O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə36/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Jadvallar.

Har bir ishtirokchiga flomaster va katta qog’oz varog’i beriladi. Qog’oz to’rt qismga bo’linib, har biriga quyidagi axborotni yozish topshiriladi:

  • yuqoridagi chap burchakda: o’zini bir so’z bilan tasvirlasin


  • yuqoridagi o’ng burchakda: nima bilan faxrlanishini yozsin


  • pastdagi chap burchakda: o’zi haqida qandaydir bir sirni oshkor kilsin (bu jiddiy sir bo’lishi majburiy emas, biroq shunday axborot bo’lsinki, u haqda ishtirokchilardan hech kim bilmasin)


  • pastdagi o’ng burchakda: o’z xobbisini chizib bersin.


(Jadvalning katakchalarini guruh xususiyatiga qarab o’zgartirish mumkin)


Hamma ishtirokchilar ishni tugatganlaridan keyin ular jadvalni oldlarida ushlab zalning o’rtasiga chiqishadi. U yoq- bu yoqqa o’tib ishtirokchilar bir-birlari bilan tanishadilar. Ishtirokchilar o’z ismlarini jadvallarga yozib, ularni devorga ilib qo’yishadi.

Sinkveyn usuli1


J.Still, K.Meredis, Ch.Templning «O’qish va yozish tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun» dasturida o’quvchi va talabalar faolligini oshiruvchi, ularning tanqidiy fikrlashini o’stiruvchi qator usullar kursatib utilgan. Shulardan ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Sinkveyn- fransuz tilida «5 qator» ma`nosini bildiradi. Sinkveyn- ma`lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish)ga yordam beradigan qofiyalanmagan she`r bo’lib, unda o’rganilayotgan tushuncha(hodisa, voqea, mavzu) to’g’risidagi axborot yig’ilgan holda, o’quvchi so’zi bilan turli variantlarda va turldi nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish- murakkab g’oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so’zlar bilan ifodalash uchun muhim bo’lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Sinkveyn tuzish qoidalari:
1- qator: Mavzu bir so’z bilan ifodalanadi ( odatda ot tanlanadi).
  1. qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi).


  2. qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so’z bilan ifodalanadi.(3 ta fe`l yoki ravishdosh yoziladi).


  3. qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to’rtta so’zdan iborat bo’lgan fikr yoziladi.(4 ta so’zdan iborat jumla yoziladi).


  4. qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma`nosi unga yaqin bo’lgan bitta so’z yoziladi (mavzuga sinonim so’z yoziladi).



Sinkveynlar quyidagi hollarda juda foydali bo’ladi:

Sinkveynga quyidagi misollarni keltirish mumkin:




Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə