O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Bu vazifalar quyidagilardir



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə6/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
hkjhk

Bu vazifalar quyidagilardir.

  • nazariy vazifasi yoki ilmiy bilish va tushintirish vazifasi.

  • amaliy vazifasi.

  • mafkuraviy vazifasi.

  • metodologik vazifasi.

Iqtisodiyot nazariyasining birinchi va asosiy vazifasi jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni, hodisa va jarayonlarni ob'ektiv va maqsadli o`rganish hamda nazariy tushuntirishdir.
Jamiyatning iqtisodiy hayotini takomillashtirish hamda yaxshilash uchun birinchi navbatda uni chuqur va har tomonlama o`rganib, holatini nazariy jihatdan to`la-to`kis ifodalash lozim. Bu esa fanning asosiy vazifasidir.
Ikkinchi muhim vazifa- amaliy vazifadir.
Ma'lumki, har qanday bilim harakatga qo`llanma bo`lishi, jamiyatni o`zgartirish bo`yicha amaliy maqsadlarga xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani ham iqtisodiy hayot mohiyatini, iqtisodiy jarayonlarni o`rganib, ularni yanada takomillashtirish, insoniylash, inson hayotining yengil va farovon bo`lishi uchun amaliy tadbirlar tizimini ishlab chiqish va shu yo`l bilan iqtisodiy tizimga hamda iqtisodiy siyosatga amaliy ta'sir ko`rsatishi lozim. Uning xulosalari, tavsiyalari iqtisodiyot uchun harakatlantiruvchi kuch hamda nazariy va amaliy dastur bo`lib xizmat qilishi lozim.
Iqtisodiyot nazariyasining muhim vazifasi-mafkuraviy vazifadir. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida kishilar dunyoqarashining yoki mafkurasining tarkibiy qismidir. U xalq ommasining tobora ilmiy, ilg`or va insoniy iqtisodiy qarashlar bilan qurollanishiga xizmat qiladi, iqtisodiy mafkurani targ`ib etadi, hamda kishilarni bunyodkorlik ishiga undaydi, da'vat etadi.
Nihoyat, iqtisodiyot nazariyasining yana bir vazifasi-metodologik vazifasidir. Unda iqtisodiyot nazariyasi bir qator iqtisodiy fanlar kompleksi-sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport iqtisodi kabi aniq iqtisod fanlari uchun, mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiy rejalashtirish, moliya, pul muomalasi va kredit, iqtisodiy statistika va boshqa funktsional fanlar uchun hamda iqtisodiy geografiya, demografiya, iqtisodiy tarix, boshqaruv nazariyasi kabi iqtisodiy fanlar uchun ham nazariy asos bo`lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni tubdan yangilash, bozor munosabatlarini hayotimizga tobora kengroq tatbiq etish sharoitida iqtisodiyot nazariyasi fanining ahamiyati benihoya o`smoqda, amalda u jamiyatning har bir a'zosi bilishi lozim bo`lgan fanga aylanmoqda .



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə