O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»


- Mavzu: YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TAMOYILLARI. DIDAKTIK JARAYON TUZILMASIGA ASOSLANGAN



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə28/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

8- Mavzu: YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TAMOYILLARI. DIDAKTIK JARAYON TUZILMASIGA ASOSLANGAN

O’QITISH METODLARI
R E J A:

  1. Tamoyil (prinsip) tushunchasi va uning pedagogik texnologiyadagi talqini.


  2. O’qitish prinsiplari va pedagogik texnologiya priniplarining uzviyligi va farqlari.


  3. Pedagogik texnologiya tamoyillari: yaxlitlik, maqsadlilik, egiluvchanlik, yakuniylik, tugallanganlik.


  4. Ta`limni samarali metodlari.



Yangi pedagogik texnologiyalarni loyihalash va ulardan ta`lim tarbiya jarayonida foydalanish ma`lum qonuniyatlarga asoslanadi. Bu asoslar pedagogik texnologiya (PT)ning o’ziga xos jihatlarini ifoda etadi va metodikadan farqli tomonlarini ko’rsatib beradi. Boshqacha aytgada, ularni PT prinsiplari deb atash mumkin.
Prinsip- yunoncha «prinsipium» so’zidan olingan bo’lib, asos, dastlabki holat, boshqaruvchi g’oya, umumlashgan talab kabi ma`nolarni anglatadi. Didaktikada olimlar prinsiplarni turlicha talqin qilishadi: pedagogik holatni yo’lga soladigan didaktik holatlar, tavsiyalar (V.I. Zagviyazinskiy, L.I. Grisenko), o’qitishning me`yoriy asoslari (M.A.Danilov), didaktik maqsdga erishish usullari (I.A.Lerner) va xokazo.
Biz pedagogik texnologiya prinsiplari deganda loyihalangan o’quv tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish uchun rioya qilinadigant umumiy me`yorlar va talabalarni tushunamiz. Demak, u yoki bu pedagogik xodisa prinsip bo’lishi mumkin, qachonki uni o’quv jarayonida hisobga olish (rioya qilish) zarur bo’lsa, ya`ni unga tayanilsa.
PT prinsiplari didaktik prinsilardan tubdan farq qiladi va o’zida muhim sifat ko’rsatkichlarini mujassamlashtiradi.
Ta`lim prinsiplari o’quv-tarbiya jarayoniga qo’yiladigan ijtimoiy talablar, ta`limni tashkil etish va boshqarishda rioya qilinadigan qoidalar sifatida amal qilinadi.
Ta`lim prinsip (tamoyil)lari o’kuv-tarbiya jarayonining barcha komponentlariga, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga, barcha o’quv predmetlarini o’qitish masalalariga daxldor umumiy talablar, qoidalardir. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo’lib, ular ta`limning barcha turlari: (individual, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus, oliy), sub`ektlari (o’qituvchi, o’quvchilar jamoasi), o’quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlari(ta`limning maksadi, vazifasi, natijalariga dahldor umumiy qoidalardir.
Ta`lim prinsiplari quyidagilar:

Tа`limning ilmiy bo’lishi


Tа`limdа nаzаriya bilаn аmаliyotining bоg’liqligi





Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə