O’zbekiston Respublikasi Xalq


«О‘simlik yaxlit organizm»



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

«О‘simlik yaxlit organizm»
mavzusi bilan oltinchi 
bobdagi 
«О‘simlik va atrof-muhit»
degan mavzularni bir-biriga qо‘shish mantiqan 
tо‘g‘ri bо‘ladi, shuningdek 
«О‘zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixi» 
deb atalgan bobni 5-sinfdagi muqaddima mavzusiga qо‘shish о‘rinli bо‘ladi deb 


55 
hisoblaymiz. 
«Manzarali о‘simliklar»
degan bobni 
«Yerda о‘simliklar 
dunyosining rivojlanishi»
bobidan oldin berqilishi mantiqan tо‘g‘ri bо‘ladi deb 
о‘ylaymiz.
Darslikning ilmiyligi haqida tо‘xtab 
«Bakteriyalar, zamburug‘lar, 
lishayniklar»
bо‘limini botanika darsligiga kiritilishi organik olamning hozirgi 
zamon sistemasi tо‘g‘risidagi bilimlarga tо‘g‘ri kelmaydi deb aytish kerak. Chunki 
ular tuzilishi va hayot kechirishi tarzi bilan yashil о‘simliklardan tubdan farq 
qiladi.
Botanika darsligida 
«tip»
sistematik birlikni о‘rniga 
«bо‘lim»
tushunchasini 
«avlod» 
sistematik birligi о‘rniga 
«turkum»
sistematik birlikni qо‘llanilishi 
keyinchalik 7-sinfda zoologiyani о‘qish mobaynida sistematik birliklar 
tо‘g‘risidagi о‘quvchilarning tushunchalarini chalkashtirib yuboradi, bu о‘z 
navbatida о‘quvchilar tomonidan sistematik tushunchalarni sayoz о‘zlashtirishga 
olib keladi deb hisoblaymiz. Maktab darsligiga barcha olimlar tomonidan e’tirof 
qilingan bilimlar o’quv qo’llanmasi kiritilishi kerak. Munozarali masalalar undan 
о‘rin olmasligi joiz.
4.Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi. 
Maktab zoologiya darsligining muallifi professor O.Mavlonov bо‘lib, u 172 
sahifadan, 60 paragrifdan iborat. Unda 134 ta rangli rasmlar bor. Har bir paragraf 
sо‘ngida bilimlarni nazorat qilish uchun savollar va test topshiriqlar berilgan. 
Darslikda bilimlar berish bilan о‘quvchilarning kо‘nikma, malakalarini 
shakllantirishga ham e’tibor qilingan. Mazkur masala 5ta laboratoriya 
mashg‘ulotlarida о‘z ifodasini topgan. 
Zoologiya darsligi tuzilish jihatidan botanika darsligidan tubdan farq qiladi. 
Agar botanika darsligining 5-sinf uchun mо‘ljallangan о‘quv materiallar 
morfologik, anatomik, fiziologik, ekologik bilimlar o’quv qo’llanmasida tashkil 
topgan bо‘lib, 6-sinf botanika darsligida asosiy e’tibor sistematik tushunchalarning 
о‘zlashtirishga qaratilgan bо‘lsa, zoologiya darsligida bir vaqtning о‘zida 
sistematik, anatomik, morfologik, fiziologik, ekologik, gigiyenik bilimlar bayon 
etiladi. Zoologiya darsligining ikkinchi о‘ziga xos jihati xayvonlar bilan tanishish 


56 
evolyusion prinsipi asosida amalga oshirilganligidir. Odatda zoologiya darsligi 
о‘quvchilarni umurtqasiz xayvonlarning bir hujayralilar yoki sodda xayvonlar 
vakillari bilan tanishtirishdan boshlanib, to sut emizuvchilarning eng yuksak 
vakillari bо‘lmish primatlar turkumi vakillari bilan yakunlanadi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə