O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»


- MAVZU: DIDAKTIK JARAYON PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSI SIFATIDA



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə24/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

7- MAVZU: DIDAKTIK JARAYON PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSI SIFATIDA
R E J A:

  1. Didaktik jarayon tuzilmasi.


  2. Motivatsiya o’quv-biluv faoliyatining boshlang’ich bosqichi.


  3. O’quv-bilish faoliyati tarkibi va uni boshqarish.


  4. Pedagog- pedagogik texnologiya loyihasi muallifi sifatida.



Didaktik jarayonning ilmiy-pedagogik asoslarini har bir o’qituvchi tomonidan tushunilishi davr talabidir. Chunki, didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi, yohud u belgilangan vaqt ichida ta`lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o’quv lementlari (O’E) mazmunini o’quvchilarga uzatish yo’llarini aniqlab beradi.
V.P.Bespalko o’qitish jarayoni va didaktik jarayonning farqini shunday ko’rsatadi: «O’qitish jarayoni «klassik qoida»ga bo’ysunadi. Ya`ni o’qituvchi sinfga kirib, dars mavzusini e`lon qiladi va darhol uning mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har bir dars (ma`ruza)ni boshlashdan oldin o’quvchilar diqqatini jalb qila oladigan faoliyat bosqichi-motivatsiyani vujudga keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivasiya bosqichi o’quv-bilish faoliyatining kaliti hisoblanadi».
O’qitish jarayoni tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin:
O’J=O’F+O’qF;
Bu yerda: O’F-o’quvchi bajaradigan o’quv faoliyati; O’qF-o’qituvchi bajaradigan o’rgatuvchilik faoliyati. Bundan shunday xulosa chiqadi: o’quvchining xususiy o’quv faoliyati va unga hamohang bo’lgan o’qituvchining o’rgatuvchilik faoliyatidan tashqari hech qanday o’qitish jarayoni mavjud bo’lmaydi.
Hozirgi zamon pedpsixologiya fani tadqiqotlarining natijalari tahlili didaktik jarayon o’zaro bog’liq quyidagi komponentlardan iboratligini ko’rsatadi:
-Motivatsion bosqich- (M);
-O’quvchining o’quv-bilish faoliyati-(O’F);
- Boshqarish-(B).
Buni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
DJ=M+O’F+B
Pedagogik tizimda ta`lim maqsadi va didaktik jarayon o’rtsaida aloqadorlik mavjud: Ya`ni har bir maqsadga ma`lum bir jarayon orqali erishiladi va har bir jarayondan maqsadga erishish ko’zda tutiladi. Didaktik jarayonda ikkita prinsipga amal qilinadi:
1. Didaktik jarayonda tabiiy muvofiqlik prinsipi. Bunda o’quvchilarning intellektual rivojlanimshi va o’zlashtirishi tajribalarining tabiiy mexanizm o’zlashtirishiga mos kelishi tushuniladi. O’quv mehnatiga qiziqishi, o’qish xohishi darajasini ta`lim-tarbiyada shu prinsip ifodalaydi.
2. Didaktik jarayonda intensiv prinsip. Didaktik jarayon tez va yuqori darajada, qisqa vaqt ichida didaktik masalani yechishni taqozo etadi. Dilaktik jarayonni intensivlashtirish prinsipining indikatori tezlik hisoblanadi.


Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə