O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə35/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Muzyorar
Ko’pchilik odamlar notanish vaziyatda (yangi sinf yoki yangi maktabda, kursning boshlanishida) bo’lganlarida o’zlarini jar`atsiz sezishadi. Ko’pincha bir-birlarini bilishmaydi. Agar xech bulmaganda bir kishi bilan tanish bo’lsalar, ular birga bo’lishadi. Shuning uchun o’qituvchi (yoki boshlovchi) o’quvchilarga o’zlariga ishonch hissiyotini beradigan do’stona muhitni va ular o’zlari o’rganishlari kerak bo’lgan narsaga diqqatlarini qarata oladigan vaziyatni yaratishi kerak. Bunda Muzyorar usulidan foydalanish mumkin. Bu ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchilar o’rtasidagi «tusiq»ni yo’qotishga qaratilgan usul.
Muzyorarga quyidagi misollarni keltirish mumkin:


  1. Taqdim etish.

O’quvchi yoki ishtirokchilardan ular o’zlarini tanishtirishlari va o’zlari to’g’risida muayyan axborot berishlari suraladi. Ular taqdim etgan axborot saylanmasi sinf yoki kurs xususiyatiga bog’liq. Bu quyidagilar bo’lishi mumkin:

  • ism-sharifi


  • yashash joyi


  • qiziqishi


  • fanlarga munosabati


Bu axborot jadval shaklida katta qog’oz varag’iga yozib jamlansa yaxshi bo’ladi.


Bu usul kam vaqtni oladi (har o’quvchiga 1-2 minut), biroq undan 30 kishidan ko’p guruhlarda foydalanib bo’lmaydi. Bizda ular haqida axborot kam bo’lgan, ulardagi odamlar bir-birlarini yaxshi bilmaydigan guruhlar uchun yaxshi, biroq u har doim ham guruh a`zolarining yaxshi tanishishlariga kafolat bermaydi.



  1. Interv`yu.

Bir-birlarini yaxshi tanimaydigan juftliklar tuzilib, ularga tanishib olishlari uchun 5-7 minut vaqt beriladi. So’ng juftlikning har bir a`zosi butun guruhga o’z sherigi to’g’risdagi ma`lumotlarni biror qiziqarli faktni qo’shgan holda taqdim etadi.
Bunda guruhdagi har bir kishi bitta odam bilan tanishishi kafolatlanadi. Bu usul ishtiokchilarga dadillik hissini beradi, biroq uni 25 kishidan ko’p guruhda qo’llash mumkin emas.



  1. Yüklə 183,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə