O’zbekiston Respublikasi Xalq


«Organizmlarning xilma-xilligi» «Hujayra», «Organizmlarning kо‘payishi va



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

«Organizmlarning xilma-xilligi» «Hujayra», «Organizmlarning kо‘payishi va 
shaxsiy rivojlanishi», «Genetika va seleksiya asoslari»
kabi 4 bobdan tuzilsa 
maqsadga muvofiq bо‘lar edi. Boblar sonini emas, paragrif sonini aksincha 
kо‘paytirish, ularni 59-60 ga yetkazish zarur edi.
Mustahkamlash uchun savollar: 
1.
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim asoslari deganda 
nimani tushunasiz? 
2.
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlaridagi biologik ta’limning maqsadi va 
vazifalari nimalardan iborat. 
3.
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim mazmunini yoriting. 
4.
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologiya ta’lim tarkibiy
qismlariga nimalar kiradi? 


59 
9-§ UMUMIY О‘RTA TA’LIM О‘QUV YURTLARIDA BIOLOGIK
TA’LIM MAZMUNI 
1.Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim mazmuni asoslari.
 
XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan 
umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va 
undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq 
maʻlumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal 
qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, 
sohalar boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu 
maʻlumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi. 
Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi 
maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni 
koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti. 
( PISA dasturi-
inglizcha- programme for International student assessment)
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim mazmuni hozirgi 
davrdagi biologik fanlar rivojlanish darajasini о‘zida aks ettirishi zamon 
taqozosidir. 
О‘quvchilar uchun biologik о‘quv materialini tanlash biologiya о‘qitish 
metodikasida nihoyat murakkab masalalaridan biri sanaladi. U maktab 
О‘qituvchilari, pedagoglari, biolog olimlar hamkorligida hal etiladi. О‘quvchilar 
uchun ta’lim mazmunining tanlashni qiyinligi ilmiy axboratning benihoyat kо‘pligi 
va tez о‘sishi bilan uzviy aloqador. Keyingi davrda biologiya tobora tez 
rivojlanayotgan mustaqil fanlar tizimidan iboratligi ma’lum bо‘lib qoldi. U 
botanika, zoologiya, fiziologiya, anatomiya, morfologiya, genetika, stitologiya, 
antropologiya, embriologiya, paleontologiya, mikrobiologiya, gidrobiologiya
biogeografiya, biotexnologiya, bioetika, bioestetika, evolyustion ta’limot va 
boshqa xususiy fanlar o’quv qo’llanmasidan tashkil topgan. Biologiya fanining 
bunday tez rivojlanishi bir tomondan organizmlarning turli jihatdan о‘rganish, 
ikkinchi tomondan hayotning har xil darajalarini tadiq qilish bilan bog‘liq bо‘lsa, 
uchinchi tomondan biologiyaning tabiyotshunoslikning boshqa - xususan 


60 
matematika, kibernetika, ximiya, fizika sohalari bilan integratsiyasi bilan 
tushuntiriladi. Biologiya fanining tabaqalanishi va boshqa tabiiy fanlar bilan 
hamkorlik qilishi yangi - yangi axborotlarni tо‘planishiga sababchi bо‘lmoqda. 
Hujayra organoidlarining ultrastruktura tuzilishi qilishi, funksiyasi, hujayraning 
kelib chiqishi tо‘g‘risida simbiogenez nazariyasi, nuklein kislotalarning tuzilishi va 
funksiyasi, irsiyat va о‘zgaruvchanlikning moddiy asoslari, politipik tur, 
populyatsiyalarning, 
ekologik 
genetik 
tuzilishi, 
kariosistematika, 
hayot 
tuzilishining turli darajalari tо‘g‘risidagi bilimlar biologiyaning XX asrdagi 
yutuqlari sanaladi. Biologiya fanidan tо‘plangan bilimlar, axborotlar hajmi 
nihoyatda kо‘p va xilma-xil.
О‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologiya fani tо‘plagan barcha axborot va 
bilimlarni tabiiy ravishda о‘quvchilarga berib bо‘lmaydi. Shunga kо‘ra ular 
orasidan о‘quvchilarning yoshi hamda о‘qitishning hozirgi zamon maqsad va 
vazifalariga mos bо‘lgan bilimlar o’quv qo’llanmasini tanlab olish zarur. Tanlab 
olingan bilimlar o’quv qo’llanmasi umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida davlat, 
jamiyat, shaxs ehtiyojiga mos bо‘lishi, hamda jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy 
taraqqiyotini va fan texnika rivojlanishini о‘zida ifoda qilishi va ta’lim berishda 
kо‘rsatilgan maqsad vazifalarini amalga oshirishga safarbar qilingan bо‘lishi 
lozim. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə