O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə13/35
tarix17.04.2018
ölçüsü3,62 Mb.
#38761
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35

Ta’lim muassasalarida


YOshlar qumitasi

Sog’liqni saqlash

*Xammasi to’gri

Qanday oilalar vazifalarini a’lo darajada bajaradilar, ijtimoiy pedagogga ixtiyoji yo’q

*Sog’lom oila

Tahlikali oila

Nosog’lom oila

Asotsial oila

Oila, ta’lim muassasalari, tengdoshlar guruhi va boshqalar qanday faktorlarga kiradi

Ijtimoiy faktorlar

Makro faktorlar

*Mikro faktorlar

Mezo faktorlar

Pedagog va o’quvchi muloqotida pedagogning o’quv, tarbiyaviy va shaxsiy rivojlantiruvchi vazifalarni nima deb ataymiz

*Ijtimoiy oriyentirlanagan muloqot

SHaxsiy oriyentirlanagan muloqot

Muloqot


muomala

Me’yordan og’ishgan xulq natijasida jamiyat bilan aloqasi uzilgan bolalar nima deb ataladi?

*Daydi bola

Hukukbuzar bola

Etim bola

Narkoman bola

Ijtimoiy me’yordan og’ish turiga kirmaydigan og’ishishni aniqlang.

Ichkilikbozlik

*Aqliy nokislik

Boqimsizlik

Daydilik

Meyordan og’ishish tiplarini aniqlang?

Pedagogik, jismoniy sotsial.

* Pedagogik, ijtimoiy, jismoniy, psixik.

Pedagogik, psixik. Aqliy.

Ijtimoiy, iqtisodiy.

Oila pedagogikasi» fanining vazifalari qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan

YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlash

Bolalar tarbiyasiga oid umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarga yetkazish

Oilaviy an’analarga bolalarning tug’ilishi bilan bog’liq bo’lgan marosimlar va urf-odatlarni yoshlarga yetkazish

*Barcha javoblar to’g’ri

«Onalik xuquqi» asari kimning qalamiga mansub

Vaxoven


Beruniy

Ibn Sino


Farobiy

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida nikoh yosh qizlar uchun necha yosh qilib belgilangan

*Qizlar uchun 17 yosh

Qizlar uchun 16 yosh

Qizlar uchun 18 yosh

Qizlar uchun 15 yosh

Odobning boshi nimadan boshlanadi

*«Assalomu alaykum»

Ota-onadan boshlanadi

O’z-o’zini hurmat qilishdan

Mehribonlikdan

Bobo va buvining o’z nevaralariga aliment to’lashi mumkinmi

Yo’q, bobo va buvi o’z nevaralariga aliment to’lamaydi

Ha, amaldagi oila kodeksining 123-moddasiga binoan aliment to’laydilar

Yo’q, chunki oila kodeksining 123-moddasida ta’qiqlangan

Ha, aliment to’lash mumkin, bu oila kodeksining 128-moddasida belgilangan.

Er-xotin qachon oila kodeksining 42-moddasiga muvofiq o’z roziliklari bilan ajratiladi

Agar er-xotindan biri bedarak yo’qolgan deb topilgan bo’lsa

*Er yoki xotindan biri ruhiy kasal yoki aqliy zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo’lsa

Voyaga yetmagan bolalari bo’lsa

Biri vafot etsa

Bir oiladagi o’zaro qon-qarindoshlar turmush qurishlari mumkinmi

YOshlari yetganda mumkin

O’zaro rozi bo’lganda

Umuman muhabbat bo’lganda

Sevgi-muhabbat bo’lganda

Islomiy tarbiyada o’g’il va kizlar tarbiyasining o’ziga xos xususiyati necha yoshdan shakllanadi

6 yoshdan

7 yoshdan

10 yoshdan

12 yoshdan

Ibtidoiy jamoa tizimi davrida «Sovg’a ayirboshlash»ning yuzaga kelishiga sabab nima

*ayol va erkak o’rtasidagi munosabatlarni bildirish sababli




6- 7-NAZORAT UCHUN SAVOLLAR (JN,ON,YAN


  1. Komil inson tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya masalasi.

  2. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy zarurat sifatida.

  3. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya masalalari.

  4. Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti.

  5. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

  6. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan.

  7. «Avesto» da ijtimoiy-pedagogik g`oyalar.

  8. Islomdagi ma’naviy-axloqiy o’gitlarining ijtimoiy mazmuni. Al-Buxoriy va at-Termiziy asarlarining jamiyat va shaxs tarbiyasiga oid g`oyalari.

  9. Buyuk mutafakkirlarimiz asarlarilda ijtimoiy pedagogikaning namoyon bo`lishi.

  10. «Temur tuzuklari»da ijtimoiy tabiya masalalarining yoritilishi.

  11. Sotsiologiya va ijtimoiy tarbiya.

  12. Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida.

  13. Tarbiya ijtimoiy xodisa va pedagogik jarayon sifatida.

  14. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari va asosiy tamoyillari.

  15. Ijtimoiy pedagogik tadqiqot ishlarini olib borish

  16. Bolaning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha.

  17. Bola rivojlanishida biologik faktorlarning roli.

  18. Rivojlanishda ijtimoiy omillarning o`rni.

  19. Ijtimoiy muqitning bola rivojlanishiga ta'siri.

  20. Me'yor va me'yorlardan chekinish(oqish) tushunchasi

  21. Chekinish(oqish) turlari

  22. Chekinish(oqish) nazariyasi

  23. Milliy xarakterning shakllanishi ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida.

  24. Oila va mahalla-bolaning norasmiy muloqat muhiti

  25. Milliy istiqlol g`oyasi va ijtimoiy pedagogika

  26. Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar jamiyatda fuqarolarning ongini yuksaltirish va ijtimoiylashtirishning asosi sifatida

  27. Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari,

  28. Ijtimoiy pedagog huquqlari.

  29. Ijtimoiy pedagogning kasby sifatlari.

  30. Ijtimoiy pedagogning etik majburiyatlari.

  31. Ijtimoiy pedagog faoliyatinnng modeli.

  32. Maktab-ochiq ijtimoiy pedagogik tizim sifatida

  33. Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli.

  34. Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikromarkazlari

  35. Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat

  36. Ijimoiy pedagog faoliyatining valeologik modeli.

  37. Bolalar va o`smirlar yordam ko`rsatish majmuasining umumiy kontseptsiyasi.

  38. Bolalar va o`smirlarga yordam ko`rsatish xizmati strukturasi va tuzilishi tamoyillari.

  39. Ta'lim tizimidagi hududiy reabilitatsion xizmat.

  40. Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi.

  41. Deviatsiya va uning turlari.

  42. Deviant xarakterlarning asosiy sabablari.

  43. Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya masalalari.

  44. Ijtimoiy pedagogik texnologiya haqida umumiy tushuncha. Uning o`ziga xos xususiyatlari.

  45. Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida qo`llaniladigan metodlar.


8-TARQATMA MATERIALLAR









9- GLOSSARIY
LUG’AT
Avtonomlashuv-(avtova homus (yunon)-qonun) o’z-o’zini boshqarish va tartibga solish imkoniyatini qo’lga kiritish.

Adaptatsiya-insonning ijtimoiy muhit bilan faol o’zaro munosabatda bo’lish va uning potensialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.

Anamnez-ota-ona yoki bolani tarbiyalovchi boshqa shaxslardan shifokor, pedagog yoki psixolog tomonidan bola haqida ma’lumot olish. Anamnez to’planayotganda bolaning irsiyligi, boshdan kechirgan kasalliklari, nutq, o’yin faoliyati rivojlanish xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar aniqlanadi.
Anomaliya-jism yoki ruhiy rivojlanishning umumiy normalaridan ancha og’ish.

Anomal bolalar-normal ruhiy va jismoniy rivojlanishda buzulishlar bo’lgan bolalar. Ularni yengib o’tish maxsus uchun maxsus metodlar talab qilinadi.

Affektiv buzilishlar-emotsional sohaning buzilishi bo’lib, kuchli asabiylashish, asabiylashish darajasining tushib ketishida namoyon bo’ladi. (opatiya, befarqlik). Bular markaziy nerv sistemasining funksional va organik buzilishi oqibatida yuzaga keladi.

Bevositalik-inson va uning vaziyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va buni namoyish qilish.

Bir shaxsning boshqasiga ta’sir o’tkazishi-ong, iroda, xis-tuyg’u orqali inson faoliyati va xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatish. U ishontirish, emotsional yuqtirish orqali amalga oshiriladi. Ta’sir bir odam tomonidan ikkinchi odamni (uning qarashlari, tasavvurlari) o’zgartirish jarayoni va natijasi.

Bola-18 yoshga to’lmagan shaxs.



Bolalar ichkibozligi-bolalar deviant xulq-atvori shakllaridan biri bo’lib, ichkilikka patologik ruju qo’yish bilan xarakterlanib, shaxsning ijtimoiy degratatsiyasiga olib keladi.

Bolalar jinoyatchiligi-salbiy ijtimoiyhuquqiy hodisa bo’lib, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan barcha g’ayri huquqiy xatti-harakatlar majmuasi hisoblanadi.

Bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish- ijtimoiy himoyaning shakllaridan biri bo’lib, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasi- ijtimoiy pedagog bolalarga turli yordam ko’rsatadi. Biroq ularning ichida ustuvor yordam bolalikni ijtimoiy pedagogik qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

Bolalikka olish-bolalikka oluvchi va bolalikka olinuvchi o’rtasida ota-ona va farzandlar o’rtasida mavjud huquq va majburiyatlarni o’rnatuvchi yuridik akt.

Bolalikni ijtimoiy himoyalash-qonunchilik va bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro konvensiyada mustahkamlangan voyaga yetmaganlar huquqlarining kafolatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bu bolalarning optimal biologik va ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarga ko’nikishini ta’minlab beruvchi huquqiy, iqtisodiy, tibbiy va psixologik-pedagogik choralar kompleksidir.

Bolaning ijtimoiylashuvi-uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi bo’lib, shu jamiyatda xos bilimlar, qadriyatlar, norma-qoidalar, xulq-atvor namunalarini o’zlashtirishdan iborat. (M.A..Galaguzova)

Bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi-bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol ko’nikishi, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlari turi.

Bolaning ijtimoiy dezadaptatsiyasi-uning ijtimoiy muhit sharoitlariga muvaffaqiyatli ko’nikishiga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo’qotilishi.
Vasiylik-muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish.

Guruhning ijtimoiy psixologik iqlimi-guruh har bir a’zosining faoliyatiga ta’sir qiluvchi guruhdagi munosabatlarning dinamik maydoni.

Deviant xulq atvor- ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-atvor.

Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”)-o’rnatilgan normalarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib keluvchi xulq-atvor.

Denamik steriotip- bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson xatti-harakatining shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning odatlari, oddiy mehnat ko’nikmalari kiradi.

Yetim bolalar-18 yoshgacha bo’lgan bir yoki ota-onasining ikkisi ham vafot etgan bolalar.

Yetimlik-jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan izohlanadigan ijtimoiy hodisa.

Jamoa- ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh.

Jinoyat-delinkvent xulq-atvor turi bo’lib, shaxsga, qonun bilan qo’riqlanadigan ob’ektlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy havfli xatti-harakat.

Jinoiy xulq-atvor-jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetganda jinoiy ish qo’zg’atishga asos bo’luvchi g’ayri huquqiy harakatlar.

Ijtimoiylashuv-insonning butun hayoti mobaynida o’z-o’zini o’zgartirish va rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yo’naltirilgan jarayoni.

Ijtimoiy tarbiya- bevosita insoniy munosabatlar, shuningdek shu

Insoniylik-bolani shaxs sifatida qadrlaydigan, uning g’ururi va erkinligini himoyalash bilan xarakterlanadigan, inson manfaatini ijtimoiy institutlarni baholashning asosiy me’yori deb hisoblaydigan qarashlar tizimi.

Infantilizm-organizmning ruhiy rivojlanishidagi to’xtab qolish bo’lib, bolalik davridagi rivojlanish bosqichi jihatlarini saqlab qolish bilan xarakterlanadi.

Inqiroz-shaxs rivojlanishining diskret vaziyatida uning maqsadga qaratilgan hayotiy faoliyatining to’xtab qolishi. Surunkali inqiroz ijtimoiy dezadaptatsiya, o’z joniga qasd qilish, asab-ruhiy va psixologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Ishontirish-mantiq, isbot-dalilga asoslangan aqliy emotsianal ta’sir. Uning mohiyati inson ongiga ta’sir qilishga qaratilgan, demak ishontirishning muvaffaqiyali bo’lishi ong qonunlariga mos kelishiga bog’liq. Ishontiruvchi so’zlar tushunarli bo’lishi kerak. Ishontirish individual tajribaga qaratilishi lozim.

Ichki ishonch-axborotni tanqidsiz qabul qilish va unga muvofiq kayfiyat, xulq-atvorni o’zlashtirishga qaratilgan ta’sir. Ishontirishning samaradorligi ishontiruvchi shaxsning kuchi va boshqa shaxsning ishonuvchanligi, shuningdek ular o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq.

Iqtidorlilik-bolaning o’z yoshi normalariga nisbatan aqliy rivojlanishda ancha ilgarilab ketishi.

Katamnez-davolash yakunlangandan so’ng kasal haqida olinadigan ma’lumotlar. Maxsus kuzatuv ostida bo’lgan o’quvchilarning mehnat hayoti, ta’limi to’g’risida davriy ma’lumot to’plash.

Kommunikativlik-shaxslararo muloqat madaniyatiga ega bo’lish, bolani tinglash va eshitish qobiliyati, muomalaga kirisha olish va aloqa o’rnatish, axborot to’plash, turli ijtimoiy munosabatlar o’rnatish va rivojlantirish, bolaning verbal va noverbal xulq-atvorini kuzatish.

Kompensatsiya-buzilgan funksiyalar o’rnini to’ldirish, rivojlantirish.

Konkretlik-umumiy fikrlardan voz kechish va savollarga aniq javob berish qobiliyati.

Korreksion tarbiya-jamiyatdagi hayotga ko’nikish uchun sharoitlar yaratish, ba’zi toifa odamlarni rivojlanish nuqsonlarini yengib o’tish yoki bartaraf etish.

Madaniyat-jamiyat, ijodiy kurslar va inson qobiliyatlarining tarixan rivojlanish darajasi bo’lib, insonlar hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllari, shuningdek, ular tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o’z ifodasini topadi.

Madaniyatlilik-bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va millatning ma’naviy va moddiy madaniyati asosida qurilishi lozim.

Maqom-bemorni ko’rilayotgandagi holati tavsifi.

Men” konsepsiyasi-insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi.



Mikrosotsium-o’z tarkibiga oila, qo’shnichilik, tengdoshlar guruhlari, turli ijtimoiy, davlat, diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan hududda faoliyat yurituvchi jamiyat.

Nazoratsizlik-bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlarini nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg’urmaslik.

Oila-insonlar kundalik hayotining asosiy qismi- jinsiy munosabatlar, bolani dunyoga keltirish, bolalarning ilk ijtimoiylashuvi kabi holatlar sodir bo’ladigan ijtimoiy institut.

Ontogenez-hayvon yoki o’simlik olamining yaralishidan boshlab hayotining oxirigacha indevidual rivojlanishi. Ontogenez organizmning tashqi muhitning aniq bir sharoitlarda rivojlanishi hisoblanadi. Ontogenezda har organizm birin-ketin rivojlanish bosqichlaridan o’tadi. Inson ontogenezi ikki bosqichdan iborat-prenatal va postnatal.

Pedagogik tashhiz-o’quvchi va o’quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-tarbiya jarayoniga indeaidual va differensial yondoshuvni ta’minlash uchun o’rganish.

Pedagogik texnologiya-ta’lim-tarbiyaning pedagogik samaradorligini oshiruvchi omillar tahlili orqali optimallashuvi jarayonidir. Pedagogik texnologiya bolalarni natijaviy qilib tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilari natijalilik, algoritm mavjudligi, iqtisod, loyihalashtirish, butunlik va boshqarish hisoblanadi. Bu pedagogik texnologiyalar ish samaradorligini oshirishi, har qanday sharoitlarda qo’llaniladi, bir-biri bilan bog’liq aniq ifodalangan bosqichlarga egaligidan dalolat beradi.

Pedagogik qarovsizlik-shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasining dezintegratsiya ta’siri oqibati. Ular avvalambor to’laqonli individual-psixologik rivojlanishni ta’minlovchi yetakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o’zlashtirishda namoyon bo’ladi.

Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolalar va o’smirlarni o’rab turuvchi mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiyasi bo’yicha bosqichma-bosqich ish olib borish bo’lib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasi, individuallashuvi va integratsiyasiga qaratilgan. Uning ob’ekti bola hisoblanib, predmeti-bolalarning ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir.

Rahmdillik-kimgadir yordam berishga tayyor bo’lish yoki kimnidir hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish.

Reabilitatsiya-bemorning psixofizik imkoniyatlari doirasida normal mehnat va hayotga qaytishi. Bu avvalambor tibbiyot yordamidan insonning jismoniy nuqsonlarini bartaraf etish, ikkinchidan maxsus o’quv metodlarini qo’llash, uchinchidan professional tayyorganrlik asosida erishiladi.

Referent guruh-inson uchun o’lchov birligi hisoblangan tavsiyalar, ma’lumotlar.

Refleksiya-insonning ichki ruhiy faoliyati bo’lib, o’z xatti-harakatlari, hislatlari, holatlarini anglab olishga qaratilgan; insonning o’z ma’naviy dunyosini anglab olishi.

Somatik-jismoniy.

ijtimoiy adaptatsiya- metod va usullar tizimi bo’lib, uning maqsadi insonlarga ularning ijtimoiylashuvi va yangi ijtimoiy sharoitlarga ko’nikishlariga yordam berish.

ijtimoiy diagnoztika- ijtimoiy hodisani, uning holatini xarakterlaydigan va uning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash maqsadida kompleks o’rganish jarayoni. Metod, usullar vositasida tadqiq etishga asoslanadi. ijtimoiy diagnoztika ijtimoiy muammoni a’zolarga bo’lib tashlash orqali o’rganishni ko’zda tutadi. Olingan ijtimoiy tashhiz o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning salbiy tendensiyalarini oldini olishga qaratilgan amaliy harakatlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

ijtimoiy yyetim-biologik ota-onaga ega, biroq ular muayyan sabablarga ko’ra bola tarbiyasi bilan shug’ullanishmaydi va unga g’amxo’rlik qilishmaydi.

Ijtimoiyinformatsion yordam-bolalarni ijtimoiy g’amxo’rlik, himoya, shuningdek ijtimoiy xizmatlar faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan yordam.

ijtimoiy ish- ijtimoiy sohadagi tashkiliy faoliyat bo’lib, jamiyatning barcha qatlamlaridagi ijtimoiy muammolarni yechishga qodir bo’lgan maxsus ijtimoiy mehanizm hisoblanadi. Uning maqsadi inson manfaati va ehtiyojlarini moddiylashtirish, ijtimoiy va shaxsiy ahsmiyatga ega natijalarni qo’lga kiritish, jamiyatda shaxsning, guruhning yoki jamoaning ijtimoiy maqomini mustahkamlash yoki o’zgartirish.

ijtimoiy iqtisodiy yordam-muhtoj bolalarning ruhiy, axloqiy va emotsional holatini tiklash bo’yicha muassasa, markazlarda yordam ko’rsatish.

ijtimoiy normalar-insonlar xatti-harakatlarini, ularning ijtimoiy hayotini muyyan madaniyat, jamiyat qadriyatlariga muvofiq tartibga soluvchi xulq-atvor me’yorlari.

ijtimoiy patronaj-shaxs huquqlari, voyaga yetmaganlarning mol-mulklarini himoya qilishning maxsus turi. Texnologiya sifatida ijtimoiy vasiylik vasiylikka muhtoj odamlarni aniqlaydi, vasiylarni tanlaydi, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soladi. Patronaj uyda profilaktik, sog’lomlashtirish, sanitar chora-tadbirlani o’tkazishni ko’zda tutadi.

ijtimoiy pedagog- ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo’yicha o’rta yoki oliy professional ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassis, ijtimoiy pedagogik faoliyatni professional tartibda yurita oladigan mutaxassis.

ijtimoiy pedagogika-shaxs ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganishga, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadidagi samarali metodlar va ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan pedagogika sohasi.

ijtimoiy pedagogik bashorat-bolani yuzaga kelgan muammo bilan bog’liq ravishda biror bir ijtimoiy pedagogik faoliyatga jalb qilish orqali bu muammoni xal qilishni bashorat qilish. ijtimoiy pedagogik bashorat ijtimoiy pedagogik jarayonning mantig’i va mohiyati, uning qonuniyatlarini bilishga tayanadi.

ijtimoiy pedagogik markaz- ijtimoiy psixologik markazlar, xududiy guruh va birlashmalar, tarbiya muassasalari tarmog’i.

ijtimoiy pedagogikaning professional maqomi-sub’ektning huquq, majburiyatri va vakolatlarini aniqlab beruvchi shaxslararo munosabatlar tizimidagi o’rni. Ijtimoiypedagog maqomi u egallab turgan holatning in’ikosi hisoblanadi: ma’muriy ijtimoiypedagog, jamoaviy ijtimoiypedagog, oilaviy ijtimoiypedagog, ta’lim muassasasining ijtimoiypedagogi. Biroq professional maqom obro’-e’tiborini aniqlab bermaydi. Ular professional-shaxsiy munosabatlar jarayonida shakllanadi.

ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi- ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni, shakli, usullari, vositalari va nazorati majmuasi.

ijtimoiy pedagog refleksiyasi-har bir bosqichda o’z faoliyatini tahlil qilish, uning salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlash, olingan natijalarni bola shaxsiyatiga ta’sirini o’rganish.

ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya-bola organizmining ba’zi buzilgan funksiyalari, uning ijtimoiy maqomining o’zgarishi va unda og’uvchi xulq-atvorning paydo bo’lishi bilan bog’liq bolaning ijtimoiy aloqalarni yo’qotishini tiklashga qaratilgan choralar tizimi.

ijtimoiy pedagogik profilaktika-bolada turli faollik turlarining namoyon bo’lishiga va bolalarning optimal ijtimoiy rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy tarbiya chora-tadbirlar tizimi.

ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o’z-o’zini amalga oshirishi uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan professional faoliyat.

ijtimoiy pedagogik faoliyat texnalogiyasi-ratsional va maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar bilan xarakterlanadigan amaliy ijtimoiy pedagogik faoliyat, metod va usullari majmuasi.

ijtimoiy pedagogik yordam-bolaning ijtimoiylashuvi va to’la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik chora-tadbirlar tizimi.

ijtimoiy profilaktika-turli salbiy xarakterdagi ijtimoiy og’ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart-sharoitlarni oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiytibbiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmuasi.



ijtimoiy psixologik yordam-oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam.

ijtimoiy reabilitatsiya-insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan jarayon-texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitatsiyaga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ilgari suradi.

ijtimoiy reabilitatsion yordam-bolalarning ruhiy, aqliy, emotsional holati va sog’ligini tiklashga qaratilgan yordam.

ijtimoiy sog’lik-individning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarining mukammallashuvi shakli va vositalarini muayyan darajasidir, bu o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanish darajasi. ijtimoiy sog’likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir.

ijtimoiy tajriba-turli ko’nikmalar va malakalar, ___ va usullar, xulq-atvor normalari va stereotiplari, insonlar bilan muomala tajtibasi, adaptatsiya, o’z-o’zini anglab olish tajribalari majmuasi.

ijtimoiy tarbiya-shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlarni shakllantirish jarayoni.

ijtimoiy tarbiyada yoshga ko’ra yondoshuv-inson rivojlanishiga har bir yosh guruhning xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda shart-sharoit yaratib berish.

ijtimoiy tarbiyaga individual yondoshuv-tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini ham shaxsiy ham individ darajasida inobatga olish.

ijtimoiy ta’lim- ijtimoiy bilimlarni va bolaning ijtimoiylashuviga ko’maklashuvchi ijtimoiy ko’nikma va malakalarni yetkazish jarayoni.

ijtimoiy ta’minot-davlat moddiy ta’minoti tizimi va ijtimoiy yordamga muhtojlarga yordam ko’rsatish doirasida turli ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish tizimi.

ijtimoiy terapiya-davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, shu jumladan diniy tashkilotlarning ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir shakllariga amaliy ta’sir qilish jarayoni.

ijtimoiy texnologiya-turli ijtimoiy muammolarni yechish va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalari tomonidan qo’llaniladigan vosita, metod va ta’sirlar majmuasidir. ijtimoiy pedagog faoliyatining zahirasida 4 turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish mumkin: ijtimoiy ishga tegishli, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy tibbiy, ijtimoiy pedagogik.

ijtimoiy qarovsizlik- ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlanmasligiga, bo’sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati.

ijtimoiy harakat-turli ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti-harakatlari.

ijtimoiy hudud-bola ko’z o’ngida har kuni sodir bo’ladigan harakatlar, ijtimoiy munosabatlar, trasport, narsa-predmetlarning qiyofasining majmuasi.

ijtimoiy huquqiy yordam-inson va bola huquqlariga amal qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo’yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.

Sotsium-insonning ijtimoiy atrof-muxiti, hamjamiyati.

Submadaniyat-muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy psixologik belgilar (norma, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.

Tabiatsimonlik-bola tarbiyasi, ta’limi va ijtimoiylashuvi bola rivojlanishining qonunlari asosida qurilishi lozim.

Tavakkal guruhi oilalari-voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning qonunuiy vakillari bolalarni tarbiyalashdagi o’z majburiyatlarini bajarmayotgan va bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan oilalar.

Tarbiyaning qiyin kechishi-pedagogik ta’sirlarni o’zlashtirish xohishi yoki qobiliyatining mavjud bo’lmasligi darajasi.

Ta’limning qiyin kechishi-turli ruhiy pedagogik va ijtimoiy-madaniy sabablar tufayli yuzaga kelgan o’zlashtirishning past ko’rsatkichi o’quv ko’nikma va malakalarning yo’qligi rivojlanishning uyg’un kelmasligining u yoki bu darajasi.

Tayanch shaxs-insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi tabiiy qolipdir. Tayanch intilishlar hammada bir hil bo’ladi, biroq ularning namoyon bo’lishi genetik va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi.

Tibbiy-ijtimoiy yordam-ta’li-tarbiya jarayonida sog’likni tiklash yoki mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar.

Uyg’un hayot tarzi-inson tomonidan ongli ravishda tuziladigan adaptativ zarur faoliyat turlari va qiziqishlar bo’lib, ular jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy salomatlikni ta’minlashga yordam berishadi. Uyg’unlik insonning dinamik holati bo’lib, uni bir maromda ushlab turish uchun uzluksiz harakatni talab qiladi. Uyg’un hayot tarziyanada kengroq tushuncha inson uyg’unligining tarkibiy qismi bo’lib, u tushuncha intilish, imkoniyatlar darajasining insonlar, atrof-muhit bilan kelishishining optimal munosabatlari bilan aniqlanadi.

SHaxslararo munosabatlar-ommaviy ijtimoiypsixologik hodisalar bo’lib, bir guruhda bo’lgan va birgalikdagifaoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi.

SHaxslararo muomala-insonlar orasida aloqalar o’rnatishning murakkab jarayoni. Pedagogik jamoada shaxslararo muomalaning quyidagi xususiyatlari to’g’rilanishga muhtoj: ba’zi pedagoglarning sabrsizligi, irodasizligi, kasbdoshlarini tinlay olmaslik, o’z maqomini oqlash. ijtimoiy pedagogik treninglar, boshlang’ich pedagog maktablari orqali sabr-matonat, tinglash madaniyati kabi xislatlarni shakllantirsa bo’ladi.

SHaxsning hayot tarzi-maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot yo’llari tizimi.

SHaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi-bu insonning o’z hayotiy faoliyatining sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon bo’lishi bolaning jonlanishi hisoblanadi. YOsh o’tgan sari u o’z shakllarini o’zgartiradi-insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi sabablar paydo bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi o’tsa u shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi.

Xayriya-alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, muhtojlarga ko’rsatiladigan yordam.

Hayotiy vazifalar-insonning hayotiy yo’naltirilganligi, faoliyat usuli, o’ziga, olam va insonlarga nisbatan munosabat turi.

Homiylik-voyaga yetmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda ancha keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.

Huquqbuzarlik-biror-bir huquqni buzuvchi har qanday xatti-harakat. Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo’linadi.

O’zaro munosabatlar-jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish asosi.

O’z-o’zini aktuallashtirish-insonning o’z shaxsiy imkoniyatlarini to’liq aniqlashga va rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilish.

O’z-o’zini anglash-inson ongining eng oliy irodasi bo’lib, o’zi haqidagi tasavvurlar, xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashdan namoyon bo’ladi.



O’z-o’zini tarbiyalash-insonning o’zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan, tashkillashtirilgan faoliyati.

Qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yyetimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish.

Qurilma (ustanovka)-muayyan xulq-atvor, tasavvurni boshdan kechirishga tayyor bo’lish. Qurilmalar faoliyatning barqaror kechishini belgilab berishadi. Agar shaxsiy qurilmalar kasbiy faoliyatning xarakterini belgilab bersa ijtimoiy qurilmalar mutaxassisning mijoz bilan o’zaro munosabati usullariga oydinlik kiritadi.

Emotsional zararlanish-bevosita emotsional holatlarni uzatish orqali ta’sir ko’rsatish (qo’l, yuz xatti-harakatlari, intonatsiya)

Empatiya-dunyoga boshqalar nazari bilan qarash, uni boshqalar kabi tushunish, boshqalarning xatti-harakatlarini ularning nuqtai nazariga ko’ra qabul qilish va shu bilan birga o’zining tushunchasini bildirishga qodirlik.


10- REFERAT MAVZULARI


Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari

“Me’yor va hayotiy me`yorlardan chekinish”

Ijtimoiy pedagog faoliyati metodikasi va texnologiyasi.

Ijtimoiy pedagogning internatlarda olib boradigan asosiy funksional vazifalari.


Mamlakatimizning bugungi kunning salbiy ijtimoiy hodisalarni bartaraf etishdagi imkoniyatlarini yoritib berish.

Ijtimoiy pedagogika faniga oid ko`rgazma qurollar va didaktik materiallar tayyorlash

Ota-onalar uchun ijtimoiy-pedagogik karta-so`rovnoma tuzish



11. ADABIYOTLAR RO`YXATI

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə