O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti


-bosqich. Tayyorgarlik ko'rish bosqichi



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə28/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

1-bosqich. Tayyorgarlik ko'rish bosqichi.
Bunda seminar o'tqazadigan mavzular tanlanib, o'qituvchi seminar darsining rejasini tuzadi va
zarur bo'lgan metodik va ilmiy adabiyotlar ro'yxatini o'quvchilarga tavsiya etadi. Seminar mashg'uloti
o'tqazishda 7-10 kun ilgari seminar mavzusi, uning savollari o'quvchilarga ma'lum qilinadi.
2-bosqich. O'quvchilarning seminarga tayyorgarlik ko'rish davri.
Bunda o'quvchilar yakka yoki guruh bo'lib kitob bilan mustaqil ishlaydilar, savollarga javob
topadilar. O'qituvchidan konsul'tatsiya oladilar. Diafil'm, diopozitiv, kinofragmentdan foydalanadilar.
3-bosqich. Seminar mashg'ulotlarini o'tqazish.
Seminar mashg'ulotni o'tqazishda o'qituvchi yoki yordamchi o'quvchi rahbarlik qiladi. Seminar
bir necha variantlarda o'tqazilishi mumkin. Ba'zi o'quvchilar o'qituvchi bergan savollarni uyda
tayyorlab kelib, o'z ixtiyori bilan so'zlab berishi mumkin. Ba'zilari esa puxta referat qilib kelib, uni
atroflicha yoritib berishi mumkin. Ba'zi o'quvchilar esa qisqa qilib axborot berishlari, o'rtoqlarining
javoblarini tahlil qilishi, javobini to'ldirishi mumkin. Qolgan o'quvchilar axborotlarni tinglab, o'rtoqlari
fikrini tahlil qilib o'tiradilar. Seminar mashg'uloti paytida o'quvchilarni do'stona muloqotda bo'lishlarini
o'qituvchi ziyraklik bilan kuzatib borishi lozim. Zarur ximikatlar, asboblar bilan o'quvchilar oldindan
foydalangan bo'lishlari va tajribalar qilib ko'rgan bo'lishlari kerak.
4-bosqich. Seminar mashg'ulotni yakunlash.
O'qituvchi seminarda faol ishtirok etganlarni rag'batlantiradi. Referat, axborotlarni
umumlashtiradi va baholaydi. Seminar darslarini o'tqazish ancha mehnat talab qiladigan, o'quvchi va
o'qituvchining ijodiy ishlarini darslik ustida mustaqil ishlashlarini mustaqil fikr yoritishlarini talab
etadi. Sir emas, keyingi yillarda o'quvchilarning o'qishga bo'lgan qiziqishlari anchagina pasayib ketdi.
Kitob bilan ishlash malakalari yomon ahvolda. Bundan tashqari, o'quvchilarni uyda savollarga javob
topib kelishlari qiyin bo'lib, seminar darslarini o'tqazishni bir muncha qiyinlashtirishi mumkin.
Bu holda seminar darslari quyidagi tartibda olib borilishi mumkin. Seminar darsi bo'ladigan
kun o'qituvchi doskaga seminar savollarini yozib qo'yadi. O'quvchilar 15-20 minut ichida darslik bilan
ishlab savollarga javob topadilar. Qiyin holda o'rtoqlaridan yordam olishlari mumkin. Buning uchun
o'quvchilarni 4 tadan qilib guruhlarga bo'lish mumkin. Bunda maslahatlashish va bahs uchun sharoit
yaratilgan bo'ladi. Qolgan 20-25 minutda savollarga javob beradilar, bir-birlarini to'ldiradilar,
mashqlar ishlashadi. Bu bir muncha o'quvchilarda o'z kuchiga, bilimiga ishonch hosil qilish, mustaqil
fikr yurita olishga imkoniyatlar beradi.
Seminar mashg'ulotlari tez-tez olib borilsa, o'quvchilarda mustaqil fikr yoritish, darsga qiziqish,
fanni chuqur idrok qila olish malakalari hosil bo'lib boradi. Seminar darslarini olib borishni boshqa
variantlari ham bo'lib, ular ancha tayyorgarlik ko'rgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Bu holda
o'quvchilar tabaqalashgan holda ish olib boradilar.


30
Masalan, "Etilen qatori uglevodorodlari"ga 7 soat berilgan. Buni 2 soatidan mavzuni ma'ruza


uslubida o'tib, bir soat amaliy ish o'tqazib qolgan 4 soatida seminar darslari o'tqazilgan. Bu vaqtda
o'quvchilarning hammasi mavzu asosida axborot beradilar, ma'ruza qiladilar, eksperimental masalalar
yechadilar. Barcha o'quvchi baholanadi. A, B, V variantlarda vazifalar beriladi. Bunda:
A variant - yengil savollar;
B variant - o'rta qiyinlikda savollar;
V variant - murakkab savollar.
O'quvchilar o'zlarini kuchlariga yarasha variant savollariga javob beradilar. Birorta javob
bermagan o'quvchi qolmaydi. Bu sistemada seminar darslarini olib borish ancha tayyorgarlikka ega
bo'lgan, kitob bilan mustaqil ishlay oladigan o'quvchilar uchun mo'ljallangan.
Quyida "elektrolitik dissoziyalanish nazariyasi", mavzusi bo'yicha seminar darsini taxminiy reja
namunasini beramiz.
1. Elektrolitlar va elektrolitmaslar.
2. Elektr tokini o'tkazuvchi moddalardagi kimyoviy bog'lanish tabiati.
3. Elektrolitik dissoziatsiya
4. Elektrolit eritmalarida sodir bo'ladigan ion almashtirish reaksiyalari.
5. Quyidagi moddalarni dissotsiyalanishi tenglamasini yozing.
K
2
SO
4
,
Na
3
PO
4
,
ZnCl
2
6. Quyidagi tuzlarning gidrolizlanish tenglamalarini yozing.
K
2
S,
Na
2
SO
3
,
AlCl
3
7. Tuzlarning gidrolizi.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə