Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Maqsad: oʻzini anglash qobiliyatini rivojlantirirish Mazmuni



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə46/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

Maqsad: oʻzini anglash qobiliyatini rivojlantirirish
Mazmuni. Ishtirokchilarga yana doʻkonga kelib, turli buyumlarni emas, balki kelajakdagi kasblari yoki ijtimoiy mavqeni tanlash taklifi berildi. Boshlovchi ularning tanlovini kartochkalarga yozib oladigan sotuvchi sifatida ishtirok etadi va kartochkalarni xaridorga beradi. Bir nechta kasbni tanlashga ruxsat beriladi. Ishtirokchilarning hammasi doʻkonga kirganidan keyin, oʻzlarining tanlovlarini izohlab berishadi.
Boshlovchi quyidagi savollarni beradi: mazkur tanlov ular uchun qanchalik qiyin edi? Qaysi mezonlarga asoslanib bu kasbni tanlashdi: yuqori maosh, kasbni yoqtirish, ota-onaning istagi, oʻzini shu kasbda sinab koʻrish, doʻstidan ajralishni xohlamaslik va h.
Boshlovchi uchun eslatma. Ishitirokchilarga kasb – bu ma’lum bir mutaxassislik, ijtimoiy mavqe esa – bu uy bekasi, oilaning boshi, koʻp bolali ayol, nafaqaxoʻr ekanligini tushuntirish kerak. Har ikkalasini ham tanlash mumkin.
Toʻsiqlar” mashqi
Maqsad. Vaziyatni tahlil qilish qobiliyatini riovjlantirish
Mazmuni. Har bir ishtirokchi oʻzi tanlagan kasbi yoki ijtimoiy mavqeida qanday toʻsiqlarga uchrashi, maqsadlariga erishish uchun nimalar qilishi haqida oʻylashi va yozishi kerak. Keyin hammaga quyidagi savolga javob berish taklif qilinadi: qaysi biri qiyinroq: toʻsiqlarni koʻrishmi yoki koʻzlangan maqsadga erishish yoʻllarini izlashmi?

HAYOTIY MAQSADLARNI AMALGA OSHIRISH VA ULARGA ERISHISH MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Koʻzgu” mashqi
Maqsad. Boshqalarning his-tuygʻularini tushunish uchun qulay muhit yaratish
Mazmuni. Guruh juftliklarga boʻlinadi. Ulardan biri biror holatda turadi, ikkinchisi esa uni aks ettiradi hamda sherigining his-tuygʻularini tushunishga va unga gapirib berishga harakat qiladi.
Boshlovchi uchun eslatma. Oʻquvchilarga ushbu oʻyinni jiddiy qabul qilish, shaxsning ustidan kulish - uni xafa qilishi mumkinligini tushuntirish muhim
Kino” mashqi

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə