O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»


Bu pedagogik tizim, har qanday nazariyaga xos bo’lgani kabi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik texnologiyasi



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə21/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Bu pedagogik tizim, har qanday nazariyaga xos bo’lgani kabi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik texnologiyasi.

Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining muhim sohasi sifatida aniq maqsad va unga erishish uchun shart-sharoitlar hamda bu faoliyat uchun axborotlar bo’lishi kerak.


Didaktik masalalarni hal etish maqsadi shaxsning ma`lum sifatlarini shakllantirish zarurati bo’lsa, shart-sharoitlar-o’quvchi (talaba)larning boshlang’ich sifat ko’rsatkichlari, axborot esa o’quv predmetining mazmuni yoki tarbiyaviy ta`siridir.
Har bir didaktik masala pedagogik tizimda o’ziga mos keladigan PT elementlari bilan hal qilinadi, ular: didaktik jarayon, o’qitishning tashkiliy shakllari hamda pedagog yoki o’qitishning texnik vositalari (O’TV)
Rasmda ijtimoiy buyurtma yo’nalishi didaktik masalalarga qaratilgan va bu bejiz emas: ta`lim har doim jamiyat talablarini qondirishga xizmat qiladi va u ongli ravishda yoki induktiv tarzda tez, balki sekinlik bilan bu talablarga mos holda tuzatila boriladi.
Darhaqiqat XX1 asr bo’sag’asida ta`lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi, haqqoniy dvigateli-bu o’zida didaktik masalalar va PT ni mujassamlashtirgan pedagogik tizim hisoblanadi. PT ning muvofaqqiyatli loyihalashtirish va yakuniy natijaning kafolatlanishi o’qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasiga va darsda ularni to’g’ri belgilab olishiga bog’liqdir.
Milliy dasturda ta`lim-tarbiyaning maqsadi yangilanib: «O’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash»1 deb belgilandi. Demak, ta`lim-tarbiyaning maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi tabiiydir. Ta`lim mazmuni o’quv dasturlari, qo’llanma va drsliklarda o’z ifodasini topadi. Shuning uchun olimlarimizga fan sohalari bo’yicha ta`lim mazmunini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Shunday qilib, pedagogik tizimda didaktik masalalarning o’z yechimini topishi Milliy dastur g’oyalarini ro’yobga chiqarishning muhim bosqichidir.
Agar pedagog (6) qo’lida bilimga chanqoq, iqtidorli o’quvchilar (1), fan maqsadiga (2) mos mazmun- dastur, o’quv qo’llanma, darsliklar (3) mavjud bo’lsa, u didaktik jarayonni (4) muvoffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan (5) samarali foydalanib yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin.
O’quv materialini o’zlashtirish darajalari. Kishi har qanday oqilona faoliyatni shu faoliyatni bajarish metodikasi haqida oldin o’zlashtirilgan axborotlar asosida bajaradi Bu ta`lim-tarbiya jarayoni uchun ham xarakterlidir. Bilib olingan harakatning mo’ljal asosi (HMA) aynan o’zlashtirib olinganidek yoki faoliyatning shart-sharoitga qarab o’zgartirilgan holda ishlatilishi mumkin. Bilib olingan axborotdan foydalanish usuli bo’yicha o’quv faoliyati reproduktiv va produktiv (mahsuldor) turlarga ajratiladi.
Reproduktiv faoliyatda o’zlashtirilgan HMA, uning algoritmlari va qoidalari faqat har xil ko’rinishlarda qayta ishlab chiqiladi, o’quv predmetida dastlab bilib olingan ma`lumotlarga o’quvchi faoliyati davomida biror yangi axborot qo’shmaydi. Masalan, talaba umumiy ta`lim, ixtisoslik bo’yicha o’quv qo’llanmalaridagi barcha masala (vazifa)larni ilgari o’zlashtirilgan (bilingan) qoidalar va algoritmlarga binoan yechadi, o’quvchining bunday faoliyati reprduktivlik doirasidagi harakatlaridir.
Mahsuldor faoliyat jarayonida o’quvchi har doim o’quv predmetida o’zlashtirib olinganiga nisbatan yangi harakat HMA yaratadi, ya`ni o’quv qo’llanmasining mazmunidan farq qiladigan yangi axborotni yuzaga keltiradi. Yangi axborotni yaratish doimo izlanuvchilik faoliyatida oldingi tajribaga suyanadi.
O’zlashtirishning to’rtta izchil darajasi bo’lib, bular: tanishuv, algoritmli, evristik va ijodiy darajalardir.
1-daraja (a-I). Agar masalada uni yechishning maqsadi, vaziyati va harakati ko’rsatilgan bo’lsa, o’quvchidan bu uchala komponent masalaning tuzilishidagi barcha komponentlarga mos kelishi haqida xulosa chiqarishgina talab etiladi, bu bilish faoliyati hisoblanadi. O’quvchi uni ob`ektlar, jarayonlar yoki harakatlar haqidagi ilgari o’zlashtirilgan axborotni qayta idrok qilgandagina bajara oladi. Bu tashqaridan algoritmik ko’rinishda berilgan algoritmik faoliyatdir.
2- daraja (a-II) agar masala (vazifada) maqsad va vaziyat berilgan bo’lsa, o’quvchidan uni yechish uchun oldin o’zlashtirilgan (o’rganilgan) harakatni qo’llash talab etiladi, bu- reproduktiv algoritmik harakat. O’quvchi uni- bu harakatni bajarishning oldin o’zlashtirilgan mo’ljali haqidagi aborotni mustaqil qayta tiklab va qo’llab bajaradi. Buni tipik masala deyladi.
3- daraja (a-III) Agar masala (vazifa)da maqsad berilgan bo’lib, lekin unga erishishning vaziyati noaniq bo’lsa, o’quvchidan esa vaziyatni aniqlash hamda notipik masalani yechish uchun oldin o’zlashtirilgan harakatni qo’llash talab etilsa, bu evristik tipdagi mahsuldor harakat hisoblanadi. Evristik faoliyat tayyor algoritm yoki qoidaga binoan bajarilmaydi, balki, harakatning o’zi davomida yaratilgan yoki qayta o’zgartirilgan algoritm yoki qoidaga binoan bajariladi.
4- daraja (a-IV). Agar vazifada faoliyatning maqsadi umumiy tarzdagina ma`lum bo’lsa, maqsadga erishish uchun vaziyatni ham, harakatni ham izlab topish talab etilsa, bu ijodiy tipdagi mahsuldor faoliyatdir. Bunda haraktning yangi qoidasi yaratiladi, ijodiy-tadqiqotchilik faoliyati bajariladi.



Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə