O’zbekiston Respublikasi Xalq


“Hujayraning tuzilishi va funksiyasi”



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

“Hujayraning tuzilishi va funksiyasi”
mavzusida о‘quvchilarga quyidagi о‘kuv 
topshiriqlarini tavsiya etish maqsadga muvofiq. 
Topshiriqning didaktik maqsadi: Hujayraning tuzilishi va funksiyalarini 
о‘rganish orqali, hujayraning yaxlit tizim ekanligi, organoidlarning tuzilishi va 
funksiyasi, ular о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash. 
Shunday qilib, tanqidiy fikr yuritish tahliliy, bog‘lanishli, mustaqil
mantiqiy, tizimli fikr yuritishni mujassamlashtirib ular о‘rtasida ichki va tashqi, 
muayyan va nisbiy bog‘lanishlar mavjud. О‘quvchilarda, ijodiy fikr yuritish 
kо‘nikmalarni rivojlantirishda о‘qituvchi yuqorida qayd etilgan tahliliy fikr 
yuritishning tarkibiy qismlaridan, xususan, mustaqil fikr yuritish kо‘nikmalaridan 
foydalanishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, о‘quvchilarda nomlari zikr etilgan 
fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirmay turib ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini 


69 
shakllantirish va rivojlantirish mumkin emas. Ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalari 
ijodiy faoliyat tajribalarining asosini tashkil etadi. Ijodiy faoliyat tajribalarini 
egallashda о‘quvchilar aqliy faoliyat usullari bо‘lgan о‘rganilayotgan obektni tahlil 
qilish, taqqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish, sintezlash, sabab-oqibat 
bog‘lanishlarini tasavvur qilish, umumlashtirish va xulosa yasashni egallagan 
bо‘lishlari lozim. Shundagina о‘quvchilar ijodiy faoliyatning asosini tashkil 
etadigan xususiyatlar:
Tanish obektlarning yangi xususiyatlari va vazifalarini topishi; 
Tanish vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal etish; 
Bilim va kо‘nikmalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llash orqali 
muammoni hal etish; 
О‘zlashtirgan bilim va kо‘nikmalarni amaliyotda ijodiy qо‘llashga о‘rganishi 
mumkin. 
О‘quvchilarda 
mustaqil 
va 
ijodiy 
fikr 
yuritish 
kо‘nikmalarini 
rivojlantirishning muhim sharti, о‘quvchilarning о‘z fikrlarini dalillash va asoslash 
sanaladi. Shu sababli, о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalari 
asosan, о‘quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə