Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik
respublika tashxis markazi
1-4-SINF OʻQUVCHILARI BILAN OʻTKAZILADIGAN PSIXOLOGIK TADBIRLAR MAJMUASI
(maktab psixologi ish rejasiga ilova)
Toshkent-2022 yil
MUNDARIJA
I. OʻQUVCHILARNI GURUHLASH VA KODLASH
II. 1-SINF OʻQUVCHILARI BILAN OʻTKAZILADIGAN PSIXOLOGIK TADBIRLAR
1. “Oʻquv motivini baholash metodikasi” (G.Luskanova).
2. “Sinf guruhlarida shaxslararo munosabatlarni sotsiometrik shakl yordamida oʻrganish”
3. “Oila” proyektiv metodikasi
III. 2-SINF OʻQUVCHILARI BILAN OʻTKAZILADIGAN PSIXOLOGIK TADBIRLAR
“Zina” testi
“Mavjud boʻlmagan hayvon” proyektiv metodikasi
“Oila” proyektiv metodikasi
IV. 3-SINF OʻQUVCHILARI BILAN OʻTKAZILADIGAN PSIXOLOGIK TADBIRLAR
1. “Avtoportret” proyektiv metodikasi
2. “Uy, daraxt, odam” proyektiv metodikasi
V. 4-SINF OʻQUVCHILARI BILAN OʻTKAZILADIGAN PSIXOLOGIK TADBIRLAR
1. “Kaktus” metodikasi
2. “Fil” rasmi testi
I. OʻQUVCHILARNI GURUHLASH VA KODLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA TAVSIYALAR:
1.Sinf rahbari bilan birgalikda har bir oʻquvchining ijtimoiy -psixologik pasportlarini yaratish.
2.Oʻquvchilar ijtimoiy-psixologik pasport ma’lumotlarini yaratishda kuzatuvlar, sinf rahbarlari tomonidan taqdim etilgan talabnomalar hamda darslarni psixologik tahlili natijalariga koʻra voyaga yetmaganlarni 5 ta toifa yoʻnalishi boʻyicha guruhlash va kodlash tavsiya etiladi:
-autodestruktiv xulq-atvoriga moyiligi mavjud oʻquvchilar (oʻziga-oʻzi tan jarohat va vayrona harakatlar - suitsidal harakatlar);
Dostları ilə paylaş: |