O’zbekiston Respublikasi Xalq


Odam va uning salomatligi



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

5.Odam va uning salomatligi. 
Mazkur darslikning mualliflari professorlar B.Aminov, T.Tilovovlardir. 
Darslik 68 soatga mо‘ljallangan о‘quv dasturi asosida yozilgan. U XVI bobdan, 55 
paragrifdan tashkil topgan. Darslikda «Kirish» dan sо‘ng odam organizmi haqida 
umumiy ma’lumot, tayanch xarakatlanish sistemasi, qon, qon aylanish sistemasi, 
nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar va energiya almashuvi, ayirish, ichki 
sekretsiya bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, sezgi organlari, kо‘payish va 
rivojlanish, odamning paydo bо‘lishi tо‘g‘risida ma’lumotlar bayon etilgan. 
Darslikda hujayraning tuzilishi, tо‘qimalarga, suyaklarning tuzilishi, muskullarning 
dinamik xarakati va funksiyasini kuzatishga, odam qonining shaklli elementlarini 
о‘rganishga, qon ketganda birinchi yordam, kо‘krak qafasini, nafas olganda va 
chiqarilganda karbonat angidridni aniqlashga siydik ayirish organlarining 
tuzilishiga, markaziy nerv sistemasi tuzilishini о‘rganishga, kо‘rish о‘tkirligini 
aniqlashga oid laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazish metodikasi yoritilgan. 
Darslikda 92 rangli rasmlar, darslik sо‘ngida о‘quv fani bо‘yicha test savollari va 
xotima berilgan. Darslikning ijobiy tomonlari haqida gapirib, uning о‘quv 
dasturiga tо‘liq mos holda yozilgani, о‘tmishda va hozirgi davrda ijod qilayotgan 
olimlarning fanga qо‘shgan xissalari, respublikadagi ob-havo sharoitini e’tiborga 
olgan holda keng tarqaladigan kasalliklar haqida ma’lumot berilganligini qayd 
qilish lozim. Darslikning salbiy tomoni haqida tо‘xtab darslikda odam anatomiya, 
fiziologiyasiga nisbatan tibbiyot, xususan har xil kasalliklar, ularning kelib chiqish 
sabablari va davolash haqidagi ma’lumotlarning ortiqcha berilganligini ta’kidlab 
о‘tish kerak. Shu bilan birga ba’zi paragraflar (masalan 1, 33, 42§) dagi 
ma’lumotlarni nihoyatda kamligi, boshqa paragrifdagi (2,5,24,27,24,38) 
ma’lumotlarni kо‘pligini, ba’zi paragriflar mundarijada bо‘lib matnda uchramasligi 
(24§) ham kо‘rsatib о‘tish zarur. 


57 
Ba’zi bir mavzular, masalan ichki sekretsiya bezlari juda murakkab qilib 
berilgan. Unda keltirilgan gormonlar soni 25 tadan ortadi. Darslikda ilmiy 
chalkashliklar anchagina. «Mehnat tufayli ibtidoiy odamlar avval tik yurishga, 
sо‘ngra qо‘l barmoqlari bilan mehnat qurollarni ushlashga о‘rgangan (1§) . 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə