O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə22/35
tarix17.04.2018
ölçüsü3,62 Mb.
#38761
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35

Ijtimoiy pedagogik texnologiyasini qo’llashning misoli sifatida muammoni o’smir bilan ishlash texnologiyasini keltirsak bo’ladi.




Maslahatga tayyorgar-lik

Aloqa o’rnatish

Vaziyatni o’rganish

Maqsad qo’yish

Hal qilishni izlash

Xulosa

Professional pozitsiyani ishlab chiqish, ichki diolog-konsultatsiyaga ko’ndirish, o’smirlar bilan ishlayotgan psixologlar talablarini tahlil qilish

Ishonchli munosabat, qo’llab-quvvatlash, in’iko, sinonim savollar, rezyume (umumlashtirilgan savol), mavzuni o’zgartirish, o’zgaruvchan savollar, mijoz hissiyotlarini tushunish, mijoz va psixolog xis-tuyg’ularining verballashuvi, holatlar tavsifi. Metafora

Nima? Qiyinchiliklar va ularning sabablarini tahlil qilish. Qanday?

a) tahlilning informatsion-kognitiv parametrlari

b) motivatsion parametrlari

v) operatsion (malaka, qobiliyatlar)

g) emotsional energetik (his-tuyg’u, temperament)

d) xarakter va xulq-atvor jihatlari



Sen nimaga erishmoqchisan? Sen nimani olmoqchisan? Bu senga nima uchun kerak?

Sen o’zingni kelajakda qanday his qilishni xohlaysan? kabi savollarni berish. Maqsadni shakllantirish: reallik, jalb etishlik, aniqlik, tekshirish



Axborot berish, onologiya metodi, mantiqiy asoslash. Aniq istak. Parodoksal instruksiya. Emotsional zararlanish. Relaksatsiya. Vaziyat tahlili. Ichki muzokaralar. SHaxsiy tarix trans formatsiyasi. Ijtimoiy muammolar. Maqsadga intilish. Rolli ijro. Ijobiy kayfiyat.

Savol: bizda qanday o’zgarishlar bo’ldi? Mijoz tomonidan natijalar sarhisobi, o’zgarishlarni parametrlari ga qarab tahlil qilish inson nimaga erishmoqchi, u qanday munosabatda bo’ladi (keskinlik darajasining o’zgarishi, energiya paydo bo’lishi). U nima biladi? (tasavvur, fikr, o’zgarishi)

Keng tarqalgan va effektiv ijtimoiy pedagogik texnologiyalardan biri trening hisoblanadi.

ijtimoiy pedagogik trening-jamoaviy ish olib borishning faol metodlariga asoslangan pedagogik ta’sirdir. Bu tashkillashtirilgan muloqatning maxsus turi bo’lib, uning davomida shaxs rivojlanishishi, kommunikativ malakalar paydo bo’lishi, psixologik yordam ko’rsatish masalalari hal qilinadi.

Mashg’ulotlar davomida o’smirlarda ichki qurilmalar almashuvi sodir bo’ladi, bilimlar kengayadi, o’ziga va atrofdagilarga ijobiy munosabat tajribasi shakllanadi.

Trening mashg’ulotlari paytida har bir o’smirga g’amxo’rlik ko’rsatiladi. U boshqalarning yordamiga tayanishi mumkin. SHuning uchun turli muomala stillarini sinab ko’rishi, odamlararo ishonishni o’rganishi, avval unga xos bo’lmagan kammunikativ malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishga qodir. Bu mashg’ulotlar jamiyatda yanada faol hayotga tayyorlaydi. ijtimoiy pedagogik trening guruhining vazifasi har bir ishtirokchiga o’zini individual vositalar bilan namoyon qilishga yordam berishdir. Biroq buning uchun o’z-o’zini anglab olishi lozim.

SHaxs o’z-o’zini tarbiyalashni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiradi:



  1. o’z “men”ini boshqalar bilan qiyoslash orqali qabul qilish, ya’ni inson boshqalar chetdan kuzatish qulayligi uchun bundan foydalanadi. Bu esa o’zini guruhning boshqa a’zolari bilan qiyoslashga ajoyib imkoniyat yaratadi.

  2. O’zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul qilish, ya’ni atrofdagilar berayotgan ma’lumotlarni qayta munosabat asosida ishlatish. Bu atrofdoshlarning so’zlari, xis-tuyg’ulari, xulq-atvor reaksiyalari orqali o’ziga bo’lgan munosabatini bilib olishga yordam beradi.

  3. O’zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya’ni inson nima qilganiga baho berish. O’z-o’zini baholashning bu usuli o’z imkoniyatlari haqidagi fikrni mustahkamlaydi.

  4. O’zini tashqi qiyofa bahosi orqali qabul qilish.

SHaxsning rivojlanishiga imkon yaratuvchi trening maqsadlari:

a) ishtirokchilarning ijtimoiy masuliyatini oshirish, ularning boshqalar bilan faol munosabatga kirishish qobiliyatini o’stirish.

b) o’smirlarning faol ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirish va o’z hayotlarida o’zgarish sodir eta olish qobiliyatinirivojlantirish.

v) psixologik madaniy darajasini ko’tarish.

Treningning asosiy tamoyillari:


  1. Ishtirokchilarning o’zaro hurmati va ishonchiga asoslangan to’laqonli shaxslararo muomala.

  2. Doimiy qayta aloqa, ya’ni ishtirokchi boshqa ishtirokchilar xatti-harakatlariga baho beruvchi ma’lumotlarni olishi.

  3. O’z-o’ziga tashhiz qo’yish .

  4. Rivojlanishning optimallashuvi.

  5. Aqliy va emotsional sohalarning uyg’unlashuvi.

  6. Trening va uning alohida mashg’ulotlarida ixtiyoriy qatnashish.

  7. Guruh dinamikasiga yordam beruvchi guruhning doimiy tarkibi.

  8. YAkkalik.

  9. Mikroguruhlarda ishlash imkonini beruvchi erkin hudud.

Texnologiyalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatiga joriy qilish mablag’ni iqtisod qilish ijtimoiy pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilishni ta’minlaydi, ijtimoiypedagog oldida turgan vazifalarni hal qilishning effektivligiga yordam beradi. Ijtimoiypedagog texnologiyalar ijtimoiypedagogning keng ko’lamdagi vazifalari-tashhiz qo’yish, ijtimoiy profilaktika, ijtimoiy adaptatsiya va ijtimoiy reabilitatsiyani yechishga yordam beradi.

Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida qo`llaniladigan metodlar.

Ma'lumki, metod-bu grekcha so`z bo`lib, ma'lum masalalarni hal etishga qaratilgan yo`l degan ma'noni anglatadi.

Ijtimoiy pedagogikada metod (methodos)-bu shaxsning ijtimoiylashuviga va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya ishlarini olib borishga, pozitiv ijtimoiy tajribalarni o`zlashtirishga qaratilgan bola qamda ijtimoiy pedagogning hamkorlik faoliyatidir.

Ijtimoiy pedagog tomonidan qo`llaniladigan asosiy metodlar quyidagicha tasnif etiladi:

1.Ijtimoiy ish metodlari. Bunga ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, monitoring, sotsiologik savol-javob ishlari, ekspertizadan o`tkazish va h.k.), ijtimoiy reabilitatsiya metodlari (mehnat terapiyasi, guruhli terapiya va h.k) kiradi.

2.Psixologik metodlar. Bularga psixodiagnostika (intellekt va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar, savol-javoblar, loyiqa testlari, sotsiometriya), psixokorrektsiyalar (psixogimnastika treninglar, psixologik konsultatsiyalar berish) kiradi.

3.Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta'lim-tarbiya berish metodlari)

4.Ijtimoiy pedagogik metodlar (ijtimoiy tarbiya, ta'sir ko`rsatish, ijtimoiy pedagogik hamkorlik qilish va h.k)

Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. SHuning uchun ijtimoiypedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixalogiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan foydalanadi.

Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo’llaniladi. usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.

Ijtimoiyp edagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq.vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. CHunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiypedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o’yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalar)ga yetishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.

Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi:

-ishontirish

-talab qilish

-hikoya

-suhbat va bahs



-jazolash va maqtash

Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalr tasnifi quyidagi ko’rinishga ega:



Ijtimoiy pedagog tomonidan qo’llaniladigan asosiy metodlar tasnifi




Metodlar


ijtimoiy ish

psixologik

pedagogik


ijtimoiy diagnoztika metodlari

Intervyu


Monitoring

Ijtimoiy so’rov

Ekspertiza

Biografik metod



ijtimoiy profilaktika metodlari

Preventiv metod

ijtimoiy davolash

Sotsiodrama

Qo’llab-quvvatlash

ijtimoiy nazorat metodlari

ijtimoiy nazorat

ijtimoiy vasiylik

Ijtimoiytibbiy g’amxo’rlik

ijtimoiy xizmat ko’rsatish

ijtimoiy reabilitatsiya metodlari

Mehnat terapiyasi

Guruh terapiyasi

Maqom o’zgarishi

Inqiroz kelishi

ijtimoiy iqtisodiy metodlar

Imtiyoz metodlari

Kompensatsiya metodlari

ijtimoiy patronaj

Tibbiy patronaj

Ijtimoiyiqtisodiy choralar



Tashkiliy_metodlar'>Tashkiliy metodlar

Reglamentlashtirish

Normalashtirish

Tanqid


Ijro nazorati

Psixotashhizli

Intelekt va qobiliyatlar testlari

SHaxsiy so’rovnomalar

Loihaviy testlar

Rasmli testlar

Sotsimetriya



Psixokorreksion metodlar

O’yin terapiyasi

Tajriba ijtimoiypsixologik trening

Xulq-atvor treningi



Psixologik maslahat berish metodlari

Empatik tinglash

SHarhlash

Identifikatsiya

Fasilitatsiya

Gipotezalarni ilgari surish



Psixoterapiya metodlari

Suggestil

O’z-o’zini ishontirish

Ratsionallashuv

Psixotahlil

Tranzakt tahlil

Guruh terapiyasi

Xulq-atvor terapiyasi

Oilaviy psixoterapiya


Tashkiliy

Pedagogik eksperiment



Pedagogik tashhiz metodlari

Pedagogik kuzatuv

Tabiiy eksperiment

Ta’lim metodlari

Og’zaki (hikoya, suhbat, bahs, ma’ruza)

Ko’rgazmali (namoyish, darslik bilan ishlash)

Amaliy (mashqlar, laboratoriya ishlari, didaktik o’yinlar, ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar)



Tarbiya metodlari

Namuna


Ishontirish

O’qitish


Jazolash

Maqtash


Mashq

Istiqbol


O’yin

Ishonch


Muvaffaqiyat

O’z-o’zini tarbiyalash




ijtimoiy pedagogik metodlar


ijtimoiy tarbiya bo’lagi sifatidagi metodlar

Harakatga ko’niktirish metodlari

Mustahkamlash

Hamkorlik



Ta’sir metodlari

Ongga ta’sir

Hissiyotlarga ta’sir

Xulq-atvorga ta’sir qiluvchi metodlar



ijtimoiy pedagogik hamkorlikni tashkil qilish metodlari:

Faoliyatni tashkil qilish

Muomala metodi

Baholash metodi

O’z-o’zini amalga oshirish metodi




SHunday qilib ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi.


Savollar:

  1. Milliy xarakterning haqida gapirib bering..

  2. Mahallalar – ijtimoiy o`z-o`zini boshqarish organi sifatida qanday ishlarni olib boradi?

  3. ijtimoiy pedagogik texnologiya mohiyatini ochib bering?

  4. ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini tasniflang

  5. ijtimoiy pedagogik trening o’tkazish xususiyatlarini aniqlang?


7-mavzu:

DЕVIANT XULQ – IJTIMOIY-PЕDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

O`ZBЕKISTONDA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI IJTIMOIY-RЕABILITATSION MUASSASALAR.
Tayanch tushunchalar: deviatsiya, tarbisi og`ir bolalar va o`smirlar ijtimoiy qarovsiz qolgan bolalar, dezadaptsiya, delinkventlilik, reabilitatsiya, profilaktika, korreksiya masalalari.

REJA:


    1. Deviatsiya va uning turlari.

    2. Deviant xarakterlarning asosiy sabablari.

    3. Deviatsiya konsepsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari.

  1. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish.

  2. Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar


Deviatsiya va uning turlari:

Odatda deviatsiyalar o’spirinlik davrida yuzaga keladi. O’spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o’tish davri ham deb atashadi, chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o’tish ro’y beradi va bu jarayon o’smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o’z ta’sirini ko’rsatadi.

O’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi, bu esa o’z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijtimoiy maqomi o’zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo’yila boshlaydi.

Jamiyat tomonidan qabul qilingan hatti-harakatlar. qoidalar va me'yorlardan chekingan o`smirlarni oqir yoki tarbiyasi qiyin yoki tabiyasi oqir o`smirlar deb atashadi.

Tarbiyasi qiyin o`smirlar deganda turli xil sabablarga ko`ra pedagogik ta'sirlarga qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o`rnatilgan me'yor va qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi oqir o`smirlarni ilmda deviatsiya deb atashadi.

Deviant hatti-harakat-bu psixik sog`lom shaxslar tomonidan me'yoriy qoidalarni buzish hollaridir.

Deviatsiya- bu ijtimoiy pedagogik muammo bo`lib, inson ruqiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning o`zgarish hollari Bilan bog`liq. Bu hol, ayniqsa, o`smir yoshdagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo`lib, bu yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqacha jihatlarida o`zgarishlar ro`y beradi. Bu o`zgarishlar o`z navbatida ularning psixikasida uzgarishlar ruy berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o`zini tutishida o`zgarishlar ro`y berib, ularni ko`proq «Men kimmanq”-degan savol qiynaydi.

Deviatsiya o`z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti-harakatlarni birlashtiriradi.



Deviant hatti-harakat-bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila, maktab) hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jiqatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me'yorlardan, hatti-harakatlar va qoidalardan og`ish, chekinishning bir turidir. Ya'ni bu turdagi harakatni intizomsizlikdeb ham atash mumikn.

Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o`z boshimchalikka yo`l qo`yish, bolalar va o`smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftagarchilik qilishlari, assotsial xarakatlarga berilish kabilar deviant xarakatlarning asosiy ko`rinishlaridir. Ma'lum vaziyatlarda bolalar va o`smirlarning shu kabi hatti-harakatlarni namoyon etishi deviant harakatlarning tipik xususiyatidir.



Delinkvent hatti-harakat- deviant qarakatlardan farqli o`laroq, ular vaziyat ta'sirida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial xarakatlarning quyidagi turlari mavjud:

· haqoratlash, xo`rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv

bosqinchilik harakatlar;

· Kichik o`g`riliklar, ta'magirlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va anjomlarni o`qirlash kabi moddiy foyda ko`rishga qaratilgan o`z shaxsiy mafaati yo`lidagi xarakatlar;

· Narkotiklar sotish va tarqatish.

Kriminal hatti-harakat- bu jinoiy javobgarchilikka tortilishga yoshi yetgan shaxslarning huquqlarga zid harakatlari bo`lib, ular ustidan jinoiy ish qo`zg`atilish jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent xarakatlar asos yaratadi.

Deviant xarakterlarning asosiy sabablari

Bolalar, o`smirlar va umuman ba'zi jamiyat a'zolarining jamiyat tan olgan me'yorlarga zid keluvchi hatti-harakatlarni namoyon etishi-bu birdaniga, o`z-o`zidan bo`ladigan qodisa emas. Ya'ni o`sha insonlarning shunday yo`l tutishiga nimadir sabab bo`ladi. Ya'ni har bir fazilat o`z tarixiga ega. Insonning rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lgan turli xil faktorlarga bog`liq: irsiy, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati va h.k.

Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga kltiruvchi qator faktorlar mavjud. Jumladan:

1.Biologik faktorlar, ya'ni bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvini murakkablashtiruvchi nohush fiziologik va anatomik holatlar. Ularga:

▪ genetik (tuqma aqli zayflar, ko`rlar, karlar va h.k.),

▪ psixofiziologik (ya'ni inson organizmiga salbiy ta'sir ko`rsatuvchi, somatik xarakatlarni, allergiyalar va toksik kasalliklarni vujudga keltiruvchi turli xil ziddiyatlar, kimyoviy moddalar, energiyalar va h.k.),

▪ fiziologik (atrofdagilarda noqush kayfiyat uyqotuvchi tashqi qiyofa, tilning duduqligi va h.k.)



2.Psixologik faktorlar, ya'ni insondagi psixopotologik yoki aktsentuant (haddan tashqari) holatlar. Bu faktorlar asab kasalliklari (psixopatiya, nevrasteniya kabi kasalliklardir)

3.Ijtimoiy-pedagogik faktorlar, ya'ni bolalik davridan boshlab maktab, oila va jamoatchilik tarbiyasidagi nuhsonlar.

4.Ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar, ya'ni bu jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikdir: jamiyatning boylar va kambag`allar deb ajratilishi, xalqning ma'lum qismining qashshoqlanib qolishi, oylik maoshining kamligi, ishsizlik, inflyatsiya va h.k.

5.Ma'naviy-aqloqiy faktorlar. Ularga birinchidan,jamiyatdagi ma'naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma'naviy qashshoqlanishi kirsa, ikkinchidan, muayyan jamiyatning undagi ro`y berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, loqaydlik kiradi.

Maktab o’qo’vchisining dezadaptatsiyasi o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o’tadi:

-o’quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida qayinchiliklra paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan holat;

-maktab dezadaptatsiyasi –o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo’ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati;

-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;

-bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining kriminallashuvi.

Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g’ayriijtimoiy xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:

-o’zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi;

-to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;

-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g’ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a ijtimoiy munosabatlar turi.

SHavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi yoki unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi.

Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.

4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag’allarga sinflashishi, axoli ko’p qismining kambag’allashib ketishi, ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat.

5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida, qadriyatlarning yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo’lishiga befarq qarashida o’z aksini topadi.

Konformlik va deviant xulq

Oldingi boblarda odamninng ijtimoiy hayoti me'yor va qoidalar bilan tartibga solinishi bayon qilingan edi . Odamlar vaziyatga qarab qoidalarga amal qilmaganda ularning faoliyati xaosga aylanib ketardi, Aytaylik, haydovchilar muayyan qoidalarga amal qilishmasa, yqlda mashinalar harakatlanishi mumkin bqlmay qolardi. Biz qz hatti-harakatlarimizda amal qiladigan qoidalar ijtimoiy dunyoga muntazamlik va tartib baxsh etadi. Lekin odamlarning hamma harakatlari har doim ham kutilgan ijtimoiy natijalarni beravraydi. Ba'zan haydovchilar yql harakati qoidalariga yetarli e'tibor bermaydilar, garchi bu hol boshqa odamlarning hayotini xavf ostiga quysa ham. Shoshilayotgan paytda yoki alkogolli ichimlik iste'mol qilgan paytda avtomobilni ehtiyotsizlik va ma'suliyatsizlik bilan boshqarib, qoidani buzishlari mumkin.

Odamlar qzlari amal qilishlari lozim bo`lgan qoidalardan kqpincha chetga chiqadilar.

Xulq «og`ishi»ni qrganish- sotsiologiyaning eng qiziq vazifalaridan biridir.

Bu sohani tahlil qilish juda murakkab, chunki ijtimoiy me'yor va qadriyatlar qanchalik ko`p bo`lsa, qoidalarni buzish tiplari ham shunchalik ko`p bqladi. Turli madaniyatlar me'yorlari bitta jamiyat ichida ham ancha farq qiladi. Shuning uchun bir jamiyat uchun oddiy hol hisoblangan narsa boshqasida me'yordan ogish sifatida baholanishi mumkin. Masalan, marixuanna chekish- Britaniya madaniyatida og`ish

hisoblanadi, alkogollik ichimlik ichish esa «og`ish» hisoblanmaydi. Yaqin arq mamlakatlpridp buning mutloqa aksi kuzatiladi.



Og`ish nima?

Deviatsiya (og`ish)ni guruh yoki jamiyatda ko`pchilik odamlar tomonidan qabul qilingan me'yor va me'yorlar yig`indisiga mos kelmaslik deyish mumkin. Xulq-atvorning umumiy qoidalarini ko`pchiligimiz buzganmiz. Ko`pchilik kichik o`g`irliklar, masalan, do`kondan biror narsaga haq to`lamay olish yoki ishxonadan pochta qog`ozi kabi mayda-chuyda narsalarni shaxsiy manfaatlari yqlida foydalanish kabilarga yo`l qo`yganmiz.

«Deviant xulq» ga quyidagi misolni keltirish mumkin. Amerikalik milliorder Govard Xyuz juda omadli beznesmen edi. U mehnatsevarligi, original fikr yuritishi va kutilmagan qarorlar qabul qilgani uchun muvaffaqiyatga erishdi. Uning faoliyati g`arb madaniyatining asosiy qadriyatlariga mos edi. Biroq uning xulq-atvoridagi bazi sifatlar umum tomonidan qabul qilingan me'yorlarga mos kelmas edi. Hayotining so`ngi yillarini u tashqi olmadan ajralib, o`zining lyuks xonasini tark etmay, soch qstirib, paxmoq soqol quyib, Injildagi payg`ambarlarga o`xshab o`tkazdi.

X'yuz ayni bir paytning o`zida ishi juda yurishgan biznesmen va xulqi juda «og`ib» ketgan odam edi. Ted Bandining «xizmat parvozi» esa buning teskarisi edi.

Sirtdan Ted Bandining turmush tarzi xurmatli fuqaro xulq-atvorining barcha me'yorlariga mos kelar edi. Sirtdan qaraganda u shunchaki emas, juda oliy maqtovga sazovor turmush kechiraradi. Masalan u sutka davomida stress xolati dagi va o`z joniga suiqasd qilish oldida turgan odamlar bilan telefon aloqasini tashkil qilgan samaritiylar jamiyatining faol a'zosi edi. Biroq, bu uning bir qator vahshiylarcha qotillik qilishiga halaqit bermadi. O`lim xakidagi hukmni e'lon qilishdan avval sudya Bandini katta qobiliyatlari uchun maqtadi va u umrini qanday noxush sarf qilganini ta'kidladi. Bandining taqdiri sirtdan me'yordagi ayot ayni paytda maxfiy og`adigan xatti-harakatlar bilan kechishi mumkinligini kqrsatdi.

Og`ishlar faqat individual xulqda bo`lmay guruh xulqida ham bo`lishi mumkin. Misol tariqasida e'tiqodi va turmush tarzi Birlashgan qirollikda istiqomat qiladiganlarning kiligidan farq qiladigan guruh tomonidan kqplab turiladigan Krishna dinini olish mumkin. Bu din 1956 yilda Nyu-Yorkda, Shri Prapxupada Hindistondan G`arbda Krishna Ongi tqg`risidagi ta'limotni tarqatish uchun kelganda vujudga keldi. Uning nomalari asosan giyohvand moddalar iste'mol qiladigan yoshlarga yqllanar va shu ta'limotga amal qilinsa, «mudom kqtarinkilik holatida bqlish va adabiy lazzat manbaini topish» mumkinligini ovoza qilar edi. Kqchalarda krishnaviylarning raqsga tushish va ashula aytishlariga kqnikib qolishdi. Aholi ularga, garchi o`zlarini tutishlari ekstsentrik tuyulsa-da, chidam bilan mtsunosabatda bg`ladi.

Krishnalar deviatsiyali submadaniyatga misol bo`ladilar. Bu tashkilot boy bg`lib, u qz a'zolarining va unga xayrixoh bo`lganlarning hadyalari hisobiga kun kechiradi.

Me'yorlar va sanktsiyalar Sanktsiya boshqalar tomonidan individ yoki guruh xulqiga bildirilgan reaktsiya bqlib, uning maqsadi- mazkur ijtimoiy me'yorning bajarilishini kafolatlash. Sanksiyalar pozitiv (konformlik uchun rag`batlantirish) yoki negativ (nokonform xulq uchun jazo) bqlishi mumkin. Sanktsiyalar formal yoki normal bo`ladi. Formal sanktsiya normalarga rioya qilishni kafolatlaydigan tashkilot yoki guruh bqlgan joyda mavjud bo`ladi. Formal sanktsiyalar- nokonformlikka nisbatan kamroq uyushgan va ko`pincha o`z-o`zidan kelib chiqadigan reaktsiya.

Rasmiy sanktsiyalar tiplarining kqpchiligi hozirgi jamiyatda sud va

qamoqxonalar misolidagi jazo tizimlari bilan bog`liq. Politsiya ham jinoyatchilarni sudga tortish, ehtimol keyin qamoqxonaga qamash bilan bog`liq tashkilotdir. Yo`l qoidalarini buzishning ko`pchiligi jarima yoki haydovchilik huquqidan mahrum qilish bilan jazolanadi va bu jazolar haydovchilarning yql qoidalarini buzishi va ayni paytda politsiyachilarning kqziga ko`rinmasliklari uchun kifoya qiladi. Formal negativ sanktsiyalarga jarimalar, qamoqxonalarga qamash va qatl etish kiradi. Pozitiv formal sanktsiyalar esa unchalik ko`p emas. Haydovchining avtomobilni namunali haydashini rag`batlantirish maqsadida (a'lo haydovchilik uchun yoki bilog`on haydovchi kabi unvonlar mukofat sifatida beriladi). Formal pozitiv sanktsiyalar ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida ham uchraydi: jangdagi jasurligi uchun medall bilan mukofatlash, akademik sohadagi yutuqlar uchun beriladigan daraja va diplomlar, sportdagi ishtiroki uchun mukofatlar va boshqalar. Pozitiv va negativ formal sanktsiyalar ijtimoiy hayotda barcha sohalarning ajralmas qismi hisoblanadi. Pozitiv noformal sanktsiyalar maqtov, ma'qullash mazmunidagi jilmayish, yelkaga urib quyish kabi shallarda ifodalanishi mumkin.

Negativ noformal sanktsiyalar esa odatda haqorat ohangi, so`kish yoki hayfsan, individni namoyishkorona nazarga ilmaslik ko`rinishlarida ifodalanadi. Formal sanktsiyalar ancha samarali bo`lsa ham, noformal sanktsiyalar konformlik va me'yorni saqlashda fundamental ahamiyatga ega. Dqstlar, oila, hamkasblarining yaxshi munosabatini saqlab qolish ehtiyoji, kulgi bo`lish, uyalib qolish, rad etishdan qochish odamlarning xulqini kqpincha formal mukofotlar yoki jazolashdan ko`ra ko`proq belgilab beradi.

Qonunlar, jinoyatlar va jazolar

Qonunlar- bu hokimiyat tomonidan fuqarolar amal qilishi uchun belgilab qo`yiladigan tamoyil shaklidagi me'yorlar Konformlik namoyish yetmaydigan odamlarga qarshi qullanadigan formal sanktsiyalar ham mavjud. qonun bor joyda jinoyat ham topiladi, chunki jinoyatni qonunni buzuvchi har qanday xulq deb ta'riflash mumkin.

Sanoatlashtirishgacha bo`lgan yevropada diniy jinoyatlar, hukmdor va zodogonlarning mulkiga qarshi jinoyatlar eng og`ir jinoyatlar hisoblangan. Oddiy fuqaro ikkinchi bir fuqaroni o`ldirishi yuqoridagiday og`ir jinoyat hisoblanmasdi. Bunda jabrlanganning qarindoshlariga pul tqlab gunohini yuvgan. Ba'zan esa qurbon bo`lganning oilasi aybdorni o`ldirgan.

Qamoqxonalar va jazolar

Qamoqxonaga qamash uzoq vaqt kriminal xulqni korrektsiya qilish bilan, jinoyatchilarni reabilitatsiya qilish va ularni qonunni hurmat qiluvchi fuqarolarga aylantirish bilan bog`liq. qamoqxonaga qamash huquqbuzarlarni jazolash va fuqarolarni ulardan himoya qilish usulidir. Biroq baribir qamoqxonaga qamash tizimining e'lon qilingan tamoyili- kelajakda jamiyatda o`z o`rnini topa olishi uchun individni «tuzatish» hisoblanadi. Lekin qamoqxonalar shunday samara beradi deb hisoblab bo`lmaydi. Qamoqda jinoyatchilar faqat ozodlikdan emas, daromaddan, jamiyatdan, oiladan, sobiq do`stlardan, va boshqa shaxsiy buyumlardan ham maxrum bo`ladilar.

Ko`pincha ular liq to`lib ketgan binolarda yashaydilar va talablarni qatiy bajarishga majbur bo`ladilar.

Bunday sharoitlarda yashash qamoqxonalardagi mahbuslarni jamiyatdagi xulq-atvor me'yorlariga ko`niktirish o`rniga ular bilan jamiyat o`rtasiga to`siq qo`yadi.

Ular qamoqxonada o`zlashtiradigan odatlar va xulq-atvor usullari jamiyat ulardan umid qilayotganidan mutloqa aksinchadir. Barcha ozod bqlganlarning 60% dan ortig`i qayta jinoyatga qul urishi statistik ma'lumotlarga kqra aniqlangan. Jinoiy jazo sifatida o`lim jazosi ham qo`llaniladi. qamoqxonalar qayta tarbiyalash uchun tashkil qilinar ekan jinoyatchini qldirish bilan uning xulq-atvorini o`zgartirish mumkin emas. O`lim jazosiga turlicha qarashlar, munosabatlar mavjud.

Jinoyatchilik darajasi ayollar orasida erkaklar orasidagiga qaraganda ancha past. Buning sabablari ijtimoiylashuv sharoitlarining turlichaligi va erkaklarning ko`proq uydan tashqaridagi faoliyatga jalb etilganidir.



Ruhiy kasalliklar haqidagi tasavvurlar.

Og`ayotgan xulqning aniq ko`rinishlaridan biri- majburiy muassasalardan foydalanishni va davlat tomnidan tartibga solishni taqoza etadigan turlaridan biri ruhiy kasalliklar hisoblanadi. Aqldan ozganla ruhiy jihatdan «bemor» ekanliklari haqidagi tasavvurlar taxminan 2000 yil muqaddam shakllandi. Undan avvallari esa hozir ruhiy kasal deb hisoblanadigan odamlarni bemor emas, aqlsiz va miyasiz deb hisoblaganlar.

Ruhiy og`ishlar asosan ikki toifaga bo`linadi: psixoz va nervoz. Psixozda voqelikni idrok qilish tuyg`usi yo`qoladi. Psixozning eng ko`p uchraydigan shakllaridan biri- shizofreniya hisoblanadi. Shizofreniyani tavsiflovchi alomatlar bog`lanmagan va mantiqsiz sqzlashuv, tinglash va ko`rish gallyutsinatsiyalari, buyuklik yoki ta'qib maniyasi, atrofdagi voqea va hodisalarni qabul qilmaslik kabilarni qamrab oladi.

Nevrotik o`zgarishlar kqp hollarda hayotning odatiy oqimiga halaqit bermaydi. Nevrotikning asosiy xususiyati- boshqalar e'tibor bermaydigan mayda-chuyda narsalar sababli chuqur tashvishga tushishidir.



Deviatsiya konsepsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari

Deviant hatti-harakatdagi bolalar va o`smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitatsiya va korrektsiya ishlari amalga oshiriladi.



Reabilitatsiya- bu bola shaxsining huquqi, huquqiy statusi, soqligi, ishga layoqatsizligini tiklashga qaratilgan kompleks, ko`p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. U profilaktika va korrektsiya singari aspektlarni o`z ichiga oladi.

Profilaktika- bu reabilitatsiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yo`qotishga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko`proq ijtimoiy muhit bilan bog`liqdir.

Korreksiya- bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o`smirlar Bilan olib boriladigan aniq faoliyat hisoblanadi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə