O’zbekiston Respublikasi Xalq


Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmalari quyidagilardan



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmalari quyidagilardan 
iborat: 

ta’lim oluvchilarni ma’naviy - ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning 
samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish; 

о‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distastion ta’lim 
tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va о‘zlashtirish; 

yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul 
tizimidan foydalangan holda talabalarni о‘qitishni jadallashtirish; xalqning boy 
ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosda ta’limning 
insonparvarlik yо‘nalishini ta’minlash; Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi ijtimoiy 
buyurtmalarga quyidagilarni keltirish mumkin: 

milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda 
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va 
bо‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; 

ta’lim berishning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarni huquqiy
iqtisodiy, ekologik va sanitariya - gigiyenik ta’limi hamda tarbiyasini 
takomillashtirish; 

о‘kuvchi - yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish, 
ta’lim muassasalarida
 
mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga kо‘tarish; 

pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish 
kabilarni olish mumkin. 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1.Ta’lim standarining lug‘aviy ma’nosi nimani bildiradi? 
2.Biologiya bо‘yicha umumiy о‘rta ta’lim davlat standartida о‘quvchilar 
о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan ta’lim qanday yо‘nalishlarda berilgan? 
3.Biologiya о‘quv dasturida metodik tavsiyalar necha banddan iborat? 
4.Maktab biologiya kursi qanday о‘quv fanlardan tashkil topgan? 
 



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə