O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


O’zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalarida ijtimoiylashuv tarixidan



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə17/35
tarix17.04.2018
ölçüsü3,62 Mb.
#38761
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35

O’zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalarida ijtimoiylashuv tarixidan.

O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning 10-20 yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog’chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya muassasalari bo’lmagan. Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug’ullanuvchi “Bog’chalarni himoyalash Kengashi” tuzildi. Bu davrda bollarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko’chirib keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg’i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi ommaviy oshxonalar, yasli va bog’chalar, boshqa tomondan esa ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo’lgan.

Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada Toshkentning eski shahri o’zbek bolalari uchun 4-bolalar bog’chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog’chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta’lim muassasalarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo’lgan. Bu esa respublikadagi maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarning 36,4 %dir3. Maktabgacha tarbiya ishchilari malakasini oshirishga qaratilgan maktabgacha tarbiya dasturining chiqarilishi muhim muvaffaqiyat bo’ldi. 1927 yilda boshlangan ayollarning hujum harakati munosabati bilan bolalarning bolalar bog’chasiga berish hollari yanada ko’paydi. Kasaba uyushmalari va yirik fabrika-zavodlar yordamida ishlayotgan ayollarga yana bir yordamchi tashkilot-yozgi sog’lomlashtirish maydonchalari ta’sis e’tildi.

XX asr30-yillarning maktabgacha tarbiya dasturlarida bolalar bog’chalarining tozalikva metodik yordam holatini tekshirish keng tarqaldi. Bu tekshirishlar natijalariga ko’ra xonalar va maydonchalarning jihozlanmaganligi, asbob-uskunalar bilan ta’minlanmaganligi, tozalik me’yorlariga amal qilinmasligi kabi kamchiliklarga qarshi kurash olib borilgan.

Qishloqlardagi bolalar bog’chalari va maydonchalari maktabgacha tarbiya muassasalariga nisbatan bo’lgan salbiy qarashlar tufayli katta qiyinchiliklarga duchor bo’lgan.

1930 yilda O’zbekistonda respublikaning barcha katta shaharlari va viloyatlarida o’z bo’linmalariga ega bo’lgan maktabgacha tarbiya pedagogik maslahatxonasi tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma’ruzalar, radiosuhbatlar, ayollar uchun ko’rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun bolalarga eng yaxshi burchak qilish bo’yicha musobaqa ham o’tkazilgan. Pedagogik maslahatlar beruvchilar oilalarga borishgan va bolalar burchaklarini tashkil qilishgan va shu bilan bolalarni bog’chalarga qabul qilish tartiboti hamda oilalarning tarbiya masalalari bo’yicha maslahat berish bilan birlashtirilgan.

1933-1934 yillarda sanab o’tilgan harakatlar natijasida O’zbekistonda 3840 ta kolxoz maydonchalari bo’lib, unda 127 ming bolalar qatnashgan. 1933 yil bolalar bog’chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiqarish yilisifatida muhrlandi Rusiy zabonbolalar bog’chalari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatga olib qayta tuzilgan.

Maktabgacha tarbiya birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. 1934 yil Toshkentda tuzilgan Respublika maktabgacha tarbiya metodik xonasishunaqa markaz vazifasini bajardi.

Ommaviy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishida eng katta to’siqlardan biri malakali kadrlarning yetishmasligi bo’lgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash uchun qisqa muddatli 3 oylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari XX asrning 70- yillari boshidan maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash vazifasi pedagogik o’quv yurtlari zimmasiga qo’shildi. 1930 yildan Toshkentda faoliyat yurituvchi pedagogik o’quv yurti 1936 yilda 60 ta mutaxassis tayyorladi.

Natijada 1938-1939 yillarda respublikada 927 ta bolalar bog’chasi ochilgan edi va ularda 36710 ta bola bor edi. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo’lib ularda 152000 bola bor edi. SHu bilan birga bu vaqtda onalar uchun “Bolalar xonalari” nomli maktabgacha tarbiya muassasalari ham tuzilgan.

SHu va keyingi yillarda maktabgacha tarbiyani yaxshilash maqsadida quyidagi choralar ko’rilgan:

-joylarda metodik ishlarni tashkil qilish;

-mebel, o’quv qo’llanmalari, o’yingohlarning standartlarini ishlab chiqish;

-maktabgacha tarbiya masalalariga jamoatchilik va aholining e’tiborini qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarni tuzish) va sh.k.

Urush yillari O’zbekistonda 200 ming bola ko’chirib keltirilgan va natijada bolalar bog’chalari tarmog’ining kengayishi, ularda ish kuni uzaytirish zaruriyati paydo bo’lgan. Urush yillari maktabgacha internatlar ham tashkil qilingan. Ulardagi tarbiyaning o’ziga xosligi shundan iboratki, ularda o’z oilasi, yaqinlaridan ajragan bolalar tarbiyalanishgan. Bu holda pedagoglarning har bir bola uchun mas’uliyati tabora oshib borgan.

Urushdan keyingi davrda oziq-ovqat muammolari munosabati bilan kuchsizlangan bolalar uchun sog’lomlashtirish chora-tadbirlari kuchaytirildi. Bu maqsadda respublikaning bir qator shaharlarida sanatoriya tipidagi bog’chalar tashkil qilindi. Qishloq hududida maktabgacha tarbiyaning rivojlanishiga katta ahamiyat berilgan. Bu qishloq ho’jaligi mahsulotlari, ayollar mehnatidan foydalanish zaruriyati bilan bog’liq edi. 1959 yildan maktabgacha tarbiyaning yagona tuzilishni tashkil qilish maqsadida ikki turdagi maktabgacha tarbiya muassasalari bitta yasli bog’chaga birlashtirildi. Bu esa bolalarni tarbiyalash jarayonining faollashuviga olib keldi.

O’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar Toshkent va Marg’ilon pedagogika o’quv yurtlari tomonidan amalga oshirilgan. 1957-58 yillar ular 517 ta mutaxassis chiqarishgan. Metodik va tarbiya ishlarini yaxshilash maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg’ona, CHirchiq shaharlarida maktabgacha tarbiya xonalari ochilgan. 1961 yil Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot markazida O’zbekistondagi maktabgacha tarbiya muammolari ustida , tadqiqot olib boruvchi, bolalar bog’chalari va metodika xonalariga yordam ko’rsatuvchi markaz ochildi.

Toshkentda 1966 yil 26 aprelda bo’lib o’tgan zilzila natijasida 225 ta maktabgacha tarbiya muassasalari barbod bo’ldi. Biroq qisqa vaqt mobaynida boshqa respublika quruvchilari yordami bilan bu muassasalar qayta tiklandi.

XX asrning 60-80-yillarda ommaviy maktabgacha tarbiya quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilgan:

-markazlashgan jamoa xo’jaliklariaro maktabgacha tarbiya muassasalarining ish tajribasini o’rganish uchun respublika majlislarini o’tkazish;

-kolxozlar orasida eng yaxshi maktabgacha tarbiya muassasasi nomiga musobaqa o’tkazish;

-yuqumli kasalliklardan aziyat chekuvchi bolalar uchun maxsus muassasalar tashkil etish;

-bolalar sog’ligini saqlash bo’yicha maktabgacha tarbiya muassasalarini tashkil qilish;

-yasli bog’cha va boshqa tarbiya muassasalari uchun mutaxassislar tayyorlash;

-respublikaning pedagogik va musiqa o’quv yurtlarini keng turdagi mutaxassislar tayyorlab berishga o’tkazish;

-maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish;

-bolalarning estetik tarbiyasiga katta ahamiyat berish-o’zbek milliy san’ati asarlaridan foydalanish va boshqalar.

O’zbekistonning mustaqil davlat maqomini qo’lga kiritishi bilan jamiyatning ijtimoiy muammolari yanada ko’paydi va keskinlashdi. Birinchidan, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy ustuvor yo’nalishlarning almashishi, ikkinchidan, bu davrda ijtimoiy muammolarni yaxshi tushunmaslik oqibatida ro’y berdi. Biroq, demokratiya va oshkoralik tamoyillari, xorij davlatlari tajribasi yordamida davlat muhtojlarga real ijtimoiy pedagogik yordam bermoqda, ijtimoiy pedagogik fanini rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko’rmoqda.



O`zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xaraktеri

O’tmish tajribasini o’rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biriga aylanmoqda. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat qilish madaniy ajralishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika fanining maqsadi u milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini yechishga yordam beruvchi, uning rivojiga o’z hissasini qo’shuvchi kuchlarni topishdan iborat bo’lmog’i lozim.

Xozirda dunyoning turli davlatlarida xalqlarning madaniy xususiyatlariga katta e’tibor berilishi avvalgi madaniy yutuqlarning xozirgi zamon talablariga javob berishi, mavjud muammolarni hal qilish uchun ulardan foydalanish masalasining keskinligini tushirmaydi. O’sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlashning ko’p asrlik tajribasi yordamida yoshlarning zamonaviy bozor-iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatga tayyorlash mumkinmi; - degan masalada qizg’in bahs munozara boradi.

Qanday qilib xalqning o’z milliy qiyofasi, madaniy xususiyatlarini tiklamasdan bugunning muammolarini yechsa bo’ladi? SHubhasiz, moziy tajribasida, xalq pedagogikasida tarbiya va ta’lim jarayonlariga qo’llash mumkin bo’lgan ko’p narsa bor. Xalq pedagogikasi shaxsga o’z davrida ijtimoiy xususiyatlarni paydo qilish uchun lozim bo’lgan pedagogik bilim, ko’nikma va malakalar, ta’lim-tarbiya berish, yo’llari, vositalarining majmuasi hisoblanadi.

Milliy pedagogika xalqning ta’lim-tarbiya masalasi yuzasidagi qarashlari, g’oyalari, an’analari asosida shakllangan. Milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati shuki, u birinchidan o’zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga ega, ikkinchidan esa u hayotiy, amaliy xarakterga. U o’z ifodasini xalq pedagogikasining barcha g’oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi,, amaliyotda sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo’yicha amaliy faoliyatga qaratilganligida topadi..

Xalq pedagogikasida hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik ma’lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo’lib muomala jarayonida o’zlashtiriladi. Xalq pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli va shu bilan birga ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, omili hisoblanadi.

Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng yaxshi qadriyatlarni mujassamlashtirgan: kattalarga hurmat, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik, yuqori axloq, rostgo’ylik.

Xalq pedagogikasining ijtimoiy xarakteri yana, shunda namoyon bo’ladiki, u ko’pgina etnomadaniy hodisalar-dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya va boshqalar bilan o’zaro munosabatda yorqin namoyon bo’ladi. Bu muammolar olimlar tomonidan o’rganilmoqda.

O’zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy shaxsiy tajriba orqali o’zlashtiradi, degan teran fikr mavjud, chunki u boshqa shaxslar bilan muomalaga kirar ekan, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.

O’zbek xalqida shunday naql bor: chaqaloq xali shaxs emas, u tom ma’nodagi inson bo’ladimi, yo’qmi-bu uning ota-onasi, uni o’rab muhit va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatiga bog’liq. SHuning uchun xalq pedagogikasi faqatgina avvalgi avlodlar tomonidan erishilgan, ishlab chiqarilgan turli ong shakllarini o’zlashtirsagina go’dak insonga aylanadi. Bolaning tug’ilishi bilan birga, tarbiyalanishisiz halq hayotining rivoji, oldinga intilishi mumkin bo’lmagan hodisadir. Bu g’oya ko’psonli xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida o’rin olgan. Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, o’zbek xalq tarbiyasini hozir bolaga g’amxo’rlik qilish, uning sog’ligi haqida qayg’urish, uning hayotini himoya qilish, kattalar tomonidan uning aqliy rivojini, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi uchun ularga ta’sir qilishning majmuasi hisoblanadi.

O’zbeklarning etnografiyasining turli xil materiallarini taxlil qilar ekanmiz, u o’ziga yarasha mukammal inson modelini yarata olishini e’tirof etishimiz mumkin.

Buyuk ma’rifatparvarlar-olimlar, pedagoglar, shoirlarning pedagogik g’oyalarini o’rganish inson tarbiyasi haqidagi xalq g’oyalari ularning asarlaridan joy topganligiini tasdiqlaydi. Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” kitobining “bolalar tarbiyasi va ta’limi” bobida oila tarbiyasi amaliyotidan, Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida turli xalqlarning an’analaridan Al-Farobiyning “Katta musiqa kitobi”da xalq musiqasidan ko’p misollar bor, Nosir Husravning “Baxt kitobi”da ham oddiy odamlarning mehnatlari ulug’lanadi.

Xalq pedagogikasini o’rganishga S.R.Rajabov, A.Ismoilova, I.Obidova, S.Temurova, M.Ochilov, A.Otayeva, Z.Mirtursunov, A.Minavarova kabi o’zbek olimlarining ishlari bag’ishlangan. Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan holda o’zbek xalq pedagogikasining quyidagi yo’nalishlarini ajratsak bo’ladi:


  • bolaning axloqiy, aqliy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o’zaro aloqasi asosida har tomonlama rivojlanishi g’oyasi;

  • shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning yetakchi rolini belgilash;

  • xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida mujassamlashuvi;

  • ta’lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish;

  • xalq pedagogikasining amaliy xarakteri;

  • xalq pedagogikasining o’sib kelayotgan avlodni aniq amaliy fuqarolik, oila faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy roli.

Xalq pedagogikasining qoidalari xalq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula, doston, rivoyatlarda o’zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar mobaynida o’z ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-o’git mazmuniga ega bo’lib xalqning ijtimoiy hayotga bo’lgan real (hayotiy )qarashlarini ifodalaydi.

O’zbek xalq pedagogikasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og’zaki ijodi matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi beriladi.

Hayotiy sharoitlar, oilaviy an’analar, tarbiya usullari va vositalari o’zbek xalqi orasida nihoyatda turli tumandir va bundan ko’p sonli manbalar dalolat beradi. Aynan shularda biz mehnat jarayonlarinin yigitva qizlar uchun mo’ljallangan bayramlarning o’ziga xos tavsiflarini topamiz.

An’ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o’tgan. Nikoh tuzish, bolaning tug’ilishi, , mehmonlarni kutib olish va kuzatish, vafot marosimi, mehnat jarayonlarini o’tkazishning muayyan qoidalari mavjud bo’lgan. Bu marosimlarda bolalarning doimiy ishtiroki ta’minlanadi. Bu odatlar yordamida o’zbeklarning an’anaviy muomala shakli shakllanadi.

Sobiq sho’ro tuzimi davrida milliy an’analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish oxir-oqibat axloqiy holatlarning yomonlashuviga olib keldi. So’nggi yillarda insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatida ko’proq erkinlik paydo bo’ldi. Bu sharoitlarida odat, marosimlar, muomala madaniyatdagi o’ziga xoslik o’sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash tizimida yanada muhim o’rin tuta boshladi. O’zbek xalqi axloqiy odatlarining mustahkamligi asosan oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaning alohida ahamiyati bilan bog’liq.

O’zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko’p yillik tajriba ta’sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida pedagogik va amaliyotda sinalgan tarbiya normalari qoidalar,o’z aksini topgan. Xalq pedagogikasida oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko’riladi. Oila jamiyat negizidir. Oila bolalarga ta’sir etish usullari, odat-an’analarini aniqlashi kerak. U dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o’quv mashg’ulotlarini belgilashi lozim. SHuningdek, oila ota-ona va bolalar orasidagi o’zaro munosabatlarning eng qulay me’yorlarini ishlab chiqadi. CHunki bola o’zini qiziqtirishgan masalalar bo’yicha eng avvallom bor o’z ota-onasi, eng avvalo onasi bilan o’rtoqlashadi. Bu yerda oila a’zolari orasidagi munosabatlar amalga oshadi, hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi.

Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq e’tiborining markazida bo’lgan va bu xalq pedagogikasida o’z ifodasini topgan. Xalq avvalom bor baxtli oila yaratish yaratish uchun kurashgan. Xalq oilani baxt manbai, “tabiat go’zalligi”, mehnatsevar oila jamoasi sifatida ko’radi va oilada ayol va erkak teng huquqliligini e’tirof etadi, ayollar huquqini himoya qiladi, ajralishlarni qoralaydi, oilaviy nizolarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan hal qilishni maslahat beradi.

Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida qoraladi, xalq og’zaki ijodida esa ona doim ulug’lab kelinadi. Oilaning ijtimoiy vazifalarini xalq bolada ahloq, hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala bo’lish, qishloq xo’jaligi, kasb-xunar malakalarini egallashda ko’rgan.



O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari

Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:



        1. Bozor munosabatlarini shakllantirish va jamiyatni demokratiyalashtirish sharoitida davlatning kuchli ijtimoiy siyosati. Bu siyosatning asosiy yo’nalishlari I.A.Karimov asarlarida va davlat dasturiy hujjatlarida ko’rsatilgan.

        2. Aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish choralari to’g’risidagi hukumat farmoyishlari, qonun, farmonlarni hayotga tatbiq etish.

        3. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi.

Ijtimoiy muammolarga nihoyatda katta e’tibor qaratilishining sababi milliy davlatchilikni shakllantirish jarayonidir. Bu davrda ayniqsa ijtimoiy muammolar nihoyatda keskinlashadi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi milliy havfsizlikka tahdid omili bo’lib xizmat qilishi mumkin. SHuning uchun vaqtida choralar qabul qilish nihoyatda muhimdir.

Iqtisodning liberallashuvi turli ijtimoiy qiyinchiliklarni –ilmsizlar sonini ortishi, turli tengsizliklar paydo bo’lishi, hayot tarzining buzilishini keltirib chiqardi.

SHuning uchun O’zbekiston taraqqiyotining o’z yo’li, asoslanadigan yetakchi tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat olib borish hisoblanadi. Bu siyosatning maqsadi quyidagilardir:


  1. Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash;

  2. Aholining turli qatlamlarini paydo qilmaslik orqali ijtimoiy kelishuvni ta’minlash.

Mustaqillik yillarida ko’rsatilgan maqsadlarga aholining ijtimoiy himoyasining yangi mehanizmi shakllangan va u quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • ishlab chiqarishni barqarorlashtirish;

  • davlat mablag’laridan tashqari, mehnat jamoalari, ijtimoiy va mehribonlik fond va tashkilotlarining mablag’larini yo’naltirish;

  • aholi daromadlarining yuqori tabaqalashuviga yo’l qo’ymaslik;

  • kambag’allikka qarshi kurashish, nogiron, yetim va qariyalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish.

Milliy mentalitet va hayot tarzining xususiyatlarini inobatga olib, eng kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga mahalla qo’mitalari orqali yordam ko’rsatish kabi ijtimoiy qo’llab-quvvatlash shakli tarqalmoqda. Bunday yondashuv bizning xalqimizda ko’p asrli ildizlarga ega va amaliy ahamiyati esa mablag’larning hayotda aniq tarqatilishini ta’minlaydi.

Respublikada olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning huquqiy asosi bo’lib quyidagi yo’nalishlarga doir hujjatlar xizmat qilmoqda:



  1. Xayriya-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 martdagi “Sog’lom avlod uchun xalqaro nohukumat xayriya fondining faoliyatini ta’minlash choralari to’g’risida”gi farmoni. Unda fondning asosiy vazifalari belgilangan:

-mablag’larni “Sog’lom avlod” davlat dasturiga qaratish;

-oila va jamiyatda sog’lom hayot tarzini targ’ib qilish;

-xorij va milliy homiylarning xayriya yordami vosita va mablag’larini jalb qilish;

-ko’p farzandli oilalar, nogiron bolalar, bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga insonparvarlik yordami ko’rsatish.



  1. Mehr-muruvvatga oid O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 27 yanvardagi “Mehr-muruvvat to’g’risida”gi farmoyishi. Uning maqsadi jamiyatda do’stlik, bag’rikenglik, xalqlararo totuvlik fuqarolar, ayniqsa yoshlarning yaxshi axloqiy hislatlarini rivojlantirishdir.

  2. Sog’lom avlod tarbiyasiga oid O’zbekiston Respublikasining “fuqarolar sog’ligini saqlash to’g’risida”gi qonuni haqida aholining malakali tibbiy yordam va ijtimoiy himoya olishdagi konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishi, sog’liqni saqlash tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga moslashtirish maqsadida quyidagi farmon va farmoyishlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 dekabrdagi “O’sib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish muammolarini kompleks hal qilish to’g’risida”gi farmoyishi, 2000 yil 15 fevraldagi “Sog’lom avlod davlat dasturi to’g’risida”gi, 2002 yil 31 oktyabrdagi “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatini tashkil qilish to’g’risida”gi, 2002 yil 25 yanvardagi “Ayollar va o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini mustahkamlash to’g’risida”gi farmoni.

  3. Ayollarning ijtimoiy himoyasiga oid O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Ayollarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi 1989 yil 14 apreldagi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1989 yil 17 martdagi “Ayollarning maxsus himoyasini kuchaytirish to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 17 martdagi “Zararli va sharoiti og’ir ishlarda band ayollarning daromadlariga soliq solinayotganidagi imtiyozlar to’g’risida”gi farmoni.

  4. Oilani qo’llab-quvvatlashga oid O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1994 yil 16 iyundagi “Ko’p bolali oilalarga ijtimoiy yordam tizimini mukammallashtirish to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1986 yil 10 dekabrdagi “Ko’p bolali oilalarga yordam ko’rsatish to’g’risida”gi farmoyishi. “Voyaga yetmagan bolali oilalarga nafaqa to’lash to’g’risida”gi Nizomida bu nafaqalarni olish huquqiga quyidagilar ega:

-nogiron bolali oilalar; -ota-onasi yo’q bo’lgan va bolalarning tarbiyasi bilan qarindoshlari shug’ullanuvchi oilalar; -ota-onadan biri yoki ikkalasi ham nogiron bo’lgan oilalar; -ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo’lsa.

  1. Nogironlarga yordam berishga oid 1991 yil 18 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”, Vazirlar Mahkamasining “YOshligidan nogiron bo’lganlarga, qariyalarga va mehnat qilishga layoqatsiz shaxslarga nafaqa to’lash to’g’risida”gi 1994 yil 24 iyundagi № 319 farmoyishi. Ularda nazarda tutilgan choralar nogironlar uchun individual rivojlanishlari, ularning ta’limlari va ishlab chiqarishda qatnashishlari, sog’liqni saqlash dasturini amalga oshirishga qaratilgan.

  2. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoyalashga oid O’zbekiston Respublikasining aholining kam ta’minlangan oilalarini himoyasi to’g’risidagi farmon, farmoyishlari. SHuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga joylashtirishda ish o’rinlarining minimal soni o’rnatiladi.

  3. Mahallaning ijtimoiy maqomini mustahkamlashga oid Mahalla qo’mitalariga fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organiga aylanishi munosabati bilan 1999 yil 14 apreldagi “Fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun, shuningdek 1999 yil 13 yanvardagi “Aholining ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini ta’minlashda o’z-o’zini boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida”gi farmon qabul qilindi. Ular shahar, qishloq, mahalla oqsoqollari yig’ilishlarining vakolatlarini belgilab berishadi. Ulardan asosiylari davlatning oilalarni ijtimoiy ta’minlash uchun ajratilgan mablag’larini to’g’ri taqsimlash, ayollar manfaatlarini himoya qilish, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, ijtimoiy tartibni ta’minlashda ishtirok etish, huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish, aholi markazlarining tozalik va ekologik holatini nazorat qilish.

Zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy siyosatni o’tkazish hayotning barcha sohalarini ijtimoiylashtiruv ijtimoiy ishlarning aniq belgilangan yangi shakllarini joriy qilish zarurligini tug’diradi. Bu borada quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1) 1996 yil 23 fevralda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonda tibbiy- ijtimoiy patronaj tizimini tuzish” haqidagi buyrug’i chiqdi. Unda “Sog’lom avlod” fondining taklifi bilan viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasida 15 ta tez tibbiy yordam guruhilarini tuzilishiga mablag’ ajratildi. Bu buyruq tibbiy- ijtimoiy yordam ko’chma guruhlarini mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini amalga oshirishga qaratilgan. Unda shuningdek tibbiy- ijtimoiy patronaj ishchilarini tayyorlash tashkiloti zarurligi ham aytilgan. O’zbekiston Respublikasi mehnat vazirligiga bir oy muddat ichida kasb-hunarlarni tasniflash Respublika markaziga yangi kasb-“tibbiy- ijtimoiy ishchi” kasbini kiritish vazifasi yuklatildi. Tibbiy- ijtimoiy patronaj funksiyalari tarkibiga quyidagilar kiradi:



  1. Tibbiy- ijtimoiy patronaj ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi turli tashkilot, muassasalar intilishlarini birlashtiradi.

  2. tibbiy- ijtimoiy patronaj o’z faoliyatida O’zbekistonda yashovchi xalqlarning asriy an’analariga, fan yutuqlariga asoslanadi va O’zbekistonda yuritilayotgan samarali ijtimoiy siyosatni har bir oilaga yetkazishga majburdir.

  3. tibbiy- ijtimoiy patronaj har bir oilaning tibbiy ijtimoiy holati monitoringini o’tkazadi.

Tibbiy- ijtimoiy patronaj maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Sog’liqni saqlash vazirligi, Aholini ijtimoiy ta’minoti vazirligi va Sog’lom avlod uchun fondi ko’rsatkichlari yordamida mahalliy organlar bilan yaqin aloqada bo’lib yashashning tozalik gigiyenik sharoitlarini, oilaning psixologik iqlimini, uning a’zolarining sog’ligi holatini aniqlash

  • tibbiy, ijtimoiy va psixologik yordamga muhtoj ayollar va bolalarni o’z vaqtida aniqlash;

  • oilada sog’lom turmush tarzining shakllanishi.

  1. ko’rsatilgan maqsadlarga muvofiq tibbiy ijtimoiy patronajga quyidagilar yuklatiladi:

-oilalarga tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam ko’rsatish;

-ayol va bolalarni sog’lomlashtirishda yordam ko’rsatish, oilani rivojlantirish bo’yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish.

2) 1998 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Ona va bola skiringi dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoyishi chiqdi. Bu dastur homilador ayollarda nogiron bolalarning tug’ilishini oldini olish uchun tug’ma va boshqa patalogiyasini aniqlashga qaratilgan. Bu farmoyishga binoan “Ona va bola skiringi” dasturini qo’llab-quvvatlash mas’uliyati “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla” fondi, O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasiga yuklatildi.

1998-2001 yillar orasidagi davrda “Sog’lom avlod uchun” fondining “Villak” (Finlandiya) va Bristol Monteds Skvibb (AQSH) kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq skrining markazlari agrotexnika va boshqa texnik jihozlari bilan ta’minlandilar.

3) 1997 yil 31 dekabrda Vazirlar Mahkamasining “SOS-O’zbekiston bolalar qishloqlari assotsiatsiyasini ta’sis etish to’g’risida”gi farmoyishi chop etildi. Bu assosatsiatsiya bolalar qishloqlarini tashkil qilish jamiyati- SOS-Kinderford xalqaro jamiyati (Avstriya) tomonidan ta’sis etildi.

Assosatsiatsiya faoliyatining asosiy maqsad va yo’nalishlari quyidagilardan iborat:



  • -jamoatchilik va davlat tuzilmalarining yetim bolalarning jismoniy, aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdagi harakatlarini tartibga solish;

  • -etim bolalarga yordam berishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda moliyaviy yordam berish;

  • -falokatga uchragan barcha bolalarga yordam ko’rsatish;

  • -O’zbekiston Respublikasida SOS-O’zbekiston bolalar qishloqlarini tashkil qilish va ularni jihozlar bilan ta’minlash;

  • -SOS-Kinderford interneyshnl bilan hamkorlik qilish;

  • -Assotsiatsiya faoliyatiga davlat, jamoat va xususiy xususiyatlarni jalb qiladimi;

  • -etim bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini tarqatish va qo’llab-quvvatlash uchun OAVlari bilan hamkorlik qilish, ko’rgazma, seminarlar o’tkazish, axborot materiallarini chop etish.

YUqorida keltirilgan hujjatlardan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor 1996 yildan qaratilgan. Bir yil avval 1995 yil O’zbekistonda shaxsni shakllantirishning ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uning tuzilishi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim tizimini to’g’ri isloh qilish bilan izohlanadi.

Konsepsiyaning asosiy qoidalari:



  1. madaniy-axloqiy tarbiyaning ta’limdan ustuvorligi;

  2. insonda ijtimoiy faollik, o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalari, muomala va axloq madaniyati, yuqori intizomga ega demokratik jamiyat fuqarosini tarbiyalash;

  3. ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sharti sifatida shakllantirish har bir fuqaro hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohalarida ishtirok etishi;

  4. shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish, insonparvarlik tamoyillarini amalga oshirish;

Ta’limni demokratiyalashtirish-faollik va tashabbusni, hamkorlik, birlik vositalarini rivojlantirishni nazarda tutsa insoniylashtirish-yosh avlodni milliy, ijtimoiy-madaniy qadriyatlar orqali umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga, inson huquqlarini ta’minlashga ko’nikishlari demakdir.

Bu konsepsiya boy tarixiy, madaniy, ma’naviy, pedagogik, ijtimoiy an’analar bilan birgalikda ijtimoiy-pedagogika fanining amaliy faoliyat sohasi sifatidagi rivojida poydevor bo’lishi mumkin.


Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə