O’zbekiston Respublikasi Xalq


.О‘quv dasturi haqida tushuncha



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

3
.О‘quv dasturi haqida tushuncha 
Maktablarda о‘tilgan har bir о‘quv fanining mazmuni о‘quvchilar bilishi 
lozim bо‘lgan bilimlar, о‘zlashtirishi kerak bо‘lgan о‘quv kо‘nikmalar, malakalar 
yig‘indisini ifoda qiluvchi xujjat – о‘quv dasturi hisoblanadi. Unda о‘quv fanini 
о‘qitishdan maqsad, vazifalar, о‘quvchilar о‘zlashtirish kerak bо‘lgan bilimlar, 
kо‘nikmalar kompleksi о‘z ifodasini topadi. 
4.Biologiya о‘quv dasturining tuzilishi. 
Biologiya kursining о‘quv dasturini boshida utirish xati berilgan. Unda 
biologiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday о‘kuv fanlardan tashkil 
topganligi ana shu о‘kuv fanlar mazmunidagi о‘zgarishlar qisqacha bayon etilgan. 
Xususan botanika V-VII sinflarda, zoologiya VII sinfda odam va uning salomatligi 
VIII sinfda, umumiy biologiya о‘kuv fani IX-XI sinfda о‘qitilishi qayd ilingan.
Biologiya kursining о‘qitishga oid metodik kо‘rsatmalarda «darsda va 
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda dalillar, hodisalar bilan cheklanmay, asosiy 
g‘oyalar, tushunchalarning о‘quvchilar tomonidan puxta va ongli о‘zlashtirilishiga 
e’tiborni qaratish lozimligi qayd qilingan. Biologiya о‘qitishda asosiy g‘oyalar 
bо‘lib 
«Organik olam evolyusiyasi», «Tirik tabiat tuzilishining turli darajalari», 
«Organik tuzilishi bilan funkssiyasining о‘zaro bog‘liqligi», «Biologik 
sistemalarning tabiiy muhit bilan bog‘liqligi, о‘z-о‘zini boshqarishi», «Nazariya 
bilan amaliyotning о‘zaro bog‘liqligi» 
hisoblanadi. Asosiy tushunchalar qatori 
о‘quv dasturiga 
«Evolyusion», «Sitologik», «Ekologik»
tushunchalar kiritilgan. 
О‘quv dasturidan kо‘zlangan yana bir maqsad ta’lim bilan tarbiyaning 
uyg‘unligini amalga oshirishdan iborat. Biologiya о‘qitishda о‘tiladigan mavzular 
mazmuni bilan uzviy bog‘liq holda, о‘quvchilarning axloqiy, vatanparvarlik


50 
estetik, ekologik, gigiyenik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga ahamiyat berish 
lozimligi ta’kidlangan.
О‘quv dasturining metodik tavsiyalarida yana biologiyaning muammoli 
mavzularini о‘qitishda xur fikrlik an’analariga rioya qilish lozimligi, har bir 
dunyoqarashining о‘ziga xos ijobiy tomonlari, kamchiliklari о‘quvchilar ongiga 
yetkazqilishi kerakligi aytib о‘tilgan. 
Biologik о‘quv mavzularga о‘quvchilarning qiziquvchanligini oshirish 
uchun tabiiy-tasviriy, dinamik, sxematik kо‘rgazmali va audio, video vositalardan 
ta’lim berish jarayonida samarali foydalanish va о‘quvchilar faoliyatini 
faollashtirish 
hamda 
mustaqil 
bilim 
olishini 
tashkil 
etish 
maqsadida 
faollashtiruvchi metodlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan 
keng foydalanish tavsiya etilgan. О‘quv dasturning metodik tavsiyalarida nazariya 
bilan amaliyotni bog‘lash uchun masalalar yechishga ham e’tibor qaratilgan.
Shuningdek о‘quvchilarning bilimlarini, kо‘nikmalarini baholashda reyting 
usulidan foydalanish tо‘g‘risida ham ma’lumot berilgan.
О‘quv dasturida botanika о‘quv fani uchun 102 soat vaqt ajratilganligi va u 
V-VI sinfda zoologiya о‘quv faniga 68 soat vat ajratilganligi va u VII- sinfda 
о‘qitilishi, odam va uning salomatligiga 68 soat vat ajratilganligi va u VIII-sinfda
о‘qitilishi va nihoyat, IX-XI sinflarda umumiy biologiya о‘tilishi ta’kidlanadi.
О‘quv dasturida har bir о‘quv fani bо‘yicha о‘qitiladigan asosiy mavzular 
mazmuni, ularni о‘tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan. О‘quv dasturida ana shu 
mavzularning qanday dars tiplaridan foylanib о‘qitish kerakligi haqida ham 
ma’lumotalr berilgan. Bunda oddiy darslardan tashqari qaysi mavzular bо‘yicha 
laboratoriya mashg‘ulotlarida amaliy ishlab ekskursiyalar tashkil etish kо‘zda 
tutilgan. Masalan, maktab botanika о‘quv dastur bо‘limida gulli о‘simliklar bilan 
umumiy tanishish, hujayra, ildiz, poya, barg, о‘simliklarning vegetativ kо‘payishi, 
gul, mevalar, urug‘lar, о‘simlik yaxlit organizm, о‘simliklarning asosiy bо‘limlari, 
gulli о‘simliklarning asosiy oilalari, о‘simliklar qoplami, manzarali о‘simliklar, 
Yerda о‘simliklar dunyosining paydo bо‘lishi kabi asosiy mavzular о‘tiladi.


51 
Zoologiya о‘quv fanida esa hayvonot dunyosi tо‘g‘risida umumiy ma’lumot, 
sodda xayvonlar, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, yumaloq chuvalchanglar
xalqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bо‘g‘imoyoqlilar, xordali xayvonlar, tuban 
xordalilar, baliqlar, suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, 
sut emizuvchilar, yerda hayvonot dunyosining paydo bо‘lishi va rivojlanishi kabi 
mavzular о‘qitiladi.
Odam va uning salomatligi о‘quv fanida esa kirish, odam 
organizmining umumiy obzori, tayanch xarakatlanish sistemasi, qon, qonning 
aylanish sistemasi, nafas olish sistemasi, ovqat xazm qilish sistemasi, moddalar va 
energiya almashinuvi, ayirish sistemasi – ichki sekretsiya bezlari, nerv sistemasi, 
oliy nerv faoliyati, sezgi organlari, odam organizmining kо‘payishi va rivojlanishi, 
odamning paydo bо‘lishi kabi mavzular diqqat markazida bо‘ladi.
Umumiy biologiya о‘quv fanida kirish, organik olamning-turli tumanligi, 
stitologiya asoslari, hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari, organizmlarning 
kо‘payishi va individual rivojlanishi, genetika va seleksiya asoslari, genetik 
injeneriya va biotexnologiya, evolyusion ta’limot, evolyusiya dalillari, organik 
olamning paydo bо‘lishi va rivojlanishi, ekologiya asoslari, biosfera va uning 
evolyusiyasi kabi mavzularni о‘tish kо‘zda tutilgan.О‘quv dasturi har bir mavzuni 
о‘tish uchun soatlar ajratilgan, jihozlar, dars shakillari kо‘rsatilgan.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə