O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborotlashtirish kontseptsiyasi



Yüklə 116,6 Kb.
səhifə3/14
tarix28.11.2023
ölçüsü116,6 Kb.
#136083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
D Sh

4-modda. Axborot erkinligi Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har kim axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega. Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.
5-modda. Axborot erkinligining asosiy printsiplari Ochiqlik va oshkoralik, hamma erkin foydalanishi mumkinligi va haqqoniylik axborot erkinligining asosiy printsiplaridir.
6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi Axborot ochiq va oshkora bo’lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi: fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro’yobga chiqarish tartibi to’g’risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari; ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar to’g’risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish ob’ektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqa axborotlar; kutubxonalarning, arxivlarning va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to’g’risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart.

Yüklə 116,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə