O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə34/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

4-Bosqich

Umumlash-tirish

Maslahat va tavsiya orqali majbur qilmasdan ko’mak berish.

O’quv guruhining 2-3 a`zosi o’rtoqlari bilan maslahatlashgan holda mazmuniga qarab ma`lumotni tartiblaydilar va guruhlarga bo’ladilar. Strelka, chiziq va boshqa belgilar yordamida ularning o’zaro munosabatini: bir butun yoki qarama-qarshi nuqtai nazarni shakllantiradilar




5-bosqich

Yakun yasash, tahlil qilish, baholash

O’quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.

O’z-o’ziga baho berishni amalga oshirishlari mumkin.




Munozara (Muhokama) uslubi
Ko’p hollarda seminar mashg’ulotlari orada o’qituvchi monologlari bilan bo’linadigan talabalar monologlari shaklida o’tadi, qolgan o’quvchilar esa shu paytda zerikib o’tiradilar. Shuning uchun darsda Munozara usulini qo’llash barcha o’quvchilarning faolligini oshirib, zerikishlarga yo’l qo’ymaydi.
«Munozara»ni o’tkazish usuli:

  1. Yetakchi munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif qiladi;


  2. Yetakchi qatnashuvchilarga muammoni «Aqliy hujum» masalasini beradi va uni o’tkazish tartibini belgilaydi;


  3. «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g’oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlanadi. Bu bosqichda guruh qatnashchilarining har biri o’z fikrini bildirishiga sharoit yaratiladi;


  4. Yetakchi ikkinchi bosqichga o’tishdan avval qisqa tanaffus e`lon qiladi. Ikkinchi bosqichda bildirilgan fikr va g’oyalarni guruhlashtirib, ularni tahlil qilishga o’tiladi;


  5. Tahlil orqali qo’yilgan vazifani eng maqbul yechimini topishga harakat qilinadi.


O’qituvchi munozara paytida quyidagi savollarni berishi mumkin:


  • Siz misol keltira olmaysizmi?


  • Nahotki! Nima uchun?


  • Bu fikr Aziz aytgani bilan qanday qilib moslanadi?


  • Demak, siz Lolaning fikriga qo’shilasiz?


  • Siz menga aytmang, Akbarni ishontirishingiz lozim!


  • Sizning xayolingizga ________ ekanligi to’g’risidagi fikr kelmadimi?


O’quvchilar fikrlari qanday bo’lishidan qat`iy nazar, unga munosabat bildirishga shoshilmaslik munozara yuritishning qat`iy qoidasi bo’lib hisoblanadi. Shu bilan birga o’kituvchi fikrlarning mantiqsizligiga, yaqqol qarama-qarshi, asossiz fikrlarning bildirilishiga ham yo’l qo’ymasligi lozim. Odobli luqma bilan fikrlarning asosliligini, aytilgan yoki qo’llab-quvvatlangan fikrning to’g’riligini oydinlashtirib, ularda aytilgan g’oyaning mantiqiy oqibati to’g’risida fikrlashga qiziqish uyg’otish zarur.



Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə