O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə14/35
tarix17.04.2018
ölçüsü3,62 Mb.
#38761
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35

A D A B I Y O T L A R


I. RAG`BATLANTIRUVCHI ADABIYOTLAR


  1. I.A.Karimov. Milliy mafkuramiz xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin. «Tafakkur» jurnali.1998y. №2

  2. I.A.Karimov «Ma’naviy yuksalish yo’lida» Toshkent. «O’zbekiston» 1998 y.

  3. I. A. Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q». «Muloqot» jurnali. 1998. 5-son.

  4. I.A. Karimov. «Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz».7-jild. T. «O’zbekiston» 1999 y.

  5. I. Karimov. Donishmand xalqimning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi 2000 yil

  6. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.

  7. I.A.Karimov Vatanimizning bosqichma-bosqch va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. – T.: “O’zbekiston”, 2008

  8. I.A.Karimov. Eng asosiy me’zon – hayot haqiqatini aks ettirish.- T.: “O’zbekiston”, 2009

  9. I.A.Karimov. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.- T.: “O’zbekiston”, 2009.

  10. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni. – “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” kitobida. – T.: SHarq, 1997. – 20-30-betlar.

  11. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” kitobida. – T.: SHarq, 1997. – 31-63-betlar.

II. ASOSIY DARSLIK VA O`QUV QO`LLANMALAR

  1. Rabochaya kniga sotsiologo. – M.: Prosvesheniye. 1991.

  2. Rabochaya kniga shkolnogo psixologa. – M.: Prosvesheniye. 1991.

  3. Arnautova ye.P. Pedagog i semya. – M.: 2001.

  4. Maslov N.F. Rabochaya kniga sotsialnogo pedagoga. – M.: 1994.

  5. Galaguzova M. A. Sotsialnaya pedagogika – M.: Vlados, 2000.

  6. Istoriya sotsialnoy pedagogiki / Pod. red. M.A. Galaguzovoy – M.: Vlados, 2003.

  7. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. T., 2010 .

  8. Mavlonova R. va boshq. Ijtimoiy pedagogika. T., 2009 y.

III. Qo`shimcha adabiyotlar

  1. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. – T.: O’qituvchi. 1994.

  2. Yo’ldoshev J.G’. Ta’lim yangilanish yo’lida. – T.: O’qituvchi. 2000.

  3. Podlasыy I.P. Pedagogika. V 2x kn. M.: Vlados, 2003.

  4. A.Begmatov,M.Qurbonov, Ijtimoiy pedagogianing dolzarb masalalari.TDPI. nashri,1998 yil.

  5. O.Musurmonova. Ma’naviy qadriyatlar-sog’lom avlodni tarbiyalash vositasi. Toshkent 1995 yil

  6. Giddens Entoni.Sotsiologiya. T., “SHarq”, 2002 yil.

  7. Umumiy sotsiologiya. UzMU. 2000 y.

  8. Xarchev A.G. Sotsiologiya vospitaniya. (O nekotorыx aktualnыx sotsialnыx problemax vospitaniya lichnosti) -M.: Politizdat, 1990. –222s

  9. Xolbekov A.J. SHarq va G’arb mutafakkirlarining sotsiologik ta’limoti. T. Universitet. 1996

  10. M.Quronov, Z.Qurbaniyazova. Ijtimoiy pedagogika. Ma’ruza matnlari. T., 2003 y.

  11. Axatova D., Aliqulova H. Ijtimjiy pedagogika. Ma’ruzalar matni. Navoiy. 2010 y.



IV. INTERNET SAYTLAR

  1. www.bilim.uz.

  2. www.edu.uz - Vazirlik sayti

  3. www.ziyo.edu.uz - Vazirlik sayti

  4. www.performance.edu.uz - Vazirlik sayti

  5. www.tseu.fan.uz - TDIU sayti

  6. www.tseu.uz - TDIU sayti

  7. http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm

  8. http://dl.nw.ru/theories/technologies


12. TAYANCH KONSPEKT
1-Mavzu: Mustaqil O`zbekiston Respublikasida kechayotgan

ma'naviy-ma'rifiy islohotlar jarayonida ijtimoiy pedagogika

fani oldida turgan dolzarb vazifalar.
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, pedagogik sotsiologiya, jamiyat, sotsium, shaxs, amaliy ijtimoiy faoliyat.

REJA:


1. Komil inson tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya masalasi.

2. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy zarurat sifatida.

3. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya masalalari.

4. Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti.

5. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

6. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan.

ADABIYOTLAR:

1.Karimov I.A.O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.T.,O`zbekiston 1993

4.Bocharova V.G.Sotsialnaya pedagogika. M.1994 y.

5.Bitinas V.P. Vvedenie v filosofiyu vospitaniya. M.1996 y.

6.Gologuzova M.I. Sotsialnaya pedagogika. M.1999 y.

7.Goloxov .I. Jiznenno`e perspektivo` i sotsialnoe samoopredelenie molodyoji. Kiev. Naukova. Dumka.1998 y.

8.Mustaqillik. Izoqli ilmiy-ommabop lug`at. T. sharq.2000 y 320 b.

9.Podlasiy I.I.Pedagogika. Kn.2.M.2002 y.

10.Slovar spravochnik po obqestvovedeniyu. M.Prosveqenie 1990 y.

11.Quronov M. Ilm, olim va milliy taraqqiyot. Ma'rifat. 2002 yil 5 iyun.

12.Ergashev K. Yoshlarning ma'naviy tarbiyasi. T.Ma'naviyat 1999 y .

13.M.Q.Quronov, Z.Qurboniyazova. Ijtimoiy pedagogika.(Ma'ruza matnlari to`plami).T., 2003 y.



2-Mavzu: MARKAZIY OSIYODA IJTIMOIY-PEDAGOGIK QARASHLARNING TADRIJIY TAKOMILI

Tayanch tushunchalar: Sharq mutafakkirlari, ijtimoiy pedagogik fikr, jamiyat va shaxs.

REJA:


1. «Avesto» da ijtimoiy-pedagogik g`oyalar.

2. Islomdagi ma’naviy-axloqiy o’gitlarining ijtimoiy mazmuni. Al-Buxoriy va at-Termiziy asarlarining jamiyat va shaxs tarbiyasiga oid g`oyalari.

3. Buyuk mutafakkirlarimiz asarlarilda ijtimoiy pedagogikaning namoyon bo`lishi. «Temur tuzuklari»da ijtimoiy tabiya masalalarining yoritilishi.

4. O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari

ADABIYOTLAR:

1.Karimov I.A. Adolatli jamiyat sari.-T.:O`zbekiston, 1998-160b.

2.Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. T5.-T.: O`zbekiston, 1999.-384

3.Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari.-T.: O`zbekiston, 1999.-686b.

4.Bekmurodov M. Tafakkur yangilanishi va butunlikka yo`l.G`G`Ma'rifat. 2002 yil 26-iyun.2-bet

5.Bekmurodov M. Fuqarolik jamiyati va o`zbek mentaliteti.G`G`Xurriyat.2002 yil 9-oktyabr.3-bet

6.Hoshimov K. va boshqa. Pedagogika tarixi. T.:o`qituvchi 1996

7.Homidiy Q.Q. Duschonov B. “Avesto ” va tibbiyot. Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 2001. 44 b.

8.Quronov M. Biz ko`zlagan manzillar: yoki fuqarolik jamiyati Haqida o`ylar. G`G`Xalq so`zi. 2002 yil. 6-oktyabr.

9 Shermuhamedov S. Istiqlol quyoshi.T.:“Ma'rifat-madadkor”,2002-64 b

10. M.Q.Quronov,Z.Qurboniyazova. Ijtimoiy pedagogika.(Ma'ruza matnlari to`plami).T., 2003 y.


II BOB. IJTIMOIY PEDAGOGIKA ASOSLARI

3-Mavzu. IJTIMOIY PEDAGOGIKA ALOHIDA FAN VA AMALIY FAOLIYAT SOHASI SIFATIDA

Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, autsayderlar, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy ta'lim, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy bilim, ijtimoiy ko`nikma, ijtimoiy- pedagogik kategoriyalar, tamoyillar va ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar.

Reja:


1. Sotsiologiya va ijtimoiy tarbiya.

2. Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida.

3. Tarbiya ijtimoiy xodisa va pedagogik jarayon sifatida.

4. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari va asosiy tamoyillari.

5. Ijtimoiy pedagogik tadqiqot ishlarini olib borish

ADABIYOTLAR

2.Ziravomo`slev A.G. Metologiya i protsedura sotsiologicheskix issledovpniy. M.:1969

3.Podlaso`y I.P. Pedagogika. M.: Vlados, 2001.Kn2.

4.Slovar-spravochnik po obhestvovedeniyu. M.: Prosvehenie,1990.

5.Umumiy sotsiologiya.UzMU.Ma'ruzalar matni.T.:1999.

7.Shulgin V.N. Osnovno`e voproso` sotsialnogo vospitaniya.M.:1924.

8.Qurbanov Sh., Seytxalilov E. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: ilmiy tadqiqot muammolari va yo`nalishlari. T.: Fae.1999,144b.

9.Qurbaniyazova Z. Ijtimoiy muammolari. Xalq ta'limi.2003. №6

10. M.Q.Quronov, Z.Qurboniyazova Ijtimoiy pedagogika.(Ma'ruza matnlari to`plami).T., 2003 y.



4-mavzu. BOLANING SOTSIUMDA RIVOJLANISHI, SHAXSNING IJTIMOIYLASHUVI.
Tayanch tushunchalar: Bolaning rivojlanishi, ijtimoiylashuv , ijtimoiy ta'lim, ijtimoiy muxid, tarbiyaviy ta`sir, ijtimoiy status va rol, ijtimoiy ko`nikma, ijtimoiy- pedagogik kategoriyalar, tamoyillar va ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar.

Reja:


1. Bolaning rivojlanishi va ijtimoiylashuv haqida umumiy tushuncha.

2. Bola rivojlanishida biologik faktorlarning roli.

3. Rivojlanishda ijtimoiy omillarning o`rni.

4. Ijtimoiy muqitning bola rivojlanishiga ta'siri.

ADABIYOTLAR

1.Bitinas V.P. Vvedenie v filosofiyu vospitaniya. M.: 1996

2.Bocharova V.G., Plotnik M.M. Shkolnik v mikrorayone.G`G` Pedagogika psixologiya.

Podpisnaya nauchno-populyarnaya seriya. 1986№9.

3.Bueva L.P.Sotsialnaya sreda i soznanie lichnosti.M.:1968

4.Vulfov B.Z., Semyonov B.D. Shkola i sotsialnaya sreda: vzaimodeystvie.-M.:1981

5.Zimbardo F., Lyayppe M. Sotsialnoe vliyanie. M.:1997

6.Isoqova M. Shaxs ijtimoiylashuvchida maqalla. Xalq ta'lim. 2003y. №3 4-6b.

7.Karimova V.N. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. O`quv qo`llanma. T.: Universitet, 1999.-96b.

8.Kon I.S. Sotsiologiya lichnosti. M.: 1979

9.Mavlyanova R.A. Pedagogika. T. Uzbekiston, 2000y

10. Mudrik A.V. Rol sotsialnogo okrujeniya v formirovanii lichnosti podrostka. M.: 1979

11.Selivanov V.S. Osnovo` obhey pedagogika. M.: 2000

12. M.Q.Quronov, Z.Qurboniyazova. Ijtimoiy pedagogika.(Ma'ruza matnlari to`plami).T., 2003 y.



13. O`QUV MATERIALLARI (MA’RUZA MATNI)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI

VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

PEDAGOGIKA KAFEDRASI


(Ma'ruzalar matni)


NAVOIY-2010

Ushbu ma'ruza matnlari bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Ijtimoiy pedagogika» fani sohasiga oid bilimlar majmuini qamrab oladi.

Pedagogika fanining bir yo`nalishi bo`lgan ijtimoiy pedagogikaga bo`lgan ehtiyojni davrning o`zi ko`rsatmoqda. Ushbu ma'ruza matnlarida ijtimoiy pedagogika, uning maqsadi, vazifalari, ob'ekti, predmeti, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, asosiy kategoriyalari va tamoyillari, ijtimoiy pedagogik jarayon va ijtimoiy pedagogik tashhis, ijtimoiy pedagog va ijtimoiy pedagogik faoliyat kabi masalalarni yoritishga harakat qilingan. Mazkur qo`llanmadan oliy ta'lim muassasalari, litsey va kollej, qamda maktab o`qituvchilari, talabalari, shuningdek mazkur fan bilan qiziquvchi kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi muallif: p.f.n. dots. D.A.Axatova

Mas`ul muharrir: p.f.n. dots.E.Y. To`qmurodov


Taqrizchilar: p.f.n. dots. S.S.Sayitov,

p.f.n. O.Shomiyeva

(Ma'ruza matnlari NavDPI Pedagogika kafedrasining 2010 yil 5 sentabrdagi N2 yig`ilishida muhokama qilingan )

KIRISH
«Ijtimoiy pеdagogika» kursi talabalarning umumpеdagogik bilim darajasini kеngaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli ijtimoiy munosabatlar, ma'naviy omillar, shuningdеk, mazkur fanning ob'еkti, prеdmеti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, katеgoriyalari, ijtimoiy pеdagog kasbining o`ziga xos xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi.

O`quv fanining maqsadi va vazifalari. Fanni o`qitishdan maqsad – bolalarni ijtimoiylashtirish jarayonida ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy ta'lim qonuniyatlarini o`zlashtirish.

Fanning vazifasi – gumanitar bilishning sohasi sifatida ijtimoiy pеdagogika, uning ob'еkti, tadqiqot prеdmеti va asosiy katеgoriyalari haqida nazariy bilimlar bеrish; talabalarda ijtimoiy-pеdagogik tadqiqotga doir ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar

“Ijtimoiy pеdagogika” o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- ijtimoiy - pеdagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an'analari; ijtimoiy-pеdagogik faoliyat rivojining tarixiy omillari; pеdagog, ijtimoiy-pеdagog va ijtimoiy xodimning kasbiy faoliyatidagi farqlar; ijtimoiy- pеdagogning kasbiy faoliyati strukturasi; ijtimoiy-pеdagog faoliyati vazifalari; ijtimoiy- pеdagogning kasbiy tayyorlashda uzluksiz ta'lim mazmuni; O`zbеkistonda ijtimoiy pеdagog amaliy faoliyatining o`ziga xosliklari; maktabgacha yoshdagi bola shaxsini ijtimoiylashtirish mohiyati; bola shaxsini ijtimoiylashtirishda mikro muhitning roli; rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bola, nogiron bola, chеklangan imkoniyati bola tushunchalari tavsifi; imkoniyati chеklangan bolalarni ijtimoiylashtirishdagi umumiylik va tafovutlar; imkoniyati chеklangan bolalarni ijtimoiylashtirishning shartlari va xuquqiy mе'yorlari; ijtimoiy pеdagogik katеgoriyalar; ijtimoiy pеdagogikaning tamoyillarini bilishi kеrak;

- ijtimoiy pеdagog faoliyat mеtodikasi va tеxnologiyasi; asotsial oilaga ijtimoiy - pеdagogik yordamning asosiy shakllari; ijtimoiy pеdagog faoliyatida ishontirish mеtodlari, korrеktsiya, mashqlarini qo`llash; kasbiy faoliyatda sotsiologik mеtodlardan foydalanish; ijtimoiy pеdagogik tеxnologiyalarini qo`llash; xavotirli oila ijtimoiy maqomini tavsiflash; xavotirli oila bilan ishlash mеtodlarini qo`llash ko`nikmalariga ega bo`lishi kеrak;

- ota-ona vasiyligisiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy-pеdagogik faoliyat olib borish; dеviant xulqli bolalar bilan ijtimoiy-pеdagogik faoliyatni tashkil etish va olib borish malakalariga ega bo`lishi kеrak.



1-Mavzu:

IJTIMOIY PЕDAGOGIKA VA PЕDAGOGIK SOTSIOLOGIYAGA EXTIYOJ VA ZAMONAVIY JAMIYAT RIVOJINING ZARURIY SHARTLARI. O`ZBЕKISTONDA IJTIMOIY PЕDAGOGIKA FANI PAYDO BO`LISHINING SHART-SHAROITLARI.
REJA:

  1. Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga ta'siri.

  2. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat va uning ahamiyati. Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pеdagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an'anasi sifatida.

  3. Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti.

  4. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, pedagogik sotsiologiya, jamiyat, sotsium, shaxs, jtimoiy pеdagogikaga extiyoj, O`zbеkistonda ijtimoiy pеdagogika fani paydo bo`lishining shart-sharoitlari, amaliy ijtimoiy faoliyat.
Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga ta'siri.

Ijtimoiy pedagogika–garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va fan sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy ta’sir ko’rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo’q qilinishi kiradi.

Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini ko`tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin.

Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, isloqotlar jarayonida ya'ni jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda o`z yo`lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir ko`rsatmoqda.

Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo’lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan. Quyidagilar bundan dalolat beradi:



  1. kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo’nalishi sifatida e’lon qilinishi;

  2. aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi;

  3. sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi;

  4. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari majmuasi sifatida joriy qilinishi.

O’zbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi prezident I.Karimov asarlari va chiqishlarida ham muhim o’rin tutmoqda. Ularda insoniylik, mehribonlik o’zbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi ta’kidlanadi va ijtimoiy xarakterdagi ko’pgina muammolar- sog’liqni saqlashni, maktab va shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yashash va sport majmualarini qurish, ko’p bolali oilalarga yordam berish muhokama qilinadi.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lini belgilab oldi. Bu yo`l jamiyatimizning kelajagini o`z qo`llariga oluvchi - yoshlarga beriladigan ta'lim-tarbiya asosida belgilandi. Shu nuqtai nazardan 1997 yili 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to`g`risida”gi qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda ShAXS bosh va markaziy o`rinni egallab, modelning qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.

Ta'lim-tarbiya muassalari o`z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin, ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa jamiyatning barcha a'zolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan to`g`ri xulosa chiqara oladilarmi! Demak, ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, ya'ni kundalikli ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko`rsatayotgan ta'siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o`rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Kursning nomidan ham ko`rinib turganidek, ijtimoiy qayotning turli jabqalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o`z ta'sirini ko`rsatadi. Bunga misol tariqasida quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
Ommaviy axborot vositalari

Iqtisodiyot

Ko`cha-kuy, mahalladagi voqe'liklar

Ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosbatlar ShAXS

Ishlab chiqarish jarayoni

Ilm-fanning turli sohalari


Hozirgi vaqtda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat va uning ahamiyati. Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pеdagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an'anasi sifatida.

Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo’ldi.

Hozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o’zgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g’ayri ijtimoiy xodisalar-alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga sabab bo’lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so’ngra esa kattalar ijtimoiy yordamga muxtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy muammolariga bog’liq bo’lgan pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo bo’ladi.

Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab etayotgan edi:



Birinchidan, Bugungi kunda ta'lim va tarbiya maqsadi bilan uning ba'zi natijalari o`rtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo`llarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga jamiyatdagi munosabatlar bilan shug`ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish zaruriyatini uyg`otdi. Chunki ongli xususiyatga ega bo`lgan inson faoliyati, sotsiologiya fanining o`ziga xos ob'ektini tashkil etadi. Har bir shaxsning jamiyatdagi o`z o`rnini, o`zligini anglashi, hayotiy-axloqiy me'yorlarni o`zida mujassam etishi jamiyatda shu ma'naviy-axloqiy sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalashda Pedagogika va sotsiologiya fanlarining hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki ta'lim-tarbiyaning o`zi ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayondir.

Ikkinchidan, ba'zi jamiyat a'zolarining ongidagi ma'naviy bo`shliqning ijtimoiy kelib chiqishi sababalrini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish kabi yangi muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda. Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson organizmining biologik va sub'ektiv (shaxsiy tomonlari) asosida o`z-o`zini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, ma'lum ob'ektga yo`naltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi ta'sir imkoniyatlari o`zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar faoliyatining xususiyatlari, qzini anglash kabi muhim xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va g`ururini paymol qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir. Jamiyatga insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga o`zgartirish ijtimoiy- ma'rifiy jarayonlar bilan bog`liq bo`lib. Uni ilmiy jihatdan o`rganish muhimdir. Pedagogika va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar o`zbekistonlik olimlarning diqqat e'tiborini ham o`ziga tortmoqda.

Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va bunda davlatning roli, axborotlar, ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari, yoshlarning ma'naviyatida ro`y berayotgan zaiflikning sabablari, ularni aniqlash, tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, shuningdek mustaqil O`zbekistonda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni «pedagog so`zi» bilan qrganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan bo`lib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda shunday holatlar uchraydiki, bunda bolalar o`smirlar, tarbiyachilar bunday og`ir vaziyatda o`zlariga ruhan malham bo`ladigan sotsial pedagogning yordamiga muhtoj bo`ladi. Demak, bugungi jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga bo`lgan ehtiyoji ham sezilmoqda.

Hayotdan umid uzgan, o`ziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni mustaqil hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tushunish, uning qayg`usiga sherik bqlishlarini kutadilar. O`z so`zi va faoliyati bilan shu kabi shaxslarda o`ziga ishonch uyg`otish, o`z imkoniyatlarini anglab yetishlariga yordam berish sotsial pedagogning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga bo`lgan ta'siri ularning ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan mazkur fan yo`nalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda.

Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida namoyon bo`ldi.

Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya- bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fanining tarmog`idir. Ya'ni tarbiya- bu nafaqat o`quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o`z ko`rinishiga ega.

Ijtimoiy pedagogika- odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan fikrlar, e'tiqodlar, g`oyalar, qarashlar, his-tuyg`ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o`ziga o`xshash shaxslar bilan o`rnatadigan murakkab o`zaro munosabatlari va ularning ta'sirida hosil bo`ladigan xodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish- ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir.

Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi.

Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.

Bir ob'ektni turli fanlar tomonidan qrganish mumkin. Ijtimoiy pedagogika- tarbiya va ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog`liq bo`lgan holat va xodisalarni o`rgatadi. Bu jarayon jamiyatga «kirish» va o`zaro munosabatda bo`lishni anglatadi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko`rsatma) oladilar, ya'ni ijtimoiylashtirish yuz beradi.

«Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya» kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli munosabatlarni, ma'naviy faktorlarni tekshirish shuningdek, mazkur fanning ob'ekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari ijtimoiy pedagog kasbining spetsifik xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi.

Kursning asosiy maqsadi bo`lajak pedagog kadrni hayotimizning barcha jabhalariga «pedagogik ko`z» bilan qarash, o`rganish, reabilitatsiya qilish yo`llarini aniqlash va ma'lum xulosalar chiqarishga o`rgatishdan iborat.

Kursning asosiy vazifalari oliy o`quv yurtlari talabalariga:

1. Mustaqil O`zbekistonda shakllanayotgan Pedagogika fanining yangi qirralaridan biri sifatida Ijtimoiy pedagogika fani xaqida tushunchalar berish va ularni ijtimoiy hayot bilan muqoyasa o`rganish;

2. Ijtimoiy muhit va shaxsning ijtimoiylashuviga doir qonuniyatlar;

3. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyatining o`ziga xos spetsifik

xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida tushunchalar berishdan

iboratdir.

Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat hamda jamiyatning roli, ba'zi jamiyat a'zolarining ma'naviyatida ro`y berayotgan zaifliklar, ularning sabablarini aniqlash, tekshirish, qayd etish, umuman jamiyatda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy isloqotlarni, jamiyatni pedagogik nuqtai nazardan o`rganish ijtimoiy pedagogikaning asosiy muamolaridan biridir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o`rganish va yanada takomillashtirish davr taqozasidir.



Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pеdagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an'anasi sifatida. O`zbеkistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari.

Ijtimjiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti xalqning tarixiy-madaniy va etnik an’analari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bog`liq holda rivojlanadi va xalqning inson va insoniy qadriyatlar haqidagi qarashlariga tayanadi. Insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarida va barcha jamiyatlarda ham o`zini to`laqonli boshqarishga imkoni bo`lmagan kishilarga, masalan, bolalar, qariyalar, kasallar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida cheklanishlari bo`lganlarga munosabat masalasiga duch kelganlar. Bunday masalalar turli jamiyat va davlatlarda turlicha hal etilgan, ya’ni, ojiz va qarovsiz qolganlarni jismoniy yo`q qilishdan tortib ularni jamiyatga to`liq integratsiyasigacha yo`llar tutilgan.

O`zbеkistonda qadimdan bunday kishilarga nisbatan insonparvarlik yo`li tutilib, ularga doimo rahm ko`rsatib kelingan, ayniqsa, islom dini kirib kelganidan keyin rahmdillik va xayr-saxovatga e’tibor kuchaygan. Muhtojlarga doimiy yordam ko`rsatib kelingan.
Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti.

Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi.

Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi.

Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning ob'ekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti -bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir.

Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og`ir guruq”larga aloqida e'tibor qaratadi. Bu guruqga taqdir taqozasi bilan og`ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o`tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruqlarga va man etilgan diniy sektalarga o`zlari bilmagan qolda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o`aro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhyi kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi oqir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi.

Ijtimoiy qayotning turli javhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muxtojdirlar.
Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Rivojlangan davlatlarda ijtimoiy tarbiyani amaliy tashkil etish maxsus kasb darajasiga ko`tarilgan. Janubda bu kasb “Ijtimoiy faoliyat” deb yuritiladi. Bizning yurtimizda aholining, umuman jamiyat a'zolarini ijtimoiy muqofazalashga doir qator ishlar amalga oshirilishidan qat'i nazar, u bilan shug`ullanuvchi maxsus fan yo`nalishi to`liq shakllanmagan.

Ijtimoiy ish jamiyat a'zolarining bir-biriga insoniy munosabatda bo`lishini taqozo etadi. qadim zamonlarda bu faoliyatning diniy mas'ullik, saqiylik, xayrixohlik singari qirralari namoyon bo`lgan. “Ijtimoiy pedagogika” ning paydo bo`lishi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy qayotidagi o`zgarishlar bilan boqliq. Chunki bu o`zgarishlar tarbiya jarayonini murakkablashtirib, yoshlar tarbiyasida yangi muammolarni vujudga keltirib, yosh avlodning ijtimoiy shakllanish jaraynini ilmiy o`rganishni talab etmoqda. An'anaviy pedagogika fani ta'lim muassasalari qobiqida cheklanib qolib, ijtimoiy muhit omilining tarbiyaga bo`lgan ta'siriga yetarlicha e'tibor bermadi. Ayniqsa, ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib qo`ydi. Ijtimoiy pedagogika Rossiyada o`tgan asrning 80-yillarida aloqida fan sifatida shakllandi. Mustaqil yurtimizda esa uning ma'lum qirralari yoritilgan bo`lishiga qaramasdan bu yo`nalish bo`yicha hali aloqida tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo`q. Bu fan qar bir jamiyatning, har bir mamlakatning, qar bir millatning ijtimoiy qayoti va milliy psixologiyasi bilan bevosita boqliq. Shu nuqtai nazardan mazkur fanni turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin.

Turmush -shaxsning jamiyatda o`z o`rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta'lim tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya'ni har kungi ijtimoiy hayotimiz orqali tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish asosida barkamol, komil insonni voyaga yetkazishimiz kerakki, toki biz tarbiyalagan shaxs jamiyatga “kirishib keta olsin”. Ular jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas. Ma'lum sabablarga ko`ra “jamiyat tan olmagan”, “sotsiumga kirisha olmagan” shaxslarning o`z yo`lini topib ketishi uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarb kasb etib, Rossiyada 1960-1970 yillardayoq shunday ijtimoiy-pedagogik faoliyatga yo`naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ishlar olib boriladi.

Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uy-joy kommunal xizmati tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari, yotoqxona, maktab klublari xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borishdi, qator chet mamlakatlarda esa 1970-1980 yillarda ijtimoiy talab-bu muammoni hal etishning yangi darajalarini vujudga keltirdi.

Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to`plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan qamkorligi o`zgardi. Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo bo`lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, boqcha kabi ta'lim-tarbiya maskanlari shuqullanadi,-degan fikr jamiyat a'zolari ongida o`rnashib qolgan. Demak, ta'lim tarbiya bilan shuqullanuvchi fanlar va o`quv muassasalaridan farqli o`laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabqalari bilan boqliqdir. Shuning uchun ham u juda ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liq.

Ularning asosiylari quyidagi jadvalda aks ettirilgan..

Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya

IJTIMOIY

PEDAGOGIKA Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya

Filosofiya-Mantiq-Iqtisod

Tarix-Etnografiya-huquq

Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy fan sifatida barcha ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xulq-atvorining turli tomolarini o`rganadi.

Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib boradi.

Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini amaliyotga tadbiq etadi va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish jarayoniga ko`maklashadi.

Sotsiologiya insonning ijtimoiy turmushini, guruh va jamiyatni o`rganadi. Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori uning predmetidir.

Antropologiya- odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzot irqlarining paydo bo`lishi, odamning tana tuzilishidagi farq-tafovut, o`zgaruvchanlik haqidagi fan.

Antropoligiyaning muhim sohasi- odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga ta'sir qiladigan fiziologik. Biokimyoviy va genetik omillarini o`rganadigan bo`limi- «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asr o`rtalaridan boshlab rivojlandi.

Siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida ro`y beradigan voqea-hodisalar, o`zgarishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. Uning siyosiy fan sifatidagi roli va ahamiyati uning siyosiy mohiyatga ega bo`lgan voqea-hodisalarni alohida olingan bir mamalkat doirasida emas, balki jahonning turli

mamlakatlarida siyosiy muammolarni hal qilishida erishilgan natijalar bilan belgilanadi.

Iqtisod fanlari esa ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari, jamiyatning iqtisodiy turmushini o`rganishga yordam beradi.


Savollar

  1. Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlarning ijtimoiy hayotga ta'siri qanday bo`ldi?

  2. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat tug`ilganligini nimalarda ko`rish mumkin?

  3. Rahmdillik va xayr-sahovatnin o`rni tariximizda va bugungi kunda qanday?

  4. Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti nimalardan iborat?

  5. Ijtimoiy pedagogika qaysi fanlar bilan aloqada rivojlanadi? Misollar keltiring.


2-Mavzu:

XORIJDA VA O`ZBЕKISTONDA IJTIMOIY PЕDAGOGIKANING RIVOJLANISH TARIXI. O`ZBЕK XALQ PЕDAGOGIKASI VA ISLOM TA'LIMOTIDA IJTIMOIY-PЕDAGOGIK G`OYALAR.
Tayanch tushunchalar: Antik davrda ijtimoiy pеdagogikaning rivojlanishi, ijtimoiy-pеdagogik g`oyalarning rivojlanishi. «Avеsto» va adabiy manbalarda ijtimoiy-pеdagogik g`oyalar. O`rta asrlarda O`rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy-pеdagogik g`oyalari. XVIII-XIX asr ma'rifatparvarlarining ijtimoiy-pеdagogik qarashlari. XX asr boshlarida ijtimoiy-pеdagogik faoliyat. II jahon urushi yillarida ijtimoiy-pеdagogik faoliyat. O`zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xaraktеri. Sharq mutafakkirlari, ijtimoiy pedagogik fikr, jamiyat va shaxs.

REJA:



  1. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan.

  2. O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi

a)«Avesto» da ijtimoiy-pedagogik g`oyalar. Islomdagi ma’naviy-axloqiy o’gitlarining ijtimoiy mazmuni. Al-Buxoriy va at-Termiziy asarlarining jamiyat va shaxs tarbiyasiga oid g`oyalari.

b)XI-XIX asr ma’rifatparvar shoirlari va olimlarining ijtimoiy pedagogik qarashlari

s)1917-1990 yillardagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari

d) O’zbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy g’oyalari.

3. O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari

Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib tutashadi. Uning qadimiyligibuyuk mutafakkirlarning ilmiy qarashlarida o’z tasdig’ini topgan.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining Birinchi bosqichi- qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro’y bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo bo’lgan.

Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo’lganligi bilan izohlanadi. CHunki ibtidoiy jamoada to’plangan boy tarbiyaga oid ijtimoiy pedagogik g’oyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo’lgan.. Dastlab tarbiya faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo’lsa, keyinchalik esa o’ziga o’ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug’ullanuvchi odamlar-tarbiyachilar paydo bo’lgan. Vaqt o’tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam ko’rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot etganlarning skeletlari asosida to’la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik ma’lumotlarda paydo bo’lish bilan ham o’z tasdig’ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo’lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o’rgatishgan.

Bularning hamasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko’rinishlari mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.

Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yarangan bo’lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo’lishi ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishi yozuv hamda pedagogik g’oyalarning yozma manbalarda ko’rsatilgan saqlanib qolish hodisasi bilan bog’liqdir.

SHarqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik g’oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-SHukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O’rta Osiyoda-Avesto va boshqa).

Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi.

SHubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo’shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O’z o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan.

Demokrit (mil. avv. 460-370 y) o’z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak.

Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o’zaro munosabati g’oyasini ilgari surgan. Uningcha tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo’lgan.

Arastu (mil.avv. 384-322 y) faylasuf, qomusiy olim. U antik duyoda tarbiyaning eng to’liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli o’laroq u inson tarbiyasida asosiy urg’uni davlatga to’liq bo’ysundirishga emas, balki insonning o’zini manfaatlariga qaratadi. SHaxsning jamoat bilan uyg’un rivojlanishi to’g’risidagi g’oya ham unga tegishlidir.

Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42-118 y) notiqlik san’atining qadimgi yunon nazariyotchisi, pedagog. Ilk pedagogik asar bo’lmish “Notiqning tarbiyasi haqida” unga tegishli bo’lib, unda tarbiyaning muhim g’oyalari, ta’lim metodikasi bayon etilgan.Kvintilianning asosiy g’oyalari –o’z “men”nini saqlab qolish, “o’z ustidan” hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi.

Feodalizm davri tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga qattiq amal qilish bo’lgan. O’sha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik g’oyasini yaratuvchilari o’sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo’lgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va nochorlarga yordam kabilar paydo bo’ldi.

XV-XVI asrda avval Italiyada, so’ngra yevropaning boshqa davlatlarida kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo bo’layotgan yangi toifa vakillariga, aksariyat ziyolilarga asketizmning tamoyillari begona edi. YAngi burjua madaniyati shakllana boshlaydi va uni xarakterlashtirish uchun odatda insoniylashtirish va qayta tiklash tushunchalar qo’llanilgan. Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat markazida ilohiylik emas, inson turishi guvohlik berardi. Uning o’zi ham qalban, ham jisman go’zal bo’lishi lozim. Faqatgina inson ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi, faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va o’z baxtining yaratuvchisiga aylana oladi. Asketizm(yunoncha)- tuyg’u va istaklarnicheklash yokibostirish, azob tortish, hayot ne’matlaridan voz kechish. Bu yerda gap uning shaxsiy hislatlari, shaxsiyati, mashhurligida emasligi hisobga olingan.. SHu bilan birga gumanistlar cherkovga qarshi ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoni, olamni harakatga keltirgan va o’shandan beri unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan.

XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki o’zlari pedagog bo’lishgan yoki pedagogik nazariyaga murojaat qilishgan. Gumanizm g’oyasi pedagogikada xuddi ana shu davrlardan boshlab o’rnasha boshlagan.

Asl tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra doim go’zallik haqida, uning kelajagi haqidagi g’amxo’rlikni bildirgan. Uyg’onish davrida ijtimoiy gumanizm g’oyalarini amalga oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de Genotre (1378-1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabning yaratilishi bilan bog’liq. SHuni ta’kidlash joizki, ta’riflanayotgan davrda din, pedagogika va ijtimoiy-pedagogika bir-biriga uzviy ravishda rivojlangan.

Diniy qarashlarda asosiy e’tibor umuminsoniy qadriyatlarga qaratilgan. Diniy rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda oyatlarda axloqiy o’gitlar, insonlararo munosabatla, qavm-qarindoshlarga,, bolalarga g’amxo’rlik haqida ko’p gapirilgan. Bu asosda ko’pgina avlodlar tarbiya topishgan va bu borada yevropada cherkov uzoq vaqt mobaynida “nogiron bolalar” rahnamosi bo’lgan. Unga nafaqat ruhiy yordam so’rab, balki tibbiy, moddiy yordam so’rab, adolatsizlikdan himoya so’rab murojaat qilishgan. Butun dunyoda diniy tashkilotlarning boy ana’nalari mavjud. Masalan, yevropada antik davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo’yib ketishgan. Manbalarga ko’ra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda Kesariya (Kichik Osiyo) shahrida yepiskop Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo bo’lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham paydo bo’lgan. Uzoq vaqt u yevropada yagona bo’lib tashkilot qolaverdi va faqat XIV asrga kelib tarbiya uylari soni 30 tagacha ko’paydi. Qizig’i, endi unda faqat tarbiya bilan shug’ullanishmagan, ularda amaliy ishlar ham olib borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni oilalarga berishgan, ularning tarbiyasini nazorat qilishgan. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar tomonidan boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsentom Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda mashhur bo’lgan. U uyni qirol Lyudovik XIV tomonidan moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan shug’ullanuvchi organlar- yirik cherkov tashkilotlari ham tuzila boshlagan.



Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri- XVII-XIX asrlar- ijtimoiy-pedagogika eng ilg’or g’oyalar va ilmiy konsepslar bilan boyitilgan davr bo’ldi desak, xato bo’lmaydi.

XVIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g’oyalarining paydo bo’lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bog’lana boshlandi. Aynan shu davrda ijtimoiy-pedagogikaning asosiy yo’nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo’ladi.

Ijtimoiy pedagogik g’oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi, ma’rifatparvar J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qo’shgan. U tabiiy huquq, din va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g’oyalarini ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va pedagog M.V.Lomonosov (1711-1765 y) o’z “reglamentlari”da tarbiyaning xalqparvar g’oyalarini, insonga faol shaxsga bo’lganidek yondashuvni, bolani axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini bayon etgan.

YAngi ijtimoiy pedagogik g’oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari- muhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.

SHvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) o’z faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va o’z mablag’lari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan.

XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo’lgan. Ikkinchi tomondan uning boshqa fanlar psixologiya, ijtimoiyogiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar yaqinlashuvi bilan ham ro’y bergan.

XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo’nalishlariga esa quyidagilar tegishli:


  1. ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish- bu uning fan bo’lishiga olib kelgan. Bu yo’nalishga mafkurani ham kiritsa bo’ladi.

  2. Ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida ketmoqda.

  3. Xayriya va o’quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo’yicha ijtimoiy pedagogik faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” konsepsiyalari);

  4. ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va tanlab olingan bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham kiradi. Asosiysi ijtimoiy pedagogika o’z faoliyatida davlat darajasiga chiqadi va o’z sheriklari bilan birga talablarini qonuniy rasmiylashtirishga erishiladi. XIX asrning 60-70 yillarida Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratiladi.

Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yo’nalishlarini uning eng asosiy vazifasi-bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Biroq XVIII-XI X asrlarda u avvallari e’tiborsiz bo’lgan g’oyalar bilan to’ldiriladi. Aniqrog’i, ijtimoiy pedagogika g’oyasi nazariyasi va amaliyotida birinchi o’ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa muhim g’oya tarbiya va ta’limning uzviy bog’liqligini anglash bo’ldi.

Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog’lab qo’ydi. Jahonda ilk marta didaktik o’yinlar o’tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g’amxo’rlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan.

Ingliz faylasufi Gebert Spenser (1820-1903 y) oilaning shaxs shakllanishidagi o’rni haqidagi ijtimoiy pedagogik g’oyalar bilan to’ldirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan-Angliyaning davlat va siyosiy tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq-atvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan. Industiryalashtirish qishloq axolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog’liq. Qishloq axolisining shaharga ko’chib o’tishlari g’ayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, AQSHda holat nihoyatda og’ir edi. Bu davlatga boshqa kam rivojlangan davlatlardan axoli ko’chib kelishi bilan bog’liq. Ayni vaziyatda cherkov rolining susayishi kuzatildi. U shu paytgacha axloqiy normalarning ana’naviy tashuvchisi bo’lib kelgan. Biroq u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko’pgina odamlar hayotida o’zining avvalgi mavqeini yo’qotdi. SHu bilan birga yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g’oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taq azo etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo’ldi. Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng qo’llanilgan ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi.

Aynan shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi. Eng asosiysi-XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylanadi. Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o’rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Bu borada Rudolf SHteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)-AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.

G.Kirshenshteynerning pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning sust qabul qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ijodga ko’ra isloh qilish g’oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiy pedagogik tizimining asosiy tamoyillari-bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir.

Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy qadriyatlari amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi. Bu pedagogning xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g’oyalarga murojaat qilganidir.

Vilgelm Lay “Ґarakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini o’zida mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U tarbiyaning biologik tomonini-tug’ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o’yinlarida paydo bo’lishini va ijtimoiyogik tarbiyachining reaksiyalarga ta’sirini ko’rsatgan.

Hozirgacha turli davlat olimlari o’rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlari orasidagi o’rni borasida –bu mustaqil fan bo’la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o’rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil bir sohasi bo’lib qolaveradimi, degan masaladabahs-munazara davometmoqda.

Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo’lgan. Masalan G.Noll va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb tushunishgan.

Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning 20- yillari) umuman boshqacha ta’riflangan. U ijtimoiy pedagogik jamiyatning tarbiyaviy kuchlarining yaqinlashtirish muammosini xalqning madaniy va axloqiy darajasini ko’tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. Bunaqa tushunish yangi davrning buyurtmasiga ko’proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika inson hayoti davomida tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdiqlagan. XX asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uyida tarbiya ishlari o’tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida ta’rif etilaboshladi.. Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet ellarda ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga oid faoliyati ham rivojlandi. Xususan, XX asrning 70-yil Germaniyada oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi.

XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda aloxida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko’p bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko’rsatishga qaratilgan.

Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklanishi murakkab sharoitlarda amalga oshmoqda; davlat ta’lim standartlari, mutaxassisliklar, darsliklar, o’quv rejalari va dasturlarning yetishmasligi, ijtimoiy muxofazaning davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida bo’lish kerak. CHunki Germaniya, Angliya, AQSHlarda boy ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud.


O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə