O’zbekiston Respublikasi Xalq


 О‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi va uzviy bog‘liqligi qonuni



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

5. О‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi va uzviy bog‘liqligi qonuni.
Tahsil oluvchilarning о‘qitish jarayonida bilimlar, tushunchalar, g‘oyalar, 
nazariyalarni ongli va mustahkam о‘zlashtirishiga erishish, ularni amaliyotda 
qо‘llash kо‘nikmalarini shakllantirishga asoslanadi. Ushbu qonuniyat fan, texnika, 
ishlab chiqarish va amaliy tajribalarning о‘quv jarayoni bilan integrassiyasini, 
uyg‘unligini amalga oshirishga imkon beradi. Mazkur qonun Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturining yuksak umumiy va kasb - hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy 
faollikka, ijtimoiy – siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish 
mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir 
kadrlarning yangi avlodini shakllantirish kabi vazifalarni amalga oshirishni 
nazarda tutadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun biologiyani о‘qitishda о‘quv 
dasturidan о‘rin olgan laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar va ekskursiyalarni о‘z 
о‘rnida samarali о‘tkazish, о‘kuvchilarning bilish faoliyatini individual va kichik 
guruhlarda tashkil etish va boshqarish orqali о‘quvchilarning о‘zlashtirgan 
bilimlarini amaliyotda qо‘llash, amaliy va о‘quv mehnati kо‘nikmalarini tarkib 
toptirishga e’tiborni qaratish lozim.
 
6

Pedagogik jarayon birligi va yaxlitligi qonuni
.
Pedagogik jarayonning 
yaxlit va tarkibiy qismlari о‘rtasidagi uzviy bog‘lanishlarni, shuningdek, ta’lim 
jarayonining mazmuni, vositalari, metodlari, shakllari, о‘qituvchi va о‘quvchi 
faoliyatining о‘qitish maqsadlari bilan uyg‘un ravishda bog‘liqligini ta’minlaydi. 
Yuqoridagi fikrlar hisobga olingan holda о‘qitish jarayoni davlat va ijtimoiy 
buyurtmalarga muvofiq maqsadlarni, ta’lim mazmuni, pedagogik muloqot 
vositalari (о‘qitish vositalari, metodlari va shakllari), О‘qituvchi va о‘quvchilar 


46 
faoliyati shakllari, о‘quv - bilish jarayonini tashkil etish va nazorat qilishni о‘z 
ichiga oladi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə