O’zbekiston Respublikasi Xalq


Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

3.Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi. 
Hozirgi vaqtda respublikamiz maktablarida botanika 5 - 6-sinflarda 
о‘qitiladi. Uning asosiy maqsadi о‘simliklar dunyosining xilma-xil vakillari
ularning tashqi, ichki tuzqilishi, hayot faoliyati, tabiat va inson hayotida tutgan 
о‘rni bilan о‘quvchilarni tanishtirishdan iborat.


53 
5- sinfda 34 soat, 6- sinfda 68 soat xajmda о‘quvchilarga botanik bilimlarni 
berish kо‘zda tutilgan. Maktablarda qо‘llanilayotgan 5- sinf botanika darsligi 95 
sahifadan iborat bо‘lib, 64 rangli rasmlar bilan bezatilgan. U 6 bobdan, 34 
paragrifdan tashkil topgan. Darslik muqaddimasida asosiy e’tibor botanika 
sо‘zining lug‘aviy ma’nosi, mazkur fanning shahobchalari, Yer yuzidagi va 
О‘zbekistondagi о‘simlik turlarini soni, ularning tabiat va inson hayotidagi 
ahamiyati haqida ma’lumotlar yoritilgan. Shundan keyin о‘quvchilar о‘simlik 
hujayrasi, ildiz, poya, barg, о‘simlikning vegetativ kо‘payishi haqida ma’lumot 
oladilar. Darslik sо‘ngida gerbariy tayyorlash va darslikka kirgan о‘simliklar 
rо‘yxati ilova tarzida keltirilgan. Har bir paragrifida tayanch tushunchalar, 
paragriflar sо‘ngida savollar, ayrim hollarda test topshiriqlar, qо‘shimcha 
ma’lumotlar keltirilgan.
Umuman olganda 5- sinf botanika darsligiga ijobiy baho berish mumkin. 
Ayniqsa uning dizayni juda yuqori. Shu bilan birgalikda darslikning yaratishda 
ayrim kamchiliklar ham uchraydi: 
1.Yuqorida qayd qilingandek darsliklar ta’lim standarti, о‘quv dasturi 
talablari asosida yozilishi kerak. Darslik faqat о‘quvchilarga bilim berish bilan 
cheklanmay, ularning о‘quv kо‘nikma, malakalarini rivojlantirishni ham kо‘zda 
tutish kerak. Bu masala 5- sinf botanika darsligida yetarlicha о‘z ifodasini 
topmagan. Masalan 6 ta laboratoriya mashg‘ulotining alohida ajratilmaganligi
ularni о‘tkazishiga oid metodik tavsiyalarini yetarlicha yoritilmaganligi, 
о‘quvchilarning о‘quv kо‘nikma va malakalarining rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi 
deb о‘ylaymiz. Darslikda ayrim hollarda tushunchalarni izchillik bilan 
rivojlantirishga e’tibor berilmagan. Chunonchi, о‘simliklarda moddalarning 
harakatlanishi 
«poya»
mavzusida berilgan. Unda bir vaqtning о‘zida suv va suvda 
erigan mineral moddalarni hamda organik moddalarning harakatlanishi tо‘g‘risida 
ma’lumot keltirgan. Vaholanki organik moddalarni sintezlanishi barg mavzusi 
bilan uzviy aloqador. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə