O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborotlashtirish kontseptsiyasi



Yüklə 116,6 Kb.
səhifə4/14
tarix28.11.2023
ölçüsü116,6 Kb.
#136083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
D Sh

7-modda. Axborotdan hamma erkin foydalanishi mumkinligi va uning haqqoniyligi Axborot undan hamma erkin foydalanishi mumkinligi ta’minlangan va haqqoniy bo’lishi kerak. Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari o’zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Axborot mulkdori, egasi axborot berishni rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
8-modda. Axborot erkinligi kafolatlari Davlat har kimning axborotni izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqini himoya qiladi. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab axborot olish huquqi cheklanishiga yo’l qo’yilmaydi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kimga o’zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlab berishga, maqbul axborot resurslari yaratishga, foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar. Qoraqalpog’iston Respublikasida tsenzuraga va axborotni monopollashtirishga yo’l qo’yilmaydi.
9-modda. Axborot olish tartibi Har kim axborot olish uchun bevosita yoki vakillari orqali yozma yoxud og’zaki so’rov bilan murojaat etish huquqiga ega. Yozma so’rovda murojaat etuvchining ismi, otasining ismi, familiyasi, manzili (yuridik shaxslarning esa rekvizitlari) hamda so’ralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati ko’rsatilishi lozim. So’rovlar belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) Yozma so’rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko’rsatilishi mumkin. Yozma so’rovda elektron manzilning ko’rsatilganligi murojaat etuvchining so’rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo’lgan roziligidir. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) Yozma so’rovga, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan so’rovga imkon qadar qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, so’rov olingan sanadan e’tiboran o’n besh kundan kechiktirmay javob berilishi kerak. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) Og’zaki so’rovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi kerak. So’ralayotgan axborotni ushbu moddaning to’rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatda taqdim etishning iloji bo’lmagan taqdirda axborot olish uchun murojaat etgan shaxsga uni taqdim etish kechiktirilganligi to’g’risida xabar yuboriladi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) So’ralayotgan axborotni taqdim etishni kechiktirish so’rov berilgan sanadan e’tiboran ikki oydan ortib ketmasligi lozim. Taqdim etish kechiktirilganligi to’g’risidagi xabar axborot so’rab murojaat etgan shaxsga so’rov olingan sanadan e’tiboran bir hafta muddat ichida yuboriladi. Taqdim etish kechiktirilganligi to’g’risidagi xabarda kuyidagilar ko’rsatilishi kerak: so’ralayotgan axborotni vaqtida taqdim eta olmaslik sabablari; so’ralayotgan axborot taqdim etiladigan sana. Agar so’rov tushgan organ yoki mansabdor shaxs so’ralayotgan axborotga ega bo’lmasa, axborot so’rab murojaat etgan shaxsga so’rov olingan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda ma’lum qilishi shart. Axborot berganlik uchun belgilangan tartibda haq olinishi mumkin.

Yüklə 116,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə