O’zbekiston respublikasi


Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə38/63
tarix08.11.2018
ölçüsü2,41 Mb.
#79111
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63

8.5. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli

Bizga ma’lumki, har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’zining faoliyatidan kelib chiqqan holda hisob siyosatini ishlab chiqadi va unda xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish usulini belgilaydi. Demak, yuqorida yoritilgan usullarning qaysi birini qo’llash uning texnologik jarayoni, mahsulotining turlari, tarmoq xususiyati va tashkiliy tarkibiga bog’liq.

Хarajatlarni hisobga olish mahsulot yoki buyurtmaning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflangan xom-ashyo va materiallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatning turiga olib borish imkoniyati bo’lgan ishlab chiqarishda yoki subyektlarda qo’llaniladi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtma usulini joriy qilish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjud bo’lishi kerak. Ushbu usulni joriy qilishning asosiy sharti bu tegishli buyurtmaga asosan yoki bitta ayrim olingan mahsulotni yoki ushbu mahsulotlarning guruhini ajratish imkoniyatini yaratish va ishlab chiqarilgan har bir mahsulot yoki bajarilgan ishning o’rtacha emas, balki yakka holdagi tannarxi to’g’risida ma’lumotlarni olish sharoitini tug’dirishdir. Ushbu hisob va kalkulatsiya tizimining usuli qo’llaniladigan ishlab chiqarish turlariga asosan qurilish obyektlari, samolyot-kemasozlik, qog’oz, mebel sanoati, ilmiy-izlanish, konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting xizmatlari va shunga o’xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.

Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan hisobi bir necha variantlar bo’yicha quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari; alohida hisoblash va shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi.

Nazorat schyotlari- bu xarajatlar va ular bilan korrespondensiyada bo’ladigan schyotlarni moliyaviy hisobning odatdagi tartibida ochilishini ko’zda tutuvchi schyotlar tizimi hisoblanadi. Хarajatlarning analitik schyotlari xarajatlar to’plami kartochkalarida ko’rsatilgan- ularda to’g’ri xarajatlar umumlashtiriladi. Egri xarajatlarni esa taqsimlash hisoblari bo’yicha hisobot davri tugagandan so’ng kiritiladigan "buyurtmalar kartochkalari"da hisobga olib boriladi. Kartochka buyurtmada ko’rsatilgan hamma ishlar bajarilgandan so’ng yopiladi. Hamma buxgalterlik yozuvlar qaydnomalarga qayd qilinadi, natijalar bosh kitob schyotlariga o’tkaziladi.

Alohida hisoblash- bu boshqaruv va moliyaviy hisobda schyotlarni alohida ochishni ko’zlovchi hisob tizimi bo’lib, bu holda xarajatlar schyotlariga moliyaviy muomalalar haqida yozuvlar qilinmaydi. Bu variant yozuvlarni hisobning ikki turida takrorlashni ko’zda tutadi.

Shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi- ishlab chiqarilishi uzoq siklli bo’lgan yirik buyumlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchiga qilingan ishlar uchun bosqichlar bo’yicha oraliq to’lovlar shartnomada ko’zda tutilgan to’lovlar summasi buyurtmachi dalolatnoma bilan tasdiqlangan realizatsiya qilingan ishlar qiymati bilan aniqlanadi. Тo’lovlarning kelib tushishiga qarab mazkur davr uchun foyda hisoblash uchun realizatsiya qilingan mahsulot tannarxiga kiritilishi kerak bo’lgan xarajatlar aniqlanadi. Shu yerda vaqti o’tmagan xarajatlarning miqdori, ya’ni tugallanmagan va buyurtmachiga topshirilmagan ishlarning tannarxi aniqlanadi.

Shartnoma bo’yicha kalkulatsiya tizimi qo’llanilganda bu tizim uchun o’rnatilgan prinsiplarga rioya qilish tavsiya etiladi, ya’ni:


  • shartnoma bajarilishining erta davrlarida foydani hisoblamaslik- bu daromad va xarajatlarni baholashning past ishonchliligi;

  • ziyrak bo’lish- hisobot davrida aniqlangan zararlar shu davrda realizatsiya qilingan ishlarning tannarxiga kiritilishi kerak. agar zararlar kutiladigan bo’lsa, unda ularning summasi realizatsiya qilingan mahsulotning tannarxiga zararlar ehtimoli aniqlangandan so’ng kiritiladi. Masalan, ta’til summalarini to’lash bilan bog’liq ishchilar ta’tili va qo’shimchalarni to’lash uchun zaxira yaratiladi.

  • 35-85% atrofida bajarilgan shartnomaga ketgan anchagina xarajatlarga ziyrak bo’lish kerak. Hisobot sanasiga bo’lgan foyda quyidagi formula bilan hisoblanadi:




Foyda

=

Ko’zda tutilgan foydaning 2/3 qismi

x

Buyurtmachidan olingan summalar

Тopshirilgan ishlarning qiymati






Ko’zda tutilgan foyda

=

Тopshirilgan ishlarning qiymati

-

Тopshirilgan ishlarning tannarxi

-

Ko’zda tutilmagan xarajatlarning zaxirasi

Shunday qilib, tannarxni buyurtma bo’yicha hisoblash va kalkulatsiya qilish tizimi quyidagicha tavsiflanadi:

- sarflar haqidagi ma’lumotlar mahsulotning turlariga yoki tayyor mahsulotning alohida seriyalariga o’tkazish bilan;

- xarajatlar hajmining oraliq vaqtda emas har bir tugallangan guruh (partiya) bo’yicha o’zgarishi bilan;

- bosh kitobda debet qoldig’ida tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmi ko’rsatiladigan "Asosiy ishlab chiqarish" schyotini yuritish bilan.

8.6. Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishning me’yoriy uslubi

Хo’jalikni yuritishning samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har qanday bosqichida asosiy va muhim masala hisoblanadi. Bu boshqaruvning me’yoriy tizimini milliy xo’jalik tarmoqlari darajasida va bir subyekt ramkasida qo’llashni muhim qilib qo’yadi.

Хarajatlarni boshqarishning me’yoriy tizimi o’zi bilan rejalashtirish, me’yorlash, materiallarni ishlab chiqarishga berish, ichki hisobot tuzish, mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish, xarajatlarning me’yori asosida iqtisodiy tahlil va nazoratni ro’yobga chiqarish bo’yicha muolajalarning jamlamini aks ettiradi.

Uning asosiy maqsadi bo’lib ishlab chiqarish omillarini to’liq ishlatish va xo’jalikni tejamli yuritish hisoblanadi. Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat:



  • subyektning oldiga qo’yilgan masalalarni yechishni ta’minlovchi me’yorlar asosida xarajatlarni rejalashtirish;

  • me’yor va me’yorlashtirishlar bilan asoslangan ishlab chiqarish maqsadlari bo’yicha turli resurslarni ishlatish uchun ruxsatnomalar berish yo’li bilan xarajatlarni hujjatlashtirish;

  • xarajatlarni buxgalteriya hisobining schyotlarida ularning me’yorlari va undan chetga chiqishlarni aks ettirish;

  • chetga chiqishlar boshqaruvning chiziqli personali tomonidan boshqaruvning har bir darajasida tannarxning shakllanish jarayoniga tezkor aralashish maqsadida olib boriladi.

Kalkulatsiya qilish xarajatlarning me’yoriga asoslanadi, me’yordan chiqib ketishlar ularning vujudga kelishi bo’yicha buxgalteriya hisobining schyotlarida ishlab chiqarish natijasining ko’payishi yoki kamayishi sifatida ko’rsatiladi.

Ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishni hisobini me’yoriy usuli boshqalardan ko’proq xarajatlarni boshqarishni me’yoriy tizimining talablariga javob beradi. O’zining universal xususiyati tufayli u xalq xo’jaligining hamma tarmoqlariga tatbiq etishga tavsiya qilingan. Me’yoriy boshqaruv hisobiga me’yoriy rejalashtirish va ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarning tizimi sifatida qarash qabul qilingan. Bu tizimning asosiy elementlari: mahsulotning ishlab chiqarish muddatlarini, uning tarkibi va sifatini me’yorlash; iste’mol, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni, shuningdek ishlab chiqarish vositalarini sarflash va ishlatishning me’yoriy asoslanishi; me’yor va me’yorlashtirishlar asosida iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish, hisoblash va baholash hisoblanadi.

Birinchi element to’g’ridan-to’g’ri butun subyekt, asosiy ishlab chiqarish sexlari bo’yicha va brigadalarning ishlab chiqarish topshiriqlarini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali rejalashtirish bilan bog’liq. Тizimning ikkinchi elementi ishlab chiqarish bo’linmalarining moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini hisoblash uchun, sarflash me’yorlari bo’lgan material va mehnatga haq to’lash me’yorlarini ishlatishni hisoblash uchun yagona me’yoriy asosning mavjudligini ko’zda tutadi. O’z navbatida ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali rejalashtirish iste’molni mehnatni me’yorlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vositalarini me’yoriy asoslashsiz mumkin emas.

Shunday qilib, tizimning ikkala elementi ham ishlab chiqarishni tayyorlashning konstruktorlik, texnologiya, tashkiliy va iqtisodiy bosqichlarini qamrab oladi. Ular chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot nomenklaturasi bilan cheklangan, mehnatning tashqi va subyektning ichki kooperatsiyasiga asoslangan. Bu holat ishlab chiqarishning tabiiy asosini tarkib etuvchi rejalashtirish va hisobning ustuvorligi haqidagi xulosani yana bir marta ta’kidlaydi.

Har Bir subyektda xarajatlarni hisobga olishning usulini tanlash ushbu subyektning tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Lekin umumiy taklif sifatida ushbu xarajatlarni hisobga olishning me’yoriy hisobini tashkil qilishning uchta turini ajratish mumkin:

A. Me’yoriy xarajatlar bo’yicha hisobga olish. Ushbu usulda sarflangan haqiqiy xarajatlar quyidagi ko’rinishda aniqlanadi: Me’yoriy xarajatlar ± me’yordagi xarajatlardan chetga chiqish = haqiqiy xarajatlar.

Ushbu tartibda buxgalteriya hisobida moddiy qiymatliklarning harakati belgilangan me’yorlar bo’yicha baholanishi shartidan kelib chiqiladi. Ushbu faoliyat jarayonida aniqlangan chetga chiqishlar ro’yobga chiqish holatida yig’ilib boriladi va hisobot davrining oxirida me’yordagi xarajatlarning hajmiga qo’shiladi.



V. Haqiqiy va me’yordagi xarajatlarni bir yo’la hisobga olish. Ushbu usul ishlab chiqarishdagi xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ikki bahoda: haqiqatda yig’ilgan xarajatlar bo’yicha; haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning hajmiga sarflangan me’yoriy xarajatlarning miqdorida yoritishni nazarda tutadi.

Haqiqiy sarflar - Me’yordagi sarflar ± Chetga chiqishlar.



S. Aralash usulda hisobga olish. Ushbu usul ikkita yo’l bilan hisobni yuritishni nazarda tutadi.

Birinchi yo’l. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning amaliyotida keng tarqalgan va mamlakatimizda ham qo’llanishi tavsiya qilingan. Lekin hisobot davri davomida jami chetga chiqishni aniq darajada hisobga olish imkoniyati mavjud emas. Hisobot oyining oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarishning me’yoriy tannarxi ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning me’yordagi hajmi bilan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning me’yoriy tannarxining farqi ko’rinishida aniqlanadi. Natijada oy davomida yoki boshqa hisobot davrida hisobga olinmagan chetga chiqish summasi hisobot davrining oxiridagi ishlab chiqarishning qiymatida qo’shiladi.

Ikkinchi usul. Asosiy xarajatlar bo’yicha tasdiqlangan me’yorlarga rioya qilish ustidan kundalik nazoratni o’rnatishni nazarda tutadi. Hisobot davri davomida me’yordan chetga chiqish bo’yicha olingan ma’lumotlar buxgalteriya hisobining tegishli registrlarida umumlashtirilmaydi va schyotlarda qayd qilinmaydi.

Тasdiqlangan me’yorlardan chetga chiqish summasi baholangan tayyor mahsulotning hajmiga sarflangan haqiqiy xarajatlar bilan ushbu mahsulot uchun sarflanishi lozim bo’lgan me’yoriy xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan bir xil mahsulotlarning har bir guruhi bo’yicha aniqlanadi. Ushbu holatda tugallanmagan ishlab chiqarishning qiymati ishlab chiqarishda yarim fabrikatlar harakatining balansi bo’yicha natura ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda me’yoriy tannarxi bo’yicha baholanadi, yoki bo’lmasa ishlab chiqarish bo’linmalaridagi tugallanmagan ishlab chiqarishni xatlab hisobga olish asosida baholanadi.




Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə