O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

professor unvoniga
e
ga bо‘lgan 
olimdir. Fitrat о‘z asarlarida ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif 
ishlari, 
bilim berish usullarini va vositalari haqida
,
ma’rifatli insonlarni 
tarbiyalash yо‘llari haqida tо‘xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni о‘rganishga 
da’vat etgan. U mamlakatni rivojlanishi uchun 
chet ellar fani, madaniyatidan 
xabardor bо‘lishi
 
lozim deb bilardi. U halq maorifi noziri bо‘lgan davrda 
talabalarni Germaniya, Turkiyaga u yerdagi ilg‘or Yevropa ilm-fan, tabobat, 
texnika sirlarini о‘rganish uchun yuborish tashabbuskorlaridan biri bо‘ldi. Fitrat 
insonning kamolotga yetishish uchun badan tarbiya muhim ahamiyatga ega 
ekanligini aytib, insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bо‘lmasa, unday 
inson uzoq yashamasligini qayd qiladi. Bolalarning ilm olishi bilan birga ularning 
badan tarbiyasiga ahamiyat berilishi lozim. Fitrat bolalarning sog‘lom bо‘lib, 
kamol topishi haqida gapirar ekan, ularni yoshligidan sof havodan bahramand 
qilishni tavsiya etadi. Fitratning ahloqiy tarbiya haqidagi fikrlari ham muhim 
ahamiyatga ega. Fitratning uqtirishicha, bolalar suvga о‘xshaydilar. Suv qaysi 
rangdagi idishda bо‘lsa, о‘sha rangda tovlangan kabi bolalar ham qanday muhitda 
bо‘lsalar, о‘sha muhitning har qanday ahloq va odatni qabul qiladilar. Madaniyatli 
millat bо‘lish uchun bolalarning ahlok tarbiyasiga katta ahamiyat berish kerakligi 
qayd etadi. Fitrat ahloqiy tarbiyada, avvalo, ota-ona va muallimlarning о‘zlari 
gо‘zal ahloli bо‘lishlari zarurligini aytadi. Fitrat vatanning ravnaq topishi uchun 
dunyoviy ilmlarni egallashga da’vat etadi. 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Jadidchilik xarakatini vujudga kelish sababi nimada edi? 
2.Jadidchilar harakatining asosiy maqsadi nimadan iborat? 
3.Jadidchilarning ta’lim va tarbiya haqida qanday qarashlari mavjud? 
4.Yangi usul maktablarini ochilishida qaysi olimlar kо‘p ishlar qildilar? 
5.Munavvar qorining ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlari nimadan iborat? 



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə