O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti


Namuna uchun quyidagi 10 sinfda o'tiladigan uglevodorodlar mavzusini rejalashtirishni



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə33/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

Namuna uchun quyidagi 10 sinfda o'tiladigan uglevodorodlar mavzusini rejalashtirishni 
keltiramiz.
N
Mavzu
O'tish
muddati
Uy topsh-
irig'i
Asosiy didaktik vositalar.
Eslatma.
1.
To'yingan uglevodorodlar (7soat).
To'yingan uglevodorodlarning
tuzilishi. Metan,uning tuzilishi.
10.09.01
§ 5
17-20 b.
Metanning shar sterjen
modeli. Diafilm.
2.
Metan
qator uglevodorodlarining
tuzilishi.
14.09.01
§ 5
20-25 b.
1 jadval, shar sterjen
modeli, diafil'm.
3.
To'yingan uglevodorodlarning
kimyoviy xossalari.
16.09.01
§ 6
26-28 b.
Qattiq, suyuq, gazsimon
uglevodorodlar, jadval.
4.
O'rin olish reaksiyasi mexanizmi.
18.09.01
§ 6
29-30 b.
5.
To'yingan uglevodorodlarning
olinishi va ishlatilishi
21.09.01
§ 7
34-36 b.
Uglevodorod namunalari.


34
6.


Sikloparafinlar
23.09.01
§ 8
34-36 b.
Sikloparafinlarning
namunalari.
7.
Amaliy ish 1. Uglevodoroddagi
uglerod, vodorod va xlorni aniqlash
25.09.01
200 bet
Reja maktab kimyo sekziyasi yigilishida ko'rib chiqildi va tasdiqlandi.
Tuzuvchi: imzo, familiyasi, ismi
Seksiya rahbari:
________
_________________________.
Ilmiy bo'lim mudiri:
________
_________________________.
Maktab direktori:
________
_________________________.
Kalendar' ish rejasiga mavzu uchun ajratilgan soat, turli eslatmalar va darsga oid boshqa
komponentlar ham kiritilishi mumkin.
Kimyo darslarida kartochkalar qo'llash. 
Kartochkalarni o'qituvchi oldindan mavzuga asoslanib tuzib qo'yadi. Agar o'tiladigan yangi
mavzusi ko'p vaqtni talab etadigan bo'lsa, darsni boshida o'quvchilarga kartochka tarqatmasa ham
bo'ladi, bolalarni baholash uchun, darsni oxirida umumlashtirilgan holda kartochka tarqatib ularning
bilimini aniqlashi mumkin. Kartochkalar o'quvchilarga: darsning boshida, darsning o'rtalarida yoki
xohlagan vaqt ichida hamda darsning oxirida tarqatilishi mumkin.
Darsning boshida beriladigan kartochkalar ham ma'lum vaqtga mo'ljallangan, aniq javob talab
qiladigan bo'lishi kerak. Masalan: bunda kartochkani oldingi mavzularga, yoki bugungi o'tiladigan
yangi mavzuga oldingi sinflardagi elementar tushunchalar kerak bo'ladigan bo'lsa, o'sha tushunchalarni
esga tushirish uchun, masala yechish darsi bo'lsa, formulalarni esga tushirish uchun savollar qo'yiladi.
Qiziqarli kimyoga doir savollar ham bo'lishi mumkin. Masalan:
Pishirilgan tuxumni og'zi kichik bo'lgan shishachaga qanday qilib shaklini buzmasdan solish va
chiqarish mumkin?
Agar 10-sinfda oldingi darsda "to'yingan uglevodorodlarning tuzilishi" degan mavzuni o'tilgan
bo'lsa, darsning boshida shu mavzuga asosan savollardan iborat kartochkalar o'quvchilarga tarqatiladi.
Yangi o'tiladigan mavzu:"to'yingan uglevodorodlarning kimyoviy xossalari, o'rin olish reaksiyasining
mexanizmi" bo'ladi. Kartochkaning tuzilishi quyidagicha:
Qanday moddalar to'yingan uglevodorodlar deyiladi? Misol keltiring.
Metan hamda uning tuzilishi qanday ?
Metan qatori uglevodorodlarni yozib bering?
Uglevodorodlarning nomenklaturasi haqida ma'lumot bering?
Quyidagilarni nomlang:
CH
3
- CH -CH
2
- CH
3
|
CH
3
2, 3-dimetil pentanning struktura formulasi yozib bering.
Bu kartochkalarni belgilangan vaqt ichida bolalardan so'rab olinadi va o'quvchilar baholanadi.
Nihoyat yangi mavzu bayon etiladi.
Endi darsning boshida 11-sinfga beriladigan kartochkalar: masalan, oldingi darsda
"Metallarning umumiy olinish usullari" degan mavzuni o'tgan bo'lsa, bugun o'tiladigan yangi mavzu:
"Bosh gruppacha metallarining xossalariga obzor" bo'ladi.
Demak yangi mavzuni o'tishdan oldin, oldingi mavzuni quyidagi kartochkalar asosida so'rash
mumkin:
Metallarning olinish usuli (elektrolizi) qanday?
Misol keltiring.
Metallarning alyuminotermiya usuli buyicha olinishiga misol keltiring.


35
Vodorod orqali metallarning olinish usuli qanday?


Misol keltiring.
Ko'mir va CO -bilan metallarni olishga misol keltiring.
Bu kartochkalarni tarqatib 5 - minut vaqt beriladi, ular tayyorlanguncha boshqa o'quvchilardan
so'rab turiladi, yana o'quvchilardan javob olgandan keyin ularni baholab, yangi mavzu bayon etiladi.
Darsning o'rtalarida yoki muammoli vaziyat hosil bo'lganda beriladigan kartochkalar
quyidagicha bo'lishi mumkin.
Bizga ma'lumki o'quvchilarning ko'pchiligi darsga qiziqmaydi, shu sababli o'zaro gaplashib
darsni buzishga harakat qiladi, demak bunga yo'l qo'ymaslik uchun o'qituvchi kartochka usulidan
foydalanishi mumkin. O'quvchilarga kartochkani tarqatib qo'yib darsni davom ettiradi, bunda
o'quvchilarni baholash shart emas, balki ularni maqtov orqali rag'batlantirish kifoya bo'ladi. Bunda
kartochkalarda kimyodan qiziqarli savollar bo'lishi mumkin:
- Yong'oq daraxti qanday xususiyatga ega;
- Oq qandning yonishini aytib bering.
- Sehrli tayoqcha degan so'zga tajriba o'tqazayotgan bo'lib, mimika harakatlarini ko'rsatib bering?
- Vodorod va kislorod o'zaro bir-birini yonishiga yordam beradi, lekin suv esa yong'inni o'chiradi.
Hodisani tushuntirib bering.
Darsning oxirida beriladigan kartochkalar ham xuddi oldingilariga o'xshash bo'ladi. Bu
kartochkalar darsni mustahkamlash uchun, umumlashtirish uchun beriladi. Bunda faqatgina savollar
emas, balki masalalar ham bo'lishi mumkin. Bu ham o'quvchilarni yoshiga, bilim darajasiga mos
bo'lishi kerak, tarqatayotganda ham bolalarni bilimiga qarab tarqatish kerak, aks holda muammoli
vaziyat paydo bo'lib qolishi mumkin. Darsning oxirida 10-sinflarga beriladigan kartochkalar
quyidagicha bo'lishi mumkin. Masalan oldingi darsda "yoqori molekulyar birikmalar haqida
tushuncha" degan mavzu o'tilgan bo'lsa, yangi mavzu "polimerlarning xossalari" bo'ladi. O'qituvchi
oldingi mavzuni takrorlab, o'quvchilarni baholaydi, bundan so'ng yangi mavzuni bayon qilib beradi,
tushuntiradi. nihoyat oxirida shu mavzuni mustaxkamlash uchun o'quvchilarga kartochkalar tarqatiladi,
ularni ko'rinishi quyidagicha:
- polimerlar qanday xususiyatga ega, ularning xossalarini qanday tushuntirish mumkin?
- polietilen haqida ma'lumot bering?
- polietilen qaysi usuldan foydalanib olinadi?
- polietilendan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Shu kartochkalar javobiga qarab o'quvchilar yangi mavzuni qanchalik o'zlashtirgani aniqlanadi.
11- sinfda ham yangi mavzu "Metallarga oid obzor" darsida, o'qituvchi yangi mavzuni bayon qilib
beradi va mustahkamlash uchun o'quvchilarga kartochkalar tarqatadi. Ular quyidagicha bo'ladi:
- Davriy sistemada metallarning tutgan o'rni haqida gapiring?
- Metallarning oksidlovchilik xususiyati nimaga bog'liq va qanday o'zgaradi?
- Metallarni qaytaruvchanlik xossasi qanday?
- Metallar necha gruppadan iborat, ular haqida so'zlab bering?
Agar mavzu "kimyoviy muvozanat, kimyoviy muvozanat konstantasi haqida tushuncha" bo'lsa,
unda quyidagicha savollardan iborat kartochkalar tuzish mumkin:
- qaysi vaqtda kimyoviy muvozanat qaror topadi ? Misol keltiring.
- kimyoviy muvozanat konstantasi formulasini yozing va unga misol keltiring.
- CO
2
+C

2CO reaksiyaning muvozanat konstantasi ifodasini yozing?
- Le-Shatel'e prinsipi qanday ?
- N
2
+ O
2
== 2 NO - Q reaksiya uchun muvozanat konstantasini matematik ifodasini yozing.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə