O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə27/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Tashkiliy shakllar. Didaktik jarayonni tashkil etishda o’qituvchi o’quv-bilish faoliyatining tashkiliy shakllari (5)ni ham ta`lim mazmuniga mos holda tanlay olish kerak. Pedagogik texnologiyani loyihalash shartlaridan biri ham tashkiliy shakllarni to’g’ri tashkil etish sanaladi. Pedagogikada o’qitishning tashkiliy shakli deganda o’quvchilarni o’qitish jarayonida qullanilgan tashqi shart-sharoitlar yig’indisi tushuniladi.
Ta`lim tizimida bilish faoliyati auditoriyada (ma`ruza, seminar, laboratoriya, sinov, imtixon) va undan tashqari (uyda, kutubxonada, tadqiqotchilik, to’garak va boshqalar) mashg’ulotlar tarzida tashkil etiladi. Pedagog o’quv faoliyati shakllarini tanlashda quyidagi savollarga javob topishi kerak: didaktik jarayon ishtirokchisi kim? (o’quvchi, talaba, tinglovchi). U qanday boshqarilishi kerak? (o’quv faoliyatini o’qituvchi boshqaradi, avtomatlashgan sinf yordamida yoki boshqa texnik vositalar yordamida: kino-diafilm, kompyuter, modelli ta`lim va hokazo)
Diaktik jarayon u yoki bu texnik vositalardan ta`lim mazmuniga mos holda uzluksiz qo’llashni taqoza etadi.

Pedagog- pedagogik texnologiya loyihasi muallifi sifatida. Pedagogik texnologiyaning loyihachisi ham, uni amaliyotga joriy etuvchi ham pedagog (6) hisoblanib, malakali mutaxassis tayyorlashdek muhim ijtimoiy (davlat) buyurtmasini bajaradi. Pedagogning pedagogik tizimda tutgan o’rni qanday?
  1. O’qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta`lim-tarbiya maqsadini(2) tashhislanuvchan holda aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ajratilgan vaqt chida unga erishishni ta`minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy to’g’risida xulosa qilish mumkin bo’lsin.


  2. O’qituvchi belgilangan ta`lim maqsadiga mos keladigan o’quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini (3) saralashda fanning abstarksiya pog’onalarini va o’zlashtirish darajalariga mosligini inobatga olish zarur.


  3. O’qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayon (4)ni tuzish talablari bilan tanish bo’lishi va uning eng maqbul variantini har bir dars mavzusiga bog’liq holda loyihalashi kerak. B talablar jadallashtirish va tabiatan monandlik tamoillaridir.


  4. O’qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o’qitishning samarali shakllaridan (5) foydalana olishi zarur.


  5. O’qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo’lgan o’quvchi-talaba (1)ning ta`lim mazmunini va tarbiya ta`sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbl usullar bilan nazorat qilib borishi lozim. Olingan axborotlar pedagogik tizimni maqsadga mvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi yoki pedagogik tizimdagi qaysi elementning mazmunini tuzatish kerak ekanligini belgilab beradi.






Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə