O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə23/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Yopiq test- test sharti savol yoki biror vazifa va qisqa javoblardan iborat bo’lib, ko’pincha javoblardan bittasi to’g’ri, qolganlari to’g’ri javobga o’xshashroq bo’ladi. Yopiq test deb atalishining boisi shundaki, o’quvchi quyilgan shartga o’z javobini berolmaydi, u testda keltirilgan javoblardan birini tanlashi lozim.


Misol. Predmet bo’yicha test topshiiqlari soni ko’payishi bilan pedagogik o’lchash (baholash) aniqligi qanday o’zgaradi?

A. Ortadi. V. Kamayadi. S. O’zgarmaydi. D. Qonuniyati yo’q.
Ochiq yoki qushimcha test topshiriqlari. Ochiq test vazifalari- kishiga o’z xohishiga ko’ra javob berish imkoniyatini yaratadi. Ochiq testlar, odatda bitta asosiy so’z yoki so’zlar tushirib qoldirilgan jumladir.
Misol. Yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo’lgan ma`lum miqdordagi o’quvchilar guruhiga __________ deyiladi.
To’g’ri javob: sinf.
Muvofiqlikni aniqlashga doir testlar. Bunda ikki xil tushuncha elementlari o’rtasidagi munosabatni aniqlash talab etiladi. Bunday topshiriqlar faqat bilimlarni nazorat qilish uchungina xizmat qilmay, balki ma`lumotlarni yodda saqlash, bilim doirasini kengaytirishga ham xizmat qiladi.
Misol.
  1. An`anaviy ta`lim kamchiliklari.


  2. Noan`anaviy ta`lim kamchiliklari.


A. O’quvuchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.


V. Ko’p vaqt talab etiladi.
S. O’quvchilarni har doim ham etarlicha nazorat qilish imkoniyati past.
D. Murakkab material o’rganildayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi.
E. Motivasiya vujudga kelmaydi.
F. O’quvchilar o’kituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi.
To’g’ri javob: 1- A, E, F. 2- V, S, D.

Davomiylik (izchillik)ni to’g’ri belgilashga oid test topshiriqlari. Bunday topshiriqlar turli haraktlar, fikr yuritishlarda izchillik mavjudligini tekshirish, aniqlash uchun ishlatiladi. Mazkur topshiriqlar algoritmik bilimlarni nazorat qilish imkonini beradi, algoritmik bilimlar esa kasbiy ta`limning so’nggi bosqichlarida katta ahamiyatga ega.


Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə