O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborotlashtirish kontseptsiyasi



Yüklə 116,6 Kb.
səhifə2/14
tarix28.11.2023
ölçüsü116,6 Kb.
#136083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
D Sh

1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi printsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro’yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini ta’minlashdan iborat.
2-modda. Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlari Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Qoraqalpog’iston Respublikasining axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar; axborot mulkdori – o’z mablag’iga yoki boshqa qonuniy yo’l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari; axborot resurslari – alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot tizimlaridagi (axborot-kutubxona muassasalaridagi, arxivlardagi, idoraviy arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari; (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) axborot sohasi – sub’ektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog’liq faoliyati sohasi; axborot borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati; axborot egasi – qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo’yiladigan hujjatlashtirilgan axborot; ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar; hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.

Yüklə 116,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə