O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 370 Kb.
səhifə6/6
tarix23.04.2018
ölçüsü370 Kb.
#39880
1   2   3   4   5   6

Tarkibi va ahamiyati. Quruqlik transporti va uning turlari, suv transporti, havo transporti. Elektron transport, yuk tashish o`lchamlari. O`zbekistondagi yirik davlat va xalqaro ahamityaga ega bo`lgan yo`llar. Mustaqillik yillarida qurilgan yangi yo`llar. O`zbekistonning Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatlari.


Xalqaro iqtisodiy aloqalar (2 soat)
Xalqaro iqtisodiy aloqalar va ularning turlari: xalqaro savdo, xalqaro ishlab chiqarish, xalqaro xizmat, xalqaro turizm, moliya-kredit munosabatlari. O`zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarining asosiy yo`nalishlari, qo`shma korxonalar. Tashqi iqtisodiy aloqalari, eksport va import ko‘rsatkichlari.

Ishlab chiqarishga o‘quv sayri (1soat)

Takrorlash (1 soat)
Iqtisodiy rayonlar tavsifi (27 soat)
Iqtisodiy rayonlashtirish (2 soat)

Geografik yoki hududiy mehnat taqsimoti. O`zbekistonning iqtisodiy rayonlarga ajratilishi. Iqtisodiy rayonlarning ixtisoslashuv va ular xo`jaligining majmua tarzida rivojlanishi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari.



Toshkent iqtisodiy rayoni (4 soat)

Rayonning iqtisodiy geografik o`rni va tarkibi. Tabiiy sharoiti va boyliklari. Toshkent iqtisodiy rayoning O’zbekiston xalq xo`jaligida tutgan o`rni. Aholisining miliy tarkibi va malakali kadrlar tayyorlashdagi salmog`i. Ixtisoslashgan tarmoqlari. Yoqilg`i-energetika bazasi. Muhim sanoat tarmoqlari va markazlari. Qishloq xo`jaligi. Rayonning ichki tuzilishi, Toshkent viloyat va Toshkent shahri. Rayonning ijtimoy sohalari.


Mirzacho`l iqtisodiy rayoni (3 soat)

Iqtisodiy geografik o`rni. Ma`muriy bo`linishi. Tabiiy sharoiti va boyliklari. Aholisi. Ixtisoslashgan tarmoqlari. Transporti.



Sirdaryo viloyati. Aholisi, qishloq xo`jaligi, sanoati. Viloyat shaharlari. Viloyatdagi ekologik muammolar.

Jizzax viloyati. Aholisi, qishloq xo`jaligi, yirik sanoat markazlari.
Farg`ona iqtisodiy rayoni (4 soat)

Chegaralari, geografik o`rni. Ma`muriy bo`linishi. Aholisi, milliy tarkibi va zichligi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Xo`jaligi. Sanoati va qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlari. Sanoat tarmoqlari. Qo`shma korxonalar. Transporti, Ijtimoiy sohalar rivojlanishi.



Andijon viloyati. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi va mehnat resurslari. Ixtisoslashgan tarmoqlari, sanoat markazlari. Andijon paxtachiligi.

Farg`ona viloyati. Tabiiy sharoiti va boyliklari. Viloyatning mamlakatda tutgan o`rni. Aholisi. Xo`jaligi. Sanoat tugunlari va markazlari.

Namangan viloyati. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi. Xo`jaligi. Muhim sanoat markazlari va sanoat tugunlari. Qishloq xo`jaligining ixtisoslashuvi va joylanishi.

6-Amaliy ish

( 1 soat )

Samarqand iqtisodiy rayoni (4 soat)

Iqtisodiy geografik o`rni va tarkibi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi, milliy tarkibi. Xo`jaligi. Sanoati, qishloq xo`jaligi. Dehqonchilik, paxtachilik, bog`dorchilik va uzumchilik. Asosiy sanoat tugunlari, rekreatsiya va turizm. Rayonning ichki tafovutlari va sohalarini rivojlanishi.



Samarqand viloyati. Geografik o`rni, tabiiy sharoiti va resurslari, ixtisoslashag tarmoqlari. Sanoati, uning tarmoqlar tarkibi va joylanishi, qo`shma korxonalari. Qishloq xo`jaligi va yetakchi tarmoqlari. Rekreasiya va turizm.

Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni. (5 soat)

Iqtisodiy geografik o’rni va tarkibi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi, milliy tarkibi. Xo`jaligi. Sanoati, qishloq xo`jaligi. Dehqonchilik, paxtachilik, bog`dorchilik va uzumchilik. Asosiy sanoat tugunlari, rekreatsiya va turizm. Rayonning ichki tafovutlari va sohalarini rivojlanishi.



Buxoro viloyati. Tabiiy sharoiti va boyliklari. Mamlakatda tutgan o`rni. Aholisi, sanoat tugunlari va markazlari. qishloq xo`jaligi. Iqtisodiy tarmoqlari, turizm.

Navoiy viloyati. Tabiiy sharoiti va resurslari. Viloyatning miliy iqtisodiyoti. Aholisi va mehnat resurslari. Tog`- kon sanoati, rangli metallurgiya sanoati, muhim sanoat markazlari.

7- Amaliy ish ( 1 soat )

Janubiy iqtisodiy rayon (4 soat)

Qashqadaryo va Surxondaryo iqtisodiy rayonlari.

Iqtisodiy- geografik o`rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi va ma`muriy bo`linishi, o`sishi va joylanishi. Xo‘jaligi. Yoqilg`i-energetika sanoati. Energetika kimyo majmui. Yengil oziq-ovqat sanoati. Asosiy sanoat markazlari. Qishloq xo`jaligi, sug`orish inshoatlari. Transport va tashqi ijtimoiy aloqalari.



Surxondaryo viloyati. Geografik o`rni, tabiiy sharoiti va qazilma boyliklari. Aholisi va mehnat resurslari. Sanoat va uning yetakchi tarmoqlari. Qishloq xo`jaligi, ingichka tolali paxta yetishtirish, subtropik dehqonchilik. Transporti, yangi quriladigan yo`llar. Ijtimoiy sohalar rivojlanishi.

Qashqadaryo viloyati. Iqtisodiy- geografik o`rni, yoqilg`i-energetika va boshqa qazilma boyliklari. Aholisi, o`sishi va joylanishi, mehnat resurslari. Sanoati, neft va gaz qazib olish, yengil va oziq-ovqat sanoati. Qishloq xo`jaligi, paxtachilik, Qarshi dashtining o`zgartirilishi va ekologik muammolar.

Bog`dorchilik, chorvachilik va uning ixtisoslashuvi. Transport tizimi.


Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni (4 soat)

Iqtisodiy- geografik o`rni. Tabiiy sharoiti va ma`muriy bo`linishi. Aholisi, milliy tarkibi. Xo`jaligi. Sanoati. Yengil oziq-ovqat sanoati. Qishloq xo`jaligi. Chorvachilik. Sholi yetishtirish. Transporti. Orol bo`yidagi ekologik muammolar.



Xorazm viloyati. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi va mehnat resurslari. Sanoati. Qishloq xo`jaligi. Urganch va Xiva shaharlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Hududining kattaligi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi. Xo`jaligi. Sanoati, qo`shma korxonalari. Qishloq xo`jaligi. Paxtachilik, sholichilik va chorvachilikning rivojlanishi va joylanishi.

Rayonning ekologik muammolari.



8- Amaliy ish ( 1 soat )

Yakuniy takrorlash ( 1 soat)


9-SINF “JAHONNING IQTISODIY - IJTIMOIY GEOGRAFIYASI”
Kirish (1 soat)
Fanning maqsadi va vazifalari. Tarkibiy qismlari, tuzilishi. Geografik fanlar tizimida tutgan o‘rni. Darslik bilan ishlash usullari.

I bo‘lim Jahonning umumiy ta‘rifi

Jahonning siyosiy xaritasi (4 soat)

Siyosiy xarita tushunchasi, shakllanish omillari va bosqichlari. Mamlakatlarning guruhlari va turlari. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar. Davlat tuzumi. Davlatni boshqarish shakllari (respublika, monarxiya). Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tashkilotlar.



Xalqaro munosabatlar va ularni rivojlantirish muammolari.

1-amaliy ish:

Jahon tabiiy resurslari

Atrof-muhitning ifloslanishi (4-soat)

Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro aloqadorligi va ta’siri. Geografik muhit, atrof-muhit, tabiiy sharoit tushunchalari. Jamiyat bilan tabiatning o‘rtasida modda almashinuvi. Resurslar bilan ta’minlanganlik tushunchasi. Tabiiy resurslarning asosiy turlari: mineral, Yer, suv, biologik va iqlimiy resurslar. Atrof muhitning ifloslanishi. Tabiatni qo‘ riqlashning asosiy yo‘llari. Ekologik siyosat.



Jahon aholisi (8 soat)

Aholining soni, o‘sishi. Aholining ko‘payishi tushunchasi. Tug‘ilish, o‘lish va tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari. Aholi ko‘payishining turlari. Demografik portlash. Demografik siyosat tushunchalari. Aholining tarkibi: jinsiy, yosh bo‘yicha, etnik (milliy), diniy tarkibi. Til oilalari va guruhlari. Jahondagi eng yirik til oilalari, guruhlari va millatlar. Jahondagi yirik dinlar.

Aholining joylanishi va migratsiyasi. Aholining notekis joylanishi va zichligi. Migratsiya xusuiyatlari, yo‘nalishi, sabablari. Turlari (tashqi va ichki migratsiya). Shahar aholisi va uning o‘sishi. Urbanizatsiya tushunchasi, xususiyatlari, urbanizatsiya darajasiga ko‘ra mamlakatlarning toifalarga bo‘ linishi. Qishloq aholisi. Aholi va atrof muhit.

2-amaliy ish:

Ilmiy - texnika inqilobi va jahon xo‘jaligi (2 soat)

Fan-texnika inqilobi haqida tushuncha. Asosiy xususiyatlari: ko‘p qirraliligi, qayta qurishni nihoyatda tezlashib yuborishi, insonning ishlab chiqarishdagi o‘rnining tubdan o‘zgarishi, ilmiy-texnika inqilobi sifatida paydo bo‘lganligi. Tarkibiy qismlari: a) fan; b) texnika va texnologiya; v) ishlab chiqarish; g) boshqaruv. Fantalab tarmoqlar. Texnika va texnologiyaning evolyutsion va inqilobiy taraqqiyoti. Ishlab chiqarish taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari: elektronlashtirish, kompleks avtomatlashtirish, energetika xo‘jaligini qayta qurish, yangi materiallar ishlab chiqarish, biotexnologiyaning jadal rivojlanishi, koinotni o‘zlashtirish.



Jahon xo‘jaligi (3 soat)

Jahon xo‘jaligi tushunchasi. Jahon bozorining shakllanishi va uning omillari. Jahon xo‘jaligining geografik “modeli” ning ko‘p markazlilik xususiyati. Xalqaro mehnat taqsimoti haqida tushuncha. Xalqaro ixtisoslashish tarmog‘i, xalqaro iqtisodiy integratsiya, regional iqtisodiy integratsiya (neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar ittifoqi - OPEK).


Fan-texnika inqilobining jahon xalq xo‘jaligiga ta’ siri (2-soat)

FTI ning xo‘jalikning o‘sish sur’ati va rivojlanish darajasiga ta’siri. Uchinchi sanoat inqilobi. Xalqaro (transnatsional) korporatsiyalar. FTI ning jahon xo‘jaligidagi asosiy tarmoqlariga, xo‘jalik tarmoqlarining joylanishiga, xo‘jalikning hududiy joylashishiga (hududiy, iqtisodiy geografik, tabiiy sharoit va resurs, transport, mehnat resurslari, hududiy to‘planish, ilmtalablik, ekologik omillar) ta’siri. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalikning hududiy tuzilishi va regional siyosat. Iqtisodiy rayonlar tizimi: yuqori darajada taraqqiy etgan rayonlar, tanazzulga uchragan rayonlar, qoloq agrar rayonlar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xo‘jalikning hududiy tuzilishi va regional siyosat.



Sanoat geografiyasi (6 soat)

Sanoat haqida tushuncha. Sanoatning vujudga kelgan vaqtiga qarab guruhlarga bo‘linishi: eski tarmoqlar, yangi tarmoqlar, eng yangi tarmoqlar guruhlari. Yoqilg‘i-energetika majmuasi. Yoqilg‘i ishlab chiqarish va iste‘mol qilishning o‘sishi. Rivojlanishning uchta bosqichi: ko‘mir, neft va tugamaydigan energetika manbalariga o‘tish bosqichlari. Neft va gaz sanoati. Neft qazib oladigan va eksport qiladigan asosiy davlatlar. Yaqin va O‘rta Sharq neft havzalari. Gaz sanoati. Ko‘mir sanoati. Ko‘mir qazib oladigan yirik davlatlar. Ko‘mir sanoatining asosiy xususiyati. Elektroenergetika va uning asosiy tarmoqlari: issiqlik energetikasi, gidroenergetika, atom energetikasi, noan’anaviy energiya resurslari (geotermal, shamol, to‘lqin, quyosh, qalqish energetikasi).

Metallurgiya sanoati: qora metallurgiya. Tayanish turlari: toshko‘mir havzalari, temir ma’dani havzalari, kokslanadigan ko‘mir va temir ma‘dani keltirishga, iste’molchiga tayanish. Qora metallurgiya rivojlangan davlatlar: Yaponiya, AQSH, Rossiya, G‘arbiy Yevropa davlatlari, Xitoy, Braziliya va h.k. Rangdor metallurgiya. Afrikaning mis mintaqasi, alyuminiy sanoati. Rivojlanayotgan mamlakatlarda metallurgiya sanoatining rivojlanishi.

Mashinasozlik. Uning 4 eng asosiy hududi: a) Shimoliy Amerika; b) G‘arbiy Yevropa; v) Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo; g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi. Mashinasozlik bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlar. Kimyo sanoati: to‘rt eng asosiy hudud: AQSH, G‘arbiy Yevropa, MDH, Yaponiya. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ximiya sanoatining shakllanishi va rivojlanishidagi asosiy xususiyatlari. O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza- qog‘oz sanoati. Shimoliy o‘rmon mintaqasi (Rossiya, Kanada, Shvetsiya, Finlyandiya). Yog‘och mahsulotlari eksporti bo‘yicha jahonda Kanada yetakchi o‘rinni egallab turganligi. Janubiy o‘rmon mintaqasi (Braziliya, Tropik Afrika, Janubiy-sharqiy Osiyo).

Yengil sanoat. Asosiy o‘zgarishlar. To‘qimachilik korxonalari rivojlangan rayonlar:

1) G‘arbiy Yevropa; 2) Janubiy Osiyo; 3) MDH; 4) AQSH. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda to‘qimachilik sanoatining rivojlanishidagi o‘zgarishlari. Rivojlangan davlatlarning to‘qimachilik mahsulotlarni eksport qiladigan davlatlarga aylanishi. Sanoat va atrof muhit.


Qishloq xo‘jaligi va baliqchilik (5 soat)

Moddiy ishlab chiqarishning yetakchi ikkinchi tarmog‘i. Tovar qishloq xo‘jaligi. Iqtisodiy jihatdan turlicha rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos rivojlanishi. Agrobiznes. “Yashil inqilob”, uning tarkibiy qismlari: a) yangi ilg‘or navlarni yaratish; b) irrigatsiyani kengaytirish; v) mexanizatsiyalash va kimyolash. Don ekinlari. Bug‘doy, sholi va makkajo‘xori ekiladigan asosiy rayonlar. Moyli ekinlar, ildizmevali ekinlar. Quvvat beruvchi, tolali o‘simliklar. Tabiiy o‘simliklar. Tabiiy kauchuk yetishtiriladigan regionlar. G‘alla eksport qiladigan asosiy mamlakatlar: AQSH, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Argentina. Chorvachilik, asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik. Qishloq xo‘jaligi va atrof muhit. Baliqchilik. Dengizlarda, okeanlarda va daryolarda baliq tutish. Jahonda tutiladigan baliqning 50% oltita davlatga to‘g‘ri keladi: Yaponiya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Chili, Peru. Asosiy baliq ovlanadigan rayonlar. Baliqlarni sun‘iy havzalarda ko‘paytirish. Akvakultura va marikultura tushunchalari.



3-amaliy ish: (1 soat)

Transport geografiyasi (4 soat)

Transport moddiy ishlab chiqarishning uchinchi yetakchi tarmog‘i. FTI ning transport rivojlanishiga ta’siri. Jahon transport geografiyasi sistemasidagi geografik tafovutlar. Mamlakatlarning ikki guruhi: iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar transporti. Regional transport tizimlari. Quruqlik transporti: avtomobil, temir yo‘l, quvur transporti. Avtomobil va temir yo‘llarning uzunligi va zichligi. Temir yo‘l uzunligiga ko‘ra yetakchi davlatlar: AQSH, Rossiya, Kanada, Hindiston, Xitoy, Avstraliya, Argentina, Fransiya, Germaniya va Braziliya.

Suv transporti: dengiz transporti, dengiz trassalari, tashiladigan yuklar tarkibi. Dengiz savdo floti. Dengiz floti rivojlangan davlatlar: Liberiya, Panama, AQSH, Yaponiya, Gretsiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya dengiz portlari. Jahon portlari. Portlarning yuk o‘tkazish quvvati. Jahon kema qatnovida yetakchi bo‘lgan okeanlar. Dengiz kanallari, bo‘g‘izlari. Ichki suv transporti. Kema qatnovi uchun qulay daryolar. Sun‘iy suv yo‘llari. Havo transporti. Asosiy xususiyatlari. Havo transporti eng rivojlangan davlatlar. Aeroportlar. Transport va atrof-muhit.

Xalqaro iqtisodiy aloqalar (3 soat)

Yangi xalqaro iqtisodiy tartib va uning dasturi. Erkin iqtisodiy zonalar. Xalqaro savdo. Tovarlar tarkibi. Jahon savdosining geografik taqsimlanishidagi notekislik. Savdo balansi (muvozanati). Kredit-moliya munosabatlari. Erkin almashinadigan valyuta. Xalqaro ishlab chiqarish hamkorligi. Fan-texnika aloqalari. Xalqaro xizmat ko‘rsatish sohasi. Xalqaro turizm. Dunyoning bosh turistik mintaqasi – Yevropa.



4-amaliy ish:
II bo‘lim Jahonning regional tavsifi

Yevropa mamlakatlari umumiy tavsifi (12 soat)
Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasining shakllanishidagi asosiy bosqichlar: birinchi va ikkinchi jahon urushlari hamda hozirgi bosqich. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi va uning asosiy ko‘rsatkichlari. Urbanizatsiya darajasi va shaharlari.

Xo‘jaligining umumiy ta’rifi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, kimyo, yoqilg‘i-energetika, metallurgiya, o‘rmon, yengil sanoat. Qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligining Shimoliy Yevropa, O‘rta Yevropa va Janubiy Yevropa turlari. Baliqchilik. Transporti: temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, daryo, dengiz, havo, quvur transporti. Fan va moliya tizimi: ilmiy tadqiqot va bank markazlari. Dam olish va turizm hududlari. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolar.

Rivojlanishning “markaziy o‘qi”. Yuksak rivojlangan, eski sanoat, qoloq agrar va yangi o‘zlashtirilayotgan rayonlar. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning region xo‘jaligi hududiy strukturasiga ta’siri. Yevropaning subregionlari: Shimoliy, O‘rta, Janubiy, Sharqiy Yevropa davlatlari.

5-amaliy ish:
Germaniya Federativ Respublikasi ( 2 soat )

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi. Xo‘jaligi, yirik sanoat rayonlari, qishloq xo‘jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari


Rossiya Federatsiyasi (3 soat)

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi. Xo‘jaligi, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari.



Osiyo mamlakatlari

Umumiy tavsifi (3 soat)

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasining shakllanishidagi asosiy bosqichlari. Tabiiy sharoiti va resurslari.

Aholisi. Xo‘jaligi. Sanoat rivojlanishidagi olti guruh mamlakatlar. Qishloq xo‘jaligining asosiy rayonlari. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolar. Osiyoning subregionlari: Janubi-g‘arbiy Osiyo (Arab davatlari, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Kavkaz davlatlari) Janubi Osiyo Davlatlari (Hindiston, Pokiston, Butan, Nepal), Janubi-sharqiy Osiyo (Hindi-Xitoy yarimoroli davlatlari, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Filippin), Markaziy va Sharqiy Osiyo (Mo‘g‘iliston, Xitoy, Koreya davlatlari, Yaponiya).
O‘zbekistonga qo‘shni mamlakatlar (8 soat)

Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston
Umumiy tavsif: mustaqillik yillarida bu mamlakatlarda ro‘y bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy o‘zgarishlar. Har bir davlatning hududiy chegaralari, aholisi, tabiiy sharoitiga, tabiiy resurslariga xo‘jalik va siyosiy jihatdan baho berish. Ularning xo‘jaligiga umumiy sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, siyosiy va iqtisodiy aloqalari, O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalari, Buyuk Ipak yo‘lini tiklash uchun harakati.

Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Pokiston (5 soat)

Hududi, tabiiy sharoiti va resurslariga xo‘jalik jihatdan tavsif. Aholisi, xo‘jaligi. Tashqi iqtisodiy, siyosiy va boshqa xil aloqalari. O‘zbekiston bilan aloqalarining rivojlanayotgani.



6-amaliy ish:

Xitoy (2 soat)

Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi, demografik siyosati, xo‘jaligi, sanoati va qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari. Iqtisodiy zonalari (sharqiy, markaziy, g‘arbiy).



Koreya Respublikasi (1 soat)

Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi. Iqtisodiyotining umumiy tavsifi. O‘zbekiston bilan tashqiy iqtisodiy aloqalari.


Yaponiya (2 soat)

Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi va uning ko‘rsatkichlari. Xo‘jaligi. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Transporti.



Hindiston (1soat)

Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi, xo‘jaligi, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti.



Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlari (3 soat)

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasining shakllanishi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Yoqilg‘i-energetika resurslari va ularning region davlatlari xo‘jaligi rivojlanishidagi ahamiyati. Aholisi. Sanoati va qishloq xo‘ jaligining xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlari. Transporti va subregionlari.


Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari (3 soat)

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasi. Davlatlari va davlat tuzumi. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Aholisi. Xo‘jaligining xalqaro ixtisoslashgan sohalari. Transporti, subregionlari.



Afrika (3 soat)

Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasi shakllanishidagi asosiy bosqichlar. “Afrika yili”. Afrikaning hozirgi siyosiy xaritasi, davlatlari va ularning turlari. Tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari, tabiiy boyliklari: mineral, Yer, suv, biologik, rekretsiya. Aholisi va uning asosiy ko‘rsatkichlari. Urbanizatsiya darajasi va shaharlari. Xo‘jaligi. Afrikaning dunyo xo‘jaligida tutgan o‘rni. Sanoati. Tog‘-kon sanoati. Qishloq xo‘jaligi. Dehqonchilik va chorvachilik rayonlari. Afrikaning jahon tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishdagi o‘rni. Sanoat va oziq-ovqatlar yetishtiradigan davlatlar. Transporti va Afrikaning subregionlari.


Janubiy Afrika Respublikasi 1 soat

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Davlatlari va davlat tuzumi. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Aholisi. Xo‘jaligining xalqaro ixtisoslashgan sohalari. Transporti


Avstraliya va Okeaniya (2 soat)

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasi. Davlatlari. Orol davlatlarining ko‘pligi. Tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari. Aholisi. Xo‘jalik rivojlanishining asosiy xususiyatlari. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Chorvachilik. Subregionlari: Avstraliya Ittifoqi, Yangi Zelandiya, Polineziya, Mikroneziya, Melaneziya davlatlari.


Shimoliy va Markaziy Amerika davlatlari (4 soat)

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasining shakllanishidagi asosiy geografik bosqichlar. Tabiiy sharoiti va resurslarining xo‘jalik rivojlanishidagi ahamiyati. Aholi tarkibining shakllanishidagi o‘ziga xos jihatlari. Urbanizatsiya darajasi, yirik shaharlari. Xo‘jaligi. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi, transporti.



AQSH

Maydoni, chegaralari, geografik joylanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Tabiiy sharoiti va resurslari. Urbanizatsiya darajasi, shaharlari. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Transporti va transport magistrallari. AQSh regionlari.


Markaziy Amerika davlatlari

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasi. Davlatlari. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi. Xo‘jalik rivojlanishining asosiy xususiyatlari. Sanoati va qishloq xo‘jaligining asosiy yutuqlari. O‘ziga xos xususiyatlari. Subregionlari. Quruqlikdagi davlatlar.


Kanada

Maydoni, chegaralari, geografik joylanishi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Tabiiy resurslari joylanishidagi tafovutlar. Sanoati va qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari. Transporti. Hududiy tafovutlari.



7-amaliy ish:
Janubiy Amerika va Karib dengizi bo‘yi davlatlari (4 soat)

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasi, davlatlari va davlat tuzumi. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Tabiiy resurslarining joylanishi. Suv resurslari bilan yuqori darajada ta‘minlanganligi. Aholisi: ko‘payishi, etnik tarkibi, urbanizatsiya. Aholi joylanishidagi uch eng asosiy xususiyat. Urbanizatsiya darajasi va shaharlari. Xo‘jaligi. Plantatsiya xo‘jaligi. Xo‘ jaligining hududiy tuzilishi va regional siyosat. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolar. Subregionlari: And davlatlari, Materikning sharqiy qismidagi davlatlar. Braziliya xo‘jaligi. Karib havzasidagi davlatlar.



Umumlashtiruvchi takrorlash (1 soat)






Yüklə 370 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə