O’zbekiston Respublikasi Xalq


Ta’lim-tarbiya jarayonining tahsil oluvchilarning faoliyati xarakteriga



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Ta’lim-tarbiya jarayonining tahsil oluvchilarning faoliyati xarakteriga 
bog‘liqligi
 
qonuni.
Ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil etish usuli va olinajak natija, 
pedagogik boshqarish va tahsil oluvchilarning faolligini orttirish о‘rtasidagi uzviy 
bog‘liqlikni aks ettiradi. 
Mazkur qonun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta’lim - 
tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qо‘llash, shu asosda 
zamonaviy о‘quv - uslubiy o’quv qo’llanmalarni yaratish va о‘quv - tarbiya 
jarayonini didaktik jihatdan ta’minlashni, о‘kuvchilarning qobiliyatlari va 
imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy 
etish, о‘quvchilarni о‘z о‘quv - bilish faoliyatining tо‘la ongli subektiga 
aylantirishni kо‘zda tutadi. Biologiyani о‘qitishda о‘qituvchi о‘quvchilarning 
bilish faoliyatini faollashtiradigan texnologiyalar, jumladan, didaktik о‘yin, 
muammoli, modulli ta’lim, hamkorlikda о‘qitish, loyihalash va axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda samaradorlikni oshirishga erishishi lozim. 
4. 
О‘quv faoliyatini individuallashtirish va guruhli о‘qitishni tashkil etish 
birligi va о‘zaro bog‘liqligi qonuni

О‘qitish jarayonining maqsadi va vazifasiga 


45 
muvofiq tahsil oluvchilarning barchasi, shu jumladan har bir shaxsning tahsil 
olishga bо‘lgan ehtiyojini qondirish, qiziqishini orttirishga asoslanadi. Bu 
qonuniyat biologiyani о‘qitish jarayonini tabaqalashtirish asosida iqtidorli 
yoshlarni aniqlash, ularning ehtiyoji va qiziqishiga yarasha bilim olishlariga imkon 
yaratadi. Shuningdek, biologiyani о‘qitishda о‘qitishni individuallashtirish va 
differensiallashtirish, shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalarni qо‘llash zaruratini 
keltirib chiqaradi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə