O’zbekiston Respublikasi Xalq


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Mustahkamlash uchun savollar: 
1.Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim asoslari deganda 
nimani tushunasiz? 
2.Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlaridagi biologik ta’limning maqsadi va 
vazifalari nimalardan iborat? 
3.Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim mazmunini yoriting? 
4.Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologiya ta’lim tarkibiy qismlariga 
nimalar kiradi? 
5.О‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan biologik bilimlar minimumi 
deganda nimani tushunasiz? 


66 
10-§
BIOLOGIYANI О‘QITISHDA О‘QUVCHILARDA MUSTAQIL VA 
IJODIY FAOLIYATINI TARKIB TOPTIRISH. 
Fikr inson faoliyati, uning о‘z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi 
ma’naviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotning asosiy 
harakatlantiruvchi kuchi bо‘lganligi uchun, biologiyani о‘qitish jarayonida 
о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish zarur. 
PISA testlari 5 ta yo’nalish bo’yicha o’tkaziladi: -(
inglizcha- 
programme for International student assessment)
O’qish, matematik 
savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar hamkorlikda hal qilish va moliyaviy savodxonlik 
yo’nalishlari. O’zbekiston 2021 yilda 3- yo’nalish: O’qish, matematik savodxonlik 
va tabiiy-ilmiy fanlar yo’nalishlari bo’yicha testlarda qatnashishi rejalashtirilgan. 
Testlarda asosiy e’tibor o’quvchilarning mazkur yo’nalishlar bo’yicha asosiy 
tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va ko’nikmalarni egallagani, ulardan hayotiy 
vaziyatlarda foydalana olishiga qaratilgan. Bu testlarda o’quvchilarning dars 
davomida aniq mavzular bo’yicha o’rgangan bilimlarni sinovdan o’tkazish nazarda 
tutilgan.
Biologiyani о‘qitishda о‘qituvchi о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr 
yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun avvalo: О‘quvchilarning darsda 
mustaqil ishlashlari uchun о‘quv topshiriqlarini tuzishi; Biologik obektlar
tabiatdagi mavsumiy о‘zgarishlarni о‘rganish maqsadida tajriba va kuzatish 
о‘tkazish yuzasidan kо‘rsatmalar tayyorlashi: О‘quvchilarning qiziqishlarini 
hisobga olgan holda ularning mustaqil ta’limi uchun qо‘shimcha adabiyotlar va 
multimedialarni tanlashi lozim.
О‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish 
uchun, ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qо‘llash 
zarur. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g‘oyasi о‘quvchilarni har 
tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari: 
о‘quvchilarni о‘z bilish faoliyatini subektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini 
shakllantiradi, rivojlantiradi.О‘quvchilarning bilish faoliyati emperik va nazariy 
bilish yaxlitligida tashkil etilib, о‘qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda 


67 
о‘rganish ustuvor bо‘ladi. О‘qitish jarayonining asosini о‘quvchilarning о‘quv 
topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi. 
О‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va 
ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yо‘nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu 
ikki tipi bir-birini tо‘ldiradi va taqozo etadi. Tanqidiy fikr yuritish shaxsning 
voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga 
quyidagilar kiradi: Tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni 
tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chog‘ishtirish). 
Tabiiy –ilmiy savodxonligi; hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi 
mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash, kuzatish va tajribalar asosida xulosalar 
chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushunish va inson 
faoliyati natijasida unda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni anglab yetish, shunga 
ko’ra kerakli qarorlar qabul qila olish ko’nikmasini rivojlanishiga imkon yaratadi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə