslari sharoitida (1979 yilga qadar) rasmiy hisob 
kitoblar holatiga katta ahamiyat berilar edi, chunki uning taqchilligi mamlakatning 
boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zahiralarining 
kamayganligini) anglatgani holda valuta kursining barqarorligiga tahdid solar edi. 
Suzib yuruvchi valuta kursining kiritilishi bilan umumiy to‘lov balansi tushunchasini 
yo‘qqa chiqardi, rasmiy zahiralar dinamikasi esa nafaqat rasmiy hisob kitoblar 
qoldig‘ining oqibati, balki to‘lov balansining boshqa bo‘limlarida hisobga olingan 
oqimlaridagi o‘zgarishlarning sababchisi ham bo‘lib qoldi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə