O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


MAVZU : MULK VA MULKChILIK MUNOSABATLARI



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə14/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
hkjhk

MAVZU : MULK VA MULKChILIK MUNOSABATLARI




Asosiy savollar:



  1. Mulkchilik munosobatlari va tarkibi.

  2. Mulk shakllari. O`zbekistonda mulkiy islohotning yo`nalishi.

  3. Xo`jalik yuritish shakllari, ularning umumiyligi va farqli xususiyatlari.



Tayanch iboralar:
Mulkchilik. Mulkni o`zlashtirish. Egalik qilish. Foydalanish va tasarruf etish. Mulk munosobatlarini ro`yobga chiqarish. Mulk ob'ekti. Mulk sub'ekti. Mulkdor manfaati va ma'suliyati. Mulk shakllari. Mulkchilik ko`rinishlari. Xo`jalik yuritish shakllari. Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari.

1.Mulkchilik munosobatlari va tarkibi.

Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Hamisha avlodlar mehnati yaratgan va tabiat in'om etgan boyliklar mulk bo`lib kelgan. Mulk egasi bo`lish yoki bo`lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, aniqrog`i ularning sotsial maqomi yuzaga keladi. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo`lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari bironta mulk ko`rinishida bo`lib harakatga keladi. Yaratilgan mahsulotlar ham muayyan mulk doirasida o`zlashtiriladi.


Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo`lib xizmat qiladi »1. Kim mulkdor hisoblanadi va uning mulkiga nimalar kiradi? Bu savolning javobiga nafaqat narsalarning taqdiri, balki odamlar taqdiri ham bog`liq bo`ladi. Mulk - iqtisodiy jarayonlar va munosabatlarning boshlang`ich nuqtasi hisoblanadi, shuning uchun masalani bir muncha chuqurroq o`rganib chiqamiz.
Bizning atrofimizdagi olam evolyutsion jarayon natijasida paydo bo`lganmi yoki Olloh taollo tomonidan yaratilganmi, bunga bog`liq bo`lmagan holda ravshanki yerda odam paydo bo`lmaguncha, xo`jalik ham, mulk ham bo`lmagan.
Er yuzida odam paydo bo`lishi bilan manzara tubdan o`zgardi. Odam tayoqni qo`liga olishi bilan u nafaqat mehnat quroli, balki odamning shaxsiy cho`qmoriga, uning buyumi, shaxsiy ashyosi, mulki bo`lib koldi. Shaxsiy yoki guruhiy, qabilaviy buyum bo`lib himoya va hujum qurollari, mehnat qurollari va buyumlari, turar joy, kiyim, uy jihozlari paydo bo`lishi bilan ularda ham mulkchilik shakllana boshladi. Ovchilik va yerga ishlov berishni o`rganish natijasida odamlar, oilalar va qabilalar tomonidan yerlarni mulk tariqasida o`zlashtirish boshlanadi.
Boylar va kambag`allarnin paydo bo`lishi, o`zi egalik qilayotgan mulkni kengaytirishga intilish, boylik, mulk orttirish va maydonlarga egalik qilish uchun urushlarni keltirib chiqardi. Natijada, mulk qo`ldan-qo`lga o`ta boshladi. O`sib borayotgan aholi uchun tobora ko`proq yer, ishlab chiqarishga jalb qilinadigan tabiiy resurslar kerak, natijada, odam egallashi mumkin bo`lgan hamma narsa shu zahotiyok ajratib olinadi, o`zlashtiriladi va bo`linadi, ya'ni u mulkka aylanadi.
Biz mulk haqidagi fikrimizni bu tushunchaga ta'rif bermasdan, uning to`g`risida boshqa intuitiv bilim va tasavvurlarimizga asoslangan holda boshladik. «Mulk» tushunchasiga ko`proq yoki kamroq aniqlikda ta'rifni qanday berish mumkin deb o`ylaysiz?
Mulk, bir tomondan, odam yoki odamlar guruhining, ikkinchi tomondan predmetlar, buyumlar (ob'ektlar)ning o`zaro munosabati bo`lib, bunda odam va odamlar narsalarni o`zlari o`zlashtirib, boshqa odamlardan begonalashadilar o`z foydalariga ajratib oladilar. Shunday qilib, mulk, bir tomondan, ob'ektning muayyan odamlarga tegishliligini bildirsa, ikkinchi tomondan, narsalardan foydalanish bo`yicha odamlar orasidagi munosabatni belgilaydi.
Mulkka bo`lgan munosabat odamlar «bu meniki», «bu menga tegishli», «bu seniki emas», «bu bizniki», «bu sizniki emas», «bu begona» deb ta'kidlaganlarida inkor namoyon bo`ladi. Qur'onning dastlabki oyatlaridayoq «birovning mulkini olish haromdir» deb ta'kidlanishi mulk huquqining muqadddas ekanligini ko`rsatib o`tadi. Shunday qilib, mulkning munosabatlarida har doim ikki tomon - mulk sub'ekti va mulk ob'ekti ishtirok etadi.
Mulk sub'ekti yoki mulkdor-mulkiy munosabatlarning faol tomoni, faol asosini ifodalaydi. Bu odamlar, mulk ob'ektiga egalik qiluvchi undan foydalanuvchi, uni boshqaruvchi shaxslar. Ta'kidlash joizki, mulk sub'ektsiz bo`lishi mumkin emas, mulkdorsiz mulk bo`lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «hech kimniki emas» deb yuritiladigan keng tarqalgan ibora umuman olganda, ma'noga ega emas. Agar predmet hech kimniki bo`lmasa, demak u umuman mulkni ifodalamaydi. Hech kimniki bo`lmagan mulk - bu mulk emas.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə