O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə26/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Boshqarish. Didaktik jarayonning so’nggi tarkibiy qismi-o’quv-bilish faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Har qanday o’quv faoliyatini boshqarish imkoniyati mavjud. Boshqarish tizimi ikki- boshqaruvchi va boshqariluvchi ob`ektdan iborat bo’ladi. Agar didaktik jarayonda o’qituvchi boshqarish sub`ekti hisoblansa, o’quvchilar-boshqaruv ob`ektidir. Sub`ekt uzluksiz tarzda ta`lim maqsadiga muvo fiq ob`ektga bevosita yoki bilvosita ta`sir o’tkazadi. Ob`ekt ham o’z novbatida sub`ekt tomonidan o’rgatilgan maqsad va vazifalarni to’g’ri anglab etishi va unga erishish choralarini ko’rgandagina o’quv faoliyatining samarasi to’g’risida fikr yuritish mumkin bo’ladi.
Pedagogikada o’kuv faoliyatini boshqarishning kibernetika fanida ishlab chiqilgan tasnifidan foydalaniladi: ochiq, yopiq (siklik), yoyilgan. Didaktik jarayonni boshqarishda ko’proq siklik turdagi boshqarish tizimi qo’l keladi. Sababi zaruriy o’quv harakatlar to’g’risidagi axborotlar oqimi Urgatuvchidan to’g’ri aloqa yordamida o’rganuvchilarga uzatiladi. Asosiy haraktlarni bajarilganligi haqidagi malumotlar esa teskari aloqalar yordamida o’rganuvchidan o’rgatuvchiga uzatish imkoniyati mavjud uladi. Demak, o’kuv faoliyatin boshqarish siklik tarzda, ya`ni6 «o’rgatuvchi-axborot-o’rganuvchi» tizimi ko’rinishida amalga oshadi.
Yopiq boshqarish doimo har bir o’quv elemnti bo’yicha o’qitishning asosiy ko’rsatkichlarini o’quvchining o’quv faoliyati jarayonida kuzatishni va bu ko’rsatkichlar belgilangan me`yoridan farq qilsa, faoliyat uchun zaruriy tuzatishlarni amalga oshirishni taqoza etadi. O’qitishda boshqarishning yopiq usulidan foydalanishning birmuncha sodda usuli- bu o’quvchini so’roq qilish va o’quv materialini o’zlashtirishda yo’l qo’yayotgan xatolarini zudlik bilan tushuntirish, so’roq natijalarini hisobga olgan holda qushimcha mashqlar bajarishdan iboratdir.
Boshqarishning muhim jihati shundaki, agar Ma faqat o’quvchi tomonidan bajarilsa. Boshqarish algortimi (B) o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchi ham bajarishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarga nafaqat topshiriq yoki mashq tavsiya etadi, balki ularning to’g’ri javoblarini (etalonlarini) ham beradi. Shunda o’quvchilar o’z faoliyatlarini tekshirish va harakatlarini tuzatish imkoniga ega bo’ladilar.



Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə