O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə21/35
tarix17.04.2018
ölçüsü3,62 Mb.
#38761
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35


Pedagogika faoliyat- bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.

Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega.

▪ Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,

▪ bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,

▪ bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.

Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi.

▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,

▪ ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish .Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:

1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.

2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.

Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir. Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir.



Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan.

Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari. “Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. Har bir fan yoki soqa o`z tamoyillari asosida rivojlanib boradi. Ijtimoiy pedagogika tamoyillari pedagogika fanining umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi.

Ijtimoiy pedagogikaning muammolari uzoq tarixga ega bo`lishiga qaramasdan yevropa, Rossiya va O`zbekistonda aloqida fan sifatida o`zining dastlabki qadamlarini qo`ymoqda. Shuning uchun ham uning tamoyillarini belgilashda ham ancha murakkabliklar vujudga keldi. Shunga qaramasdan, bu fanning quyidagi uchta tamoyilga suyanishi, ya'ni asosga ega ekanligi aniq. Bular: Tabiatga muvofiqlik tamoyili, Madaniyatga muvofiqlik tamoyili, insonparvarlik tamoyili.

Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari (prinsiplari).

“Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. «Prinsip» so’z i lotincha «rrinsipium» so’zidan xosil bo’lgan «asos», «boshlanish» ma’nolarini bildirali. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayan koidalardan kelib chiqaligan o’z prinsiplari mavjud. Fanlarda prinsip va qoidalar bizga bog’liq bulmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat befoyda balki ham zararli bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chikdi, tabiiyki o’z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi.

Biz Ijtimoiy pedagogikaning 3 ta prinsipni ko’rib chikamiz: tarbiyaning tabiyatga uygun bulishi prinsipi; tarbiyaning madaniyatga uyg`un bo`lishi prinsipi va gumanizim prinsipi. SHu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o’zining talqiniga va o’ziga xos xususiyatiga ega.

A). Tarbiyaning tabiatga uygun bulishi prinsipi.

Tarbiyaning tabiyagga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga kura ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojtanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyaga uygun bulish Prinsipi ilk bor slavyan pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiyatining bir qismi va u tabiyatning bir kismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi, deb hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib turadi. Kamenskiy nafaqat tarbiyaning umumiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolaalar o`spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tafsifiga tayangan holda o’z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslayli va quradi. Komenskindan ancha ilgari sharq uygonish davri buyuk olimi va mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’z asarlarila tarbiyaning tabiatta uyg`un bulish haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro’zg`or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudod shuning uchun tabiatda alohida o’rin tutadi va uning qonunlariga ko`ra rivojlanadi. «YOlg`on xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqli insonni tarbiyalamoqchi bo`lsa unda u uni har tamonlama o`rganishi, insonning tabiyati qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipi ko’pgina buyuk pedagoklar tomonidan o’z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo bola tarbiyasi tabiat bilan uyg`un ravishda amalga oshirilishi kerak deb hisoblab, yozadi «bolalar katta bo`lishidan ilgari bola bo`lishi kerak». Shvetsar pedagogi Iogan Genrix Pestalotsi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, tarbiya maqsadi-inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg`un bo`lishi lozim. Nemis olimi va pedagogi Adolf Disterveg ham o`z ishlarida talim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini etiborga olishi lozimligini ta’kidlaydi. Tarbiya bilan uyg`un bulishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o’z aksini topgan. K.D.Ushinskiy o’zining asosiy «inson tarbiya predmeti sifatida» degan psixalogik pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o`rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so’zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislari, didaktikani o`rganishga o`tish mumkin.

Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipiga amal qilib, kuyidagi qoidalarga tayanishi lozim:

- bolalar yoshi xususiyatlarini etiborga olish;

- bolalar jinsiy o`zgaruvchanligini etiborga olish;

- me’yoridan chettga chiqish bilan bog’liq bo’lgan bolalarning individual xususiyatlarini etiborga olish;

- bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish;

- bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish.



B) Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi.

Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudod sifatida tug`iladi, shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuf va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. SHu narsaga SHarq Uyg`onish davri mutafakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o’z asarlarida ham to`xtalganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shaklanadi, har qanday madaniyat asosi, boyligi esa insondir. Madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (X1X asr) tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha bolani tarbiyalash jarayonida uning tug`ilgan joyi, shart-shariti, bir so’z bilan aytganda, uni o`rab turgan madaniy jihatlar e’tibordan chetda qolmasligi lozim.

Butun insoniyat har bir halk va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog`onasida turadi.

Agar bola o’z me’yorida rivojlangan bo’lsa, u o’sha jamiyat madagniyatini o’zlashtiradi, yaeni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. SHu bilan uning o’zi ham o’sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko’ra bolalarning madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning ijodkorligini oshirish talab etiladi.



S) Insonparvarlik tamoyili.

J. Piaje, K.Rodjers, V.Suxomlinskiy kabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati faqatgina biologik va ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar bilan to’la. Gumanistik tarbiyaning ideali ham tomonlama rivojlangan shaxsdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, do’stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o’rgatishdan iboratdir. Insonparvarlik g’oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa, rivojlanishida cheklanishlar paydo bo’lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.

Insonparvarlik tamoyiliga ko’ra:


    • qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar jamiyatdagi barcha insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish;

    • “Mening o’zim hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o’z muammolarini o’zi hal etishga o’rgatish va yordam berish;

    • Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki ularning jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi


Savollar

    1. Ijtimoiy pedagog oldiga qo’yiladigan kasbiy talablarni sanab bering:

  1. Ijtimoiy pedagogdan qanday malaka va ko`nikmalarga ega bo`lish talab etiladi?

  2. Ijtimoiy pedagogning huquqlari nimadan iborat?.

  3. Ijtimoiy pedagogning kasby sifatlari, etik majburiyatlariga nimalar kiradi?.

  4. Ijtimoiy pedagog faoliyatinnng modeli haqida gapiring?.

  5. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?

  6. jtimoiy pedagogikaning tamoyillarini qaysilar?


6-Mavzu:

MAHALLALAR – IJTIMOIY O`Z-O`ZINI BOSHQARISH ORGANI.

IJTIMOIY-PЕDAGOGIK TADQIQOTLAR. IJTIMOIY-PЕDAGOGIK FAOLIYAT MЕTODIKASI VA TЕXNOLOGIYASI.
Tayanch tushunchalar: urf-odat va an'analar, milliy xarakter va xulq-atvor, oila, etnogenez, o`zlikni anglash, ijtimoiy-pеdagogik tadqiqotla, ijtimoiy-pеdagogik faoliyat mеtodikasi va tеxnologiyasi

REJA.


1.Milliy xarakterning shakllanishi ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida.

2.Oila va mahalla-bolaning norasmiy muloqat muhiti

1.Ijtimoiy pedagogik texnologiya haqida umumiy tushuncha. Uning o`ziga xos xususiyatlari.

2.Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida qo`llaniladigan metodlar.


Milliy xarakterning shakllanishi ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida.

Milliy tarbiya taraqqiyotimiz uchun zarur fazilatlarini yoshlarning xarakter sifatlariga aylantira olsagina uning natijalaridan qoniqish mumkin bo`ladi. Shuning uchun ham masalaga milliy xarakter kontseptsiyasi nuqtai nazardan yondoshmoq zarur. Ana shunda tarbiyada ham xuddi ta'limdagidek aniqlikka va samaradorlikka erishiladi.

Milliy xarakter-bu har bir xalq va har bir millatga xos fe'l-atvor,siyrat, shamoyil, tabiatdir. Tabiatni, jamiyatni, yashashdan maqsadni, insonni, mustaqil davlatchilikni zamonaviy tarzda o`sha millatga xos tushunish, munosabat bildirish milliy fazilatlar tizimidir. Ma'naviy yangilanishning ijtimoiy-pedagogik mohiyati-sho`rolar raqbatlantirishning befarqlik, uning natijalaridan begonalashuv, maxalliychilik, ijtimoiy loqaydlik va h.k.lardan xalqimiz xarakterini poklashni anglatadi.

Inson xarakteri-ijtimoiy pedagogik xodisadir. Insonga xos yaxshi yoki yomon sifat o`z-o`zidan, birdaniga paydo bo`lib qolmaydi. O`g`rilik ham, jinoyatchilik ham, vatanparvarlik ham, vatanga befarqlik ham, jinoyatchilik ham, foqishalik ham yoki ular haqidagi namunalar va ma'lumotlarni muttasil:

1) Ko`rish.

2) Eshitish.

3) O`qish orqali shakllana boradi.

Bir kishini xushmuomala yoki odobli yoki adolatsiz yoki odobsiz deyishsa, buning aniq sabablari(tarbiyaviy), tarixibor. Masalan, agarda adolatparvar insonning hayotini tuqilgan kunidan boshlab videotasmaga olinganida edi, undagi adolatparvarlik fazilatlarning “sirlari”ni “ko`rish”, “ko`rsatish” mumkin bo`lar edi. Buning esa hozircha iloji yo`q. Lekin pedagogik nazariya, amaliy ijtimoiy pedagogika orqali, millatning pedagogik tarixi, hozirini sharqlash, kelajagini loyiqalash (modellashtirish) mumkin.

Ma'naviy salohiyatlar iqtisodiy islohatlardan orqada qolishi mumkin. Maqsad shunday bo`lishi kerakki, milliy xarakter qiyinchiliklarni matonat bilan yengishga qodir yangi, peshqadam, bunyodkor millatni barpo qilsin. Bu esa amalga oshirsa bo`ladigan, real

ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy-psixologik ishdir. Buning uchun psixolog, faylasuf, pedagog va sotsiologlardan:

▪ Milliy xarakterimizdagi yutuq va kamchiliklarni ob'ektiv o`rganish:

▪ Ilg`or, ogoh, bunyodkor millatlarga xos fazilatlar, ularning mezon, ko`rsatkich va darajalarini ilmiy aniqlash:

▪ Yetakchi fazilatlarni xarakter, ya'ni amaldagi “ishlayotgan” sifatlarga aylantirish uchun kim, qachon, qaerda, nima ish qilishi kerak qachon va qanday tarbiya millatimizni shuhratga burkagan qanday tarbiya tufayli millat mustamlakaga aylangan-kabi savollarga javob olish zarur. Bunga millat tarixini, bugunini pedagogik o`rganish javob beradi

Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvida tutgan o’rni

Ijtimoiy pedagogikaning amaliyoti va nazariyasi xalqning etnografik, tarixiy, madaniy an’analari va xususiyatlariga bog’liq va inson, insoniy qadriyatlar haqidagi diniy va axloqiy qarashlarga suyanadi. Inson sivilizatsisi davomida har qanday jamiyat o’zi mustaqil mavjud bo’lishini ta’minlay olmaydigan a’zolari: bolalar, qariyalar, kasallarga munosabat mavzusi bilan bir necha bor duch kelgan. Bunaqa odamlarga munosabat jamiyatning g’oyaviy, ijtimoiy iqtisodiy, axloqiy va milliy xususiyatlariga bog’liq ravishda rivojlangan va tuzishga ifodalangan-ularning jismoniy yo’q qilinishidan tortib, jamiyatda to’liq integratsiyalashuvlarigacha.

O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat va jamiyat rivojining o’ziga xos yo’lini tanlashi, milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarni tiklash, saqlab qolish imkonini beradi va hayotning barcha jabhalarida milliy xususiyatlarni inobatga olish vazifasini qo’yadi.

Bugun shaxs shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi ob’ektiv omillarning alohida inobatga olish kerak. Bunaqa omillarga nafaqat moddiy,g’oyaviy va psixologik sharoitlar, balki shaxsning shakllanishi ro’y bergan muhit ham mansubdir. Bu jarayonga suveren davlatlarda olib beriladigan millatlararo munosabatlar milliy siyosat ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu ayniqsa shaxsiy hislatlarning shakllanishiga qayta ta’sir ko’rsatadi. Ularga milliy o’z-o’zini anglash, g’urur kabi turli yo’nalishlarda rivojlanishi mumkin bo’lgan hislatlar kiradi. YAkuniy maqsad shundaki shaxsning axloqiy shakllanishi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga kechishi kerak.

O’zbek xalqiga o’ziga xos etnik muhit xosdir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o’z ona (milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ashulalar, ideallarning ta’siriga duchor bo’ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq me’yorlariga ko’nikishadi. O’quvchilarda milliy tarixni, adabiyotni o’rganisha va ona tillarida turli ma’lumotlar olish orqali o’smirlik yoshida o’z mansubligini va etnik umummiylikni anglash ro’y beradi..

Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’lim mentalitet (bu tushuncha XX asr boshida fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan) darajasida namoyon bo’ladi. Mentalitetning tarqalishi xalq tushunchasidan xoli bo’lmaydi. Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror xususiyatlariga ega, shuningdek esa boshqa shunaqa tuzilmalardan o’z-o’zini anglashi bilan ajralib turuvchi odamlar majmuasidir. Etnos (xalq)ga mansublik tug’ilishdanoq bo’lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning axloqiy steriotiplarni o’zlashtirish darajasiga qarab bo’ladi. Etnosning muhim hususiyatlaridan biri etnik o’z-o’zini anglashning mavjudligidir. Psixologiya nuqtai nazaridan etnosni boshqa etnoslardan ajratib turuvchi xususiyatlar orasida (til, qadriyat, me’yor, din, ilmiy xarakter, san’at)ni shu etnosning a’zosi deb hisoblanadigan kishilarning mavjudligi bo’yicha aniqlasa bo’ladi.

Etnos insonlarning ijtimoiy-pedagogik birligi sifatida har bir inson uchun muhim vazifalarni bajarishi mumkin: himoya qilish, nafaqat ijtimoiy, balki jismoniy o’zini his qilishi uchun. Etnik jamiyat vaqtda muqimdir, uning tarkibi barqarordir. Inson etnik maqomga ega va uni etnosdan ajratib bo’lmaydi. SHu xususiyatlar uchun etnos inson uchun qo’llab-quvvatlash guruhi hisoblanadi.

Mentallik insonning olam, o’zining bu olamda tutgan o’rni haqidagi tasavvurlari asosida yetgan obrazlar tizimidir, ya’ni mentallik etnik guruhga u yoki bu davrga xos bo’lgan o’ziga yarasha dunyoqarashdir.

“Mentalitet” kategoriyasi gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlab beriluvchi ommaviy dunyoqarashning tarkiblarini ifodalash uchun ishlatilmoqda. Mentalitetning turli ta’riflari mavjud. Mentalitet bu anglanmagan darajadagi jamoa tasavvurlari majmuasi bo’lib, muayyan tabiiy-iqlimiy va tarixiy- madaniy sharoitlarda shakllangandir.

Mentalitet- bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning dunyoni muayyan obrazda qabul qilish, his qilish va unda tafakkur yuritishini ichiga oluvchi individual va jamoa ongining darajasidir. Mentalitet shu xalqning uzoq tarixiy rivojlanishi natijasida shakllanadi va milliy xarakter, iqtisodiy va ijtimoiy xulq atvorning milliy modelini belgilab beradi.

Mentalitet xatto bir mafkura boshqasiga o’zgarganda ham o’zining asosiy parametrlarini saqlab qolish mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda mentalitet biz madaniyatga tegishli odamlarda umumiy aqliy qurilmalari ning mavjudligi bilan aniqlanadi. Turli xalqlarning mentalitlari farqi ular quyidagi ijtimoiy hodisalar: ijtimoiy tuzilmaga baho berish, huquq va odat haqidagi qarashlari, ozodlikka munosabati, ozodlikni tushunishlari, mehnat, mulkchilik, boylikka munosabatlari, zamon va makonni tushunishlarini qanday qabul qilishlarida namoyon bo’ladi.

Oila va mahalla-bolaning norasmiy muloqat muhiti.

Yurtboshimiz I.A.Karimov 2003 yilni “Obod mahalla” yili deb e'lon qildilar obod so`zi keng qamrovli, chuqur ma'noli so`zdir. Mahallaning obodligi birinchi navbatda mahallaning tozaligini nazarda tutsa, ikkinchidan, undagi tinchlik, xotirjamlik, mahalla aqlining jipsligi hamda hamjihatligini o`z ichiga oladi. Aynan shu mahalla yosh nihol uchun norasmiy muloqati orqali tarbiya o`chog`i sanaladi.

Respublika vazirlar Mahkamasining 2002 yil 16-maydagi 162-sonli qarori asosida mahallalarda pedagog-tarbiyachilar shtati tashkil etildi. Ularning militsiya tayanch punktlarida faoliyat yuritishi profilaktika inspektorlari tomonidan hisobga olingan tarbiyasi og`ir bolalar va o`smirlarni to`g`ri yo`lga solishda birmuncha qo`l keladi.

Mahalladagi pedagog-tarbiyachiga 30 yoshgacha bo`lgan, jismonan baquvvat, kamida 5 yildan kam bo`lmagan pedagogik stajga ega bo`lgan, sport va biznesni yaxshi tushunadigan, mahalladagi yoshlarni yoki tarbiyasi og`ir bolalarni, voyaga yetmaganlarni o`z orqasidan ergashtirib, ular bilan shug`ullanadigan shaxs bo`lishi lozim. Bu ishlarni amalga oshirishda “Mahalla” jamg`armalari, yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, sport qo`mitalari o`rtasidagi hamkorlikni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, “Bir bolaga yetti mahalla-ota ona” degan naqldan kelib chiqib, kelajak avlodni tarbiyalashda kichik Vatan bo`lmish oila va mahallaning o`rni beqiyosdir.

Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahalla mavjud. Ularning tashkil topishi va faoliyat yuritishi bir tomondan milliy- psixologik xususiyatlari, boshqa tomondan esa aholiga yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga g’arq bo’lishlariga imkon yaratish bilan bog’liqdir. Boshqacha aytganda, mahalla mikrotsizm bo’lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi. Mahallaning demokratiyalashuv, ijtimoiylashuv, insoniylashuv va mukammallashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini Prezident I.A.Karimov quyidagicha ta’kidlab o’tgan: “YOki masalan mahalla-bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o’zgarmas manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlatda daryolar bo’yida paydo bo’lgan. Tabiat kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda yengish, qiyin kunlarda qo’llab-quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bo’lib yashashga o’rgatgan.

Mehribonlik, rahmdillik kabi qadrli insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda mahallani o’z-o’zini boshqarish maktabi, kerak bo’lsa demokratiya maktabi desa bo’ladi4.

Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo’lishini ko’zda tutadi, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham ko’zda tutadi. SHu borada mahalla ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi hisoblanadi. CHunki unda:

-har bir inson amal qilishi kerak bo’lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;

-muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;

-hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar haqida g’amxo’rlik;

-axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi;

-ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga uzaytiriladi;

-alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda bo’ladi.

Ijtimoiy pedagogik texnologiya haqida umumiy tushunch, uning o`ziga xos xususiyatlari.

O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiypedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulq-atvorini oldini olishda ularga ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim.

Ma'lumki, so`nggi yillarda pedagogika olamida «texnologiya”, “pedagogik texnologiya” kabi tushunchalar kirib keladi va ularning mazmuni va mohiyati bilan biz oldingi kurslarda tanishib o`tganmiz. Ulardan farqli o`laroq ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mazmuni va mohiyati nimadan iborat degan haqli savol tug`iladi.

“ ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan.

Pedagogik-texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar-o’quv jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo’llash va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi.

80-yillar o’rtalarida pedagogik amaliyotda SH.A.Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya), V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S.N.Lo’senkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V.A.Karakovskiy, N.E.Selivanova, N.I.Hurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlari umum tan olindi. “Pedagogik texnologiyalar” o’quv fani professional pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi.

Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik zahiralardan foydalanishi orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini rejalashtirish, baholash metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish kafolatlangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.

Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi.



Ijtimoiy-pedagogik texnologiya- bu sotsium a'zosi sifatida insonning ijtimoiylashuvi jarayonidagi faoliyati, hatti-harakatlari va ongiga ma'lum maqsad asosida ta'sir o`tkazuvchi pedagogik metodlar va vositalar majmuidir.

Bolalar va o`smirlar orasidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyasi quydagi shaklda amalga oshiriladi:

1.Tashkiliy faoliyat. Bu faoliyat bolaning o`qituvchilari, ota-onalari, tenghurlari bilan uchrashuvlar, suqbat o`tkazish,to`plangan materiallarni tahlil etish va shu asosda bolaga ijtimoiy-pedagogik yordam berish kabi ishlarni o`z ichiga oladi.

2.Tashxis qo`yish ishlari. Bu faoliyat bola yoki o`smir shaxsini o`rganish, turli xil savol-javob ishlarini olib borish kabi ishlarni o`z ichiga oladi.

3.Bolalar va o`smirlar orasida treninglar tashkil etish.

4.Kommunikativ-metodik ishlarni olib borish.

5.Kasbga yo`naltirishga doir faoliyat.

6.Ijtimoiy zararlarga qarshi bolalarning ijtimoiy-psixik ko`nikmalarini hamda tanqidiy munosabatlarini shakllantirishga doir faoliyat ko`rsatish.

Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo’lib ular ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta’kidlagandek ijtimoiy pedagog va ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko’p.

Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi.

Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog’liq. ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar yechishlari lozim, ya’ni bolada muomala ko’nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko’nikishga yordam berishdir va boshqa maqsadlar o’z navbatida faoliyat mazmuni, uning amalga oshirish metodlari va uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi.

Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to’g’ri aniqlanganligi, unga yerishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog’liq bo’ladi.

SHunday qilib ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va usullari majmuasidir.


Muammoni hal qilishni baholash



Muammoni hal qilish




Hal qilish tеxnologiyalarini

ishlab chiqish

Hal qilish tеxnologiyasini

tanlash




Muammoni tashhizi





Hal qilishni izlash

Ijtimoiy pedagogning aralashishni talab qiluvchi har qanday muammoni hal qilish unga tashhiz qo’yishdan boshlanadi. Tashhiz qo’yish axborot taxlili, to’plash va tizimlashtirishdan iborat.

Keyingi bosqich bu muammoni hal qilish yo’llarini qidirish. Buning uchun tashhiz asosida maqsad qo’yiladi va unga muvofiq faoliyatning aniq vazifalari belgilanadi.

ijtimoiy pedagog qanday texnologiyani qo’llashga ko’ra shunga mos tushuvchi faoliyat metodlari va shakllarini tanlaydi. Ish yakunlanganidan so’ng ijtimoiy pedagog bola muammosi qanchalik to’g’ri hal qilinganiga baho berishi lozim.

ijtimoiy texnologiyalar tasnifi




Tasnif asosi

ijtimoiy texnologiyalar turlari


  1. Qo’llanishi sohasi



  1. Ob’ektlar



  1. Hal qilinayotgan vazifalar xarakteri


  1. Metodlarni o’zlashtirish sohasi




  1. ijtimoiy ish yo’nalishlari




Global

Universal

Mintaqaviy

Guruh


Jamoa

Individual

Tashkiliy

Informatsion

Innovatsion

ijtimoiy modellashtirish

ijtimoiy bashorat berish

Sitsial-tibbiy

Ijtimoiypsixologik

ijtimoiy pedagogik

ijtimoiy pedagogik profilaktika

ijtimoiy pedagogik qo’llab-quvvatlash

ijtimoiy rivojlanishi vaziyatini ijtimoiy pedagogik to’g’irlash

Bolalikni ijtimoiy himoyasi

Bolalar va o’smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi

ijtimoiy tashhiz qo’yish

Ijtimoiyprofilaktika

Ijtimoiynazorat

Ijtimoiyreabilitatsiya

Ijtimoiyadaptatsiya

Ijtimoiypatronaj

Ijtimoiyta’minot

Ijtimoiyterapiya

Ijtimoiymaslahat berish




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə