O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

“ maktabi usuli jadida”
yani 
“ yangi usul maktabiga”
asos soldi. Ismoil Gasprinskiy taklif etgan 
“Usuli 
jadid”
maktabining tuzilishi, darslarning tashkil qilinishi, о‘qitish metodikasi, 
nazorat turlari kо‘p jihatdan Yevropa ta’lim tizimiga yaqin bо‘lgan. U 
madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni о‘qitish masalalarini kо‘tardi. 
Jumladan, diniy fanlar va arab tili bilan birga tibbiyot, kimyo kabi fanlarni 


34 
о‘rganish zarurligi haqida sо‘z yuritadi. I.Gasprinskiy yangi usulni targ‘ib qilish, 
jadid maktablarini tashkil ettirish uchun turli joylarga safar qiladi. Turkistonda ham 
2 marta bо‘lib, mahalliy halq yordamida, dastlabki yangi usul maktablari ochishga 
muvaffaq bо‘ldi. 
Jadidlar, eng avvalo, о‘qitishning eski usuli yaramasligini, yoshlarga 
zamonaviy ilmlarni о‘rgatish zarurligini tushunishlari bilan birga, ta’lim tizimida 
ona tilini chuqurroq о‘rgatish, ona tilidagi darslarni kо‘paytirish, boshqacha qilib 
aytganda, о‘quv dasturida ona tilidagi darslarni oshirish orqali о‘quvchilarni ona 
tilida о‘qitish oraliq yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘usini 
shakllantirish mumkin degan hulosaga kelish va bu yо‘ldagi dadil harakat 
jadidlarning ma’rifat sohasidagi yangicha qarashlar, anirog‘i Konsepsiyasi edi. 
Ana shu harakat zamirida jadidlarning pedagogik qarashlari ham shakllanib bordi. 
Jadidlar “Taraqqiyot” gazetasida maktab dasturiga alohida e’tibor berdi. Ularning 
ayrim dasturlariga kо‘ra, boshlang‘ich maktab 4-sinfdan tashkil topishi kerak. 
Unga 7-yoshdan kichik bolalar qabul qilinmaydi. Dasturda nimalar о‘qitilishi bilan 
birga maktabning tashkiliy tomonlari haqida ham aniq kо‘rsatmalar bor. Jumladan, 
yilda tо‘qqiz oy taxsil, uch oy ta’til bо‘lishi haqida, о‘quvchilarni maktabga 
avgustning 15sidan 1sentabrgacha qabul qilish, 15 mayda imtixon bо‘lishi haqida 
qaror keltirilgan. Dasturda bayramlarda bir kun dam olish bо‘lishi, maktabda 
darslar ketayotganda maktabga qabul qilish tо‘xtatilishi tо‘g‘risida qaror ham 
mavjud. 
Jadidlarning tarbiya haqida qarashlari ham ilg‘or fikrlar bilan boydir. 
Jadidlarning tarbiya odob – ahloq haqidagi fikrlari, asosan qadimdan islom 
olamida qaror topgan qarashlar negizida shakllangan. Jadidlar ajdodlardan bolalar, 
umuman, inson tarbiyasida musulmonlarga xos diyonatli, sahovatli, xushmuomula 
bо‘lishi singari muhim hislatlarni qabul qildilar. Ayni zamonda ularning pedagogik 
qarashlarida yangi bir tushuncha paydo bо‘ldi. Bu tarbiyada muhit, zamon, 
sharoitning о‘rni tо‘g‘risidagi qarashdir. Jadidlar pedagogikasi ijtimoiy hayot, 
uning talablari, ehtiyojlarini hisobga olish bilan о‘zlarigacha bо‘lgan Sharq 
pedagogikasidan bir qadam siljish bо‘lgan edi. 


35 
Jadidlar komil inson – bu, eng zamonaviy insondir. Zamonaviy inson esa, 
millat va Vatan manfaatini barcha narsadan ustun qо‘yuvchi, ma’rifatli, diniy va 
zamonaviy ilm-fanlarni egallagan hushxulq, tarbiyali kishidir deydi.
Markaziy Osiyo jadidchiligi haqida gap ketganda buni Bexbudiy, Munavvar 
qori, Shakuriy, Fitrat, A.Avloniy kabi о‘nlab ma’rifatparvar ilm darg‘alarning 
faoliyatisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi, aksincha ular haqida gap ketganda 
jadidchilikni chetlab о‘tib bо‘lmaydi: 
Mahmudxо‘ja Behbudiy, Turkistonda jadidlar xarakati asoschilaridan biri, 
jahonga mashxur bо‘lgan geografiyashunos, atoli jamoat arbobi, buyuk 
islomshunos, pedagog olimdir. 
Bexbudiyning nomi Turkiston maktab maorifida keng о‘rin egallaydi. U 
birinchi bо‘lib о‘lkada yangicha usuldagi maktablarning tashkil etilishini 
targ‘ibotchilaridan va amaliyotchilaridan biridir. Bexbudiy 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə