O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə32/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Aqliy hujum (Breynshtorming)
Aqliy hujum- g’oyalarni generatsiya qilish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar (generasiya kiladi). U ishtirokchilarni o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga rag’batlantiradi. «Aqliy hujum»ning vazifasi kichik guruhlar yordamida yangi- yangi g’oyalarni yaratishdir. Bu usul muammoni hal qilayotgan kishilarning ko’proq aql bovar qilmaydigan va hatto fantastik g’oyalarni yaratishga undaydi. G’oyalar qancha ko’p bo’lsa, ularning hech bo’lmaganda bittasi ayni muddao bo’lishi mumkin.
«Aqliy hujum»ning qoidalari:

  1. Fikr va g’oyalar hech qanday cheklanmagan holda iloji boricha qattiqroq aytilishi lozim;


  2. Bildirilgan fikr va g’oyalar takliflar berish to’xtatilmaguncha muhokama qilinmaydi, baholanmaydi;


  3. Bildirilgan har qanday g’oya va fikrlar hisobga olinadi;


  4. Qancha ko’p g’oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi;


  5. Bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin;


  6. Barcha aytilgan takliflar yozib boriladi;


  7. Takliflarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.


Bu usul barcha funksiyalarni bajaradi: lekin uning asosiy vazifasi- muammoni mustaqil tushunish va echishga ta`lim oluvchilarning motivatsiyasini uyg’otishdan iboratdir.


Aqliy hujum usulining texnologik xaritasi.

Ish bosqich-lari va mazmuni


Faoliyat


O’qituvchi


O’quvchi


  1. Bosqich

Tayyorlov

Mavzuni aniqlaydi, maqsadni natijalarni, baxolash mezonini shakllantiradi




2-bosqich


Kirish

Mavzuning maqsad, natija va baholash mezonini e`lon kiladi. Aqliy hujum usuli maqsadni amalga oshirish usuli ekanligini tushuntiradi.


Berilgan muammoni bayon qilib, boshlash to’g’risida buyruq beradi.




3- bosqich


G’oyalarni kiritish


G’oyalarni magnitafon yoki videolentaga, qogoz varag’iga yoki doskaga yozib olishni taklif qiladi.


Muammoni yechish buyicha g’oya va takliflar haqida mulohaza yuritadilar.


4- bosqich


Tahlil

Taklif qilingan baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda ilgari surilgan g’oyalarni tahlil qilishni tashkil etadi.




Bildirilgan g’oyalarni, takliflarni guruh bo’lib tahlil kiladilar. Eng qulay va maqsadga muvofiqlarini aniqlaydilar.


5- bosqich


Yakun yasash, tahlil va baholash


O’quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.


O’z-o’ziga baho berishlari mumkin





Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə