O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti


-MAVZU: KALENDAR REJALAR TUZISH



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə32/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

7-MAVZU:


KALENDAR REJALAR TUZISH. 
REJA : 
1. Yarim yillik va yillik rejalar.
2. Kimyo darslarida noananaviy uslublar.
Tayanch iboralar: 
Yarim yillik, yillik rejalar. Ochiq darslar. Sinov, eksperimental, tajriba, ekskursiya, sinfdan
tashkari amaliy ishlarni rejalash. Noannaviy darslar, seminar, konferesiya. Didaktik o’yinlar, diskusiya,
krosvord, domino, loto, breynring, kimyoviy shashka, viktorina.
Yarim yillik yoki yillik kalendar' reja tuzish. 
Yarim yillik yoki yillik rejalar tuzish o'qituvchiga dastur materiallarini to'liq o'tish va berilgan
soatlardan to'g'ri foydalanish imkoniyatini beradi, yo'l-yo'riq ko'rsatib turadi. Ko'pincha bu masalalar
maorif jurnallarida ko'p yoritiladi. Nazariy uslubiy maqolalarda dasturga kiritilgan o'zgarishlar,
ularning sabablari, ba'zi bir qisqartirish va qo'shimchalar, davr talabiga ko'ra e'tibor kuchaytirilishi
zarur bo'lgan mavzu va muammolar sharhlab beriladi.
Yosh kimyo o'qituvchisi jurnallarni, metodik qo'llanmalarni muntazam ko'zdan kechirib
borishi, undagi maslahatlar asosida dastur materiallari va dars soatlarini to'g'ri taqsimlab ish ko'rsa
foydadan xoli bo'lmaydi.
Yillik yoki yarim yillik rejalar tuzayotgan paytda e'tiborni asosan quyidagilarga qaratish
zarurligini tavsiya etiladi.
- O'tilganlarni, yangi mavzu bilan bog'lagan holda, muntazam ravishda takrorlab borish;
- yangi mavzuni dars sharoiti, o'quvchilarning bilim saviyasi va fundamentiga, qarab izchil tashkil
qilish;
- Ochiq dars mavzularini belgilash;
- Har bir mavzuga oid ko'rgazmali qurollar ro'yxatini tuzish;
- O'quvchilar bilimini aniqlashning usul va uslublarini belgilash;
- Sinov ishlar, eksperimental tajribalar mazmunini, taxminiy vaqtini ko'rsatish;
- Ekskursiya ob'ektlarini va vaqtini belgilash;
- O'quvchilarni ishlab chiqarish amaliyotlariga jalb etish;
- Sinfdan tashqari ishlar. Kundalik xayot va kimyo mavzuidagi suhbatlar;
- Amaliy ishlar mavzulari, vaqti, mazmuni va boshqalar.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə