O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə20/35
tarix17.04.2018
ölçüsü3,62 Mb.
#38761
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35

Savol va topshiriqlar:

  1. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi xususiyatlari qaysilar?

  2. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mazmunini xarakterlang?

  3. Ijtimoiy pedagogika atamalariga ta’rif bering?

  4. Ijtimoiy pedagogikaning funksiyalarini aniqlang?

  5. Ijtimoiy ish nima?

  6. Ijtimoiy ishchining faoliyati mazmuni?

  7. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning o’zaro munosabati nimadan iborat?

  8. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish o’rtasidagi farqlarni ayting?

  9. Ijtimoiy o’qitish va ijtimoiy tarbiyaga ta’rif bering?

  10. Bola rivojlanishiga muhitning ta’siri qanaqa bo’ladi?

  11. Bola tarbiyasi va uning ijtimoiylashuvi orasidagi bog’liqlik nimada?

  12. Ijtimoiy moslashuv nima?

  13. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida qanday o’ziga xoslikka ega?

  14. Tarbiyaning ijtimoiy vazifalarini sanab bering.

  15. Tarbiyav tamoyillarining mohiyatini:

  16. SHaxsning ijtimoiy shakllanishida jamoaviylik va tarbiyaning tugallanmaganligi tamoyillarining o’rni qanday?


4-Mavzu.

ODOB-AXLOQ-HAYOTIY ME'YORLAR SIFATIDA. IJTIMOIY

PEDAGOGIKADA ME'YORLARDAN CHEKINISH(OG`ISH) TUSHUNCHASI.
Tayanch tushunchalar: hayotiy me'yor, hayotiy me'yorlardan chekinish (og`ish), negativ va pozitiv chekinish, kamchilik. Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, autsayderlar, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy ta'lim, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy bilim, ijtimoiy ko`nikma, ijtimoiy- pedagogik kategoriyalar.

REJA:


1. Me'yor va me'yorlardan chekinish(oqish) tushunchasi

2. Me'yorlardan chekinish(og`ish) turlari

- jismoniy chekinish

- psixik chekinish

- pedagogik chekinish

- ijtimoiy chekinish

3. Chekinish(oqish) nazariyasi
Me'yor va me'yorlardan chekinish(og`ish) tushunchasi

Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o’z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og’ish bor bo’lgan odamlardir. Bunaqa odamlar doim bir guruh bo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan.

Zamonaviy AQSH va Yevropa davlatlarida u yoki bu og’ishlarga ega jamiyatga integratsiyalashuvi konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. U konsepsiyaga ko’ra bu odamlar ham jamiyatning teng huquqli biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga ega a’zosi sifatida ko’riladi.

Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun dunyoda shu jumladan, O’zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmoqda. SHuning uchun bunaqa odamlar avvalambor bolalarning ko’payishini rejali ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim.

Me'yor tushunchasi tibbiyot, psixologiya, pedagogika va sotsiologiya fanlarida keng qo`llaniladi. Unga aniq bir ta'rif berish juda qiyin. Masalan bitta tibbiyotning o`zidagina me'yor tushunchasiga 200dan ortiq ta'rif berilgan. Umumiy qolda me'yor- bu obektiv vokelikni belgilovchi ideal bilim, real voqealikni tavsiflovchi o`rtacha statistik ko`rsatkichdir. Tibbiyotda, psixologiyada, sotsiologiyada me'yorlarning o`z tasnifi, parametorlar, ko`rsatkichlari mavjud. Belgilangan,jamiyat tomonidan qabul qilingan va tan olingan me'yorlarga mos kelmaslik jarayoni ikkinchi bir tushuncha-chekinish yoki oqish bilan belgilanadi.

Ijtimoiy pedagogika “me'yor”hamda “me'yorlardan chekinish” masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular bolalarning ijtimoiy xulqi va rivojlanish jarayoninini tavsiflashda yordam beradi. Chekinishlar asosan, negativ va pozitiv xarakterga ega.

Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham normadan og’ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og’ishlar ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga ham jamiyat rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Negativ chekinishlarga aqli zayiflik, shuningdek, narkamaniya, alkogolizim, jinoyatchilik singani insoning ijtimoiylashuviga, umuman jamiyatga salbiy ta'sir ko`rsatadigan xarakterlar negativga kiradi.

Chekinishning (og`ishning) turlari.

Me'yorlardan chekinishning to`rtta turi mavjud. Bular: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy.

1.Jismoniy chekinish birinchi navbatda insonning sog`ligi bilan bog`liq bo`lib, tibbiy ko`rsatkichlar orqali belgilanadi. Bularga insonning bo`yi, vazni kabilar kirishi mumkin. Bundan tashqari biron bir faoliyat yuritishda imkoniyatlari cheklangan, ya'ni sog`ligi tufayli o`z qobiliyatini yo`qotgan, defekti bor insonlar hamda nogironlar shular jumlasidandir. Bola jismoniy rivojlanishidagi og’ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish qobiliyatlarining buzilishlari kiradi. Sog’ligida va rivojlanishida og’ishga moyillarning ko’p tasniflari mavjud. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qildi:


  • kasallik, xastalik - ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura elementlarini har qanday yo’qotish yoki ularning anomaliyasi;

  • cheklangan imkoniyat - inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab qo’yish;

  • nogironlik - yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biron-bir faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat.

Bunda “kamchilik” tushunchasi qo`llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik, murakkab hamda og`ir kamchiliklar bo`lishi mumkin. Jismoniy kamchilikka insonning rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar kiradi. Ya'ni xronologik, somatik yoki yuqimli kasalliklar shular jumlasidandir.

Psixik kamchilik insonning psixik rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar bo`lib u ta'lim olishda ma'lum qiyinchliklarni vujudga keltirishi mumkin.

Unga nutqning buzilishi, miyaning zararlanishi kabilar kiradi.

Murakkab kamchilik qam jismoniy va psixik kamchiliklarni o`z ichiga oladi.

Og`ir kamchilik- bu Davlat ta'lim standarlari asosida ta'lim olishga layoqatsiz jismoniy va psixik kamchiliklarning yuqori darajasidadir.

2.Psixik chekinish birinchi navbatda bolaning aqliy rivojlanganlik darajasi hamda ularning psixik kamchiliklari bilan bog`liq. Bu guruh insonlarga :

▪ Psixik rivojlanishida turli xil to`siqlar mavjud insonlar.

▪ Aqliy zaiflar.

▪ Oliygofrenik

Normadan ruhiy og’ishlar avvalambor bolaning aqliy rivojlanishi, uning ruhiy nuqsonlariga bog’liqdir. bu turdagi og’ishlarga avvalambor ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi, bolalarning aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug’ma nuqsonlari yoki jarohat asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli darajada-engil aqliy zaiflikdan, chuqur-tentaklikkacha namoyon bo’ladi.

Ruhiy og’ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og’ishlarning yana bir turi emotsion faoliyatining buzilishidir. Bu og’ish turining eng og’ir shakllari deb autizm-muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)larni keltirsak bo’ladi.

Bolalarning iqtidorliligi alohida og’ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlab beruvchi qobiliyatlarning o’ziga xos uyg’unligidir. Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab balki, faoliyat mahsullari xarakteriga qarab ham belgilanadi.

3.Pedagogik chekinish-bu pedagogika va ijtimoiy pedagogika fanida ham qo`llanib kelingan tushunchadir. Pedagogik chekinish deganimizda ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko`ra ta'lim-tarbiya ola olmagan o`quvchilar tushuniladi. Bunga DTS talablari darajasida bilim ola olmagan yoki o`z istiqboli, kelajagi uchun harakat qilmagan o`quvchilar, ularning intividual rivojlanish me'yorlari kiradi. Pedagogik chekinishda birinchi navbatda o`quvchilarning umumiy o`rta ta'limga ega bo`la olmasligi kiradi.

Bunday bolalar kategoriyasiga ma'lum sabablarga ko`ra o`qishga bormagan, faqat boshlanqich ta'lim olish bilan cheklangan bolalar kiradi. Bunday holatlarning ko`plab (ob'ektiv va sub'ektiv) sabablar mavjud. Masalan, o`quvchilar yoki talabalarning darsdan qochishi, materialni o`zlashtira olmaslik, o`qishdan bezishi, dangasalik, oiladagi nosoqlom muqit, bolalarning pul topish ilinjiga tushib ketishi, ekologik yoki ijtimoiy kataklizmalar natijasida bolalarning ota-onalaridan ayrilishi va q.k. Bunday sabablarni ko`plab, minglab keltirish mumkin. Ko`pchilik holatda pedagogik chekinishga bolalarning qanday sharoitda yashashaiga bog`liq: o`qish bilan qiziqadigan oiladami yoki aksincha o`qishni ikkinchi darajali deb qisoblaydigan oiladami va q.k.

Pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta’lim olayotganlar faoliyatini tartibga solganidan turli normalar qo’llanmoqda. Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan standartlarga, shuningdek o’quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga yana ta’lim olishda yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi bola rivojlanishining normalarini ham kiritsak bo’ladi.

Ta’lim olinishi yoki olinmasligi normalari haqida nihoyatda aniqlik bilan gapirsa bo’ladi. So’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra ta’lim ololmagan bolalar ham paydo bo’ldilar. Normadan bunaqa og’ishlarni pedagogik og’ish desak bo’ladi. Umumiy ta’lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bular maktabga bormaydigan, fayoatgina boshlang’iya maktabni tugatgan, umumiy o’rta ta’lim olmagan bolalardir. Bunaqa holatlarni yuzaga kelishi uchun bizning davlatda sabalar talaygina: dars qoldirish o’qishga intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko’chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizmlar bolalar ota-onalaridan judo bo’lishlariga olib keladi. Daydilikka moyilligi bo’lga bolalar soni ham ko’paymoqda. Bolalar maktablarda tahsil olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirsak bo’ladi.

4.Ijtimoiy chekinish. Ijtimoiy chekinish tushunchasi ijtimoiy me'yor tushunchasi bilan bog`liq. Ijtimoiy me'yor-bu jamiyat rivojlanishining ma'lum bosqichida insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati va xulq-atvoridagi yo`l qo`yilgan yoki mumkin bo`lgan qoidalar, hatti-harakatlar andozasidir. Ijtimoiy chekinish yoki og`ishlarning oldini olish va tartibga solib borish uchun qadimda turli xil afsonalar, an'analar va diniy marosimlar yaratilgan.

Ijtimoiy me'yor ikkita guruhga ajratiladi:

▪ Universal, ya'ni jamiyayatdagi barcha insonlarga xos.

▪ Xususiy, ya'ni jamiyatdagi ma'lum guruh yoki ma'lum kasb egalari xos me'yorlardir Ijtimoiy me'yorlarni, shuningdek huquqiy, ma'naviy, siyosiy, diniy va q.k.deb ham guruqlarga ajratish mumkin.

Ijtimoiy me'yorlar va insonlarning ulardan oqishi yoki chekinishi ular yashab turgan jamiyatning ajralmas faktori bo`lib hisoblanadi. Bolalar orasidagi ijtimoiy oqish esa uning o`sha jamiyatda salbiy sifatlar ta'sirida tarbiyalanishi, salbiy ijtimoiy guruhga kirishga, ijtimoiy rolni egallab, ijtimoiy tajribalarni o`rganishi sifatida xarakterlanadi. Pedagogika buni “tarbiyasi oqir bolalar” deb yuritishadi.

Ya'ni bu bolalarning hatti-harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan me'yorlarga zid. Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati esa shunday oqishlarni profilaktika hamda reabilitatsiya qilishga qaratilgandir.

M. A. Galaguzova tomonidan turli og’ish turlarining tasnifi quyidagicha berilgan:



Jismoniy

Ruhiy

Pedagogik

ijtimoiy

-kasallik,

-ko’rish

qobiliyatining

buzilishi,

-eshitish

qobiliyatining

buzilishi.


-ruhiy rivojlanish-

ning to’xtab qolishi,

-aqliy qoloqlik,

-nutq buzilishi,

-iqtidorlilik.


-umumiy o’rta

ta’lim olishdan

chetga chiqish,

-kasbiy ta’lim

olishdan chetga chiqish.


-yetimlik,

-xulq-atvor

normasidan og’ish: aroqxo’rlik;

norkamaniya;

taksikomaniya;

foxishabozlik;

daydilik va b.

ijtimoiy pedagogning og’ish xulq-atvorli bolalar bilan ish yuritishi og’ishlar profilaktikasi, muayyan norma va qoidalarni buzishni oldini olish, shuningdek xulq-atvorida u yoki bu og’ish aniqlangan bolalarning reabiliatatsiyasiga qaratilishi lozim.



Chekinish (oqish) nazariyasi.

Odob-axloq me'yorlari va ulardan chekinish yoki oqish qollari borasidagi to`plangan bilimlar ularning sabablarini belgilovchi faktorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bu faktorlarni uchta guruhga ajratish mumkin: biogen, sotsiogen va psixogen.

Insonlarning hayotdagi har qanday “og`ish” hollari ularning potentsial imkoniyatlarining cheklanishiga, tashqi muhit bilan muloqatga kirishishiga o`zining salbiy ta'sirini ko`rsatadi. Insonda ro`y beradigan holatlarni sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, tibbiyot kabi ko`plab fan sohalari o`zlarining spetsifik xususiyatlaridan kelib chiqib o`rganadi, bu borada o`z nazariyalarini boyitib boradi.

Masalan, tibbiyot fani me'yorlardan chekinish qolatini bolalarning patalogik sog`ligining buzilishi bilan bog`liq deb baholaydi. XIX-XX asrlarda chet mamlakatlarda imkoniyatlari cheklangan insonlarning tibbiy modeli hukmronlik qildi. Bu model imkoniyatlari cheklangan insonlarga hech bo`lmaganda elementlar ijtimoiy faoliyat yuritishlarini nazarda tutdi. Bunday insonlar ma'lum tayyorgarlikdan o`tib, o`zlari uchun o`zlari harakat qilishar va bu bilan ular kimgadir ortiqcha yuk mo`lmasligi mumkin edi.

So`ngra chekinish holatiga tushgan insonlarga nogiron (lat.invalidus-kuchsiz,ojiz)sifatida qarash vujudga keldi. Bu nazariyaga ko`ra imkoniyatlari cheklangan insonlar mutloq soqlom insonlar nazorati ostida bo`ldi. Bunday insonlarga yordam berish tashkil etildi va bu tibbiyot modeli davlatning ijtimoiy siyosatiga o`z tasirini o`tkazdi.

XX asrning 60-yillariga kelib imkoniyatlari cheklangan insonlarga yordam berishning tibbiy modelining o`rniga ijtimoiy model vujudga keldi va uning rivojlanishi psixolik tahlilga suyandi. Bu modelga ko`ra imkoniyatlari cheklangan insonlar assotsiatsiyalarga birlashib, o`z haq-huquqlarini talab etishdi va bu talab o`z sog`liqlarini tiklashdan ko`ra, jamiyat a'zolari bilan o`zaro munosabatni yaxshilashga nisbatan bo`ldi.


Savollar:

1. Nima uchun ijtimoiy pedagogikada norma va normadan og’ish tushunchalari o’rganiladi?

2. Bolalarda normadan og’ishning sababi nimada?

3. Normadan pedagogik og’ish deganda nima tushuniladi?

4. “ ijtimoiy og’ish” tushunchasining mohiyati nimada?

5. Normadan og’ishning qaysi nazariyalarini bilasiz?



5- Mavzu.

IJTIMOIY PЕDAGOGNING KASBIY FAOLIYATI. IJTIMOIY PЕDAGOGIKANING KATЕGORIYALARI, TAMOYILLARI VA MЕXANIZMLARI.

Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yordam, ijtimoiy reabilitatsion xizmat, ijtimoiy pedagogik ish metodlari, analitik, prognostik, loyiha, refleksiya, kasbiy status, empatiya, bilim, ko’nikma, sifat va fazilat

Reja:


  1. Ijtimoiy pedagog kasbi, uning vazifalari va huquqlari.

  2. Ijtimoiy pedagogning kasby sifatlari, etik majburiyatlari.

  3. Ijtimoiy pedagog faoliyatinnng modeli.

  4. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tamoyillari


Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari

SHu kunga qadar ijtimoiy pedagogning vazifasini bir—biri bilan bog’liq bo’lgan tibbiyot, sport, mnlitsiya, madaniyat tashkilotlari xodimlariga yuklatilib kelindi. Natijada jamiyat a’zolari ongida bolalar tarbiyasi bilan faqat o’qituvchi va ota-onalar shug’ullanishi lozim degan fikr o’rnashib qoldi. YUrtimizda ijtimoiy ishni kasb darajasiga olib chiqish hamda bu borada mutaxassis kadrlarni tayyorlash jamiyatda tarbiyaviy muammolarni hal etishda insonlarning yashash sharoitini yaxshilashda, eng asosiysi- har bir jamiyat a’zosini ijtimoiy himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagog oldiga qo’yiladigan kasbiy talablar:



  • ijtimony axborot berish, ya’ni bolalarga beriladigan ijtimoiy yordam va xizmat ko’rsatish spekgrlari haqida ma’lumot berish;

  • ijtimoiy -huquqiy yordam, ya’ni bolalarga, jamiyat a’zolariga o’z haq - huquqlarini anglashga yordam berish;

  • ijtimoiy - reabilitatsion xizmat, ya’ni insonldrning ma’naviy –axloqiy, emotsional, ruhiy holatlarinn taklashga yordam berish,

  • ijtimoiy- iqtisodiy yordam, ya’ni posobiya, konpensatsiya, nafaqalarni olishda hamkorlik qilish bolalar uylari bitiruvchilariga, yetimlarga moddiy yordam berishni tashkillashtirish;

  • ijtimoiy—tibbiy yordam berish, ya’ni bolalarni ijtimoiy patranaj qilish, voyaga yetmaganlar orasida kashandachilik, alkogolizm kabi holatlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish;

▪ ijtimoiy-psixologik, ya'ni oilada, turli mikrojamiyatda sog`lom muhitni tashkil etishga yordam berish:

▪ ijtimoiy-pedagogik, ya'ni bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning o`z haq-huquqlarini anglash, ularga sharoitlar yaratish, o`qituvchi va o`quvchi orasidagi ziddiyatlarni hal etish kabilardan iborat.

Ijtimoiy pedagog bu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta quyidagi sohalarda o`z bilimlarini boyitib borishi shart.

▪ milliy istiqlol g`oyasi huquqiy-me'yoriy baza (qarorlar, aktlar, buyruqlar, ko`rsatmalar, tashkilot tuzulmalari va x.k.),

▪ ijtimoiy pedagogikaning tarixi va nazariyasi

▪ yosh davrlar psixologiyasi

sotsiologiya

▪ ijtimoiy-pedagogik ishlarni olib borish hamda rejalashirish metodlari va h.k.

Shuningdek, ijtimoiy pedagogdan quyidagi malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi:

▪ analitik, ya'ni sotsiumda ro`y berayotgan jarayonlarni nazariy tahlil etish, bolaning ruqiy olamini anglay bilish, ularning muammolarini hal etishga doir hamkorlik faoliyatini tashkil etish;

▪ prognostik, ya'ni tashkil etilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bo`yicha bolaning muammolarini hal etish yo`llarini bashorat qilish;

▪ loyiqalash, ya'ni ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmunini aniqlash va rejalashtirish;

▪ refleksiv, ya'ni ijtimoiy pedagog o`zining faoliyatini tahlil etib borishi;· kommunikativ, ya'ni ijtimoiy pedagogning insonlararo muloqat madaniyatini egallashi. U boshqalar fikrini eshita bilish, muloqatga kirisha bilish, faktlar to`plash singari faoliyatlarni o`z ichiga oladi.

Kasbiy status-bu kasb kodeksida ko`rsatilib, sub'ektning insonlararo munosabatlar tizimidagi kasbiy holati, huquqlari, majburiyatlaridir.



Ijtimoiy pedagog huquqlari

Ijtimoiy pedagog jurnalistlar kabi ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga kirib bora olishi kerak. Buning uchun u davlat qonun chiqaruvchi organlari bilan mustaqkam aloqada bo`lishi talab etiladi. O`zining bu faoliyatida u:· bolalarning , umuman jamiyat a'zolarining ijtimoiy talablariga doir axborotlar to`plash, sotsiologik savol-javoblar o`tkazish, diagnostik tekshiruv ishlarini olib borish huquqiga;

▪ muayyan ijtimoiy muammolarni hal etish yuzasidan jamiyat organlariga va davlat tashkilotlariga murojat etish huquqiga;

▪ davlat organlarini ular faoliyatiga doir mavjud muammolardan xabardor etish huquqiga;

▪ ijtimoiy faollik va u yoki bu tashabbus bilan chiqadigan ota-onalar, oilalar, homiylarni rag`batlantirish huquqiga;

▪ ommaviy axborot vositasi yordamida ma'lum ijtimoiy faoliyat yoki namunavty oila tarbiyasi tajribalarini tarqib etish huquqiga;

▪ yashash joyi ish va o`quv jarayonlarida ma'lum ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan fuqarolarning ijtimoiy harakatini boshqarish kabi huquqlarga ega.

Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari.

Ijtimoiy pedagog asosan xalq ommasi Bilan ishlaydigan shaxsdir. U o`z faoliyati jarayonida turli xarakterdagi insonlar bilan muloqatga kirishishiga to`qri keladi. Bu vaziyatda ular bilan turli xil ziddiyatlarga bormaslik, ularning har birining ko`ngliga, yuragiga kirib borish uchun sifat va fazilatlarga ega bo`lishi talab etiladi: empatiya (dunyoni boshqalarning ko`zi bilan ko`rish, tushuna bilish), xayrihoqlik, ezgulik, to`qrilik, ochiq ko`ngillik, aniq mo`ljal olish, samimiylik, kommunikabellik(boshqalar bilan chiqisha bilish)Ijtimoiy pedagogning ahloqiy majburiyatlari Ijtimoiy pedagog o`z mijozlarining qalbiga kirib borishida uning ahloqiy majburiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning aqloqiy majburiyatlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bular: o`z mijozlariga nisbatan axloqiy muloqatda bo`lish, ya'ni ularning haq huquqlari va imtiyozlarini birinchi darajali deb bilish;

▪ ular bilan muloqatga kirishishda ahloq me'yorlarga amal qilish (hurmat, haqqoniyat. hushmuomilalik, alohida etibor va h.k.)

▪ rahbarlar yoki yetakchi tashkilotlarga nisbatan yetuk majburiyatlar

▪ o`z kasbi oldidagi axloq majburiyatlar, ya'ni o`z kasbining mazmuni va mohiyatini anglash, mas'uliyatni his etish, faollik ko`rsatish va h.k.

Ijtimoiy pedagog faoliyatining modeli.

Ijtimoiy ish bilan har kim ham shug`ullana olmaydi. Ijtimoiy pedagog turli xil harakterdagi insonlar bilan muloqatda bo`ladi. Bu insonlar o`zlarining muammolari bilan, albatta, ijtimoiy pedagog shaxsiga qarshi ta'sir ko`rsatadi. Mijozlarga yordam beruvchi mutaxassisdan esa ularga o`z ta'sirini o`tkaza bilishi talab etiladi. Bu muloqat negativ va pozitiv bo`lishi mumkin. Ijtimoiy pedagogning vazifasi birinchidan,negativ ta'sirga qarshi tura olishi, ikkinchidan madaniy empatiyani amalga oshirgan holda vaziyatdan chiqib ketish talab etiladi. Bunga mijozga ta'sir o`tkazish, ishontirish,

singdirish, xissiy zararsizlantirish kabi metodlardan foydalaniladi.

Ijtimoiy pedagogga qo`yilayotgan barcha talablarni inobatga olib, ijtimoiy pedagog faoliyatining kasbiy modeli yaratilgan. U quyidagi jadvalda o`z aksini topgan.




Model komponentlari

Faoliyat yo`nalishlari nisbatan:


1.Kasbiy bilim

2.Kasbiy malakalar

3.Kasbiy sifat va fazilatlar


O`ziga

bolaga

kattaga

jarayonga










Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari

Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etgan.



Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari


Pedagogika

Ijtimoiy pedagogika

· ta'lim

 o`qitish

 tarbiya

 pedagogik faoliyat



 ijtimoiy ta'lim

 o`qitishning ijtimoiy jihatlari

 ijtimoiy tarbiya

 ijtimoiy pedagogik faoliyat

 ijtimoiylashuv

 ijtimoiy institut

 ijtimoiy adaptatsiya

 ijtimoiy reabilitatsiya



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə